PhD Support
Open in Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 723
Subscribers
+1024 hours
+1207 days
+34630 days
Posts Archive
1 732
Ustuvor ilmiy ixtisosliklar uchun stipendiya qachondan oshiriladi?
So‘nggi kunlarda ko‘pchilik bir savol bilan murojaat qilmoqda: yaqinda tasdiqlangan Farmonda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha stipendiyalar 2026-yil sentyabrdan oshirilishi belgilangan bo‘lsa, nega bugungi ovozli chatda bu tartib 2027-yil yanvardan boshlanishi aytildi? Gap shundaki, Farmonning o‘zida maqsadli vazifa belgilangan bo‘lsa, uning ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ning 3-bandida mazkur chora-tadbirni amalga oshirish muddati 2027-yil yanvar etib ko‘rsatilgan. Shu sababli hozircha amaliyotga joriy etish muddati sifatida 2027-yil yanvar sanasi tilga olinmoqda. 📌 Rasmiy tartib va mexanizmlar tasdiqlanishi bilan qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
‼️Bupul treninglar taqdim etuvchi platformalar top 10 taligini
Khan Academy edX Coursera Udemy Alison Skillshare LinkedIn Learning Duolingo Codecademy OpenLearnBatafsil 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Dissertatsiya himoyasi: o‘tish davri kafolatlari va raqamli tizim shaffofligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining 7-bandiga muvofiq, 2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berilgan va dissertatsiya himoyasini o‘tkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar amaldagi tartib asosida beriladi.
Shunga ko‘ra, Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati belgilangan tartibda va uzluksiz davom etadi. Mazkur band ilmiy daraja olish jarayonida ishtirok etayotgan izlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga, shuningdek, yangi tizimga bosqichma-bosqich va muammosiz o‘tish uchun zarur huquqiy kafolatlarni yaratishga xizmat qiladi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
#rekord_korsatkich_PhD_Supp0rt
Oliy ta’limda rekord ko‘rsatkich: talabalar soni 1,5 millionga yetgan
O‘zbekistonda oliy ta’lim qamrovi yil sayin kengayib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga oshgan. Ya’ni oliy ta’lim tizimi son jihatidan yana kengaydi. Raqamning o‘zi katta: bugun talabalar auditoriyasi ayrim davlatlar aholisi bilan bemalol bellashadigan darajaga yetdi.
Talabalar tarkibida ayollar ulushi yuqoriligi ham e’tiborga molik. Jami talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini esa erkaklar tashkil etgan. Bu oliy ta’limda xotin-qizlar faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Bir qarashda oddiy statistika, lekin uning ortida jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, oilalarning qizlar ta’limiga munosabati va ayollarning kasbiy faollashuvi turibdi.
So‘nggi besh yillik dinamikaga qaralsa, o‘sish ancha sezilarli: 2021/2022-o‘quv yili — 808,4 ming nafar; 2022/2023-o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar; 2023/2024-o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar; 2024/2025-o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar; 2025/2026-o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.Demak, 2021/2022-o‘quv yilidan 2025/2026-o‘quv yiligacha talabalar soni 726,6 ming nafarga oshgan. Boshqacha aytganda, oliy ta’limdagi talabalar soni besh yil ichida qariyb ikki baravarga yaqinlashgan.
Bu, albatta, ijobiy jarayon. Oliy ta’limga kirish imkoniyati kengaygani, hududlarda oliygohlar ko‘paygani, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faollashgani va qamrov siyosati natija berayotgani ko‘rinib turibdi. Lekin raqam ortgani bilan masala tugamaydi. Endi asosiy savol boshqa: 1,5 million talaba uchun sifatli ta’lim, kuchli professor-o‘qituvchi, zamonaviy laboratoriya, amaliyot bazasi va real mehnat bozori bilan bog‘langan o‘quv dasturlari yetarlimi? Chunki oliy ta’limda son — eshikni ochadi, sifat esa shu eshikdan kirgan yoshning kelajagini belgilaydi. Auditoriyalar to‘lishi yaxshi, lekin diplomning qiymati bilim, ko‘nikma va kasbiy tayyorgarlik bilan mustahkamlanmasa, raqamlar chiroyli hisobot bo‘lib qolishi mumkin. Shu bois bugungi bosqichda oliy ta’lim siyosatining asosiy e’tibori faqat qamrovni oshirishga emas, balki ta’lim sifati, akademik halollik, o‘qituvchilar salohiyati, bandlikka yo‘naltirilgan ta’lim va bitiruvchilarning real raqobatbardoshligiga qaratilishi zarur.1,5 million talaba — bu katta imkoniyat. To‘g‘ri boshqarilsa, bu mamlakatning inson kapitaliga aylanishi mumkin. Aks holda, bu shunchaki katta auditoriya va ko‘p sonli diplomlar statistikasi bo‘lib qoladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Chetda o‘qib kelgan yoshlar NNTda ishlasa ustama oladi.
TOP–500 xorijiy OTM bitiruvchilari NNTlarda faoliyat yuritsa, lavozim maoshiga qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
TOP–200: Bakalavr — 7 BHM Magistr — 10 BHM PhD — 15 BHM TOP–500: Bakalavr — 5 BHM Magistr — 7 BHM PhD — 10 BHMQisqasi, endi NNTlar ham kuchli kadrlar uchun jiddiyroq raqobatga kiryapti. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
1 732
So‘nggi bir yil ichida ilmiy maqolalarni o‘qib turib qiziq holatni sezadigan bo‘ldim. Ayrim matnlarda muallifning o‘zi emas, balki sun’iy intellektning “ovozini” eshitgandek bo‘lasiz. Hammasi joyida: jumlalar ravon, uslub tartibli, xatolar deyarli yo‘q. Lekin matn tugagach, muallif aslida nima demoqchi bo‘lganini anglash qiyin.
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilda chop etilgan maqolalarning 57 foizida sun’iy intellekt ta’siri sezilgan iboralar uchragan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich atigi 12 foiz edi. Ikki yil ichidagi bu sakrash ilm-fan uchun yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi. Buni faqat salbiy baholash ham noto‘g‘ri. AI ko‘plab tadqiqotchilar uchun vaqtni tejaydigan vositaga aylandi. Adabiyot qidirish, matnni tahrirlash, ingliz tilidagi maqolalarni tayyorlash yoki fikrlarni tizimlashtirish ancha osonlashdi. Ayniqsa, chet tilida yozishda qiynaladigan yosh olimlar uchun bu katta imkoniyat. Lekin medalning ikkinchi tomoni ham bor. Jurnal muharrirlari va ekspertlar sifatsiz, yuzaki, ba’zan esa mazmunan bo‘sh maqolalar soni ortayotganini ta’kidlamoqda. Ayrim mualliflar tadqiqot qilishdan ko‘ra prompt yozishni tezroq o‘rganib oldi, shekilli. Shaxsiy kuzatuvimga ko‘ra, muammo AI’da emas. Muammo uni qanday ishlatayotganimizda. Sun’iy intellekt ilmiy tafakkurning o‘rnini bosa olmaydi. U ko‘proq kompasga o‘xshaydi: yo‘lni ko‘rsatishi mumkin, lekin yurib berolmaydi.Bir paytlar kalkulyator paydo bo‘lganda ham “endi hech kim matematika bilmaydi” degan xavotirlar bo‘lgan. Matematika qolganidek, ilm ham qoladi. Faqat vositalar o‘zgaradi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
#61_ming_professor_uqituvchi
Sifat davri boshlanmoqda: OTMlarda kim qoladi, kim ketadi?
61 mingdan ortiq professor-o‘qituvchi — bu oliy ta’lim tizimining katta intellektual resursi. Ammo bu raqamga faqat “salohiyat” sifatida emas, balki kelgusi yillardagi mehnat bozori bosimi nuqtayi nazaridan ham qarash kerak.
Bugun O‘zbekiston OTMlarida professor-o‘qituvchilar soni yuqori. Ayniqsa Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida akademik kadrlar sezilarli darajada jamlangan. Bu, bir tomondan, ilmiy-pedagogik salohiyat mavjudligini ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan esa, talabalar kontingenti qisqargan yoki ta’lim shakllari optimallashgan sharoitda ushbu kadrlar bandligini saqlab qolish masalasini kun tartibiga chiqaradi. Kelgusi 2–3 yilda ayniqsa sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan katta kontingent bitirib chiqishi mumkin. Bu jarayondan keyin ayrim OTMlarda o‘quv yuklamasi tabiiy ravishda kamayadi. Kunduzgi ta’limda ham ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha kvotalarning qisqarishi kuzatilayotgan bir paytda, professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj faqat son bilan emas, sifat ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Shu sababli oliy ta’lim tizimida yaqin yillarda oddiy “stavka saqlash” masalasi emas, balki akademik raqobat masalasi kuchayadi. Ilmiy daraja, xalqaro nashrlar, amaliy loyiha, xorijiy til, raqamli kompetensiya, metodik yangilik va talabalar bilan ishlash sifati professor-o‘qituvchining asosiy raqobat ustunligiga aylanadi. Bu jarayonni faqat xavf sifatida baholash to‘g‘ri emas. Aksincha, u oliy ta’limda sifatga o‘tish bosqichi bo‘lishi mumkin. Chunki talabalar soni emas, ta’lim sifati asosiy mezonga aylangan tizimda kuchli o‘qituvchi qadri oshadi, zaif akademik faoliyat esa tabiiy ravishda chetga chiqadi.Demak, bugungi 61 minglik professor-o‘qituvchilar korpusi oldida muhim savol turibdi: kelajakda oliy ta’lim tizimi shunchaki ko‘p o‘qituvchini emas, raqobatbardosh, ilmiy faol va zamonaviy kompetensiyalarga ega pedagoglarni saqlab qoladi. Shu bois hozirdanoq har bir OTM kadrlar siyosatini, har bir professor-o‘qituvchi esa o‘z akademik portfelini qayta ko‘rib chiqishi zarur. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Dissertatsiya himoyasi jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–98-son Farmoni ijrosi doirasida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.
Farmonning 14-bandiga muvofiq, 2026-yil 1- avgustdan dissertatsiya himoyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar — dissertatsiya va avtoreferatni taqdim etish, retsenzent va opponentlar xulosalarini yuborish, himoyalarni rejalashtirish hamda ilmiy ishlarni baholash bosqichlari yagona onlayn platforma orqali amalga oshiriladi.Mazkur tizim ilmiy attestatsiya jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, inson omilini qisqartirish, hujjat aylanishini soddalashtirish hamda izlanuvchilar uchun qulay va zamonaviy xizmatlarni yaratish imkonini beradi. Batafsil 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
AI’dan foydalaning, lekin unga ortiqcha suyanib qolmang.
Matnni tartibga solishda, reja tuzishda, fikrni charxlashda AI juda yaxshi yordamchi. Ammo ilmiy kengashdagi savollarga baribir siz javob berasiz. Shuning uchun AI’dan tayyor matn olish uchun emas, fikringizni kuchaytirish uchun foydalaning.Tavsiyam shuki, yozdirishdan ko‘ra, tekshirtiring; ko‘chirishdan ko‘ra, tushunishga harakat qiling. Chunki himoyada eng kerakli narsa — matn emas, o‘zingizning tayyorgarligingiz o'g'ayni. @PhD_Supp0rt
1 732
#news_oak
Mahalliy ilmiy jurnallar bo‘yicha ham sifat nazorati kuchayishi va ayrim nashrlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Repost from Azizxon Axmedov | EDU
#Prompt_yoz_etika
Prompt yozish madaniyati: ilmiy tafakkurning yangi bosqichi
Hozir AI’dan foydalanmaydigan tadqiqotchini topish qiyin bo‘lib qoldi. Kimdir undan maqola strukturasi tuzishda foydalanyapti, kimdir tarjima uchun, yana kimdir adabiyotlarni saralashda. Hatto ayrim ilmiy rahbarlar ham endi “AI ishlatdingmi?” deb emas, “qanday ishlatding?” deb so‘ray boshladi.
Lekin bu yerda muhim bir chiziq bor: AI’dan foydalanish boshqa, ilmiy fikrlash o‘rniga AI’ni qo‘yish boshqa. Yaqinda Google’ning Kaggle platformasida e’lon qilingan “Prompt Engineering” whitepaper’ini o‘qib chiqdim. O‘qib turib bir narsani sezdim: yaxshi prompt yozish aslida yaxshi savol bera olish bilan bog‘liq ekan. Bu esa ilmning eng eski muammolaridan biri. Bizda ba’zan AI’ga munosabat juda sodda: “aka, mavzu tashladim — maqolani chiqarib bersin”. Bu xuddi kutubxonaga kirib, javonlarga qarab: “shu yerda bir joyda kerakli gap bor ekan, o‘zing topib chiqaver” deganga o‘xshaydi. AI ham bazan choyxonadagi “hamma narsadan xabari bor aka”ga o‘xshaydi: tez javob beradi, ishonch bilan gapiradi, lekin ba’zan o‘zi ham aniq bilmagan narsani juda chiroyli tushuntirib yuboradi. Eng xavflisi ham shu. Chunki AI noto‘g‘ri gapni ham juda silliq yozadi.Shu sabab prompt yozish madaniyati paydo bo‘lyapti. Prompt degani oddiy savol emas. U AI’ga:
— nima kerakligi; — qaysi metodologiya ishlatilishi; — qaysi davr yoki hudud nazarda tutilayotgani; — qanday format kerakligi; — qanday cheklovlar borligi haqida aniq yo‘riq berishdir.Masalan, “shu mavzuda yozib ber” bilan: “2020–2025-yillardagi Scopus maqolalari asosida gamifikatsiyaning til o‘qitishdagi samaradorligini tahlil qil” orasida juda katta farq bor.
Aniq savol bo‘lmasa, AI ham umumiy gap qaytaradi. Bu xuddi ilmiy rahbar oldiga kirib: “ustoz, bir yaxshi mavzu topib bering” deb o‘tirishga o‘xshaydi. Lekin boshqa tomoni ham bor. Hozir ayrimlar AI’dan foydalanayotgan har qanday tadqiqotchini “tekinxo‘r” deb ko‘rsatishga urinadi. Menimcha, bu ham uncha adolatli emas. Chunki bugungi ilmda vaqt bilan ishlash ham kompetensiyaga aylanib bo‘ldi. Oldin Zotero yoki Mendeley ishlatgan odamni hech kim dangasa demagan. Google Scholar’dan foydalangan tadqiqotchini ham “o‘zi kitob qidirmabdi” deb ayblashmagan. AI ham asta-sekin ilmiy ekotizimning oddiy vositalaridan biriga aylanmoqda.Muammo boshqa joyda: AI fikrni tezlashtiryaptimi yoki fikrlashning o‘rnini bosyaptimi? Farq aynan shu yerda. Menimcha, yaxshi prompt yozish — bu mavzuni tushungan odamning belgisi. Chunki mavzuni tushunmagan odam AI’ga ham normal savol bera olmaydi. Savol sifati ko‘p hollarda tadqiqotchining o‘z saviyasini ko‘rsatadi.
AI hozir ilm uchun kalkulyatorga o‘xshab qolyapti. Kalkulyator matematikani yo‘q qilmagan. Lekin formulani bilmagan odam qo‘liga Casio olsa ham fizik bo‘lib qolmagan.Keyingi postlarda ilmiy tadqiqotlar uchun qanday prompt yozish, AI’dan etik va samarali foydalanish, qaysi xatolar eng ko‘p uchrashi haqida ham alohida yozib boraman. Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
1 732
#PhD_Supp0rt
🔍 Nega ko‘plab ilmiy maqolalar rad etiladi?
Ko‘pchilik maqola rad etilishini “mavzu kuchsizligi” bilan bog‘laydi. Aslida esa muammo ko‘pincha:
— noto‘g‘ri format,
— ilmiy uslub,
— citation xatolari,
— plagiat,
— sifatsiz tarjima,
— metodologiyaning sustligida bo‘ladi.
Bugungi ilmiy platformalarda maqolaning nafaqat mazmuni, balki texnik sifati ham juda muhim.
📌 PhD Support kanalida: ✅ OAK jurnallariga maqola tayyorlash ✅ Scopus bazasidagi jurnallar uchun maqolalarni rasmiylashtirishga yordam ✅ IMRAD strukturasi ✅ Akademik tarjima ✅ Anti-plagiat ishlari ✅ Word formatlash bo‘yicha amaliy yordam berib boriladi.Ilmiy ishni yozish muhim. Uni professional ko‘rinishga olib chiqish esa undan ham muhim. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi:
🔹 @centerasia_library
Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori.
🔹 @ILM_NUR_2020
Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma.
🔹 @akademik_burchak
OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal.
🔹 @Scopus_Academy
Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal.
🔹 @Magistr_Hub
Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi.
🔹 @centerasiastudy
Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma.
🔹 @PhD_Supp0rt
PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.
1 732
#PhD_Supp0rt
#chiqarilgan_jurnallar
Ko‘plab yosh tadqiqotchilarda tabiiy savol paydo bo‘lmoqda: “Ro‘yxatdan chiqarilgan jurnallarda avval chop etilgan maqolalarimiz endi hisobga olinmaydimi?” Yo‘q, xavotirga o‘rin yo‘q.
OAK qarorida aniq ko‘rsatilgan: mazkur qaror qabul qilingunga qadar, ya’ni 2026-yil 10-iyungacha ro‘yxatdan chiqarilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar dissertatsiya ishlarining asosiy ilmiy natijalari sifatida belgilangan tartibda e’tiborga olinadi.Demak, maqolangiz 10.06.2026 sanasigacha chop etilgan bo‘lsa, u avtomatik tarzda “o‘tmaydi” degani emas. Muhimi — maqola aynan qaror qabul qilingunga qadar nashr etilgan bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
“Amaliyotga joriy etildi” degan xulosa nega bekor qilindi?
Bu savol hozir ko‘pchilikni o‘ylantiryapti. Ayniqsa, ilmiy davralarda darrov tanish gap chiqadi: “Agar dissertatsiya amaliyotga joriy qilinmasa, undan nima foyda?”
Savol o‘rinli. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Doktorantning asosiy ishi — yangi ilmiy natija yaratish. Ya’ni u g‘isht pishiradi. O‘sha g‘ishtdan bino qurish esa boshqa tizimning ishi: universitet, vazirlik, korxona, ilmiy markaz, grant, buyurtmachi kerak. Bizda esa ko‘p yillar “joriy etish dalolatnomasi” ba’zan ilmiy natijaning real ta’siridan ko‘ra, qog‘oz topish poygasiga aylanib ketganini ham yashirmaslik kerak. Kimdir maktabdan xat oladi, kimdir hokimlikdan, kimdir tashkilotdan. Natija hayotga kirdimi-yo‘qmi — bu alohida masala. Albatta, ilm amaliyotdan uzilib qolmasligi kerak. Dissertatsiya javonda chang bosib yotadigan “qalin papka” bo‘lib qolsa, bundan jamiyatga foyda kam. Bu e’tiroz to‘g‘ri. Lekin har bir izlanuvchidan “sen ham olim bo‘l, ham loyiha menejeri bo‘l, ham homiy top, ham tashkilotga kirgiz” deyish ham adolatli emas. Olimning vazifasi — asoslangan bilim, metodika, model yoki yechim berish. Uni hayotga olib kirish esa tizimning alohida mexanizmi bo‘lishi kerak.Xulosa qilsam, joriy etish talabi bekor bo‘lgani ilm amaliyotga kerak emas degani emas. Aksincha, “qog‘ozdagi joriy etish”dan “haqiqiy ishlaydigan mexanizm”ga o‘tish vaqti keldi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
“Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok eting!
✅ Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:
1. Muhandislik, elektronika, raqamli texnologiyalar va hisoblash tizimlari; 2. Ilg‘or materiallar, bioprotsessing va biomanufacturing; 3. Robototexnika, kosmik texnologiyalar va sun’iy yo‘ldosh tizimlari; 4. Transport, logistika va ulanish tizimlari; 5. Barqaror rivojlanish va energetika; 6. Molekulyar va hujayra biologiyasi, neyrofanlar hamda immunologiya; 7. Genomika, omiks texnologiyalari va yuqumli kasalliklar; 8. Bioinformatika va bioma’lumotlar infratuzilmasi; 9. Teri salomatligi, dermatologik tadqiqotlar, oziq-ovqat fanlari, nutritsiologiya hamda inson salohiyati.✍️ Tanlov doirasida g‘olib bo‘lgan nomzodlar 2026–2027-yillar davomida Singapurning Fan, texnologiyalar va tadqiqotlar agentligida (A*STAR) 3 oy muddatga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuboriladi. ❗️Eslatma: Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlari 2026-yilning 3-iyunidan 30-iyuliga qadar xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi (internship.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. 🌐 Batafsil 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Ba’zi ilmiy kengashlar atrofida sog‘lom ilmiy raqobat emas, yopiq “ilmiy mahalla” shakllanib qolgan. Tashqaridan qaraganda hammasi tartibli: seminar bor, muhokama bor, savol-javob bor. Lekin ichkariga kirsangiz, ayrim joylarda ilmiy bahs emas, “biznikilar va begonalar” kayfiyati seziladi.
Eng qizig‘i, agar siz kengashdagi kimningdir shogirdiga jiddiy savol bersangiz yoki dissertatsiyadagi kamchilikni ochiq aytsangiz, shu zahoti “ilm-fanga qarshi odam”ga aylanib qolishingiz mumkin. “Go‘yoki siz ilmiy savol bermadingiz, balki oldindan kelishilgan sokin muhitni buzib yubordingiz.”
Aslida ilmiy kengashning vazifasi shogirdni himoya qilish emas, ilmiy ishni xolis baholash bo‘lishi kerak. Himoya maydoni “o‘zimiznikilarni o‘tkazib yuborish konveyeri”ga aylanib qolsa, bundan na talabgor yutadi, na ilm-fan.
Albatta, barcha kengashlar bunday deyish adolatsizlik bo‘ladi. Halol ishlayotgan, talabgorni chindan pishitayotgan, savolni shaxsga emas, tadqiqotga qaratayotgan kengashlar ham bor. Lekin aynan ayrim yopiq tizimlar sabab butun ilmiy muhitga ishonch pasayadi.
Prezidentimizning so‘nggi farmonlari fonida, ayniqsa ijtimoiy-gumanitar sohalardagi ilmiy kengashlar faoliyatini mutlaqo yangi dunyoqarash bilan qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Kengash raisi, rais o‘rinbosari va ilmiy kotib albatta o‘sha muassasadan bo‘lishi kerak degan qarashdan voz kechish zarur. Aksincha, tashqi ekspertlar, boshqa ilmiy maktab vakillari va mustaqil mutaxassislar ishtiroki kuchaytirilishi kerak.
Ayrim kengashlarda ilmiy nepotizm kuchayib ketgan: o‘zining shogirdi, o‘zining hamkasbi, o‘zining “ilmiy hamtovog‘i”. Bunday muhitda tanqidiy savol begona tovushdek eshitiladi.
Menimcha, ilmiy kengashlar ochiqroq, raqobatliroq va mustaqilroq bo‘lmasa, biz dissertatsiya sonini ko‘paytiramiz, lekin ilmiy sifatni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.
Ilmiy kengash oshxona emas, kimning qozoni qaynayotganiga qarab baho beriladigan joy bo‘lmasligi kerak. U yerda asosiy mezon bitta bo‘lishi lozim: ishning ilmiy qiymati.
Manba: facebook
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
— tashqi universitet yoki xorij eksperti bo‘lishi kerak;
— metodologik xilma-xillik bo‘lishi kerak;
— anonim review elementi kuchli bo‘lishi kerak.
Aks holda ekspertiza:
ilmiy filtr emas,
korporativ ichki tasdiqlash mexanizmiga aylanib qoladi.
Aslida ijtimoiy fanlardagi asosiy muammo ko‘pincha “ilm yo‘q”ligi emas. Muammo — sifatni ajratib beradigan mustaqil ekspertiza infrastrukturasining zaifligida.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 732
Aslida “kim ovoz berishi kerak?” degan savol barcha fanlarda bir xil ishlamaydi. Chunki fundamental aniq fanlar bilan ijtimoiy-gumanitar fanlarning ilmiy tekshiruv mexanizmi tabiatan boshqacha.
Matematik analiz, nazariy fizika yoki algebra kabi sohalarda ilmiy natija ko‘pincha:
— formal isbot,
— qat’iy mantiq,
— ichki konsistentlik,
— formulaviy aniqlik
bilan tekshiriladi.
Bu yerda “subyektiv talqin” maydoni torroq.
Masalan, teorema noto‘g‘ri bo‘lsa — isbot qulaydi.
Model ishlamasa — matematik apparat chidamaydi.
Natija takrorlanmasa — ilmiy qiymat pasayadi.
Shu sababli aniq fanlarda ekspertiza sifati tabiiy ravishda kuchliroq ishlaydi. Chunki fan ichida “ha” va “yo‘q” oralig‘i nisbatan qisqa.
Ijtimoiy fanlarda esa vaziyat boshqacha.
Bu yerda ko‘p hollarda:
— interpretatsiya,
— metodologik tanlov,
— nazariy paradigma,
— siyosiy-madaniy kontekst
katta rol o‘ynaydi.
Natijada ekspertiza tizimi ko‘proq insoniy omillarga bog‘lanib qoladi.
Mana asosiy muammolar.
Birinchi muammo — “ilmiy yangilik” mezonining noaniqligi.
Aniq fanlarda yangilikni tekshirish nisbatan oson:
— yangi formula bormi?
— yangi algoritm ishlaydimi?
— yangi metod natija berdimi?
Ijtimoiy fanlarda esa ba’zan “yangilik” juda abstrakt shaklga kiradi:
— “muammo yangi rakursda o‘rganildi”,
— “kompleks yondashuv taklif qilindi”,
— “takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqildi”.
Bu iboralarni baholashda qat’iy chegaralar yo‘q.
Natijada ekspertiza ko‘pincha ilmiy aniqlikdan ko‘ra stilistik taassurotga o‘tib ketadi.
Ikkinchi muammo — metodologik elastiklik.
Ijtimoiy fanlarda bir xil mavzuni:
— pozitivistik,
— konstruktivistik,
— marksistik,
— liberal,
— postmodern,
— institutsional
yondashuvlar bilan yozish mumkin.
Muammo shundaki, ekspert ko‘pincha “ilmiy sifat”ni emas, o‘z metodologik didini himoya qiladi.
Masalan:
bir ekspert statistik modelni “jiddiy ilm” deb biladi,
boshqasi esa sifat intervyularini ustun ko‘radi.
Natijada baholash obyektiv ekspertiza emas, metodologik simpatiyaga aylanishi mumkin.
Uchinchi muammo — ijtimoiy fanlarda “tekst markazlashuvi”.
Aniq fanlarda asosiy og‘irlik:
— formula,
— eksperiment,
— hisob-kitob,
— modelda.
Ijtimoiy fanlarda esa katta qism matnning o‘zida.
Shu sababli:
— murakkab terminologiya,
— uzun jumlalar,
— ko‘p iqtibos,
— abstrakt nazariya
ba’zan real ilmiy natija o‘rnini bosib qoladi.
Ekspertiza sust bo‘lsa, “ilmiy ko‘rinadigan matn” haqiqiy ilmiy yangilik o‘rnida qabul qilinadi.
To‘rtinchi muammo — lokal akademik muhitning yopiq bo‘lishi.
Bu ayniqsa postsovet hududidagi ijtimoiy fanlarda seziladi.
Ko‘pincha:
— bir xil mualliflar,
— bir xil terminlar,
— bir xil qonunlar,
— bir xil siyosiy narrativlar
aylanib yuradi.
Natijada ekspert:
“bu ilmiy jihatdan kuchlimi?”
degan savoldan ko‘ra,
“bizdagi standartga mosmi?”
degan savol bilan ishlaydi.
Bu esa real ilmiy raqobatni pasaytiradi.
Beshinchi muammo — ijtimoiy fanlarda tashqi verifikatsiya zaifligi.
Matematikada noto‘g‘ri isbotni boshqa matematik tez topadi.
Lekin:
— “fuqarolik jamiyatini rivojlantirish mexanizmi”,
— “ma’naviy kompetensiya modeli”,
— “innovatsion boshqaruv paradigmasi”
kabi tushunchalarni tekshirish ancha murakkab.
Ko‘p hollarda ish:
— nazariy umumlashma,
— tavsiya,
— konseptual model
darajasida qoladi.
Bu esa ekspertiza sifatiga juda katta yuk beradi.
Agar ekspert kuchli bo‘lmasa, tizim tez formalizmga aylanadi.
Yana bir juda nozik jihat bor.
Ijtimoiy fanlarda “ijtimoiy xavfsiz mavzu” fenomeni mavjud.
Ba’zan ekspertlar:
— keskin yangi g‘oyadan,
— noodatiy metodologiyadan,
— dominant narrativga zid fikrdan
ehtiyot bo‘ladi.
Natijada tizim:
innovatsiyani emas,
konformizmni mukofotlay boshlaydi.
Bu esa ilmiy rivojlanish uchun xavfli.
Shu nuqtada siz aytgan “malakali ovoz” g‘oyasi ijtimoiy fanlarda yanada dolzarb bo‘lib qoladi. Lekin bu yerda oddiy tor doira yetmaydi. Chunki tor doiraning o‘zi ba’zan muammoning manbai.
Shuning uchun ijtimoiy fanlarda ideal ekspertiza modeli quyidagicha bo‘lishi kerak:
— tor ixtisoslik ekspertlari bo‘lishi kerak;
— lekin ular bitta ilmiy maktabdan bo‘lmasligi kerak;
