en
Feedback
Abdulaziz Gulamov

Abdulaziz Gulamov

Open in Telegram

Toshkent Davlat Transport universiteti rektorining rasmiy sahifasi Facebook: facebook.com/AbdulazizGulyamov1 Instagram: https://www.instagram.com/abdulaziz__gulamov Linkedln: https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-gulamov-852385415?trk=contact-info

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
461
Subscribers
+1424 hours
+287 days
+8630 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+37
in 12 channels
August '26
+93
in 15 channels
Get PRO
July '26
+357
in 19 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+4
07 September+14
06 September0
05 September+1
04 September+6
03 September+3
02 September+5
01 September+4
Channel Posts
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi g‘alabalar, yangi kashfiyotlar, yangi imkoniyatlar va yuksak marralar yili bo‘lsin! — Пусть новый учебный год станет для всех нас годом новых побед, новых открытий, новых возможностей и высоких достижений! Facebook | Instagram | Telegram

2
Uchuvchilar tayyorlash yangi bosqichga olib chiqilmoqda. — Подготовка пилотов выходит на новый уровень. Facebook | Instagram+3
Uchuvchilar tayyorlash yangi bosqichga olib chiqilmoqda. — Подготовка пилотов выходит на новый уровень. Facebook | Instagram | Telegram
7 747
3
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent davlat transport universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan ta+9
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent davlat transport universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. __ Министр транспорта Ильхом Махкамов ознакомился с ходом подготовки Ташкентского государственного транспортного университета к новому учебному году. Facebook | Instagram | Telegram
777
4
No text...
353
5
ДОРОГИЕ СООТЕЧЕСТВЕННИКИ, УВАЖАЕМЫЕ ПРОФЕССОРА И ПРЕПОДАВАТЕЛИ, СТУДЕНЧЕСКАЯ МОЛОДЁЖЬ! Сегодня мы с большой радостью и чувством гордости отмечаем 35-ю годовщину независимости нашей любимой Родины. За прошедшие годы благодаря стойкости, самоотверженному труду и решимости нашего народа наша страна добилась огромных успехов в социально-экономической, политической и духовно-нравственной сферах. Масштабные реформы, последовательно реализуемые на пути развития Нового Узбекистана, служат обеспечению благосостояния нашего народа и дальнейшему укреплению авторитета нашей страны на международной арене. Коллектив Ташкентского государственного транспортного университета также занимает достойное место на страницах этой истории. Наш университет вносит весомый вклад в подготовку патриотичных кадров с современными знаниями и навыками, высоким интеллектуальным потенциалом, востребованных в таких важнейших для экономики страны сферах, как транспорт, логистика, инженерия и цифровые технологии. Уважаемые наставники! Выражаю глубокую благодарность за ваш самоотверженный труд, научный потенциал, неоценимый вклад в образование и воспитание молодого поколения, а также за ваши исследования и разработки, направленные на развитие транспортной системы нашей страны. Прочный фундамент Нового Узбекистана создаётся непосредственно в стенах образовательных и научных учреждений благодаря самоотверженному труду таких преданных своему делу людей, как вы. Дорогие студенты! Вы — будущее, надежда и опора Узбекистана! Уверен, что знания, которые вы приобретаете, и опыт, который получаете в стенах нашего университета, в будущем послужат дальнейшему процветанию нашей страны и укреплению её экономического потенциала. Одно из величайших благ, дарованных нам независимостью, — возможность свободно мыслить и в полной мере раскрывать свой потенциал. Пользуйтесь этой возможностью с пользой, неустанно стремитесь к новым знаниям, совершенствуйте свои навыки и постоянно работайте над собой во имя процветания нашей Родины. Дорогие соотечественники! Пользуясь случаем, ещё раз искренне поздравляю всех вас с самым великим и дорогим для нас праздником — 35-й годовщиной независимости Республики Узбекистан! Желаю вам крепкого здоровья, счастья и благополучия, мира и спокойствия вашим семьям, а также больших успехов в вашей трудовой и образовательной деятельности на пути развития нашей страны. Пусть небо нашей любимой Родины всегда будет ясным, в стране царят мир и спокойствие, а Независимость длится вечно! Facebook | Instagram | Telegram
7 711
6
QADRLI YURTDOSHLAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ TALABA-YOSHLAR! Bugun jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘
QADRLI YURTDOSHLAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ TALABA-YOSHLAR! Bugun jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayramini katta shodiyona va yuksak iftixor bilan nishonlamoqdamiz. O‘tgan davr mobaynida xalqimizning matonati, fidokorona mehnati va qat’iyati tufayli mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda ulkan marralarni zabt etdi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar xalqimiz farovonligini ta’minlash va yurtimiz nufuzini xalqaro maydonda yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Toshkent davlat transport universiteti jamoasi ham ushbu shonli tarix sahifalarida munosib o‘rin egallab kelmoqda. Universitetimiz mamlakat iqtisodiyotining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan transport, logistika, muhandislik va raqamli texnologiyalar sohalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak intellektual salohiyatli, vatanparvar kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Muhtaram ustozlar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy salohiyatingiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz hamda mamlakatimiz transport tizimini rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori bevosita ta’lim va ilm-fan dargohlarida, siz kabi zahmatkash insonlarning fidokorona mehnati bilan barpo etilmoqda. Aziz talabalar! Sizlar O‘zbekistonning ertangi kuni, ishonchi va tayanchisiz! Ishonamanki, universitetimizda egallayotgan bilim va orttirayotgan tajribangiz kelajakda yurtimizning yanada ravnaq topishiga, uning iqtisodiy qudrati yuksalishiga xizmat qiladi. Mustaqillik bizga bergan eng katta ne’matlardan biri — erkin fikrlash va o‘z salohiyatimizni to‘la namoyon etish imkoniyatidir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida tinmay izlanishdan, bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishdan, o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Qadrli yurtdoshlar! Fursatdan foydalanib, barchangizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilalaringizga tinchlik va xotirjamlik, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mehnat va ta’lim faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Jonajon Vatanimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Facebook | Instagram | Telegram
10 736
7
🇺🇿🇰🇷 Korea Eximbank bilan yangi “Toshkent – Samarqand” tezyurar temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi Bugun “O‘z+2
🇺🇿🇰🇷 Korea Eximbank bilan yangi “Toshkent – Samarqand” tezyurar temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda Korea Eximbank delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda bankning Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha EDCF operatsiyalari departamenti direktori Shin Sanghun boshchiligidagi delegatsiya, Toshkent davlat transport universiteti vakillari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda mamlakatimiz temir yo‘l tizimini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor loyihalar muhokama qilindi. Xususan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezdlarini qo‘shimcha xarid qilish, yangi “Toshkent – Samarqand” yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘lini qurish loyihasining joriy holati va kelgusi bosqichlari haqida so’z bordi. Xususan, ushbu yirik loyihada Toshkent davlat transport universitetning bevosita ishtiroki ko’rib chiqildi. Ta’kidlash joiz, mazkur loyihalar transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bilan birga, soha uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlarni tayyorlashni ham talab etadi. Shu bois uchrashuv doirasida temir yo‘l tarmog‘i uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash, xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishonamizki, Korea Eximbank bilan EDCF dasturi doirasidagi hamkorlik temir yo‘l sohasiga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, infratuzilmani yangilash va transport ta’limi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. __ 🇺🇿🇰🇷 С Korea Eximbank обсуждены вопросы реализации проекта строительства новой высокоскоростной железной дороги “Ташкент — Самарканд” Сегодня в АО “Узбекистон темир йуллари” состоялась встреча с делегацией Korea Eximbank. В мероприятии приняли участие делегация банка во главе с директором Департамента операций EDCF по Евразийскому региону Шин Санхуном, представители Ташкентского государственного транспортного университета, руководство АО “Узбекистон темир йуллари”, а также специалисты отрасли. В ходе встречи были обсуждены приоритетные проекты, направленные на развитие железнодорожной системы нашей страны. В частности, речь шла о дополнительной закупке высокоскоростных электропоездов, текущем состоянии и дальнейших этапах реализации проекта строительства новой высокоскоростной железной дороги “Ташкент — Самарканд”. Особое внимание было уделено непосредственному участию Ташкентского государственного транспортного университета в реализации этого масштабного проекта. Следует отметить, что реализация данных проектов не только предполагает модернизацию транспортной инфраструктуры, но и требует подготовки инженерных кадров, обладающих современными знаниями и практическими навыками. В этой связи в рамках встречи состоялся обмен мнениями по вопросам подготовки квалифицированных специалистов для железнодорожной отрасли, внедрения международного опыта в образовательный процесс, а также развития научно-практического сотрудничества. Уверены, что сотрудничество с Korea Eximbank в рамках программы EDCF будет способствовать привлечению передовых технологий в железнодорожную отрасль, модернизации инфраструктуры и дальнейшему повышению качества транспортного образования. Facebook | Instagram | Telegram
6 209
8
No text...
1 337
9
O‘ktamxon Asomiddinov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik Facebook | Instagram | Telegram
O‘ktamxon Asomiddinov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik Facebook | Instagram | Telegram
1 027
10
Toshkent davlat transport universitetida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Uchrashuvda Jilin
Toshkent davlat transport universitetida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Uchrashuvda Jilin temir yo‘l transporti kasb-hunar texnika universiteti, Toshkent shahridagi Xitoy milliy madaniy markazi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) xalqaro ta’lim bo‘yicha Xitoy kengashi vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida temir yo‘l transporti sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim dasturlari bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. __ В Ташкентском государственном транспортном университете состоялась встреча с делегацией Китайской Народной Республики. В мероприятии приняли участие представители Цзилиньского профессионально-технического университета железнодорожного транспорта, Китайского национального культурного центра в Ташкенте, а также Китайского совета по международному образованию Шанхайской организации сотрудничества (ШОС). В ходе встречи были обсуждены вопросы подготовки высококвалифицированных специалистов для сферы железнодорожного транспорта, развития международного обмена опытом в области образовательных программ, а также расширения взаимовыгодного сотрудничества. Facebook | Instagram | Telegram
7 096
11
Hurmatli aviatsiya sohasi xodimlari, aziz uchuvchilar, muhandislar va soha faxriylari! Sizlarni mamlakatimizda Havo floti kun
Hurmatli aviatsiya sohasi xodimlari, aziz uchuvchilar, muhandislar va soha faxriylari! Sizlarni mamlakatimizda Havo floti kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Aviatsiya — yuksak mas’uliyat, aniqlik, jasorat va fidoyilikni talab qiladigan sharafli soha. Osmonimiz musaffoligi, parvozlarimiz xavfsizligi va fuqaro aviatsiyamiz taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilayotgan barcha mutaxassislarning hissasi beqiyos. Bugungi kunda zamonaviy aviatsiya uchun yuqori malakali, bilimli va innovatsion fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash muhim vazifalardan biridir. Toshkent davlat transport universiteti jamoasi ham ushbu ezgu maqsad yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va parvozlaringiz doimo bexatar bo‘lishini tilayman. Havo floti kuni muborak bo‘lsin! Osmonimiz doimo musaffo, parvozlarimiz bexatar bo‘lsin! __ Уважаемые работники авиационной отрасли, дорогие пилоты, инженеры и ветераны авиации! От всей души поздравляю вас с Днём воздушного флота! Авиация — это благородная сфера, требующая высокой ответственности, точности, мужества и преданности своему делу. Неоценим вклад всех специалистов, которые своим ежедневным трудом обеспечивают безопасность полётов, развитие гражданской авиации и надёжность воздушного сообщения нашей страны. Сегодня одной из важнейших задач является подготовка высококвалифицированных, компетентных и инновационно мыслящих кадров для современной авиационной отрасли. Ташкентский государственный транспортный университет также вносит достойный вклад в достижение этой благородной цели. Пользуясь случаем, желаю всем вам крепкого здоровья, семейного благополучия, больших успехов в профессиональной деятельности и безопасных полётов! С Днём воздушного флота! Пусть небо всегда будет чистым, а каждый полёт — безопасным! Facebook | Instagram | Telegram
10 047
12
Qadrli yoshlar! Avvalo, talabalik baxtiga erishgan barcha yoshlarni, xususan, kelajagini muhim va strategik tarmoq — transpor
Qadrli yoshlar! Avvalo, talabalik baxtiga erishgan barcha yoshlarni, xususan, kelajagini muhim va strategik tarmoq — transport sohasi bilan bog‘lashga qaror qilib, Toshkent davlat transport universitetiga o‘qishga tavsiya etilgan yigit-qizlarimizni samimiy muborakbod etaman! ​Siz hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas damlarni boshdan kechirmoqdasiz. Ushbu natija ortida yillar davomidagi izlanishlaringiz, tinimsiz mehnatingiz, ustozlar sabog‘i va ota-onangizning ishonchi mujassam. Bu yutuq — faqatgina sizning emas, balki sizga ishongan butun oilangiz va yaqinlaringizning ham quvonchidir. ​Endi oldingizda yangi, mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlanmoqda. Toshkent davlat transport universiteti dargohida sizlarni zamonaviy bilimlar, yangi do‘stlar va ulkan imkoniyatlar kutmoqda. O‘zingiz tanlagan yo‘nalishni chuqur o‘zlashtirib, kelajakda mamlakatimiz transport-logistika, temir yo‘l, avtomobil, aviatsiya va yo‘lsozlik tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonchim komil. ​Barcha talabalikka tavsiya etilganlarni yana bir bor samimiy muborakbod etib, oliygohimizga xush kelibsiz, deyman! ​Sizlarga mustahkam salomatlik, ulkan marralar, ilm yo‘lidagi ishlaringizda zafarlar va yorqin kelajak tilayman! ​Talabalik baxti muborak bo‘lsin! ​Abdulaziz Gulamov, Toshkent davlat transport universiteti rektori __ Дорогие молодежь! Прежде всего, искренне поздравляю всю молодежь, которой посчастливилось стать студентами, в частности, наших юношей и девушек, решивших связать свое будущее с важной и стратегической отраслью — транспортной сферой — и рекомендованных к зачислению в Ташкентский государственный транспортный университет! Вы переживаете самые волнующие и незабываемые моменты в своей жизни. За этим результатом стоят ваши многолетние старания, неустанный труд, наставления учителей и доверие ваших родителей. Это достижение — радость не только для вас, но и для всей вашей семьи и близких, которые в вас верили. Теперь перед вами начинается новый, ответственный этап — студенческая жизнь. В стенах Ташкентского государственного транспортного университета вас ждут современные знания, новые друзья и огромные возможности. Уверен, что, глубоко освоив выбранное направление, в будущем вы станете высококвалифицированными специалистами, которые внесут достойный вклад в развитие транспортно-логистической, железнодорожной, автомобильной, авиационной и дорожно-строительной систем нашей страны. Еще раз искренне поздравляю всех рекомендованных к зачислению и говорю: добро пожаловать в наш университет! Желаю вам крепкого здоровья, великих свершений, успехов в овладении знаниями и светлого будущего! Пусть ваша студенческая пора будет счастливой! Абдулазиз Гуламов, ректор Ташкентского государственного транспортного университета Facebook | Instagram | Telegram
6 563
13
Transport universitetida nemis tilini o‘qitish va xalqaro kasb egallash bo‘yicha Germaniya tajribasiga asoslangan yangi loyih+2
Transport universitetida nemis tilini o‘qitish va xalqaro kasb egallash bo‘yicha Germaniya tajribasiga asoslangan yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi. — В Транспортном университете запускается новый проект по изучению немецкого языка и получению международной профессии на основе опыта Германии. Facebook | Instagram | Telegram
6 351
14
Iroq Respublikasining Diyala universiteti bilan hamkorlikda Scopus xalqaro bazasidagi ilmiy maqolalar ko‘lami yanada kengayti
Iroq Respublikasining Diyala universiteti bilan hamkorlikda Scopus xalqaro bazasidagi ilmiy maqolalar ko‘lami yanada kengaytiriladi. — В сотрудничестве с Университетом Диялы Республики Ирак будет значительно расширен объём научных публикаций, индексируемых в международной базе данных Scopus. Facebook | Instagram | Telegram
5 022
15
Toshkent davlat transport universiteti va “KAMAZ” OAJ o‘rtasida talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik memora+5
Toshkent davlat transport universiteti va “KAMAZ” OAJ o‘rtasida talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. — Ташкентский государственный транспортный университет и ПАО «КАМАЗ» подписали меморандум о сотрудничестве, направленный на обеспечение занятости студентов. Facebook | Instagram | Telegram
7 408
16
Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdulaziz Gulamov “NPO SAUT” MChJ (“Tormozlanishni avtomatik boshqarish tizimi
Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdulaziz Gulamov “NPO SAUT” MChJ (“Tormozlanishni avtomatik boshqarish tizimi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) direktori Yevgeniy Veselov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. — Ректор Ташкентского государственного транспортного университета Абдулазиз Гуламов провёл встречу с делегацией ООО «НПО САУТ» (Научно-производственное объединение «Система автоматического управления торможением») во главе с директором Евгением Веселовым. Facebook | Instagram | Telegram
3 934
17
Qadrli quruvchilar, soha faxriylari, muhtaram ustozlar va aziz talabalar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — “Qurilish s
Qadrli quruvchilar, soha faxriylari, muhtaram ustozlar va aziz talabalar! Barchangizni bugungi kasb bayramingiz — “Qurilish sohasi xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etaman. Bugungi kunda mamlakatimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirayotgan, shaharlar, qishloq va mahallalar, yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni barpo etishda Siz, aziz bunyodkorlarning zahmatli mehnatingiz beqiyosdir. Davlatimiz rahbari o‘zlarining bayram tabriklarida soha vakillarining fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib: “Sizlar o‘z burchingizni chuqur anglagan holda, xalqimiz uchun xavfsiz, qulay va farovon hayot muhitini yaratishga qaratilgan sharafli faoliyatingizni hamisha yuksak sifat va mas’uliyat bilan ado etasizlar, deb ishonaman” — deb ta’kidlaganlari barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Prezidentimizning ushbu yuksak ishonchi universitetimiz xodimlari va professor-o‘qituvchilari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Tarmoqni yanada zamonaviy, innovatsion va xalqaro miqyosda raqobatbardosh qilish maqsadida, sohaga ilg‘or arxitektura va qurilish texnologiyalarni joriy qila oladigan, zamon talablariga to‘la javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda biz doimo Siz, azizlarning boy amaliy tajribangiz va ko‘magingizga tayanamiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xalq farovonligi yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! __ Дорогие строители, уважаемые ветераны отрасли, почтенные наставники и студенты! Сердечно поздравляю всех вас с профессиональным праздником — Днём работников строительной отрасли! Сегодня именно ваш созидательный и самоотверженный труд играет бесценную роль в коренном преображении облика нашей страны, строительстве современных городов и сёл, благоустроенных махаллей, новых жилых комплексов, передовых предприятий, а также объектов социальной и экономической инфраструктуры. В своём праздничном поздравлении Глава нашего государства особо отметил преданный труд представителей строительной отрасли, подчеркнув: «Уверен, что вы, глубоко осознавая свой профессиональный долг, и впредь будете с высокой ответственностью и безупречным качеством выполнять свою благородную миссию по созданию безопасной, комфортной и благополучной среды для жизни нашего народа». Эти слова наполняют всех нас чувством особой гордости и вдохновения. Высокое доверие, оказанное Президентом, возлагает большую ответственность и на коллектив нашего университета, на наших преподавателей и сотрудников. Стремясь сделать строительную отрасль ещё более современной, инновационной и конкурентоспособной на международном уровне, мы неизменно опираемся на ваш богатый практический опыт и поддержку в подготовке нового поколения высококвалифицированных специалистов, способных внедрять передовые архитектурные и строительные технологии и в полной мере отвечать требованиям времени. В этот знаменательный день от всей души желаю вам крепкого здоровья, семейного счастья и благополучия, а также больших успехов и новых достижений в вашей благородной и созидательной деятельности во имя процветания нашего народа. С профессиональным праздником! Facebook | Instagram | Telegram
6 327
18
Xitoyning Xiamen Huatian xalqaro kasb-hunar kolleji bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi Bugun Xitoy Xalq Respubl+1
Xitoyning Xiamen Huatian xalqaro kasb-hunar kolleji bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen Huatian xalqaro kasb-hunar kolleji (Xiamen Huatian International Vocational College) rahbariyati bilan onlayn muloqot o‘tkazdik. Unda kollej vitse-prezidenti Lin Shuisheng bilan har ikki ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, ta’lim va ilmiy salohiyati yuzasidan o‘zaro fikr almashdik. Muzokaralarda mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Yakunda hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikrlar qo‘llab-quvvatlanib, kelgusida amaliy mexanizmlarni yo’lga qo’yish bo‘yicha ishlarni davom ettirish rejalashtirildi. __ Будут запущены совместные образовательные программы с Сямэньским международным профессиональным колледжем Хуатянь (КНР) Сегодня состоялась онлайн-встреча с руководством Сямэньского международного профессионального колледжа Хуатянь Китайской Народной Республики (Xiamen Huatian International Vocational College). В ходе встречи с вице-президентом колледжа Линь Шуйшэном стороны обменялись информацией о текущей деятельности двух образовательных учреждений, а также обсудили их образовательный и научный потенциал. Особое внимание было уделено вопросам реализации совместных образовательных программ по различным направлениям подготовки. По итогам переговоров стороны поддержали предложения по развитию сотрудничества и договорились продолжить работу над созданием практических механизмов реализации намеченных инициатив. Facebook | Instagram | Telegram
4 765
19
Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi Bugun Koreyaning “Sampyo Railway”, “+3
Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi Bugun Koreyaning “Sampyo Railway”, “Korea Railroad Research Institute” (KRRI), “Dohwa Engineering” va “Best Engineering” kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdik. Temir yo‘l sohasida ilmiy-tadqiqot, innovatsion texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlarida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish biz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu kabi amaliy qadamlar yaqin istiqbolda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga hamda sohani zamonaviy texnologiyalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Suhbat davomida qo‘shma ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalalarini alohida ko‘rib chiqdik. __ Обсуждены перспективные направления сотрудничества с ведущими компаниями Республики Корея Сегодня состоялась встреча с делегацией ведущих корейских компаний — «Sampyo Railway», «Korea Railroad Research Institute» (KRRI), «Dohwa Engineering» и «Best Engineering». Расширение сотрудничества с зарубежными партнёрами в сфере железнодорожного транспорта, научных исследований, инновационных технологий и инженерии имеет для нас стратегически важное значение. Подобные практические шаги создают прочную основу для укрепления интеграции образования и производства, а также способствуют внедрению современных технологий в развитие отрасли. В ходе встречи особое внимание было уделено вопросам реализации совместных научных проектов, развитию академического обмена и подготовке высококвалифицированных специалистов для железнодорожной отрасли. Facebook | Instagram | Telegram
3 403
20
Xalqaro tajriba va amaliyot — raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosiy mezoni Transport va infratuzilma sohasida raqobatb+3
Xalqaro tajriba va amaliyot — raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosiy mezoni Transport va infratuzilma sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda jahon tajribasi hamda ishlab chiqarish amaliyotining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda universitetimizda ushbu yo‘nalishda dunyo yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoyning “China Railway Group Limited” (CREC) korporatsiyasi hamda uning “COVEC” kompaniyasi mintaqaviy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdik. Muloqotimiz davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish va sohaga oid ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish jarayonlarini atroflicha muhokama qildik. Muzokaralarimizdagi eng asosiy e’tibor talabalarimiz va yosh mutaxassislarimizning mazkur yirik xalqaro kompaniyalarda bevosita stajirovka o‘tashi masalasiga qaratildi. Kelgusida amalga oshiriladigan bunday kelishuvlar talabalarimizning nufuzli loyihalarda ishtirok etishi hamda malakali kadr bo‘lib yetishishi uchun ulkan tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi. __ Международный опыт и практика — ключевой критерий подготовки конкурентоспособных кадров При подготовке конкурентоспособных специалистов для транспортной и инфраструктурной отраслей особое значение имеют мировой опыт и тесная связь образования с производственной практикой. Именно с этой целью в нашем университете состоялась встреча с региональной делегацией китайской корпорации China Railway Group Limited (CREC) и её дочерней компании COVEC, являющихся одними из мировых лидеров в данной сфере. В ходе встречи мы подробно обсудили вопросы системного развития взаимовыгодного сотрудничества, а также обмена передовым международным опытом и современными отраслевыми практиками. Особое внимание в переговорах было уделено организации стажировок наших студентов и молодых специалистов непосредственно в структурах этих крупных международных компаний. Реализация подобных соглашений в перспективе создаст для наших студентов широкие возможности участия в престижных международных проектах и станет важной практической площадкой для формирования высококвалифицированных и конкурентоспособных специалистов. Facebook | Instagram | Telegram
3 638