en
Feedback
Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Open in Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000

Show more
2 920
Subscribers
+424 hours
+887 days
+9630 days
Posts Archive
Tayinlov 📄 Suvonova Dilbar Nabiyevna Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 D.Su
Tayinlov 📄 Suvonova Dilbar Nabiyevna Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 D.Suvonova Boysun tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – pedagog. Surxondaryo viloyatidan saylangan senator. 📊 Faoliyati davomida ta'lim tizimida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Yoshlar muammolari tizimli o‘rganiladi Prezident Xalq qabulxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 31 yoshgacha bo‘l
Yoshlar muammolari tizimli o‘rganiladi Prezident Xalq qabulxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 31 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni birgalikda ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan yangi monitoring moduli ishga tushirildi. Mazkur modul orqali yoshlarning manfaat va huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish hamda muammolarning samarali yechimlarini ishlab chiqish imkoniyati yanada kengayadi. Shuningdek, modul doirasida Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatiga yoshlar manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘maklashadi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Prezident Xalq qabulxonalariga 31 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan jami 94 713 ta murojaat kelib tushgan.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezidentimizning 2026-yil 21-maydagi PQ-196-son qarorida bemorlarda tibbiy tekshiruv, davolash va jarrohlik amaliyoti o‘tkaz
Prezidentimizning 2026-yil 21-maydagi PQ-196-son qarorida bemorlarda tibbiy tekshiruv, davolash va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi belgilangan. Bugungi kungacha ushbu masalada yordam so‘rab Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat yo‘llagan fuqarolar orasidan kechiktirib bo'lmaydigan 1076 nafar bemor vaucherlar bilan ta'minlandi. Shundan 629 nafar bemorga yordam ko‘rsatilgan, 449 nafari ro‘yxatga olingan va 180 nafari davolanishda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasiga o‘tgan hafta davomida jami 19 592 ta murojaat kelib tushdi. Shoshilinch toifasida ichimlik suvig
Prezident Xalq qabulxonasiga o‘tgan hafta davomida jami 19 592 ta murojaat kelib tushdi. Shoshilinch toifasida ichimlik suviga oid 223 ta murojaat, tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 32 ta masala ko‘rib chiqilgan. Murojaatlardagi 3 ta eng muhim mavzu – bola puli, aliment va gaz balloni muammosi bo‘lib turibdi. E'tiborlisi, elektr uzilishlari bo'yicha murojaatlar oldingi haftaga nisbatan keskin kamayganini ko'rish mumkin. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

2016-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqni tinglash, odamlarning dard-u tashvishlarini chuqur o‘rganish,
2016-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqni tinglash, odamlarning dard-u tashvishlarini chuqur o‘rganish, muammolarning asl sabablarini aniqlash va ularga tizimli yechim topishga mas'ul unikal tuzilma - Prezident Xalq qabulxonalari tashkil etilgan edi. O‘tgan yillar davomida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan g‘oya hayotga tatbiq etildi. Aholi murojaatlarini shunchaki qabul qilish emas, balki fuqarolarni yillar davomida qiynab kelgan ko‘plab masalalarni tizimli islohotlar yordamida hal etish siyosati bugun ham izchil davom etmoqda. Bunga oddiy bir misol — valyuta ayirboshlash masalasi. 2017-yilda ushbu yo‘nalish bo‘yicha Prezident Xalq qabulxonalariga 22 098 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, amalga oshirilgan islohotlar natijasida bugun bunday muammo mavjud emas. Shu kabi ko'plab hal qilingan muammolarning bir qismi posterda keltirilgan. Inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarni eshitish va ularning muammolariga yechim topish yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan Prezident Xalq qabulxonasi - mazkur xalqparvar tizimga asos solgan Davlatimiz rahbarini tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, hurmatli Prezident! 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Prezident!

Tayinlov 📄 Kulbekova Nasiba Zakirovna Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 N.Kulb
Tayinlov 📄 Kulbekova Nasiba Zakirovna Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 N.Kulbekova O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universiteti, Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisliklari – pedagog, davlat boshqaruvi. 📊 U faoliyati davomida bir qator mas'ul lavozimlarda, jumladan, hokim o‘rinbosari, viloyat tashkilotlari rahbari bo‘lib ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Toshkent viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Namangandagi o’rganishlar yakunida Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qi
+3
Namangandagi o’rganishlar yakunida Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Mutasaddilarga murojaatlarni hududning o‘zida qabul qilish va ularni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rish, sayyor va shaxsiy qabullarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi va samaradorligini oshirish, ularda qabul qilingan barcha murojaatlar va natijalarini tizimga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Namangan viloyatida o‘rganis
+4
Aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Namangan viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi. Yanvar-iyun oylarida viloyat aholisidan 31 mingta murojaat tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga ko‘p. Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 37,1%. Biroq Pop (33,7%), Uchqo‘rg‘on (34,2%), Namangan shahri (34,5%) va Yangi Namangan (34,9%) ko‘rsatkichlari bundan kamroq (batafsil posterda). O’rganish natijalariga ko’ra Namanganda shaxsiy qabullarni o‘tkazishdagi kamchiliklar qayd etildi. Xususan, Chust, Pop, Norin, Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimlari 4 tadan, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy, Yangi Namangan, Davlatobod, Namangan tumanlari hokimlari 3 tadan, Uychi tumani hokimi 2 ta shaxsiy qabulini belgilangan vaqtda o‘tkazmagan. Mutasaddilarga ichki ishlar xodimlari, mahalla raisi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, MIB, bank va ijtimoiy soha xodimlari faoliyati va xatti-harakatlari bo‘yicha e’tirozlarni kamaytirish, aholi bilan muloqotni faollashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Namangan Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Bahodir Yusupovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Yusupov Baxodir Tursunovich Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 B.Yus
Tayinlov 📄 Yusupov Baxodir Tursunovich Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 B.Yusupov Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent politexnika instituti, 1997-yil Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-texnolog. 📊 U faoliyati davomida Chust va Kosonsoy tumanlari hokimi, Namangan viloyati hokimi, Qishloq xo‘jaligi vaziri kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Farg‘ona shahri va tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Qayd etilganidek, har ikkala hududda ham
+5
Farg‘ona shahri va tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Qayd etilganidek, har ikkala hududda ham murojaatlar soni sezilarli oshgan. Farg‘ona tumani aholisidan 2 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ko‘p). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi — 35,1 foiz. Farg‘ona shahri aholisidan esa 6 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 62 foizga ko‘p). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 35,8 foiz (batafsil posterda). Hududlarda sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazilishi, bu orqali xalqni qiynayotgan muammolar joyida va tezda hal etilishiga imkon yaratilishi, shtablar faoliyatining yanada kuchaytirilishi bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga murojaatlarni “mahalla yettiligi” a’zolari, axborot xizmatlari bilan hamkorlikda alohida chuqur o‘rganib borish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, takroriy murojaatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘ining qabulini so‘ragan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha joylardagi o‘rganish ishlari 📍 Farg‘ona viloyatida
+5
Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha joylardagi o‘rganish ishlari 📍 Farg‘ona viloyatida davom etmoqda. Viloyat aholisidan o‘tgan 6 oyda jami 38,2 mingta murojaat tushgan bo‘lib, bu 2025 yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 36,5 foiz (batafsil posterda). Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda eng ko‘p murojaat tushgan mahallalarda yashovchi fuqarolarning ariza-shikoyatlarini chuqur tahlil qilib, ularda aholi kayfiyatini yaxshilash choralarini ko‘rish masalalari muhokama etildi. Mutasaddi rahbarlarga murojaatlar bilan ishlash ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lgan tuman-shaharlarda muntazam ravishda muhokama qilib borish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farg‘ona Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Abduxashim Abdullayevni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Abdullayev Abduxashim Abdullayevich Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov 📄 Abdullayev Abduxashim Abdullayevich Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 A.Abdullayev Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-elektrik, muhandis-kimyogar-texnolog. 📊 U faoliyati davomida Marg‘ilon shahar va Farg‘ona viloyati hokimi lavozimlarida, 2017-2019-yillarda esa “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Yarim yillik yakunlari tahliliga ko’ra Qarshi shahri va Kasbi tumanida murojaatlar soni sezilarli oshgan. Masalan, Kasbida 24
+6
Yarim yillik yakunlari tahliliga ko’ra Qarshi shahri va Kasbi tumanida murojaatlar soni sezilarli oshgan. Masalan, Kasbida 2461 ta murojaat kelib tushgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 26,3 %ga ko‘p. Qarshi shahridagi 6 mingta murojaat(o‘tgan yilga nisbatan 17 %ga oshgan)ning 43,3 % qismi ijobiy hal etilgan (batafsil posterda). Tuman-shahar rahbarlariga murojaatlar soni ortgan hududlarda ariza-shikoyatlar soni ko‘payishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, kelgusida salbiy ko‘rsatkichlar davom etishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Qarshi shahridan Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘ining qabulini so‘ragan fuqarolar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Hududlarda o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzi
+6
Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzil – Qashqadaryo viloyati! Viloyat aholisidan o‘tgan 6 oy ichida jami 48,9 mingta murojaat kelib tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kam). Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 41,2 foiz (batafsil posterda). Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda murojaatlar bilan tizimli ishlash, sayyor va shaxsiy qabullarni ko‘paytirish orqali muammolarni joyida hal qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Mutasaddi rahbarlarga Qarshi tajribasi asosida tuzilgan shtablarni yanada jonlantirish, vakolatli davlat organlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muntazam va ko‘plab murojaat qilayotgan fuqarolar muammolari bilan alohida manzilli ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Qashqadaryo Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Davlatmurod Ravshanovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Viloyatdagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram