NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandiBugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov
🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi:
⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Yangi O'zbekiston gazetasi tahririyatining www.yuz.uz rasmiy saytida Namangan davlat texnika universiteti rektori professor Oybek Ergashevning Davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga, xususan, Namangan davlat texnika universitetiga tashrifi yuzasidan munosabat shaklidagi maqolasi e'lon qilindi.
Maqola bilan batafsil tanishish👇👇👇
https://yuz.uz/uz/news/davlat-rahbari-etibori--yuksak-ishonch-ulkan-masuliyat .
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
O'zbekiston Milliy Axborot agentligining www.uza.uz rasmiy saytida Namangan davlat texnika universiteti rektori professor Oybek Ergashevning Davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga, xususan, Namangan davlat texnika universitetiga tashrifi yuzasidan munosabati e'lon qilindi.
Maqola bilan batafsil tanishish👇👇👇
https://uza.uz/uz/posts/prezident-tashrifi-ilm-fan-va-suniy-intellekt-taraqqiyotning-yangi-bosqichini-belgiladi_878428
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
"Namanganskaya pravda" gazetasining navbatdagi sonida Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashevning "Prezident opredelil vektor razvitiya" ("Prezident rivojlanish yo‘nalishini belgilab berdi") nomli maqolasi chop etildi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifining universitet hayotidagi ahamiyati, sun’iy intellekt, innovatsiyalar va zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda Namangan davlat texnika universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil fikr yuritilgan.
Mazkur maqola universitetning ilmiy salohiyati, innovatsion rivojlanish yo‘lidagi maqsadlari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
"Yuksak ishonch – ulkan mas'uliyat": rektor munosabati "Namangan haqiqati" gazetasida e'lon qilindi
"Namangan haqiqati" gazetasining 2-iyul sonida Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashevning "Yuksak ishonch – ulkan mas'uliyat" nomli munosabati chop etildi.
Unda Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalar, universitetda sun'iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari yoritilgan.
Maqola "Namangan haqiqati" gazetasining 2-iyul sonida.
Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 15–16-17-iyul kunlari o‘tkaziladi
🏛 Imtihon universitet 2-O'quv binosi Sport zalida bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, I.Karimov ko‘chasi, 12-uy
📞 Qo‘shimcha savollar bo‘yicha murojaat uchun:
69-234-14-30
69-234-37-20
👉 Baholash mezoni
🎥 Youtube orqali imthon jarayonlari jonli uzatib beriladi
Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
#Qabul2026 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды молодым людям, вносящим достойный вклад в развитие Нового Узбекистана.
#Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofotlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
—
Президент нашей страны провел диалог с молодежью, выслушал ее предложения и инициативы.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz bugun futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.
#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!”– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli.
Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda.
Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi.
“Bu illatni yoshlarimiz orasida ildiz otishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, buni tag-tomiri bilan quritmaguncha to‘xtamaymiz. Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi – sog‘lig‘i, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi. Unutmang! Hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz bo‘ling, umrning har bir daqiqasini ezgu ishlarga sarflang!”– deya yoshlarga murojaat qildi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari ota-onalarga yuzlanib, farzand oilada kamol topishi, voyaga yetishi, uning yorqin kelajagi uchun mustahkam poydevorni, eng avvalo, ota-onalar yaratishini ta’kidladi. Ularni kun sayin o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli bo‘lishga, mas’uliyat bilan qarashga chaqirdi. Ayni paytda Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot qilmoqda, ularning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”,– dedi Prezidentimiz. Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu yil “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovini o‘tkazib, aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifini taqdirlash topshirildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushiradi. Ushbu loyiha bunday yoshlarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi. Iyun oyida o‘tkazilgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da yigit-qizlar tomonidan ilm-fan, madaniyat, biznes, startap, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida minglab loyiha takliflari ilgari surildi. Yoshlar ishlari agentligiga “Tashabbuslar ofisi”ni tashkil qilib, har bir g‘oyani loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi. Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Mazkur loyihani joriy yildan viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanida, keyingi yillardan barcha tuman va shaharlarda ishga tushirib, 50 ming yoshni qamrab olish topshirildi.
“Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga hurmat hissini singdirish to‘g‘risida ko‘p gapiryapmiz. Bu juda dolzarb masala. Ochiq aytishimiz kerak, bugun yoshlarimiz asosiy vaqtini raqamli makonda o‘tkazyapti”,– dedi Prezidentimiz. Birgina misol, o‘tgan yili 84 million dollarlik kompyuter va mobil o‘yinlar eksport qilindi. Mutasaddilarga barcha 15 ta AT park hududida kompyuter va mobil o‘yinlar yaratuvchilari uchun inkubatsion markaz ochib, milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shu bilan birga, har yili milliy ruhdagi kamida 20 ta kompyuter va mobil o‘yin yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi berib boriladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi.
Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi.
Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi.
Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda.
Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi.
Yoshlar tarmoq va hududdagi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topishda ushbu superkompyuter va laboratoriyadan bepul foydalanadi.
So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyihaga start berildi.
Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon, Navoiy shaharlarida ham umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar barpo etish boshlanyapti.
Bular hisobiga 20 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar uchun yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi boshlanadi. Ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”,– dedi davlatimiz rahbari. So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir. Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi. Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi. Facebook|Instagram|X
