en
Feedback
Abdulaziz Gulamov

Abdulaziz Gulamov

Open in Telegram

Toshkent Davlat Transport universiteti rektorining rasmiy sahifasi Facebook: facebook.com/AbdulazizGulyamov1 Instagram: https://www.instagram.com/abdulaziz__gulamov Linkedln: https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-gulamov-852385415?trk=contact-info

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
461
Subscribers
+1424 hours
+287 days
+8630 days
Posts Archive
Ta’limda xalqaro tajriba: Germaniya tajribasi, dual tizim istiqbollari hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar Bugungi globa
+9
Ta’limda xalqaro tajriba: Germaniya tajribasi, dual tizim istiqbollari hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar
Bugungi globallashuv davrida oliy ta’lim muassasasining eng asosiy vazifasi — nafaqat milliy, balki xalqaro mehnat bozori talablariga to‘la javob bera oladigan, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. Shu maqsadda xorijiy ilg‘or tajribalarni, xususan, muhandislik va transport sohasida jahonda yetakchi o‘rinlarni egallovchi Germaniya ta’lim standartlarini tizimli ravishda amaliyotga joriy etishga doimiy ustuvor vazifa sifatida qaramoqdamiz. Xalqaro strategik hamkorligimizni yanada kengaytirish doirasida Germaniyaning Kempten amaliy fanlar universiteti vakili, professor Magdalena Shpeyxer bilan muzokaralar o‘tkazdik. Muloqotimiz davomida muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash hamda iqtidorli talabalarimizni xalqaro mehnat bozori standartlari asosida tayyorlash masalalarini muhokama qildik. Shuningdek, jarayonga innovatsion yondashuvlarni joriy qilish, ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, xalqaro grantlar doirasida ishlash hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarimizning akademik almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishib, O‘zaro anglashuv memorandumini imzolash chora-tadbirlarini belgilab oldik. Tashrif doirasida mehmonlarga universitet kampusi bo‘ylab tanishtiruv tashkil etildi. Ular o‘quv jarayoniga joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
__ Международный опыт в образовании: немецкая модель, перспективы дуального обучения и новые возможности для студентов
В условиях современной глобализации одной из ключевых задач высшего учебного заведения является подготовка не только квалифицированных специалистов, отвечающих требованиям национального рынка труда, но и конкурентоспособных кадров, способных успешно работать в международной профессиональной среде. Именно поэтому внедрение передового зарубежного опыта, в частности образовательных стандартов Германии, занимающей ведущие позиции в мире в области инженерного и транспортного образования, мы рассматриваем как одно из приоритетных направлений нашей деятельности. В рамках дальнейшего расширения международного стратегического сотрудничества состоялись переговоры с представителем Кемптенского университета прикладных наук (Германия), профессором Магдаленой Шпайхер. В ходе встречи были обсуждены вопросы обеспечения тесной интеграции образования и производства в инженерных направлениях подготовки, а также подготовки талантливых студентов в соответствии с международными стандартами рынка труда. Кроме того, достигнуты важные договорённости о внедрении инновационных подходов в образовательный процесс, реализации совместных программ двойных дипломов, сотрудничестве в рамках международных грантов, а также о системном развитии академического обмена преподавателей и студентов. По итогам переговоров определены практические меры по подготовке и подписанию Меморандума о взаимопонимании. В рамках визита для гостей была организована ознакомительная экскурсия по университетскому кампусу. Они подробно ознакомились с современными технологиями, внедрёнными в образовательный процесс, а также с условиями, созданными для студентов и профессорско-преподавательского состава университета.
Facebook | Instagram | Telegram

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda 👉 Batafsil __ Подготовка к новому учебному году: для студентов создаются комфортные и современные условия 👉 Подробно Facebook | Instagram | Telegram

Universitet va mahalla hamkorligi — hudud farovonligi uchun muhim qadam!
Atrof-muhit tozaligi va aholimizning turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan ishlarda universitetimizga tutash hududlar obodligi biz uchun nihoyatda muhimdir. Shu maqsadda, Mirobod tumanidagi “Navro‘z” mahallasida tashkil etgan navbatdagi o‘rganishlarimiz doirasida hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofi holati bilan tanishib, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi amaliy rejalarni belgilab oldik. O‘rganishlar davomida hududda yashil maydonlarni kengaytirish, yo‘laklarni tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi tozalikni ta’minlash hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratishga oid qator dolzarb masalalarni muhokama qildik.
__ Сотрудничество университета и махалли — важный шаг к благополучию территории!
Благоустройство прилегающих к университету территорий является для нас одним из приоритетных направлений работы по обеспечению чистоты окружающей среды и повышению качества жизни населения. В рамках очередного выездного обследования, организованного в махалле “Навруз” Мирободского района, мы ознакомились с состоянием прилегающей территории многоквартирных жилых домов и определили дальнейшие практические меры по системной организации работ по благоустройству. В ходе обследования были обсуждены актуальные вопросы, связанные с расширением зелёных зон, приведением в порядок пешеходных дорожек, обеспечением чистоты на прилегающих к многоквартирным домам территориях, а также созданием комфортной инфраструктуры для жителей.
Facebook | Instagram | Telegram

Тошкент давлат транспорт университетида 2026/2027 ўқув йили учун қабул давом этмоқда! Замонавий дунёни транспорт, логистика ва инновацияларсиз тасаввур қилиб бўлмайди. Агар сиз ҳам келажакнинг талабгир, даромадли ва замонавий касб эгаларидан бири бўлишни истасангиз, бизнинг катта оиламизга қўшилинг! Таълим йўналишлари: Кундузги Кечки Масофавий Қўшма таълим 📲 1318 қисқа рақами 📲 +998 88 733 45 44 📲 +998 71 293 70 17 TSTU.uz | ТelegramInstagram | Facebook | YouTubе Реклама

Qadrli temir yoʻl transporti sohasi xodimlari, soha faxriylari, muhtaram ustozlar va aziz talabalar! Barchangizni bugungi kas
Qadrli temir yoʻl transporti sohasi xodimlari, soha faxriylari, muhtaram ustozlar va aziz talabalar!
Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — “Temir yoʻl transporti xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etaman. Bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy qon tomiri boʻlgan transport-kommunikatsiya tizimini izchil rivojlantirish, yangi xalqaro yoʻlaklarni barpo etish va xalqimizga zamonaviy xizmatlar koʻrsatishda Siz, aziz temiryoʻlchilarning zahmatli mehnatingiz hamda munosib hissangiz beqiyosdir. Davlatimiz rahbari oʻzlarining bayram tabriklarida soha vakillarining fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etib: “Biz sizlar kabi minglab zahmatkash temiryoʻlchilar bilan, sizlarning kasbiy mahoratingiz, boy bilim va tajribangiz, vatanparvarlik fazilatlaringiz bilan bunday yuksak marralarga albatta erishamiz” — deb taʼkidlaganlari barchamizga ulkan gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Prezidentimizning ushbu yuksak ishonchi Toshkent davlat transport universiteti xodimlari va professor-oʻqituvchilari zimmasiga ham ulkan masʼuliyat yuklaydi. Tarmoqni yanada zamonaviy, innovatsion va xalqaro miqyosda raqobatbardosh qilish maqsadida, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qila oladigan, zamon talablariga toʻla javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda biz doimo Siz, azizlarning boy amaliy tajribangiz va koʻmagingizga tayanamiz. Ushbu qutlugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
__ Дорогие работники железнодорожного транспорта, уважаемые ветераны отрасли, почтенные наставники и дорогие студенты!
От всей души поздравляю вас с профессиональным праздником -
Днём работников железнодорожного транспорта
. Сегодня железнодорожная отрасль играет ключевую роль в развитии транспортно-коммуникационной системы нашей страны, являющейся одной из важнейших основ национальной экономики. В строительстве новых международных транспортных коридоров, модернизации инфраструктуры и обеспечении населения современными транспортными услугами ваш самоотверженный и добросовестный труд, дорогие железнодорожники, имеет поистине неоценимое значение. В своём праздничном поздравлении Глава нашего государства особо отметил преданность и высокий профессионализм работников отрасли, подчеркнув:
«Именно вместе с такими тысячами самоотверженных железнодорожников, как вы, благодаря вашему профессиональному мастерству, глубоким знаниям, богатому опыту и искреннему патриотизму мы непременно достигнем самых высоких рубежей»
. Эти слова наполняют всех нас чувством гордости и вдохновения. Высокое доверие Президента возлагает большую ответственность и на коллектив Ташкентского государственного транспортного университета, его преподавателей и сотрудников. В целях дальнейшего развития железнодорожной отрасли, её модернизации, внедрения инноваций и укрепления международной конкурентоспособности мы неизменно опираемся на ваш богатый практический опыт и поддержку в подготовке нового поколения высококвалифицированных специалистов, способных эффективно внедрять цифровые технологии и отвечать самым современным требованиям. В этот светлый праздничный день искренне желаем всем вам крепкого здоровья, семейного благополучия, счастья, неиссякаемой энергии и больших успехов в вашей нелёгкой, ответственной и благородной деятельности. С праздником! С Днём работников железнодорожного транспорта!
Facebook | Instagram | Telegram

Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы железнодорожного транспорта Узбек
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrikПоздравление работникам сферы железнодорожного транспорта Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Xalqlar doʻstligi – tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevori 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni nafaqat yurtimiz, balki b
Xalqlar doʻstligi – tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevori  
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo miqyosida tinchlik, oʻzaro ishonch va bagʻrikenglik ramzi sifatida keng nishonlanadi. Qadimdan turli xalqlar tinch-totuv yashab kelayotgan jonajon Oʻzbekistonimizda bugungi kunda 130 dan ortiq millat vakillarining yagona Vatan ravnaqi yoʻlida hamjihatlikda mehnat qilayotgani mamlakatimiz barqarorligi hamda taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanadi.   Toshkent davlat transport universitetida ham millatlararo totuvlik, birdamlik va turli millat vakillariga nisbatan yuksak hurmat muhiti shakllangan. Oliygohimizda taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan turli millatga mansub yoshlar, xodimlar hamda professor-oʻqituvchilar yagona, ahil oila sifatida soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Talabalarimizga zamonaviy va sifatli taʼlim berish bilan bir qatorda, ularning qalbida doʻstlik, bagʻrikenglik hamda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini tarbiyalash – ustuvor maqsadlarimizdandir.   Xalqlar doʻstligi – bu insoniyatni birlashtiruvchi, tinch va farovon kelajak sari yetaklovchi eng ezgu qadriyat. Ushbu muhim sana munosabati bilan yurtimiz osmoni hamisha musaffo boʻlishini, xalqimiz hamda universitetimiz jamoasi orasidagi mehr-oqibat, oʻzaro hurmat va doʻstlik rishtalari abadiy boʻlishini tilayman.
__ Дружба народов — прочный фундамент мира и процветания
30 июля - День дружбы народов - широко отмечается не только в нашей стране, но и во всём мире как символ мира, взаимного доверия и толерантности. В родном Узбекистане, где с древних времён в мире и согласии проживают представители разных народов, сегодня более 130 национальностей сообща трудятся во имя процветания нашей общей Родины. Это единство является важнейшей опорой стабильности и устойчивого развития страны. В Ташкентском государственном транспортном университете также сформирована атмосфера межнационального согласия, единства и глубокого уважения к представителям всех национальностей. Молодёжь, сотрудники и профессорско-преподавательский состав различных национальностей, обучающиеся и работающие в нашем университете, по праву являются одной большой и дружной семьёй, внося достойный вклад в развитие транспортной отрасли. Наряду с предоставлением студентам современного и качественного образования, одной из наших приоритетных задач является воспитание у молодого поколения духа дружбы, толерантности и преданности общечеловеческим ценностям. Дружба народов - это величайшая ценность, объединяющая человечество и ведущая его к мирному и благополучному будущему. В этот знаменательный день искренне желаю, чтобы небо над нашей Родиной всегда оставалось мирным и ясным, а узы взаимного уважения, доброжелательности и дружбы между нашим народом и коллективом университета были крепкими и нерушимыми.
Facebook | Instagram | Telegram

Avtomobil yo‘llari muhandisligi o‘quv-ilmiy poligoni: oliygoh – ishlab chiqarish – amaliyot uygʻunligi Bugun zamonaviy ilm-fa
+2
Avtomobil yo‘llari muhandisligi o‘quv-ilmiy poligoni: oliygoh – ishlab chiqarish – amaliyot uygʻunligi
Bugun zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti va ta’lim jarayonlarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog‘lash mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Shu maqsadda tashkil etilgan Avtomobil yo‘llari muhandisligi o‘quv-ilmiy poligoni talabalarimizning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashida muhim baza bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur poligonda yosh mutaxassislarning zamonaviy infratuzilmalar, ilg‘or texnologiyalar va soha yangiliklari bilan yaqindan tanishishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Eng muhimi, bu yerda yo‘lga qo‘yilayotgan “oliygoh – ishlab chiqarish – amaliyot” tizimi bo‘lajak muhandislarning kasbiy malakasini oshirish, ularda mustaqil qaror qabul qilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘quv-ilmiy poligon bazasida orttirilgan amaliy tajriba talabalarimizning kelgusida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk, raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Universitetimizda bu kabi amaliy tashabbuslar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.
__ Учебно-научный полигон автомобильного дорожного строительства: единство университета, производства и практики
Сегодня одна из важнейших задач, стоящих перед системой высшего образования нашей страны, — обеспечить тесную взаимосвязь между развитием современной науки, образовательным процессом и реальным производством. Именно с этой целью был создан учебно-научный полигон автомобильного дорожного строительства, который станет важной базой для закрепления теоретических знаний наших студентов на практике. На полигоне созданы все необходимые условия для того, чтобы молодые специалисты могли ближе познакомиться с современной инфраструктурой, передовыми технологиями и новейшими достижениями отрасли. Самое главное — внедряемая здесь система «университет — производство — практика» будет играть ключевую роль в повышении профессиональной компетентности будущих инженеров, а также в формировании у них практических навыков и способности самостоятельно принимать решения. Практический опыт, полученный на базе данного учебно-научного полигона, станет прочным фундаментом для дальнейшего профессионального становления наших студентов и поможет им стать высококвалифицированными, конкурентоспособными специалистами, востребованными в своей отрасли. Ташкентский государственный транспортный университет и впредь будет последовательно развивать и реализовывать подобные практико-ориентированные инициативы.
Facebook | Instagram | Telegram

“Toshkent – Samarqand” yangi pullik avtomobil yoʻli qurilishi maydonida Toshkent davlat transport universitetining maxsus kaf
+3
“Toshkent – Samarqand” yangi pullik avtomobil yoʻli qurilishi maydonida Toshkent davlat transport universitetining maxsus kafedra poligoni tashkil etildi
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, mamlakatimiz tarixidagi eng yuqori toifali, “yashil” va innovatsion texnologiyalarga asoslangan “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yoʻli qurilishiga tamal toshini qoʻydilar. Davlatimiz rahbari qariyb 2,2 milliard dollarlik ushbu strategik loyiha orqali Yangi Oʻzbekistonning transport-logistika salohiyatini yuksaltirishda tom maʼnoda yangi davr boshlanayotganini alohida taʼkidladilar. Mazkur tarixiy tashrif doirasida soha mutaxassislari oldiga qoʻyilgan dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash hamda taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish maqsadida bevosita ushbu yirik avtomagistral qurilishi boshlangan hududning oʻzida Toshkent davlat transport universitetining maxsus kafedra poligoni tashkil etildi. Ushbu amaliyot maydoni universitet va sohaning yetakchi xorijiy hamda mahalliy korxonalari oʻrtasidagi dual taʼlim tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Mazkur poligon asosida universitetimizning boʻlajak yoʻlsoz muhandislari eng ilgʻor qurilish texnologiyalari, monolit beton qoplamalari, murakkab koʻprik va tunnellar hamda raqamli xavfsizlik yechimlarini toʻgʻridan-toʻgʻri real loyiha ustida oʻzlashtiradilar. Eng muhimi, bu tashabbus talaba va yosh tadqiqotchilarimizni bevosita tarixiy loyiha jarayoniga jalb etish orqali ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish uchun ulkan maydon yaratadi.
__ На участке строительства новой платной автомобильной дороги «Ташкент — Самарканд» создан специализированный полигон кафедры Ташкентского государственного транспортного университета
Накануне Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил Уртачирчикский район Ташкентской области, где заложил первый камень в основание строительства платной автомобильной дороги «Ташкент — Самарканд» — крупнейшего в истории нашей страны проекта, отвечающего самым высоким требованиям и основанного на принципах экологичности и инновационных технологий. Глава государства особо подчеркнул, что реализация этого стратегического проекта стоимостью около 2,2 млрд долларов знаменует собой начало поистине нового этапа в развитии транспортно-логистического потенциала Нового Узбекистана. В рамках этого исторического визита, в целях обеспечения выполнения актуальных задач, поставленных перед специалистами отрасли, а также полноценной интеграции образования и производства, непосредственно на территории, где началось строительство этой масштабной автомагистрали, был создан специализированный полигон кафедры Ташкентского государственного транспортного университета. Данная практическая площадка призвана вывести систему дуального образования, реализуемую в сотрудничестве университета с ведущими зарубежными и отечественными предприятиями отрасли, на качественно новый уровень. На базе полигона будущие инженеры-дорожники нашего университета смогут непосредственно на реальном проекте осваивать передовые строительные технологии, технологии устройства монолитных бетонных покрытий, а также современные решения в области строительства сложных мостовых сооружений, тоннелей и цифровых систем безопасности. Самое главное, эта инициатива создаёт уникальные возможности для интеграции теоретических знаний с практическим опытом, позволяя студентам и молодым исследователям непосредственно участвовать в реализации исторического проекта.
Facebook | Instagram | Telegram

🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! __ 🇺🇿 С днём рождения, Уважаемый Президент! Facebook | Instag
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! __ 🇺🇿 С днём рождения, Уважаемый Президент! Facebook | Instagram | Telegram

Toshkent — Samarqand yangi avtomobil yo'li qurilishiga start berildi Abdulaziz Gulamov: “Toshkent–Samarqand yangi avtomobil yo‘lining qurilishi respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.” __ Дан старт строительству новой автомобильной дороги Ташкент — Самарканд Абдулазиз Гуламов: “Строительство новой автомобильной дороги Ташкент — Самарканд имеет важное значение для политического, экономического и социального развития нашей республики”. Facebook | Instagram | Telegram

“ISATECH 2026” xalqaro simpoziumi: Transport sohasida innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik
Kecha universitetimizda transport texnologiyalari, aviatsiya va logistika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “ISATECH 2026” xalqaro ilmiy simpoziumi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli tadbir yetakchi xorijiy ekspertlar, mahalliy olimlar va yosh tadqiqotchilarni yagona ilmiy maydonda birlashtirib, sun’iy intellekt hamda robototexnikaga asoslangan innovatsion yechimlarni muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Bunday keng ko‘lamli xalqaro muloqotning aynan universitetimiz bazasida o‘tkazilayotgani alohida e’tiborga molikdir. Mazkur simpozium transport tizimini jahon standartlari asosida rivojlantirish va sohadagi zamonaviy tendensiyalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi. Xalqaro darajadagi ushbu tajriba almashinuvi olimlarimiz uchun yangi istiqbollarni ochib beradi, qolaversa, eng sara ilmiy maqolalarning nufuzli xalqaro nashrlarda chop etilishiga zamin yaratadi. Simpozium ishiga hamda barcha ishtirokchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman.
__ Международный симпозиум «ISATECH 2026»: инновации и международное сотрудничество в сфере транспорта
Вчера в нашем университете начал свою работу международный научный симпозиум «ISATECH 2026», посвящённый современным транспортным технологиям, авиации и логистике. Это масштабное мероприятие объединило ведущих зарубежных экспертов, отечественных учёных и молодых исследователей на единой научной площадке, став важной платформой для обсуждения инновационных решений, основанных на технологиях искусственного интеллекта и робототехники. Особого внимания заслуживает тот факт, что столь масштабный международный научный диалог проходит именно на базе нашего университета. Симпозиум призван способствовать развитию транспортной системы в соответствии с мировыми стандартами и внедрению современных тенденций отрасли в практику. Международный обмен опытом открывает перед нашими учёными новые перспективы, а также создаёт условия для публикации лучших научных работ в авторитетных международных изданиях. Желаю успехов в работе симпозиуму и всем его участникам — новых научных достижений, плодотворного сотрудничества и успешной реализации перспективных проектов!

Toshkent davlat transport universitetida “ISATECH 2026 — International Symposium on Transportation Technology, MRO & Operatio
+9
Toshkent davlat transport universitetida “ISATECH 2026 — International Symposium on Transportation Technology, MRO & Operations” xalqaro ilmiy simpoziumi o‘z ishini boshladi
Mazkur simpozium transport texnologiyalari, logistika, aviatsiya hamda sohadagi boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, soha mutaxassislari va yosh izlanuvchilarni birlashtiruvchi muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Simpoziumning asosiy maqsadi transport va aviatsiya sohalarining zamonaviy tendensiyalari hamda istiqbollarini chuqur tahlil qilish, sun’iy intellekt va robototexnikaga asoslangan innovatsion yechimlarni taqdim etish, shuningdek, onlayn hamda gibrid formatda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Simpozium doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda: ➖ transport texnologiyalari, logistika va aviatsiya sohalarining zamonaviy tendensiyalari; ➖ sun’iy intellekt va robototexnikaga asoslangan innovatsion ishlanmalar; ➖ transportda texnik xizmat ko‘rsatish (MRO) va operatsion jarayonlarni takomillashtirish yechimlari; ➖ sohada tajriba almashinuvini rivojlantirish va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish. Simpoziumda mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning yetakchi xalqaro ekspertlari, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari hamda yirik tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Mazkur ilmiy muloqot maydoni nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda transport tizimi sohasini jahon standartlari asosida rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Simpozium yakunlari bo‘yicha sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish va eng saralangan ilmiy maqolalarni nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etish rejalashtirilgan.
__ В Ташкентском государственном транспортном университете начал работу международный научный симпозиум «ISATECH 2026 — International Symposium on Transportation Technology, MRO & Operations»
Данный симпозиум выступает важной научной площадкой, объединяющей учёных, отраслевых специалистов и молодых исследователей, занимающихся научными разработками в сфере транспортных технологий, логистики, авиации и других современных направлений отрасли. Основная цель симпозиума — глубокий анализ современных тенденций и перспектив развития транспортной и авиационной отраслей, представление инновационных решений на основе искусственного интеллекта и робототехники, а также расширение международного сотрудничества в онлайн- и гибридном форматах. В рамках симпозиума обсуждаются следующие приоритетные направления: ➖ современные тенденции в сфере транспортных технологий, логистики и авиации; ➖ инновационные разработки на основе искусственного интеллекта и робототехники; ➖ решения по совершенствованию технического обслуживания (MRO) и операционных процессов на транспорте; ➖ развитие обмена опытом в отрасли и внедрение инноваций в практику. В работе симпозиума наряду с отечественными специалистами принимают участие ведущие международные эксперты из зарубежных стран, представители научно-исследовательских центров и известные исследователи. Данная научная площадка, объединяя теорию и практику, способствует развитию транспортной отрасли в соответствии с мировыми стандартами. По итогам симпозиума планируется разработать конкретные предложения, направленные на дальнейшее развитие отрасли, а также опубликовать лучшие научные статьи в авторитетных международных научных изданиях.

Toshkent davlat transport universiteti “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida yirik korxona va tashkilotlar bilan stra
+5
Toshkent davlat transport universiteti “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida yirik korxona va tashkilotlar bilan strategik hamkorlik memorandumlarini imzoladi
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “SOF EXPO” majmuasida bo‘lib o‘tgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti tizimdagi yetakchi korxona va tashkilotlar bilan muhim hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Xususan, “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan tuzilgan ushbu hujjatlar dual ta’lim tizimini kengaytirish, sanoat korxonalari va ta'lim muassasasi o'rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi. Memorandumlar asosida transport sohasiga ilg'or yechimlarni joriy etish, jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalari, avtomatika va diagnostika yoʻnalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish belgilangan. Eng muhimi, mazkur kelishuvlar talaba va yosh mutaxassislarni bevosita real ishlab chiqarish loyihalariga jalb etish orqali ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish uchun ulkan maydon yaratadi.
__ Ташкентский государственный транспортный университет подписал меморандумы о стратегическом сотрудничестве с крупнейшими предприятиями и организациями в рамках выставки «Национальная промышленная цепочка»
В рамках выставки «Национальная промышленная цепочка», прошедшей в выставочном комплексе SOF EXPO в Джамбайском районе Самаркандской области, Ташкентский государственный транспортный университет подписал ряд важных меморандумов о сотрудничестве с ведущими предприятиями и организациями транспортной отрасли. В частности, соглашения заключены с АО «Temiryoʻlinfratuzilma», АО «Узбекистон темир йуллари», АО «Uzbekistan Airports», АО «Тошшахартрансхизмат», Комитетом по автомобильным дорогам, а также с Ташкентским государственным экономическим университетом. Документы направлены на расширение системы дуального образования и укрепление тесного взаимодействия между промышленными предприятиями и образовательными учреждениями. В соответствии с подписанными меморандумами предусмотрено внедрение передовых решений в транспортной отрасли, в том числе развитие совместных научно-исследовательских проектов в области искусственного интеллекта, автоматизации и диагностики. Особое значение имеет то, что достигнутые договорённости создают широкие возможности для привлечения студентов и молодых специалистов к реализации реальных производственных проектов, что позволит эффективно сочетать теоретическую подготовку с практическим опытом.
Facebook | Instagram | Telegram

Toshkent davlat transport universiteti “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining “Eng istiqbolli transport loyihasi” nominatsiy
+1
Toshkent davlat transport universiteti “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining “Eng istiqbolli transport loyihasi” nominatsiyasini qo’lga kiritdi
15–16-iyul kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi SOF Expo majmuasida bo‘lib o‘tgan “Transport sohasi milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida Toshkent davlat transport universiteti munosib ishtirok etib, “Eng istiqbolli transport loyihasi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Universitet tadbir davomidagi yuksak ilmiy salohiyati, yirik kelishuvlari hamda sermahsul va ochiq muloqotlari tufayli ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ko‘rgazma kunlarida universitet o‘z ekspozitsiyasi orqali ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi uzviy ko'prik vazifasini yorqin namoyish etdi. Buni tadbir doirasida respublikaning eng yirik transport korxonalari — “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Aerports” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ va boshqa qator tashkilotlar bilan imzolangan strategik hamkorlik memorandumlari ham yaqqol tasdiqlaydi. “Eng istiqbolli transport loyihasi” sifatidagi ushbu e'tirof universitetning sanoat korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, dual ta'lim tizimini rivojlantirish hamda yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish loyihalariga jalb etish borasidagi tizimli harakatlarining natijasidir. Bu O'zbekiston transport sohasi taraqqiyotiga xizmat qiladigan yetuk kadrlar tayyorlash sifatini yangi, yanada baland bosqichga olib chiqish yo'lidagi ulkan qadam bo'ldi.
__ Ташкентский государственный транспортный университет стал победителем в номинации «Самый перспективный транспортный проект» выставки «Национальная промышленная цепочка»
15–16 июля в выставочном комплексе SOF Expo Джамбайского района Самаркандской области состоялась выставка «Национальная промышленная цепочка транспортной отрасли», в рамках которой Ташкентский государственный транспортный университет был удостоен победы в номинации «Самый перспективный транспортный проект». Высокая награда стала признанием значительного научного потенциала университета, масштабных соглашений о сотрудничестве, а также продуктивного и открытого диалога, проведённого в ходе мероприятия. На протяжении двух дней университетская экспозиция наглядно продемонстрировала роль вуза как прочного связующего звена между образованием, наукой и производством. Ярким подтверждением этому стало подписание стратегических меморандумов о сотрудничестве с крупнейшими предприятиями транспортной отрасли республики, среди которых АО «Темирйулинфратузилма», АО «Узбекистон темир йуллари», АО «Uzbekistan Aerports», АО «Тошшахартрансхизмат», а также ряд других организаций. Признание университета победителем в номинации «Самый перспективный транспортный проект» стало результатом последовательной работы по расширению взаимодействия с промышленными предприятиями, развитию системы дуального образования и вовлечению молодых специалистов в реализацию реальных производственных проектов. Эта награда стала ещё одним важным шагом на пути к повышению качества подготовки высококвалифицированных кадров, которые будут способствовать дальнейшему развитию транспортной отрасли Узбекистана.

🤝 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida yangi hamkorliklarga asos solinmoqda Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni doirasida Agentlik, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda transport tarmog‘i korxonalari o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Jumladan: ◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiToshkent davlat transport universiteti Transport sohasi uchun innovatsion yechimlar, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha. ◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mahalliy ishlab chiqarish, innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha. ◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiFanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti Materialshunoslik sohasidagi ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha. ◾️Toshkent davlat transport universiteti“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Transport sohasi uchun mahalliy dasturiy yechimlar, innovatsion ishlanmalar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha. ◾️Toshkent davlat transport universiteti“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Temir yo‘l infratuzilmasi uchun ilmiy va texnologik yechimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha. ◾️Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti“Uzbekistan Airports” AJ Aviatsiya sohasida innovatsion texnologiyalar va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha.
Ko‘rgazma doirasida imzolangan memorandumlar soni va yo‘nalishlari keng. Ular haqidagi batafsil ma’lumotlar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida navbatma-navbat yoritib boriladi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

🤝 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida hamkorlik memorandumi imzolandi Transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida transport sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar va servis xizmatlarini joriy etish, universitet tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy dasturiy yechimlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Xususan, temir yo‘l sohasi uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot ayrim xizmatlarni mahalliy yechimlar asosida tashkil etish hamda xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi. Ko’rgazma davom etmoqda. #Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

Toshkent davlat transport universiteti va “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ hamkorligida temir yoʻl sohasida qiymati 57,6 milliard s
+2
Toshkent davlat transport universiteti va “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ hamkorligida temir yoʻl sohasida qiymati 57,6 milliard soʻmlik yirik loyihalar amalga oshiriladi
“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladik. Hamkorligimizning asosiy maqsadi — temir yoʻllar va infratuzilma sohasida ilmiy-texnologik muammolarni hal etish, korxona hududida kafedra filiallarini tashkil etish orqali dual taʼlim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uygʻunlashtirish hamda muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirishdan iborat. Kelishuv doirasida sunʼiy intellekt asosida lokomotivlar va temir yoʻl infratuzilmasini kompleks diagnostika qilish, poyezdlar harakatini boshqarishning raqamli va mikroprotsessorli tizimlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish kabi jami 23 ta ilmiy-innovatsion loyiha amalga oshiriladi. Loyihalarning umumiy qiymati 57,6 milliard soʻmni tashkil etadi. Mazkur memorandum universitetimizning ilmiy va intellektual salohiyatini bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga yo‘naltirish orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda sohada uzoq muddatli amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
__ Ташкентский государственный транспортный университет и АО «Temiryoʻlinfratuzilma» реализуют крупные проекты в железнодорожной отрасли общей стоимостью 57,6 млрд сумов
В рамках выставки
«Национальная промышленная цепочка»
был подписан меморандум о взаимном сотрудничестве между Ташкентским государственным транспортным университетом и АО «Temiryoʻlinfratuzilma». Основная цель партнерства — совместное решение научно-технологических задач в сфере железнодорожного транспорта и инфраструктуры, создание филиалов кафедр на базе предприятия для внедрения элементов дуального образования, интеграция теоретической подготовки с производственной практикой, а также повышение квалификации инженерно-технических специалистов. В соответствии с меморандумом планируется реализация
23 научно-инновационных проектов
, направленных на комплексную диагностику локомотивов и объектов железнодорожной инфраструктуры с использованием технологий искусственного интеллекта, внедрение цифровых и микропроцессорных систем управления движением поездов, а также разработку энергоэффективных технологий. Общая стоимость проектов составит
57,6 млрд сумов
. Подписание меморандума станет важным шагом на пути к повышению качества подготовки специалистов за счет эффективного использования научного и интеллектуального потенциала университета в производственной сфере, внедрению инновационных решений в практику и расширению долгосрочного взаимовыгодного сотрудничества с предприятиями отрасли.
Facebook | Instagram | Telegram

Ташкентский государственный транспортный университет и Ташкентский государственный экономический университет создадут единую
Ташкентский государственный транспортный университет и Ташкентский государственный экономический университет создадут единую систему «Умный центр»
Сегодня в выставочном центре SOF EXPO, расположенном в Джамбайском районе Самаркандской области, начала работу крупнейшая в этом году выставка «Национальная промышленная цепочка». Мероприятие, которое проходит 15–16 июля, объединило на одной площадке ведущих представителей транспортной, логистической и промышленной инфраструктуры, инвесторов и производителей. В рамках выставки мы проводим встречи в формате B2B с крупными заказчиками, знакомимся с передовыми инновационными технологиями, перспективными инвестиционными проектами и возможностями развития кооперации. В ходе мероприятия был подписан Меморандум о сотрудничестве с Ташкентским государственным экономическим университетом. Главная цель партнерства — совместное создание и развитие единой системы «Умный центр» путем внедрения в образовательный процесс современных информационно-коммуникационных технологий, решений на основе искусственного интеллекта, больших данных (Big Data) и Интернета вещей (IoT). Подписание меморандума станет важным шагом на пути объединения материально-технического и интеллектуального потенциала двух университетов. Это позволит повысить качество образования, оптимизировать управленческие процессы, а также значительно расширить долгосрочное практическое сотрудничество в данной сфере.
Facebook | Instagram | Telegram

Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida yagona “Aqlli markaz” tizimi
Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida yagona “Aqlli markaz” tizimi yaratiladi
Bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “SOF EXPO” markazida yilning eng yirik “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi o’z ishini boshladi. 15–16-iyul kunlariga mo‘ljallangan mazkur ko‘rgazma transport, logistika va sanoat infratuzilmasining yetakchilari, investorlar hamda ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda jamladi. Ko‘rgazma doirasida yirik buyurtmachilar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazib, sohadagi eng so‘nggi innovatsion texnologiyalar, investitsion loyihalar va kooperatsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishmoqdamiz. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladik. Hamkorligimizning asosiy maqsadi — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va Internet buyumlari (IoT) yechimlarini oliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali “Aqlli markaz” tizimini birgalikda yaratish va rivojlantirishdan iborat. Mazkur memorandum har ikki universitetning moddiy-texnik va intellektual salohiyatini birlashtirgan holda ta’lim sifatini oshirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish hamda sohada uzoq muddatli amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.