en
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Open in Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
9 243
Subscribers
-8924 hours
-2027 days
-3 97230 days
Posts Archive
📚 Samarqand viloyatida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Yosh
+4
📚 Samarqand viloyatida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida mahalla yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. 📝 Seminar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, Agentlikning mega loyihalari hamda “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. 🤝 Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan manzilli foydalanish va yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🎯 Maqsad — mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish va har bir yosh uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📚 “Qo‘rqma” asari haqida “Qo‘rqma” — insonni o‘ziga ishonishga, qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka va hayotda dadil qadam tashlashga undaydigan mazmunli asar. ✨ Asar har birimizga bir narsani eslatadi: qo‘rquvni yenggan inson o‘z imkoniyatlarini kashf etadi. 📖 Mutolaa qiling, o‘zingiz uchun yangi fikrlar toping! @sherzod_rahmonov

💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqic
💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqichida yoshlardan 947 ta murojaat qabul qilinib, ular tahlil qilindi va dolzarb bo’lgan muammolar ijroga qaratildi. Vaqt talab etiladiganlari esa, qat’iy nazoratga olindi. ✅ Hozirda esa loyihaning 2-bosqichi doirasida aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi boshlandi. 📝 Bunda, murojaatlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlanib, muammolarga aniq taklif va amaliy yechimlar tayyorlanadi. 🫥 Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va doimiy nazorat qilinib, natijalar yoshlarga yetkaziladi. 📲Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni mavjud Telegram-bot: @YiaMurojaat_bot orqali yuborishingiz mumkin. Murojaatlarni qabul qilish 26-27-28-avgust kunlari davom etadi Dolzarb bo’lgan masalalar yechimida faol bo‘ling va yoshlar kelajakni birgalikda yarating Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqic
💙💙💙 «YOSHLAR MUAMMOLARINI TAHLIL QILISH MARKAZI» LOYIHASINING 2-BOSQICHI BOSHLANDI! 📝 Xabaringiz bor, loyihaning 1-bosqichida yoshlardan 947 ta murojaat qabul qilinib, ular tahlil qilindi va dolzarb bo’lgan muammolar ijroga qaratildi. Vaqt talab etiladiganlari esa, qat’iy nazoratga olindi. ✅ Hozirda esa loyihaning 2-bosqichi doirasida aniqlangan muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi boshlandi. 📝 Bunda, murojaatlar bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlanib, muammolarga aniq taklif va amaliy yechimlar tayyorlanadi. 🫥 Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va doimiy nazorat qilinib, natijalar yoshlarga yetkaziladi. 📲Siz ham o‘z taklif va murojaatlaringizni mavjud Telegram-bot: @YIAMurojaatBot orqali yuborishingiz mumkin. Murojaatlarni qabul qilish 26-27-28-avgust kunlari davom etadi Dolzarb bo’lgan masalalar yechimida faol bo‘ling va yoshlar kelajakni birgalikda yarating Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov
+2
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda uning mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda sohadagi muhim bo’lgan kunlik va haftalik masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda yoshlar ishtirokidagi bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, tashabbus va loyihalarni keng yoritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov
+2
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov tizim xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda uning mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda yoshlar ishtirokidagi bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, tashabbus va loyihalarni keng yoritish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

«O‘zingni boshqalar bilan solishtirma. Har bir insonning yo‘li va vaqti boshqacha.» @sherzod_rahmonov
«O‘zingni boshqalar bilan solishtirma. Har bir insonning yo‘li va vaqti boshqacha.» @sherzod_rahmonov

Jadidchilar tomonidan nashr ettirilgan "Shuhrat" gazetasining nechta soni bosmadan chiqarilgan?
Anonymous voting

🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✅Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✅Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✅Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✅Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

“Katta natijalar kichik, ammo qat’iy qadamlar bilan boshlanadi.” @sherzod_rahmonov
“Katta natijalar kichik, ammo qat’iy qadamlar bilan boshlanadi.” @sherzod_rahmonov

🇺🇿 DAVLAT MUKOFOTLARI MUBORAK BO’lSIN! Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosaba
🇺🇿 DAVLAT MUKOFOTLARI MUBORAK BO’lSIN! Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Quvonarlisi, ular orasida turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan samarqandliklar ham bor. 🏅 «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan: • Karimkulov Aslankul Ziyayevich — Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, Samarqand viloyati. 🏅 «El-yurt hurmati» ordeni bilan: • Negmatov Shuhrat Xudoyberdiyevich — «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi. 🏅 I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan: • Turayev Rashid Ergashevich — Urgut tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati. 🏅 I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan: • Aripov Toxir Tulkinovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i. 🏅 «Imom Buxoriy» ordeni bilan: • Ibodullayev Maxmud — Payariq tumanidagi «Imom al-Buxoriy» jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati. 🏅 «Do‘stlik» ordeni bilan: • Kobilov Rustam Rajabboyevich — Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. • Marmazinskaya Natalya Vladimirovna — «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ining fan va atrof-muhit monitoringi bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati. • Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich — Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati. 🏅 II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan: • Suyunov Akram Olimovich — Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati. 🏅 «Sog‘lom turmush» medali bilan: • Zoxidova Zarina Sayitkulovna — Toyloq tumani Ilk rivojlanish markazi koordinatori, Samarqand viloyati. • Muminova Tamara Murtazayevna — Samarqand tumanidagi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Samarqand viloyati. • Xaydarova Zamira Kaxarovna — Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati. 🏅 «Kelajak bunyodkori» medali bilan: • Baxtiyorov Bobirjon Bahodirovich — Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti huquqshunoslik mutaxassisligi magistranti, Samarqand viloyati. 🏅 «Jasorat» medali bilan: • Kinjayev Alik Aleksandrovich. • Kuvvatov Sadriddin Axrorovich — Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi guruh komandiri o‘rinbosari. 🏅 «Shuhrat» medali bilan: • Kurbanov Narzi. • Berdimuradov Shuxrat Ulashevich. • Alixonov Bexzod Nizamidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi Samarqand transport prokurori. • Inatov Tolmasbek Maxmarasulovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi. 💐 Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi barcha mukofot sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi! El-yurt ravnaqi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatlaringizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! #Mustaqillik35 #DavlatMukofotlari #Samarqand Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📍 Payariq tumanida ochiq muloqot Ayni paytda Payariq tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot va tanqidiy-tahlili
+3
📍 Payariq tumanida ochiq muloqot Ayni paytda Payariq tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot va tanqidiy-tahliliy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolar, topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda. Asosiy e’tibor — har bir yosh bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va aniq natijaga erishishga qaratilmoqda. @sherzod_rahmonov

🌿 “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida ezgu tashabbus Bugun erta tongdan Samarqand shahar yoshlarining tashabbusi bilan Chashma mahallasida joylashgan Sebzor qabristonida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. 🤝 Yoshlarimiz tomonidan qabriston hududini tartibga keltirish, atrof-muhitni obod qilish, chiqindilarni tozalash hamda hududni yanada ko‘rkam holatga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar — ajdodlarimiz xotirasiga hurmat, mahallamiz obodligiga hissa va yoshlarimiz qalbida ezgulik, mehr-oqibat hamda mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashning yorqin namunasidir. 🌱 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi bunday tashabbuslar davom etadi. Zero, obodlik va ezgulik har birimizdan boshlanadi! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

📖 “Qo‘rqma” — jasorat va ma’rifat haqida Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari — jadidlar, millat taqdiri va Vatan kelajagi haqida hikoya qiluvchi ta’sirli asar. Asar insonni qo‘rquvdan ustun kelishga, ilm olishga va yurt kelajagiga befarq bo‘lmaslikka chorlaydi. @sherzod_rahmonov

📊 Viloyat yoshlar shtabi yig‘ilishi Ayni paytda viloyat yoshlar shtabining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda
+3
📊 Viloyat yoshlar shtabi yig‘ilishi Ayni paytda viloyat yoshlar shtabining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda hududlardagi tahliliy ma’lumotlar, belgilangan topshiriqlarning ijrosi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinmoqda. 🎯 Asosiy maqsad — natijadorlik, ijro intizomi va yoshlar manfaatlarini ta’minlash. @sherzod_rahmonov

🇺🇿 Tayloq tumanida tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar Prezidentimizning 153-sonli qarori asosida yer maydoniga ega bo‘lgan tadbirkor bugungi kunda ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bu kabi tashabbuslar — yer resurslaridan oqilona foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishning amaliy ifodasidir. 📌 Imkoniyat bor joyda — tashabbus, mehnat va natija bor! Tayloq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlanti
Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni biznesga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan, zamonaviy g‘oya va innovatsion loyihalari bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan yosh tadbirkorlarning har bir tashabbusi e’tirofga loyiq. Sizlarga mustahkam iroda, yangi g‘oyalar, katta marralar, ishlaringizga rivoj va oilalaringizga fayz-u baraka tilayman. Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin! Yangi imkoniyatlar va ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

📍 Urgut tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Bugun Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga yo‘naltirilgan
+4
📍 Urgut tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Bugun Urgut tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga yo‘naltirilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. 🤝 Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini bevosita tinglamoqda. 💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda o‘z iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinmoqda. 📌 Eng muhimi, yoshlarning har bir taklifi e’tiborda. Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

“Qalbida nur bor inson yo‘lini hech qachon yo‘qotmaydi.” — Jaloliddin Rumiy @sherzod_rahmonov
“Qalbida nur bor inson yo‘lini hech qachon yo‘qotmaydi.” — Jaloliddin Rumiy @sherzod_rahmonov