en
Feedback
NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV

Open in Telegram

Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-7130 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
❗️Xorijiy diplom beruvchi yangi markazlar hamda Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi barpo etiladi Taqdimot doirasida
❗️Xorijiy diplom beruvchi yangi markazlar hamda Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi barpo etiladi
Taqdimot doirasida oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va talabalar xarajatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan qo‘shimcha strategik loyihalar ko‘rib chiqildi: ➖ yangi integratsiyalashgan tizim (“1+3”, “2+2”) orqali talabalarning xorijdagi o‘qish va yashash xarajatlari 10 barobargacha qisqartiriladi (hozirda Britaniyada o‘qiyotgan har bir talabaga yiliga 50 ming dollargacha mablag‘ sarflanmoqda); ➖ Xalqaro malakalar va baholash markazi tomonidan 2027-yil yakuniga qadar yetakchi xorijiy oliygohlar diplomini beradigan kamida ikkita ta’lim dasturlari markazi tashkil etiladi; ➖ Qatar (“Education City”), BAA (Dubay xalqaro akademik shahri) va Koreya (Inchxon global kampusi) tajribasi asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi; ➖ ma’lumot uchun, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 mingdan 1,7 million nafarga yetdi. #Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
❗️Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi va Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi O‘zbekiston Respu
+3
❗️Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi va Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi: ➖ 2030-yilga qadar kamida 5 ta oliygoh umumiy reyting bo‘yicha, yana 10 tasi esa fan yo‘nalishlari kesimida dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi; ➖ 100 ta oliygoh dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi; ➖ oliygohlar bitiruvchilari va pedagoglarining kamida 30 foizi xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlanadi, 2,5 ming nafar texnikum hamda 20 ming nafar oliygoh pedagogi xorijga malaka oshirishga yuboriladi; ➖ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tarkibida Buyuk Britaniya standartlari asosida ta’lim beruvchi hamda mustaqil maqomga ega bo‘lgan “Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi” tashkil etiladi; ➖ ta’limda maktab, litsey, texnikum va oliygoh uzviyligini ta’minlaydigan integratsiyalashgan modellar (“2+3”, “1+2”, “2+2” va h.k.) tibbiyot, energetika, san’at va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga ham kengaytiriladi; ➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi yangi tizimga moslashtirilib, nufuzli xorijiy universitetlarga shartli qabul qilingan yoshlarning O‘zbekistondagi “Foundation” yoki birinchi kurs o‘qish xarajatlari qoplab beriladi; ➖ xorijiy tajribalar asosida nufuzli chet el oliygohlari filiallari va kampuslarini jamlagan “Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasi” barpo etiladi. #Prezident #taqdimot #oliytalim #xalqarostandartlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Yangi o‘quv yili oldidan talabalar turar joylarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi Namangan davlat texnika un
+9
Yangi o‘quv yili oldidan talabalar turar joylarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida universitetning 1-, 2- va 3-sonli talabalar turar joylarida olib borilayotgan ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, binolarning ichki va tashqi qiyofasini yaxshilash, xonalarni zamonaviy talablar asosida jihozlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, talabalar uchun qulay hamda zamonaviy yashash muhitini yaratish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar yangi o‘quv yilini munosib kutib olish hamda talabalarning bilim olishi va yashashi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

#Milliylik_kuni Milliylik – qadriyatlarimizga sadoqat, ma'naviyatimizga ehtirom! Namangan davlat texnika universitetida o'tkazilgan "Milliylik kuni" targ'iboti doirasida talaba-yoshlar milliy liboslarimiz, urf-odat va an'analarimizni keng targ'ib etib, o'zbek xalqining boy madaniy merosiga hurmat va sadoqatini yana bir bor namoyon etdilar. Ushbu videorolikda milliy qadriyatlarni asrash, ularni yoshlar ongiga chuqur singdirish hamda milliy o'zlikni yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarning yorqin lavhalari aks etgan. Zero, milliylikni ulug'lash – o'z tariximiz, madaniyatimiz va kelajagimizga bo'lgan yuksak ehtirom ifodasidir.

Universitet rektoriga beradigan savollaringizni @The_Ergashoof telegram manziliga yuboring!

📢 DIQQAT TALABALAR! 🎓Bugun soat 14:30da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Transport fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.
📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 14:30 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.

#video Bojxona tizimi vakillari NamDTUning sun’iy intellekt salohiyati bilan tanishdi Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev boshchiligidagi boshqarma xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kursantlari Namangan davlat texnika universitetida bo‘ldi.

Bojxona tizimi vakillari NamDTUning sun’iy intellekt salohiyati bilan tanishdi Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘
+9
Bojxona tizimi vakillari NamDTUning sun’iy intellekt salohiyati bilan tanishdi Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev boshchiligidagi boshqarma xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kursantlari Namangan davlat texnika universitetida bo‘ldi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Oybek Ergashev hamda Namangan viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov kutib olib, universitetning sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, zamonaviy infratuzilma va ilmiy salohiyati bilan tanishtirdi. Sun’iy intellekt laboratoriyasida mehmonlarga talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilayotgan zamonaviy ta’lim muhiti, tahlil markazi, robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, 9 ta “aqlli” auditoriya hamda sun’iy intellekt yo‘nalishida ta’lim berishga mo‘ljallangan maxsus tayyorgarlik xonalari faoliyati namoyish etildi. Shuningdek, laboratoriyada sun’iy intellekt, robototexnika, “aqlli” transport tizimlari, ekologiya va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida ishlab chiqilayotgan innovatsion ilmiy-amaliy loyihalar taqdim etildi. Uchrashuv davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini bojxona tizimiga joriy etish, raqamli boshqaruvni takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ushbu yo‘nalishda malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yakunda universitetning ilmiy salohiyatidan foydalangan holda bojxona tizimi uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

📢 DIQQAT TALABALAR! 🎓 Ertaga, soat 14:30da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Transport fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.
📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 14:30 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.

Hurmatli talabalar bugun bo’lib o’tadigan ochiq muloqotimizda faol qatnashing hamda savol va takliflaringizni @Soataliyev_Diyorbek profiliga yuboring! O’zingizni qiziqtirgan savol va takliglaringizga munosib javob oling!

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashevning "Sun'iy intellektni ilmiy asosd
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashevning "Sun'iy intellektni ilmiy asosda rivojlantirish – zamon talabi" mavzusidagi maqolasi mamlakatimizning nufuzli "Xalq so'zi" gazetasining navbatdagi sonida chop etildi.

📢 DIQQAT TALABALAR! 🎓 Ertaga, soat 14:30da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.
📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 14:30 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.

Sizni qiziqtirgan savollaringiz hamda takliflaringizni @The_Ergashoof profiliga yuborishingiz mumkin!

📢 DIQQAT TALABALAR! 🎓 Bugun, soat 15:00da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev To'qimachilik sanoati injineringi fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.
📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 15:00 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.

YURTIMIZ TARAQQIYOTI YO‘LIDAGI MUHIM TASHRIF O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga t
YURTIMIZ TARAQQIYOTI YO‘LIDAGI MUHIM TASHRIF O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim obyekt va loyihalar bilan tanishildi.
Tashrif doirasida: ✈️ Namangan xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali qurilishi ko‘zdan kechirildi; 🐑 To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Namangan qo‘ychilik klasteri" va "Uychi parranda" korxonalari faoliyati o‘rganildi; 💻 Yangi Namangan shaharchasida IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yildi hamda yangi hududiy loyihalar ishga tushirildi; 🤖 Namangan davlat texnika universitetining Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi; 📊 Viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha mas’ullar axborotlari tinglandi; ⚽️ "Navbahor" futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurildi; 🌸 Namangan gullar festivali tadbirlarida ishtirok etildi; 🎼 Uchinchi Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimida qatnashildi.
Prezident tashrifi davomida, ayniqsa, Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni egallashi, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion startaplarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi. Mazkur tashrif Namangan viloyatini innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, sanoat va ilm-fan markaziga aylantirish yo‘lidagi islohotlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Bugun o’tkazilgan onlayn muloqotimizda ishtirok etdingizmi?
Anonymous voting

📢 DIQQAT TALABALAR! 🎓 Bugun, soat 14:00da Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev Energetika fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazadi.
💬 Ochiq muloqot davomida: talabalarning murojaat va takliflari tinglanadi; ta'lim sifati, amaliyot va ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilinadi; universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashiladi.
📍 Jonli efir: Rektorning rasmiy Telegram kanali orqali 👉 https://t.me/namdturektori 🕑 Boshlanish vaqti: 14:00 Ochiq muloqotda faol ishtirok eting, o'zingizni qiziqtirgan savollar va takliflaringiz bilan qatnashing.