Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Open in Telegram
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
9 243
Subscribers
-524 hours
-1307 days
+5 72530 days
Posts Archive
😂😘
Ayni paytda Samarqand shahrida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan RCOY Central Asia 2026 — Markaziy Osiyo yoshlarining uchinchi submintaqaviy iqlim konferensiyasi davom etmoqda…
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi konferensiyada mintaqaning 9 davlatidan 100 nafarga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda…
@sherzod_rahmonov
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Samarqandlik yoshlar xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda
Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolari XII global konferensiyasi davom etmoqda.
«Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida» mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari hamda 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Anjuman 6-sentyabrga qadar davom etadi.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+9
🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Ayni damda Samarqand viloyatida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.#12IPU #Samarqand 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
+5
🇺🇿 Yosh parlament a’zolari Samarqandda
Bugun Samarqandda Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII global konferensiyasi boshlandi.
Konferensiyada yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Mazkur konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. Chunki bu tadbir yoshlarning siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish uchun muhim maydon yaratadi.
Bugungi yoshlar — ertangi kunning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy yetakchilaridir. Shu bois ularning bilim va tajriba almashishi, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi kelajakdagi samarali hamkorliklar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Samarqandda bunday nufuzli xalqaro anjumanning o‘tkazilishi yurtimizda yoshlarga, ularning tashabbuslari va yetakchilik salohiyatiga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
@sherzod_rahmonov
📚 Javlon Jovliyev — «Qo‘rqma»
«Qo‘rqma» — tarix, millat, Vatan va ajdodlar xotirasi haqida hikoya qiluvchi, o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradigan ta’sirli asar.
📖 Bir kitob — ko‘plab savollar.
Qo‘rqma. O‘qi. Angla. Tafakkur qil.
@sherzod_rahmonov
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Дунёнинг 183 мамлакатидан ёш парламентарийлар Самарқандга келмоқда
4–6 сентябр кунлари Самарқанд шаҳрида Парламентлараро иттифоқ ёш парламент аъзоларининг XII глобал конференцияси бўлиб ўтади. Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ташкил этилаётган халқаро анжуманда дунёнинг турли мамлакатларидан 300 га яқин иштирокчи қатнашиши кутилмоқда.
👉 https://kun.uz/kr/06848041
Kun.uz расмий канали
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
Repost from SAMARQANDLIK YOSHLAR
+6
Yoshlar bilan ochiq muloqot: tashabbus va takliflar tinglandi
Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov volontyor yoshlar hamda viloyat va tuman sardorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Aytilgan fikrlar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini bevosita eshitish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va ular bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
#payshanba_yoshlar_kuni
Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺YouTube
+8
🔔 ILK QO‘NG‘IROQ SADOLARI
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand shahridagi 45-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida Boshqarma boshlig‘i ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar hamda maktab jamoasi yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Shuningdek, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun yangi imkoniyatlar, yuksak natijalar va katta muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
@sherzod_rahmonov
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi “Oxford International School” ta’lim muassasasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qadrli yurtdoshlar! Aziz yoshlar!
🇺🇿Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi nomidan, siz azizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
Mustaqillik — bu bizga erkinlik, bunyodkorlik va farovon hayot in’om etgan ulug‘ ne’mat. 35 yil mobaynida yurtimiz yuksalib, xalqimizning hayoti tubdan o‘zgardi, eng muhimi, yoshlarimiz uchun yangi marralar ochildi.
Biz, yoshlar, kelajagimiz uchun mas’uliyatni his etib, ilmimiz va mehnatimiz bilan Uchinchi Renessans rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz.
💐Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan, Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi!
@sherzod_rahmonov
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi barchangizga muborak bo’lsin qaadrli yoshlar!
@sherzod_rahmonov
+8
🏆 “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi” g‘oliblari taqdirlandi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi”ning “Zakovat” va mini futbol bo‘yicha viloyat bosqichi g’oliblari taqdirlandi.
Tantanali taqdirlash marosimida musobaqalarda yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag’batlantirildi.
⚽️ Futbol bo‘yicha:
🥇 Oqdaryo tumani
🥈 Kattaqo‘rg‘on tumani
🥉 Nurobod tumani
🧠 “Zakovat” bo‘yicha:
🥇 Bulung‘ur tumani
🥈 Payariq tumani
🥉 Nurobod tumani
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash sohasida samarali faoliyat olib borib, munosib natijalarga erishgan xodimlar mehnati ham e’tirof etildi. Ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdik.
Tadbir davomida faoliyatida tashabbuskorlik va mas’uliyat ko‘rsatgan yoshlar hamda soha xodimlarining mehnati alohida ta’kidlandi.
#Mustaqillik_35yil
