en
Feedback
Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Open in Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000

Show more
2 920
Subscribers
+424 hours
+887 days
+9630 days
Number of Posts

Data loading in progress...

Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by

Data loading in progress...

Publication analysis
Posts
Views dynamics
Prezident Xalq qabulxonasi tizimida 2026-yil avgust oyi davomida jami 83 019 ta masala bo‘yicha 76 196 ta murojaat ro’yxatga
Prezident Xalq qabulxonasi tizimida 2026-yil avgust oyi davomida jami 83 019 ta masala bo‘yicha 76 196 ta murojaat ro’yxatga olingan. Shundan takroriy murojaatlar soni 11 114 ta bo‘lsa, 1593 tasi jamoaviy tusdagi murojaatlar hissasiga to‘g‘ri keladi (batafsil posterda). Shoshilinch tasnifida: 📊elektr uzilishlari bo‘yicha 638 ta; 📊ichimlik suviga oid 551 ta; 📊tez tibbiy yordam xizmati masalasida 67 ta murojaat qayd etildi. Avgust oyida rejalashtirilgan 1000 ta shaxsiy, 292 ta sayyor qabullar o‘tkazilmagan. Shaxsiy qabullarni o‘tkazmaslik bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahri, shuningdek, Farg‘ona viloyati "yetakchi". 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
2 4092100Loading...
Bolalar va futbol maydonchasi aholiga qaytariladi Uchtepa tumani Quyi Darxon mahallasi Taqachi mavzesidagi 42-44-uylarda yash
Bolalar va futbol maydonchasi aholiga qaytariladi Uchtepa tumani Quyi Darxon mahallasi Taqachi mavzesidagi 42-44-uylarda yashovchi fuqarolar 2014-2015-yillarda o‘z mablag‘lari hisobidan 2-3-uylar oralig‘ida joylashgan qarovsiz bo‘sh yerda hashar yo‘li bilan futbol va bolalar maydonchasi qurgan. Bir necha yillar davomida ushbu hududda yashovchi fuqarolar va ularning farzandlari maydonchalardan foydalanib kelgan. 2026-yil mart oyida o‘zini Inter Express Service MCHJ vakillari sifatida tanishtirgan shaxslar bir necha marotaba Quyi Darxon mahallasiga kelib, mazkur hududda qurilish ishlari rejalashtirilganini bildirgan. Bundan aholi norozi bo‘lib, 2026-yil 16-mart kuni Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat yo‘llagan. Murojaat Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqilib, javob xatida 2018-yilda mazkur yer Uchtepa tumani hokimining 946-sonli qaroriga asosan Inter Express Service MCHJga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini qurish uchun ajratilgani, shuningdek, Davlat kadastrlar palatasi tomonidan 2025-yil 25-fevralda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, MCHJ nomiga rasmiylashtirilgani bildirilgan. O‘rganish jarayonida mazkur masalaga batafsil huquqiy baho berilmagani va quyidagi holatlar to‘liq tekshirilmagani sababli, Prezident Xalq qabulxonasi 17-iyun kuni murojaatni ijroga qaytargan: 📊futbol va bolalar maydonchasi mavjud bo‘lgan hudud qanday asoslarda bo‘sh yer maydoni sifatida baholanib, tadbirkorlik subyektiga ajratilgan; 📊yer uchastkasi 2018-yilda ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan, nega hozirgi kunga qadar maqsadli foydalanilmagan. Natija Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, Inter Express Service MCHJning ushbu yer maydoniga bo‘lgan huquqi bekor qilindi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
1 4831500Loading...
Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi Fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi mar
Endi fuqaro o‘z murojaatini o‘zi nazorat qiladi Fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi marta nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan ishga tushirilgan bu yangilik murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa – SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali ma'lumot berib boriladi. SMS-xabarnomada murojaat haqida maxsus havola mavjud. Fuqarolar havola orqali kirib, berilgan javoblar yuzasidan "Roziman" deb munosabat bildirishi yoki "E’tirozim bor" deb murojaatni qayta ijroga qaytarishi mumkin. Bu bilan o‘z murojaatini o‘zi nazorat qila oladi. Murojaatlarni kuzatib borishning soddalashtirilgan 5 bosqichli tartibi 1. Fuqaro SMSda keltirilgan havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi. 2. U yerda fuqaro o‘z murojaatining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatib turishi mumkin. 3. Murojaati o‘rganilib, javob berilsa, o‘sha zahoti fuqaroning pm.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga maxsus havolasi bor SMS-xabarnoma yuboriladi. 4. Fuqaro SMSni ochib, havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi, murojaatiga yuborilgan javob bilan tanishadi va o‘zi fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 5. Agar fuqaro o‘ziga yuborilgan javobdan qoniqish hosil qilsa (yoki muammosi hal etilgan bo‘lsa), "Roziman" degan tugmani bosadi. Agar javobdan qoniqmasa yoki masalasi ijobiy yechim topmagan bo‘lsa, "E’tirozim bor" degan tugmani bosadi. Bunda murojaat ijroga qaytariladi va qayta ko‘rib chiqiladi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
15 49848000Loading...