Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy
前往频道在 Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000
显示更多未指定国家未指定类别
2 353
订阅者
-124 小时
+47 天
+430 天
帖子存档
+5
Tahliliy o‘rganishlar Xorazmning boshqa hududlarida ham davom etdi
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Xorazm viloyatining Xonqa va Bog‘ot tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
Qarshi shahri tajribasi asosida tashkil etilgan Shtablar faoliyati tahlil qilinib, fuqarolar qabullarini tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Har ikki tumanda aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor va shaxsiy qabullar tizimli tashkil etilayotgani qayd etildi. Xonqada 215 ta sayyor va 27 ta shaxsiy, Bog‘otda esa 178 ta sayyor hamda 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazilgan.
Shuningdek, Bog‘ot tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda ijrosi uzoq muddatli nazoratga olindi.
Joylarda murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+4
Xorazmda murojaatlar tahlili: natija, rejalar va tayinlov
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi aholi murojaatlari bilan ishlash holatini joyiga chiqib o‘rganishda davom etadi.
📍 Navbatdagi manzil – Xorazm viloyati.
Urganchda 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari bilan ishlash natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘tgan 6 oy davomida viloyat aholisidan 3565 ta takroriy murojaat, davlat xizmatchilari xatti-harakatlari ustidan esa 998 ta shikoyat kelib tushgan.
Batafsil statistikani maxsus posterda ko’rishingiz mumkin.Majlisda barcha hokimlar, hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlariga ushbu masalalardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Xorazm Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Sultanbay Berdikilichovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining viloyatdagi safari davom etmoqda. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Tayinlov
📄 Berdikilichov Sultanbay Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 S.Berdikilichov Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1977-yil Toshkent davlat universiteti(hozirgi Milliy universitet)ni tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
📊 Faoliyati davomida prokuratura va sud-huquq tuzilmalarida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+3
Qoraqalpog’istonda murojaatlar tahlili: raqamlarga nazar, maxsus shtab, tayinlov
Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonda 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari bilan ishlash natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi, barcha tuman-shahar hokimlari, hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlariga samaradorlikni oshirish yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi maxsus shtab faoliyati alohida e’tirof etildi. Shtab ijtimoiy tarmoqlardagi dolzarb masalalar va fuqarolar murojaatlarini tezkor tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni tashkil etmoqda.
Yig'ilishda tashkiliy masala ham ko'rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig'i Qoraqalpog‘iston Xalq qabulxonasi mudiri o'rinbosari etib tayinlangan Nilufar Allabergenovani yig’ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
📱Telegram
📱Facebook
📱Instagram
+4
📍 Qoraqalpog‘istonda murojaatlar bilan ishlash qay darajada? Holat o’rganildi
Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holatini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida respublika bo‘ylab monitoring boshlandi.
🔹 Birinchi manzil — Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi hududning mas’ul rahbarlari bilan birgalikda Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlarida so’nggi 6 oylik davrdagi murojaatlar bilan ishlash, ularni ko‘rib chiqish sifati hamda ijro intizomini o‘rgandi.
📊 Xo‘jayli tumanida 1 672 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga ko‘p. Shundan 781 tasi (55,9%) ijobiy hal etilgan.
📊 Taxiatosh tumanida esa 1 037 ta murojaat qayd etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,7 foizga kam. Murojaatlarning 464 tasi (55,4%) ijobiy hal etilgan, 374 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 199 tasi esa ko‘rib chiqilmoqda.
Qabullar: 📊Xo‘jaylida rejadagi 165 ta sayyor qabuldan 155 tasi o‘tkazilgan. 📊Qabullarda 382 ta murojaat kelib tushgan, shundan 173 tasi ijobiy hal qilingan. 📊Taxiatoshda rejadagi 107 ta sayyor qabuldan 104 tasi o‘tkazilgan. 📊Qabullarda 325 ta murojaat kelib tushgan, shundan 153 tasi ijobiy hal qilingan.📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Tayinlov
📄 Allabergenova Nilufar Reimbayevna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 N.Allabergenova To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti)ni tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
📊 Faoliyati davomida prokuratura va sud-huquq tuzilmalarida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Adliya maslahatchisi unvoniga ega.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+2
📌 Mahalliy Kengashlarning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi nazorat faoliyati kuchaytiriladi
📊 Oliy Majlis Senatida Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida mahalliy Kengash deputatlari uchun seminar o‘tkazildi.
📄 Unda PF–51-son Farmon asosida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha hisobotlarini mahalliy Kengashlarda muntazam eshitishning yangi tartibi muhokama qilindi.
✒️ Endilikda hokimlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari har chorakda kamida bir marta Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladi.
👨🏫 Bunda, hisobotlar nafaqat statistika, balki Prezident Xalq qabulxonalari tahlillari, murojaatlarni hal etish natijalari, fuqarolar qabuli va takroriy murojaatlarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ham qamrab olishi muhim.
✅ Bu tizim mahalliy Kengashlarning deputatlik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar murojaatlarining samarali hal etilishiga xizmat qiladi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Yoshlar murojaatlari – doimiy e’tiborda
Prezidentimiz tashabbusi bilan 30-iyun mamlakatimizda yoshlar kuni deb e'lon qilingan. Ayni shu sanada yoshlarimizning ko’plab taklif va tashabbuslarini Davlatimiz rahbari darajasida eshitish yaxshi an’anaga aylangan.
Toshkent mahallalari murojaatlar bo‘yicha respublikada yetakchi
2026-yilning o‘tgan 5 oyida Toshkent shahrining bir qator mahallalaridan kelib tushgan ariza va shikoyatlar soni eng yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha eng ko‘p murojaat kelib tushgan 100 ta mahalla orasida 38 tasi Toshkent shahri mahallalariga to‘g‘ri kelgan.
Eng ko‘p murojaat qayd etilgan mahallalar: 📍 Olmazor tumani 📊Yangi Toshkent mahallasi – 374 ta; 📊Miskin mahallasi – 313 ta; 📍 Yunusobod tumani 📊Qadrdon mahallasi – 362 ta; 📊Sevinch mahallasi – 272 ta; 📊Bog‘ishamol mahallasi – 235 ta; 📍 Mirzo Ulug‘bek tumani 📊Avayxon mahallasi – 303 ta; 📊Katta Qorasuv mahallasi – 285 ta; 📍 Yangihayot tumani 📊Yangi Choshtepa mahallasi – 282 ta; 📊Yangi Darxon mahallasi – 247 ta; 📊Yo‘ldosh mahallasi – 218 ta.Shuningdek, poytaxt aholisidan davlat xizmatchilari xatti-harakatlari ustidan jami 2894 ta murojaat tushgan. Eng ko‘p shikoyatlar:
📊
ichki ishlar xodimi (
493 ta
);
📊
majburiy ijro byurosi (
379 ta
);
📊
mahalla raisi (
272 ta
);
📊
sog‘liqni saqlash sohasi (
190 ta
);
📊
banklar (
148 ta
);
📊
surishtiruv va tergov (
141 ta
);
📊
ta’lim sohasi xodimlari (
114 ta
) xatti-harakatlari va faoliyatiga to‘g‘ri keladi
.Ayni ko‘rsatkichlar ushbu hududlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalar, murojaatlar mazmuni va ularning sabablarini chuqur tahlil qilish, muammolarni tizimli bartaraf etish hamda murojaatlar sonini kamaytirishga qaratilgan manzilli choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
📌 Poytaxtda shaxsiy qabullar: murojaatlar ko‘p, ayrim qabullar esa o‘tkazilmayapti
Toshkent shahri aholisidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga rahbarlar shaxsiy qabuliga yozilish bo‘yicha 1 343 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹 Bosh prokuror qabuli – 175 ta
🔹 Toshkent shahar hokimi (o‘rinbosari) qabuli – 92 ta
🔹 Oliy sud rahbariyati qabuli – 76 ta
Murojaatlar sonining ortishi joylarda hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmayotgani, fuqarolar bilan manzilli muloqot yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani hamda murojaatlar ijrosi yuzasidan aniq va to‘liq ma’lumot berilmayotgani bilan izohlanadi.
Natijada, joylarda yechim topmagan muammolar sabab Toshkent shahrida yashovchi 1 772 nafar fuqaro Prezident Xalq qabulxonasiga kelib 3 364 ta masala yuzasidan murojaat qilgan.
📊 Tuman hokimlari qabullari qanday o‘tdi?
Joriy yilning 1–22-iyun kunlari Toshkent shahridagi tuman hokimlari (o‘rinbosarlari) tomonidan Xalq qabulxonalarida 196 ta shaxsiy qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Biroq ulardan 118 tasi o‘tkazilmagan.
Tumanlar kesimida:
📍 Bektemir — 14 tadan 11 tasi 📍 Mirzo Ulug‘bek — 22 tadan 17 tasi 📍 Mirobod — 15 tadan 10 tasi 📍 Olmazor — 16 tadan 14 tasi 📍 Sergeli — 16 tadan 14 tasi 📍 Uchtepa — 15 tadan 7 tasi 📍 Yunusobod — 16 tadan 6 tasi 📍 Yakkasaroy — 18 tadan 9 tasi 📍 Yangihayot — 18 tadan 2 tasi o‘tkazilmagan.❗ Chilonzor (15 ta) va Yashnobod (13 ta) tumanlarida rejalashtirilgan birorta ham shaxsiy qabul o‘tkazilmagan. ✅ Faqatgina Shayxontohur tumani rejalashtirilgan 17 ta shaxsiy qabulning barchasini to‘liq o‘tkazgan. Eslatma: Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi shaxsiy qabullar PF–51-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etiladi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Poytaxtda murojaatlar manzarasi: eng ko‘p qaysi masalalar aholini qiynamoqda?
Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar joylardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va mas’ul idoralar faoliyatiga xolis baho berishda muhim mezon.
Shu maqsadda Toshkent shahrida 2026-yilning yanvar–may oylari davomida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahliliy o‘rganildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga Toshkent shahri aholisidan jami 48,3 mingta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,7 foizga ko‘p.
Mazkur davrda eng ko‘p murojaatlar quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelgan: 📊 aliment, qarz undirish va ijro ishi yuritishga oid masalalar — 5,4 mingta; 📊 huquqbuzarlik, firibgarlik hamda surishtiruv-tergov harakatlari bo‘yicha — 5,2 mingta; 📊 xizmatchilar faoliyati va xatti-harakatlari bilan bog‘liq masalalar — 3,2 mingta; 📊 nafaqa tayinlash, moddiy yordam ajratish va pensiyaga oid masalalar — 2,7 mingta; 📊 boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid masalalar — 2 mingta; 📊 kreditlar, bank plastik kartalari, bankomatlar va to‘lov tizimlari bo‘yicha — 1,9 mingta; 📊 yo‘l harakati qoidalari buzilganini rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasi olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid masalalar — 1,3 mingta.Tahlillar shahar tashkilotlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Xususan, yanvar–may oylarida Toshkent shahri aholisidan 5282 ta takroriy murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 142 foizga ko‘p. Fuqarolar bilan yetarli darajada manzilli ishlanmagani oqibatida 2779 nafar fuqaro 3 martadan 10 martagacha, 265 nafar fuqaro 10 martadan 25 martagacha, 65 nafar fuqaro esa 25 martadan ortiq murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, 42 ta murojaat qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagani aniqlandi.
Jumladan: 📊 Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi — 13 ta; 📊 Toshkent shahar hokimligi — 12 ta; 📊 Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi — 4 ta; 📊 Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi — 4 ta; 📊 Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi — 3 ta; 📊 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi — 2 ta; 📊 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi — 2 ta; 📊 Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi — 1 ta; 📊 O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi — 1 ta.Aniqlangan holatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish topshirig‘i berildi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
🚨Tez yordam mashinalariga jarima. E'tiborsiz mas'ullar.
Toshkent shahrida yashovchi fuqaro o‘z korxonasiga qarashli tez yordam mashinalariga yozilgan 1200 ta ma’muriy jarimani bekor qildirish uchun bir necha bor mas'ul tashkilotlarga murojaat qilgan. Biroq muammo o‘z yechimini topmagani uchun Prezident Xalq qabulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, atroflicha o‘rganildi. Jarayonda mas’ul idoralarga jarimalarni bekor qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 2026-yil 23-iyun kuni tez yordam mashinalariga yozilgan barcha jarimalar bekor qilindi va murojaatchining masalasi ijobiy hal etildi.
Prezident Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini qonuniy, xolis va adolatli ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Hurmatli jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotining ajralmas qismi. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda dolzarb masalalarni xolis yoritishdagi xizmatlaringiz alohida tahsinga sazovor.
Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatining bosh mezoni - insonni eshitish, uning dardi va tashvishiga befarq bo‘lmaslikdir. Bu ezgu maqsad yo‘lida sizlar ham xalqning ovozini jamiyatga, jamiyatning kayfiyati va muammolarini esa mas’ul idoralarga yetkazuvchi ishonchli ko‘prik sifatida faoliyat yuritasiz.
So‘z erkinligi, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, dolzarb masalalarni jamoatchilikka tezkor va haqqoniy yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ijodiy parvoz, kasbiy yutuqlar va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
‼️ 5 kundan uzoq. Shikoyatni shikoyat obyektiga yuborish. Asossiz javob:
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar kuzatilmoqda.
1️⃣ Murojaatni vakolatli organga o‘z vaqtida yuborish
✅ “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, agar murojaatni ko‘rib chiqish davlat organi yoki tashkilot vakolatiga kirmasa, u 5 kun ichida tegishli organ yoki mansabdor shaxsga yuborilishi hamda bu haqda murojaatchiga yozma yoki elektron shaklda xabar berilishi shart.❌ Amalda esa ayrim hollarda muddat buzilmoqda. 2️⃣ Shikoyatni shikoyat qilinayotgan shaxsning o‘ziga yuborish mumkin emas!
✅ Qonunning 25-moddasi uchinchi qismiga asosan, murojaatni qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organ, tashkilot yoki mansabdor shaxsning o‘ziga ko‘rib chiqish uchun yuborish taqiqlanadi.🟦 Afsuski, ayrim holatlarda murojaatchining shikoyati yana aynan shikoyat qilingan rahbarning o‘ziga yuborilmoqda. Bu esa fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. ❌ Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan bunday murojaatlar qonunchilikka muvofiq respublika darajasidagi vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Ularni shikoyat qilinayotgan quyi tashkilotga yuborish qonun talablariga zid hisoblanadi. 3️⃣ Murojaatga asosli javob berilishi shart
✅ Qonunning 27-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, murojaatga berilgan javobda murojaatda ko‘tarilgan
har bir masala
yuzasidan aniq va asoslantirilgan xulosalar, zaruratga qarab esa qonunchilik hujjatlariga havolalar keltirilishi lozim.❌ Biroq ayrim javoblarda ushbu talabga to‘liq rioya qilinmayapti. ❗️ Eslatib o‘tamiz: qonunchilik talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi! 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Namanganda sayyor va shaxsiy qabullar:
Joriy yil 5 oyi davomida viloyatda jami 2249 ta sayyor qabul o‘tkazilgan. Davlat idoralari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda 7647 nafar fuqarodan 7652 ta murojaat tushdi.
Qabullardagi murojaatlarning: 📊 4691 tasi, ya’ni 61 foizi ijobiy hal etildi; 📊 1785 ta murojaat bo‘yicha huquqiy ma’lumot berildi; 📊 54 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi; 📊 qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 1096 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida; 📊 15 tasi uzoq muddatli nazoratga olindi.Joriy yilning 1-19-iyun kunlari Namangan viloyati hamda tuman-shahar hokimliklari rahbariyati tomonidan 216 ta shaxsiy qabul o‘tkazilgan (reja bo'yicha 282 ta).
Shaxsiy qabul rejalashtirilib, o‘tkazilmagan hududlar: 📊 Yangiqo‘rg‘on tumani – 14 ta; 📊 Mingbuloq tumani – 13 ta; 📊 Uchqo‘rg‘on va Chust tumanlari – 6 tadan; 📊 Yangi Namangan va Namangan tumanlari – 5 tadan; 📊 Pop tumani – 4 ta; 📊 Namangan shahri va Davlatobod tumani – 3 tadan; 📊 Kosonsoy, Uychi va Norin tumanlari – 2 tadan; 📊 To'raqo'rg'on tumani – 1 ta.📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
📺 Bugun, soat 16:00 da, "Sevimli" TVda
📊Prezidentimizning PF-51-sonli Farmoni ijrosi;
📊Prezident Xalq qabulxonasi faoliyatidagi islohotlar;
📊aholi murojaatlari bilan ishlashdagi yangi tartiblar;
📊murojaatlarni ko’rib chiqish, umumlashtirish, tahlil qilish va tizimli hal qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholiga atroflicha ma’lumot olish uchun Prezident Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari ishtirokida "Sevimli" telekanali "Yangi hayot" tok-shousining navbatdagi sonini kuzatishni taklif etamiz.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Namanganda aholi murojaatlari bilan ishlash holati
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, so'nggi paytlarda Namangan viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy va sayyor qabullarni o'tkazishga e'tibor kuchaygan.
Viloyat aholisidan 2026-yilda Xalq qabulxonalariga jami 25,9 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan (2025-yilning mos davriga nisbatan 3 330 taga yoki 14,7 foizga ko‘p).
Eng ko‘p murojaat: 📊 Namangan shahri (3082 ta); 📊 Pop (2783 ta); 📊 Chust (2292 ta); 📊 Uychi (2138 ta); 📊 Norin (1927 ta); 📊 Davlatobod (1884 ta) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Murojaatlarda ko'tarilayotgan asosiy muammolar:
📊
nafaqa
,
moddiy yordam
va
pensiyaga
oid (4,9 ming);
📊
sud qarorlarini
ijro etish
,
aliment
va
qarz undirish
(1,7 ming);
📊
gaz ta’minoti
(1,2 ming);
📊
bank kreditlari
(1,1 ming);
📊
uy-joy bilan ta’minlash
(1,1 ming)
.Davlat idoralari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan 1010 ta shikoyat tushgan. O’tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu ko’rsatkich 36,3%ga kamaygan.
Xususan:
📊
ichki ishlar
(165 ta);
📊
mahalla
raisi
(132 ta);
📊
majburiy ijro byurosi
(97 ta);
📊
sog‘liqni saqlash
(83 ta);
📊
bank
(70 ta) xodimlari faoliyatidan noroziliklar mavjud.Ayni kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi rahbariyati Namangan viloyati va tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holatlarini tahliliy o'rganmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
🗓 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13-mart sanasida bergan topshirig'iga muvofiq, joylarda mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan.
Xususan:
✅ Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari O.Jo'rayeva tomonidan 23-iyun kuni soat 14:00 da Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o'tkaziladi. 📍 Uchrashuv manzili: Guliston shahri Xondamir ko’chasi 7-uy (viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi). 📞 Murojaat uchun telefonlar: (67) 227-88-06.
✅ Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov tomonidan 23-iyun kuni soat 12:00 da sayyor qabul o‘tkaziladi. 📍 Uchrashuv manzili: Namangan viloyati davlat arxivi. 📞 Murojaat uchun telefon: 55-503-01-50 (3).
✅ Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov tomonidan 23-iyun kuni soat 10:00 da shaxsiy qabul o'tkaziladi. 📍 Uchrashuv manzili: Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi binosi. 📞 Murojaat uchun telefonlar: 0(336) 223-10-00.
✅ Sirdaryo viloyati hokimi E.Turdimov tomonidan 24-iyun kuni soat 17:00 da Yangiyer shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi. 📍 Uchrashuv manzili: Yangiyer shahri, Davlatobod mahallasi, Yangi bog‘ ko‘chasi, 2-uy. Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti hovlisi. 📞 Murojaat uchun telefonlar: (67) 225-49-32, (67) 225-40-90.Shuningdek, Xalq qabulxonalarida ham belgilangan reja-grafik asosida qabullar davom etmoqda. 📄 Yuqoridagi vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatiga oid murojaatlaringiz bo'lsa, ushbu sayyor qabullarda ishtirok etishni taklif qilamiz. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram
Xorazm viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabulda:
📊 fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi;
📊 har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi;
📊 ayrim muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilanib, yechimi qat’iy nazoratga olindi.
🗓 Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar rahbarlari hamda o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari vaqtlari bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+3
6 ta joyida, 7 ta ijroga
19-iyun kuni Adliya vaziri 13 nafar (4 nafari onlayn tarzda) murojaatchi ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazdi.
✅ Unda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, oila, davlat xizmatlari, nodavlat-notijorat va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
📄 Qabul jarayonida murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi. 7 ta murojaat esa ijro uchun qabul qilindi.
✅ Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
🤝 Ma'lumot uchun: Adliya vaziri haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar uchun shaxsiy qabul o‘tkazadi.
📊 Eslatib o'tamiz, Prezidentimizning PF-51-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
