PhD Support
Open in Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 739
Subscribers
+424 hours
+907 days
+34430 days
Posts Archive
1 739
2015-yilda tasdiqlangan “Ixtisosliklar pasporti” bugungi ilm-fan va texnologiyalar sur’atiga endi to‘liq javob bermay qolmoqda.
O‘sha paytda: — sun’iy intellekt bugungidek rivojlanmagan edi, — raqamli iqtisodiyot endi shakllanayotgan edi, — kiberxavfsizlik, data science, genomika, fintech, edtech kabi yo‘nalishlar hozirgidek mustaqil ilmiy tarmoq sifatida qaralmagan edi.Bugun esa ilm-fan tubdan o‘zgardi. Lekin ko‘plab ixtisoslik pasportlari hali ham eski metodologik qarashlar asosida qolib ketgan.
Natijada: • yangi fanlar eski klassifikatsiyaga sig‘mayapti; • fanlararo tadqiqotlar rasmiylashtirishda muammo tug‘dirmoqda; • ayrim dissertatsiyalar mavzu va ixtisoslik o‘rtasida sun’iy moslashtirilmoqda; • zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar uchun aniq mezonlar yetishmayapti.Endi “Ixtisosliklar pasporti”ni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Yangi avlod ilmiy yo‘nalishlari, raqamli transformatsiya, AI, interdisciplinar tadqiqotlar va global akademik standartlar asosida yangilangan tizim kerak. Chunki eski pasport bilan yangi ilmni boshqarib bo‘lmaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
⁉️PhD “poygasi”: son ortyapti, sifat-chi?
Bugun ilmiy daraja olishga intilayotganlar soni ko‘paymoqda. Bu, albatta, ijobiy holat. Ammo asosiy savol shunda: ilmiy izlanishlar soni ortishi bilan ularning sifati ham oshyaptimi? Ilmda raqamlar muhim, lekin akademik halollik, tadqiqot madaniyati, manba bilan ishlash mas’uliyati, mustaqil fikr va haqiqiy ilmiy natija undan ham muhimroq. PhD faqat diplom yoki maqom emas, u tadqiqotchining ilm oldidagi mas’uliyati, jamiyatga beradigan ilmiy javobi va shaxsiy akademik pozitsiyasidir.♻️Ushbu suhbatda aynan shu masalalar — akademik halollik, ilmiy jarayonlardagi muammolar, dissertatsiya tayyorlash madaniyati, sifat va mas’uliyat haqida fikr yuritilgan. Ilmda “tezroq himoya qilish” emas, “haqiqiy ilmiy natijaga erishish” qadrlanishi kerak. Videoni ko‘rish: https://www.youtube.com/watch?v=8q0APkIfUH8 ⚠️Scopus mezonlari hamma fan uchun bir xil bo‘lishi kerakmi? - link 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Bugungi kunda ilm-fan sohasida turli muammolar uchrab turadi. Shulardan biri — bilim va iste’doddan ko‘ra ayrim hollarda tanish-bilish yoki “qulay odam”larga ko‘proq e’tibor berilishidir.
Dilfuza opa Egamberdiyevaning fikrlari ko‘plab mustaqil olimlarning holatini eslatadi. Chunki ayrim olimlar tizimdagi kamchiliklarni ochiq aytgani uchun yetarli qo‘llab-quvvatlanmaydi. Aslida esa ilm-fan doimo erkin fikr va tanqid orqali rivojlanadi.
Haqiqiy olim haqiqatni aytishdan qo‘rqmaydi. Ba’zan buning uchun turli qiyinchiliklarga duch keladi, ishlari rad etilishi ham mumkin. Lekin foydali va to‘g‘ri g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan baribir o‘z ahamiyatini ko‘rsatadi.
Shuning uchun xalqaro miqyosda tan olinayotgan olimlarni o‘zimizda ham qadrlash juda muhim. Ilm-fanga e’tibor berish — jamiyat kelajagiga e’tibor berish deganidir.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ilmiy rahbarlik institutiga qo‘yilgan yangi talablarni ilm-fan sifati nuqtai nazaridan ijobiy baholash mumkin.
Endilikda ilmiy rahbar doktorant tadqiqot olib borayotgan ixtisoslikka yaqin yoki mos yo‘nalishda ilmiy faoliyat yuritgan bo‘lishi talab etilmoqda. Bu qaror zamonaviy ilm-fan rivojlanishining mantiqiy natijasidir.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar shu darajada tor va chuqur ixtisoslashib bormoqdaki, bitta fan tarmog‘ining o‘zida ham o‘nlab alohida ilmiy yo‘nalishlar shakllangan. Shu sababli bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan olimning mutlaqo boshqa yo‘nalishdagi doktorantga yuqori darajada ilmiy rahbarlik qilishi har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Xalqaro amaliyotga nazar tashlansa, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan ilmiy markazlarda doktorant uchun rahbar tanlashda birinchi navbatda olimning aynan shu tadqiqot mavzusiga yaqin ilmiy ishlari, xalqaro nashrlardagi maqolalari, grant loyihalari va ilmiy maktabdagi tajribasi hisobga olinadi. Ko‘plab universitetlarda doktorant va ilmiy rahbarning tadqiqot yo‘nalishlari mos kelmasa, rahbarlikka ruxsat ham berilmaydi. Aslida ilmiy rahbarning vazifasi faqat dissertatsiya matnini o‘qib chiqish yoki rasmiy maslahat berishdan iborat emas. U tadqiqotchini ilmiy metodologiya, zamonaviy adabiyotlar, xalqaro ilmiy muhokamalar va yangi tadqiqot tendensiyalariga yo‘naltiruvchi shaxsdir. Buni esa faqat o‘sha sohaning ichida faol ishlayotgan mutaxassis samarali bajara oladi. Ayrim hollarda olimlarning o‘zini bir vaqtning o‘zida ko‘plab ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassis sifatida namoyon etishga urinishi uchrab turadi. Biroq bugungi ilm-fan miqyosi va murakkabligi shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir ixtisoslikning o‘zida ham barcha yo‘nalishlarni mukammal egallash tobora qiyinlashib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ilmiy rahbar va doktorant ixtisosliklarining yaqinlashtirilishi nafaqat formal talab, balki ilmiy natijalar sifati, dissertatsiyalarning amaliy qiymati va milliy ilm-fan raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan muhim mexanizm hisoblanadi.Ilmda sifat ko‘pincha to‘g‘ri tanlangan mavzu va o‘sha mavzuni chuqur biladigan ilmiy rahbardan boshlanadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ilmiy daraja va unvonlar reyestri nima uchun kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni “Yo‘l xaritasi”da respublikada ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslar reyestrini yaratish vazifasi belgilangan. Bu tashabbusni faqat “olimlar ro‘yxati” deb tushunish to‘g‘ri emas. Aslida, bunday reyestr mamlakat ilmiy salohiyatini aniq ko‘rsatib beradigan muhim axborot tizimidir. Reyestr orqali davlat qaysi sohada qancha ilmiy darajali kadr borligini, qaysi hududlarda professor, dotsent, PhD yoki DSc darajasidagi mutaxassislar yetishmayotganini ko‘ra oladi. Bu esa doktorantura kvotalari, ilmiy grantlar, oliy ta’lim muassasalarining kadrlar siyosati va ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni rejalashtirishda aniq ma’lumot beradi. Bunday tizimning yana bir muhim foydasi — shaffoflikdir. Ilmiy daraja va unvonlar yagona elektron bazada aks etsa, soxta diplom, tasdiqlanmagan ilmiy unvon yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan akademik maqomlarning oldini olish osonlashadi. Bu ilmiy muhitda ishonch va akademik halollikni kuchaytiradi.Xalqaro tajribada ham bunday tizimlar keng qo‘llaniladi. Masalan, rivojlangan davlatlarda ilmiy xodimlar, ularning tadqiqot yo‘nalishlari, ilmiy natijalari va akademik maqomi maxsus elektron bazalar orqali yuritiladi. ORCID, Scopus Author ID, Web of Science ResearcherID kabi tizimlar olimlarni aniqlash, ularning ilmiy faoliyatini kuzatish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayrim mamlakatlarda esa milliy ilmiy axborot tizimlari orqali universitetlar, laboratoriyalar va davlat organlari ilmiy kadrlar salohiyatini tahlil qiladi. O‘zbekiston uchun bunday reyestr ayniqsa muhim. Chunki ilmiy salohiyat faqat umumiy raqamlar bilan emas, balki soha, hudud, tashkilot va ilmiy daraja kesimida baholangandagina to‘g‘ri boshqariladi. Masalan, bir hududda texnika fanlari bo‘yicha mutaxassislar kam, boshqa hududda pedagogika yoki tibbiyot yo‘nalishida ilmiy kadrlar yetishmasligi mumkin. Reyestr ana shu muammolarni ko‘rsatib beradi. Eng asosiysi, bu tizim olimlarni oddiy statistik birlik sifatida emas, mamlakatning intellektual kapitali sifatida ko‘rishga yordam beradi. Bugungi dunyoda raqobat tabiiy boyliklar bilangina emas, bilim, ilmiy tafakkur, texnologiya va innovatsiya bilan belgilanmoqda. Shu jihatdan ilmiy daraja va unvonga ega shaxslar reyestrini yaratish texnik baza tuzish emas, balki ilm-fanni zamonaviy boshqarish sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Agar bu tizim muntazam yangilanib, ochiq va ishonchli ishlasa, u O‘zbekistonda ilmiy siyosatni aniq ma’lumotlar asosida yuritish, ilmiy kadrlarni to‘g‘ri joylashtirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
🧬Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish tartibida muhim o‘zgarish kutilmoqda
#PhD_Supp0rt
2027-yildan boshlab ayrim ustuvor ilmiy ixtisosliklarda doktoranturaga qabul qilish jarayoni avvalgidek faqat kirish imtihoni bilan cheklanmasligi mumkin. Endilikda bunday yo‘nalishlarda talabgorning ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha taqdimoti asosiy baholash mezonlaridan biriga aylanishi nazarda tutilmoqda. Oddiyroq aytganda, ilgari izlanuvchi ko‘proq test, savol-javob yoki an’anaviy imtihon orqali doktoranturaga kirishga harakat qilgan bo‘lsa, yangi tartibda u o‘zining ilmiy g‘oyasini himoya qilishi kerak bo‘ladi. Ya’ni talabgor qaysi muammoni tadqiq qilmoqchi, bu muammo nima uchun dolzarb, uni qanday metodlar orqali o‘rganadi, tadqiqotdan qanday ilmiy va amaliy natijalar kutiladi — shularni asoslab berishi talab etiladi. Bu yondashuvda komissiya talabgorning faqat yodlab olgan bilimini emas, balki uning ilmiy fikrlashini, mustaqil tahlil qilish qobiliyatini, mavzuga yondashuvini, tadqiqot olib borishga tayyorgarligini va ilmiy salohiyatini baholaydi. Muhim tomoni: taqdimotga qo‘yiladigan talablarni har bir oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot mustaqil belgilashi mumkin. Demak, bir tashkilotda talablar nisbatan sodda, boshqasida esa ancha murakkab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.Fikrimcha, bu o‘zgarish to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam bo‘lishi mumkin. Chunki doktorantura oddiy imtihondan o‘tish bosqichi emas, balki mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishga tayyorlikni ko‘rsatuvchi jarayon bo‘lishi kerak. Ilmiy g‘oyasi aniq bo‘lmagan, mavzusini chuqur tushunmagan yoki faqat diplom olish niyatida kirayotgan talabgorlar bunday tizimda tabiiy ravishda saralanadi. Lekin bu yerda yana bir nozik jihat bor: taqdimotni baholash mezonlari aniq, shaffof va adolatli bo‘lishi zarur. Aks holda, imtihon o‘rniga subyektiv baholash kuchayib ketishi mumkin. Shuning uchun har bir tashkilot taqdimot uchun aniq mezonlarni — mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik asoslari, manbalar bilan ishlash darajasi va kutilayotgan natijalarni oldindan e’lon qilishi kerak. Endi doktoranturaga tayyorlanayotganlar faqat test yoki imtihonga emas, balki o‘z ilmiy loyihasini puxta shakllantirishga ham jiddiy kirishishi kerak. Chunki yangi tartibda kuchli g‘oya, aniq reja va ilmiy asoslangan yondashuv talabgorning asosiy ustunligiga aylanadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ilm-fan taraqqiyoti faqat katta qarorlar bilan emas, tadqiqotchining kundalik yo‘lidagi mayda to‘siqlarni kamaytirish bilan ham boshlanadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ilmiy boshqaruvdagi ikki byurokratik liniya: tadqiqotchi qayerda qolmoqda?
#PhD_Supp0rt
Bugungi oliy ta’lim tizimida ilm-fanni rivojlantirish haqida ko‘p gapirilmoqda. OAK tizimidagi kutilayotgan transformatsiya, ilmiy darajalar berish tartibi, ekspertiza jarayonlari, xalqaro standartlarga moslashish masalalari jamoatchilik muhokamasida turibdi. Ammo muammoning yana bir ichki qatlami bor: ko‘plab oliygohlarda tadqiqotchi nafaqat OAK yoki tashqi ekspertiza bilan, balki universitet ichidagi ikki byurokratik liniya bilan ham yuzma-yuz keladi.
Birinchi liniya — ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor boshchiligidagi ilmiy bo‘lim, doktorantura bo‘limi, ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi ma’muriy tuzilmalardir. Bu blok odatda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy hisobotlar, reja-grafiklar, monitoring, maqola talablari, dissertatsiya bajarilishi va rasmiy hujjatlar bilan ishlaydi.
Ikkinchi liniya esa ilmiy kengash raisi, ilmiy kotiblar va kengash atrofidagi texnik-tashkiliy mexanizmlardir. Bu blok dissertatsiyani dastlabki muhokamadan o‘tkazish, seminar, kafedra, kengash, taqriz, bayonnoma, e’lon, hujjatlar paketi va himoya jarayoniga oid talablar bilan shug‘ullanadi.
Nazariy jihatdan bu ikki tizim bir-birini to‘ldirishi kerak. Birinchisi ilmiy faoliyatni tashkiliy jihatdan boshqaradi, ikkinchisi esa dissertatsiya sifati va himoya jarayonining ilmiy-me’yoriy tartibini ta’minlaydi. Ammo amaliyotda ayrim yirik oliygohlarda bu ikki blok tadqiqotchi uchun ikki alohida bosim markaziga aylanib qolmoqda.
Tadqiqotchi bir tomondan ilmiy bo‘lim va doktorantura bo‘limiga hisobot beradi, ikkinchi tomondan ilmiy kengash raisi va kotiblari talablariga moslashishga majbur bo‘ladi. Har ikki tomonning o‘z “ichki tartibi”, o‘z “ro‘yxati”, o‘z “talabi”, o‘z “ko‘rsatmasi” bo‘ladi. Natijada tadqiqotchi ilmiy matn ustida ishlashdan ko‘ra ko‘proq hujjat, imzo, tasdiq, bayonnoma va texnik talablar orasida qolib ketadi.
Eng og‘riqli jihat shundaki, ba’zan bu ikki liniya bir-biri bilan to‘liq muvofiqlashmagan bo‘ladi. Ilmiy bo‘lim bir narsani talab qiladi, ilmiy kengash kotibi boshqa tartibni aytadi. Doktorantura bo‘limi reja bajarilishini so‘raydi, kengash esa hujjat shakli yoki rasmiylashtirishdagi mayda kamchiliklarni asosiy masalaga aylantiradi. Bunday holatda tadqiqotchi ilmiy ish muallifi emas, balki ikki idora o‘rtasida qatnaydigan ijrochi maqomiga tushib qoladi.
Kichik oliy ta’lim muassasalarida esa vaziyat boshqacharoq. U yerda bu ikki blok ko‘pincha amalda bir nuqtada birlashgan bo‘ladi. Bir odam yoki bir kichik guruh ham ilmiy bo‘lim funksiyasini, ham ilmiy kengash atrofidagi tashkiliy jarayonlarni boshqaradi. Bu ba’zan tezkorlik beradi, lekin boshqa xavfni ham yuzaga chiqaradi: qarorlar shaxsiy munosabat, ichki muhit, mahalliy tartib va norasmiy ta’sirlar bilan haddan tashqari bog‘lanib qolishi mumkin.
Aslida ilmiy boshqaruvning maqsadi tadqiqotchini qiynash emas, unga aniq yo‘l ko‘rsatish bo‘lishi kerak. Ilmiy bo‘lim ham, doktorantura bo‘limi ham, ilmiy kengash ham bir narsaga xizmat qilishi lozim: sifatli dissertatsiya, halol ilmiy natija va shaffof himoya jarayoni.
Bugungi islohotlar aynan shu ichki byurokratik qatlamni ham ko‘rishi kerak. Faqat OAK tepasidagi o‘zgarishlar yetarli emas. Oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy boshqaruv mexanizmi ham qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Har bir talab yagona elektron tizimda, aniq reglamentda va bir xil mezon asosida bo‘lishi kerak. Tadqiqotchi bir hujjatni uch joyga turlicha shaklda topshiradigan davr tugashi kerak. Ilmiy kengash kotibi yoki ilmiy bo‘lim xodimi tadqiqotchi ustidan nazoratchi emas, ilmiy jarayonning xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy koordinatori bo‘lishi kerak. Ilm-fanda ma’muriy apparat olimning ustida emas, uning yonida turishi zarur. Agar yangi ilmiy ekspertiza tizimi haqiqatan ham samarali bo‘lishi istalsa, faqat yuqoridagi institutlar emas, pastdagi ichki mexanizmlar ham tartibga solinishi kerak. Chunki tadqiqotchi OAK eshigiga yetib borguncha ko‘pincha universitet ichidagi ikki byurokratik liniyada charchab bo‘ladi.
1 739
#PhD_Supp0rt
OAKga yangi rahbar tayinlanishi masalasi atrofida turli qarashlar bildirilmoqda. Ayrimlar xalqaro tajribaga ega, uzoq yillar xorijda faoliyat yuritgan olim rahbar bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. Bu fikrda jon bor. Biroq masalaga faqat shu mezon orqali yondashish yetarli emas.
Mening nazarimda, OAK yoki uning o‘rnini bosadigan yangi ilmiy ekspertiza tizimiga rahbar bo‘ladigan shaxs ikki muhitni birdek bilishi kerak. Bir tomondan, u xalqaro ilm-fan standartlari, ilmiy etikaga oid talablar, Scopus va Web of Science kabi tizimlarning ishlash mexanizmlarini yaxshi tushunishi zarur. Ikkinchi tomondan esa, O‘zbekiston ilmiy muhitining ichki xususiyatlarini, ilmiy kengashlar faoliyatini, doktorantura tizimini, ekspertiza jarayonlarini va yillar davomida shakllangan muammolarni chuqur bilishi lozim.Faqat xorijiy tajribaga ega bo‘lishning o‘zi yetmaydi. Chunki tizimni o‘zgartirish uchun avvalo uning ichki mexanizmlarini tushunish kerak. Ilmiy kengashlar qanday ishlaydi, ekspertiza jarayonlarida qaysi muammolar uchraydi, OTM va ilmiy tashkilotlardagi ilmiy faoliyat qanday tashkil etilgan — bularning barchasi nazariy emas, amaliy tajriba orqali anglanadigan masalalardir. Bugungi kunda ilmiy sohada kutilayotgan transformatsiya inqilobiy emas, evolyutsion xarakterga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tizimdagi mavjud muammolarni inkor etmasdan, uning ishlayotgan jihatlarini saqlab qolgan holda xalqaro standartlarga moslashtirish kerak. Buning uchun esa ham xalqaro tajribani ko‘rgan, ham mahalliy ilmiy muhitni ichidan biladigan, OTM yoki ilmiy tashkilotlarda ilm-fan boshqaruvi bilan shug‘ullangan mutaxassis eng maqbul nomzod bo‘lib ko‘rinadi. Ilmiy tizimni isloh qilish uchun tashqaridan qarash muhim. Lekin uni boshqarish uchun ichkaridan tushunish undan ham muhimroq. OAKning keyingi bosqichi aynan shu ikki tajribaning uyg‘unlashuviga bog‘liq bo‘lsa kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Maqola etikasi: eng ko‘p unutiladigan masala
#PhD_Supp0rt
Xalqaro jurnallarda ilmiy etika juda jiddiy masala.
Plagiat, soxta ma’lumot, noto‘g‘ri mualliflik, bir maqolani bir nechta jurnalga yuborish yoki manbani noto‘g‘ri ko‘rsatish katta muammo hisoblanadi.
Ayrim tadqiqotchilar “matn o‘zimniki bo‘lsa bo‘ldi” deb o‘ylaydi. Lekin ilmiy etika faqat plagiat bilan cheklanmaydi.
Masalan, maqolada hammuallif kim bo‘lishi kerak? Tadqiqotga real hissa qo‘shgan shaxsmi yoki faqat lavozimi bor insonmi?Yoki bir xil natijani mayda bo‘laklarga bo‘lib, bir nechta maqola qilib chiqarish qanchalik to‘g‘ri? Xalqaro ilm-fanda sifat faqat natija bilan emas, tadqiqotchining akademik halolligi bilan ham o‘lchanadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#PhD_Supp0rt
Sun’iy intellekt ilm-fanga ham kirib keldi.
Bugun ko‘pchilik ChatGPT yoki boshqa AI vositalari orqali maqola yozishga urinmoqda. Bu tabiiy jarayon. Lekin asosiy savol boshqa:
AI tadqiqotchining yordamchisimi yoki o‘rnini bosuvchimi?
Aslida AI matnni tartiblashi, uslubni yaxshilashi yoki adabiyotlarni guruhlashi mumkin. Lekin u haqiqiy ilmiy yangilik yarata olmaydi.
Eng katta xavf — tadqiqotchining o‘zi fikrlamay qo‘yishi.
Ayrim maqolalarda jumlalar chiroyli, lekin ilmiy ruh sezilmaydi. Reviewer buni juda tez anglaydi. Chunki haqiqiy ilmiy maqolada muallifning pozitsiyasi, tahlili va ilmiy qarashi bo‘ladi.
AI vositalaridan foydalanish mumkin. Lekin ilmiy natija, xulosa va tahlil tadqiqotchining o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak.
Kelajakda kuchli tadqiqotchi — AI’dan foydalana oladigan emas, AI bilan birga mustaqil fikrlay oladigan olim bo‘ladi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Илмий даражалар беришда чет тилидан малакавий имтиҳон топшириш бекор бўлди. Бу яхшими ëки ëмон?
Бир тарафдан ҳақиқий воқелик тан олинган. Юзлаб пиэчдий олган ўзбек олимлар инглиз тилидан кандидатлик минимунини топширган бўлса ҳам бу тилни умуман билмайди. Ëзма ва адабий ўзбек тилини яхши билмаган холда бирота чет тилини билмай пиэчдий ëқлаб ëтишибди. Чет тили бўйича имтихонни пул билан ëпиб келишди шу пайтгача. Демак бирорта тил билмасдан олим бўлиш учун йўл очилди. Иккинчидан тарафдан олим одамнинг илм тили бўлган инглизчани билмаслиги катта минус. Бир марта Берлиндаги Фрай унверситетига Тошкентдан бир домла (Саримсоқов эди фамилияси) келиб ирим чирим урф одат каби антропологияга оид мавзуда лексия ўқиди. Домла немис ëки инглиз тилини билмагани учун Зигрид Клайнмихель опа ўзбекчадан немисчага таржима қилиб турди. Шунда студентлар домладан балки испанча ëки французча биларсиз деб сўраганида домла бош чайқади. Клайнмихел опа ГДРда турколог олим бўлиб пиэчдий (Фан кандидати) рутбасини ëқлаган. Чет тилидан фақат русча ва ўнга яқин турк тилларини билса ҳам инглизча билмаган. Девор ағдарилиб мамлакат ягона ГФР бўлгач собиқ ГДР олимларига инглиз тилини ўрганиб имтихон топшириш юкландди. "Мен етмиш ëшимида инглиз тилини ўрганиб ўз илмий қарашларимни бу тилда ифода қила олдим. Нега ўзбек олимлари буни қилмайди" дея опа озроқ аччиқланганди. Бундан минг йил олдин илм тили арабча бўлган замонда Ал Хоразмий¸ Форобий ва Замахшарий каби олимлар ўз китобларини араб тиилда ëзишган. Агар улар бугун яшаганида мутлақо инглиз тилини билган бўларди. Сал олдин сирдарëлик бир одам билан Мисрдаги меҳмонхонада учрашиб қолдим. Метан заправка эгаси экан. "Метан заправка бугун бор эртага йўқ. Шунга пиэчдий қилиб қўйдим. Фалсафа бўйича докторман" деди. Сал олдин у рецепшнда берилган қоғозни тўлдира оладиган даражада саводи йўқлигини намоëн қилганди. Фалсафа "олими" докторлик дипломини сотиб олганини яшириб ҳям ўтирмади. "Окалар соғ бўлсин докторлик ксивасини қиберишди. Метандан келса бойлик турмуш бўлар чиройлик" дея байт ўқиб "қани бешни ташанг" деди. Шунақа замон. Ашлачи Юлдуз Усмонова "Юридик фанлари доктори" эканлигини биласизми? Мен биламан. Ўзи менга кўрсатган.Савол сизга олим одам инглиз (француз¸ испан¸ немис) тилларини билсинми ëки билмасинми? 📢 каналга улагиш: @PhD_Supp0rt
1 739
#PhD_Supp0rt
Ba’zan doktorant maqolani bir o‘zi yozadi, ilmiy rahbar esa faqat oxirida ko‘rib chiqadi. Ayrim hollarda esa rahbarning o‘zi yozib beradi.
Aslida ikkala holat ham sog‘lom ilmiy model emas.
Xalqaro maqola — hamkorlikdagi ilmiy jarayon.
Ilmiy rahbar mavzuni toraytirish, metodologiyani to‘g‘ri qurish, ilmiy bo‘shliqni ko‘rsatish va xalqaro adabiyotlarni tanlashda katta rol o‘ynaydi.
Doktorant esa asosiy tahlil, manbalar bilan ishlash va ilmiy natijani ishlab chiqadi.
Eng yaxshi maqolalar odatda muntazam ilmiy muloqot bo‘lgan muhitda paydo bo‘ladi.
Muammo shundaki, ayrim doktorantlar maqolani himoya oldidan eslaydi. Natijada ilmiy ish tayyor, lekin xalqaro maqola yo‘q.
Aslida maqola dissertatsiyadan keyin emas, dissertatsiya bilan parallel shakllanishi kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ҳечдан кўра кеч: илмий ишлар учун тил баръери бекор қилинади
Кўплаб танишларим тил баръери туфайли илмий иш қилишга қийналиб юрганди. Кейинги йилдан тилдан сертификат олиш талаби бекор қилинаркан. Бунинг ижобий тарафлари кўпроқ сизга айтсам.
Ўзини илмга бағишлаган, аммо мавжуд шароит туфайли хорижий тилдан ҳужжат ололмаган олимлар кўп эди. Хорижий тилни билиш албатта бебаҳо неъмат, аммо тилнинг ўзигина илм тараққиётига тўсиқ бўлиши керакмас.
PhD ва DSc илмий даражаларини олиш жараёнидаги бир қатор бюрократик тартиблар ҳақиқатан ҳам ортиқча эди. Эндиликда:
▪️ диссертация мавзусини ОАКда рўйхатдан ўтказиш;
▪️ ҳимоя ҳақида эълон бериш;
▪️ етакчи ташкилотда муҳокама қилиш;
▪️ автореферат чоп этиш;
▪️ амалиётга жорий этилгани ҳақида хулоса олиш;
▪️ ОАК эксперт кенгаши экспертизаси;
▪️ ОАК томонидан илмий кенгаш қарорини тасдиқлаш сингари ортиқча унсурлар мавжуд эди, энди улар бекор қилинади. Илм борасида шундоғам кўп вақт ютқаздик, бу хатонинг тўғирлангани яхши бўлибди.
📢 каналга улагиш: @PhD_Supp0rt
1 739
Reviewer javobiga qanday yondashish kerak?
#PhD_Supp0rt
Reviewer izohi kelganda ayrim mualliflar xafa bo‘ladi. Lekin xalqaro nashr madaniyatida bu tabiiy jarayon.
Reviewer dushman emas. U maqolaning kuchayishiga yordam beradigan tashqi ekspert.
Eng to‘g‘ri yo‘l — har bir izohga alohida javob berish. Qaysi joy tuzatildi, qaysi fikr qabul qilindi, qaysi taklif nima sababdan qabul qilinmadi — barchasi aniq yoziladi. Javob xati hissiy emas, ilmiy va hurmatli bo‘lishi kerak. Ba’zan maqola aynan reviewer bilan ishlash jarayonida kuchayadi. Shuning uchun “revise” rad javobi emas. Bu maqolani qabulga yaqinlashtiradigan bosqich bo‘lishi mumkin.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻĝrisida. 26.05.2026-y. PF-98
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati:
#PhD_Supp0rt
1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari); 2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish; 3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish; 4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish; 5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish; 6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish; 7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish; 8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish; 9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash; 10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#PhD_Supp0rt
Sezyapsizmi so‘nggi yillarda “tez Scopusda maqola chiqarib beramiz” degan reklama juda ko‘paydi.
Eng xavflisi shundaki, ayrim tadqiqotchilar jurnalning haqiqiy yoki soxta ekanini tekshirmasdan maqola yuboradi.
Bunday jurnallar “predatory journal” deb ataladi.
Ularning asosiy maqsadi ilm emas, pul ishlash. Odatda ular:
— juda tez qabul qiladi;
— reviewer jarayonisiz ishlaydi;
— maqolani bir necha kunda chiqaradi;
— faqat to‘lovga qiziqadi.
Natijada tadqiqotchi vaqtini, pulini va ba’zan ilmiy obro‘sini ham yo‘qotadi.
Haqiqiy jurnal esa aksincha:
— maqolani uzoq tekshiradi;
— tuzatish so‘raydi;
— metodologiyaga jiddiy qaraydi;
— reviewer bilan ishlaydi.
Shu sabab jurnal tanlashda shoshilish eng katta xato.
Bugungi ilm-fanda maqola sonidan ko‘ra, qayerda chiqqani muhimroq bo‘lib bormoqda.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
Citation — shunchaki manba ko‘rsatish emas
#PhD_Supp0rt
Iqtibos keltirish ilmiy maqolaning eng nozik qismlaridan biri.
Ba’zan tadqiqotchilar manbani faqat “ko‘p adabiyot ko‘rinsin” deb qo‘shadi. Bu noto‘g‘ri yondashuv.
Har bir citation ma’lum vazifa bajarishi kerak: fikrni asoslash, avvalgi tadqiqotni ko‘rsatish, bahsga kirishish yoki natijani solishtirish.
Yana bir xato — faqat eski yoki mahalliy adabiyotlarga tayanish. Xalqaro jurnal zamonaviy ilmiy suhbatni ko‘rishni istaydi.
Agar maqola 2026-yilda yozilayotgan bo‘lsa, unda so‘nggi yillardagi tadqiqotlar ham bo‘lishi tabiiy.
To‘g‘ri citation muallifning ilmiy maydonni bilishini ko‘rsatadi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 739
#PhD_Supp0rt
“Men ingliz tilini yaxshi bilmayman, endi Scopusga maqola chiqara olmaymanmi?”
Ko‘pchilik tadqiqotchilar aynan shunday o‘ylaydi. Aslida esa muammo har doim ham til bilishda emas.
Muammo — akademik yozuv madaniyatida.
Oddiy ingliz tilida gapirish boshqa, ilmiy maqola yozish boshqa jarayon. Xalqaro jurnallar hissiy yoki ortiqcha bezakli matn emas, aniq va mantiqiy fikr kutadi.
Masalan, “juda muhim”, “nihoyatda dolzarb”, “ulkan ahamiyatga ega” kabi jumlalar ilmiy maqolada kam ishlatiladi. Ularning o‘rniga dalil va tahlil bo‘ladi.
Akademik yozuvda har bir jumla vazifa bajaradi:
— muammo qo‘yadi;
— dalil beradi;
— tahlil qiladi;
— xulosa chiqaradi.
Yana bir muhim jihat — tarjima uslubi. Ba’zan maqola ingliz tiliga tarjima qilinadi, lekin fikrlash tizimi o‘zbekcha qoladi. Reviewer esa buni tez sezadi.
Ilmiy maqolada eng muhimi “murakkab yozish” emas, tushunarli va ilmiy yozishdir.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
