NAMDTU REKTORI | OYBEK ERGASHEV
Open in Telegram
Namangan davlat texnika universiteti rektori, Kimyo fanlari doktori, professor Ergashev Oybek Karimovich! Murojaat uchun @NamDTU_Rektoriga_Murojaat_bot Admin:@xs_tursunovff
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 252
Subscribers
+424 hours
-67 days
-7230 days
Posts Archive
ASIIN ekspertlari NamDTUda
Namangan davlat texnika universitetiga tashrif buyurgan ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi ekspertlari universitet rektori Oybek Ergashev boshchiligidagi jamoa tomonidan milliy an’analarimiz asosida kutib olindi.
Shundan so‘ng ekspertlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazilib, rektor tomonidan NamDTUning ta’lim, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, kadrlar salohiyati va rivojlanish strategiyasi haqida taqdimot qilindi.
Uchrashuv yakunida savol-javob va ochiq muloqot tashkil etildi.
NamDTU — xalqaro akkreditatsiya sari izchil yo‘lda.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
+9
NamDTUning xalqaro ekspertlar e’tiboridagi salohiyati va rivojlanish strategiyasi
Namangan davlat texnika universitetida xalqaro akkreditatsiya jarayoni doirasida ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi mutaxassislari va ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet rektori professor Oybek Ergashev tomonidan NamDTUning shakllanish tarixi, bugungi akademik va ilmiy salohiyati, ta’lim tizimi, ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini qamrab olgan taqdimot namoyish etildi.
Taqdimotda universitetning 9 ta fakulteti, 36 ta kafedrasi, 903 nafar akademik xodimi, 79 ta bakalavriat, 51 ta magistratura va 37 ta PhD hamda DSc dasturlari haqida ma’lumot berildi.
Universitetning “Tarmoq–korxona–universitet” modeli asosida 10 ta yirik sanoat korxonasi bilan integratsiyasi yo‘lga qo‘yilgani, hozirda 5 ta spin-off korxona faoliyat yuritayotgani va yil yakuniga qadar ularning sonini 10 taga yetkazish rejalashtirilgani qayd etildi. Ilmiy faoliyat bo‘yicha 2022–2025-yillarda 435 ta dissertatsiya himoya qilingani, 2026-yilning birinchi yarmidayoq 80 ta dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilingani ta’kidlandi. 2020–2025-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 42 ta loyiha amalga oshirilib, ularning umumiy shartnoma qiymati qariyb 37 mlrd so‘mni tashkil etgan. Universitetning ilmiy salohiyati 2026-yilda 70,3 foizga yetgani, 2025-yilda Web of Science va Scopus bazalarida indekslangan nashrlarda 266 ta maqola chop etilgani, universitetning ushbu xalqaro bazalardagi jami nashrlari 1 483 tani tashkil etayotgani ham ekspertlar e’tiboriga taqdim etildi. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida esa universitetning 23 davlat va 90 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorligi, 283 nafar professor-o‘qituvchi va xodimning xalqaro forum, konferensiya va seminarlarda ishtiroki, 120 nafar xodimning xalqaro stajirovka va malaka oshirish dasturlarida qatnashgani, 70 nafar talabaning xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etgani haqida ma’lumot berildi.Uchrashuv yakunida ASIIN ekspertlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan savollar berilib, universitet rahbariyati bilan savol-javob va ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda ta’lim dasturlarining rivojlanishi, ilmiy salohiyat, kadrlar, ishlab chiqarish bilan hamkorlik, xalqaro aloqalar va ta’lim sifatini ta’minlashga oid masalalar muhokama qilindi. NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site | Telegram | Instagram | X Facebook | YouTube | LinkedIn |
Repost from Edu.uz
Toshkent–Samarqand: tarix va ma’naviyat manzillarida
Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarining tarixiy hamda ma’naviy maskanlarida bo‘ldi.
Safar davomida Islom sivilizatsiyasi markazi, Boqiy shahar, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uy-muzeyi va maqbarasi ziyorat qilindi.Tarixni anglagan avlod — kelajakni bunyod etadi. Batafsil... 👉На русском 👉In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari
#03-09.08.2026
“Oliy ta’lim tizimi: tarixiy islohotlar va uchinchi renessans poydevori” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
«Атмосфера прогресса: как лаборатория ИИ превращает Наманган в хаб цифровых технологий» — Ойбек ЭРГАШЕВ, ректор Наманганского государственного технического университета, профессор;
“Mamlakat ertasi ilm-ma’rifat bilan porloq” — Muhsin HOJIYEV, Guliston davlat universiteti rektori, professor;
“O‘zbekiston va Qirg‘iziston – umumiy kelajakni birgalikda barpo etayotgan ittifoqchi davlatlar” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Tibbiyot ta’limida yangi bosqich” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;
“So‘z – mo‘tabar, so‘z – ulug‘, so‘z – xaloskor” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori,
“Farovonlik kafolatiga aylangan o‘zgarishlar” — Muhammadali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;
“Mustaqillik va axborot: ishonchga asoslangan davlat siyosati” — Alisher XO‘JAYEV, faxriy professor;
“Bu ona zamin – jon qadar aziz!” — Shahnoza KIMSANBOYEVA, Toshkent davlat agrar universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti;
«Права и интересы граждан – главные ориентиры реформ» — Гуломжон ХАКИМОВ, кандидат юридических наук, доцент;
«Нанопластик – невидимая угроза жизни на земле» — Хайрулла МУСТАФАЕВ, доктор медицинских наук, профессор;
«Классы, студии, большая сцена» — Севара МУХИТДИНОВА, руководитель отдела Института национального эстрадного искусства имени Батыра Закирова.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚠️ RASMIY MUNOSABAT
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev nomidan Telegram tarmog‘ida soxta akkaunt ochilib, turli shaxslar bilan yozishmalar amalga oshirilayotgani aniqlandi.
Shu munosabat bilan professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar, ota-onalar, hamkorlar hamda keng jamoatchilikni ushbu soxta akkauntdan yuborilayotgan xabar va murojaatlarga ishonmaslikka chaqiramiz.
Mazkur akkaunt universitet rektori Oybek Ergashevga tegishli emas. Soxta akkaunt orqali yuborilayotgan har qanday xabar, taklif yoki murojaat rektorning rasmiy pozitsiyasini ifodalamaydi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy harakatlarni aniqlash va fosh etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borilmoqda.
Fuqarolardan shubhali xabarlar kelib tushgan taqdirda, ularga javob bermaslik, shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etmaslik hamda bunday holatlar haqida tegishli tartibda xabar berish so‘raladi.
Hushyor bo‘ling! Soxta akkaunt va xabarlarga aldanmang!
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по достигнутым результатам и дальнейшим приоритетным задачам развития экосистемы искусственного интеллекта в нашей стране.
#Mirziyoyev #taqdimot #raqamlitexnologiyalar #SI
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🏗 Qadrli qurilish sohasi fidoyilari, ustozlar, arxitektorlar, muhandislar, me’morlar, quruvchilar va aziz talabalar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Qurilish sohasi – mamlakat taraqqiyoti, zamonaviy infratuzilma va xalq farovonligining mustahkam poydevoridir. Yurtimizda bunyod etilayotgan ulkan inshootlar, zamonaviy uy-joylar, ishlab chiqarish majmualari hamda ijtimoiy obyektlar ortida sizlarning bilim, mehnat va fidoyiligingiz mujassam.
Namangan davlat texnika universitetida ham qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishonchim komilki, bugungi talabalarimiz ertangi kunning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali muhandis va bunyodkorlari bo‘lib yetishadilar.
Ushbu kasb bayrami munosabati bilan barcha qurilish sohasi vakillariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Oybek Ergashev
Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor.
📰📰📰📰📰📰📰📰
“O‘ZBEKISTON 24”DA NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINING ILG‘OR TEXNOLOGIK LOYIHALARI
“O‘zbekiston 24” telekanalida Namangan davlat texnika universitetida mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi hamda “Aqlli shahar” konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maxsus lavha efirga uzatildi.
Lavhada sun’iy intellekt, robototexnika, raqamli texnologiyalar va aqlli transport yo‘nalishlaridagi ilmiy-amaliy ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni shahar infratuzilmasiga joriy etishga qaratilgan loyihalar yoritildi.
Ilm-fan, innovatsiya va raqamli texnologiyalar uyg‘unligidagi yangi loyihalar — “O‘zbekiston 24” nigohida.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
Repost from IT Community of Uzbekistan
💚 Farg'ona vodiysi, IT Community Education'ni kutib oling!
IT Community Education ilk bor Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlarida tashkil etilmoqda. Dastur ishtirokchilariga zamonaviy raqamli vositalardan ishonchli foydalanishni o'rgatuvchi bepul amaliy mashg'ulotlar, mahorat darslari va uchrashuvlarni taqdim etadi.
IT Community Education — IT Community of Uzbekistan tomonidan The Nippon Foundation, Farg'ona davlat universiteti, Andijon davlat universiteti va Namangan davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bepul raqamli savodxonlik dasturi. Dastur foydali raqamli ko'nikmalarni egallash, IT sohasidagi imkoniyatlarni kashf etish hamda texnologiyalardan o'qish, ishlash, daromad topish va frilansda foydalanishni istagan yoshlar, talabalar va ayollar uchun mo'ljallangan.
🎓 Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar:
• kompyuter va raqamli savodxonlik asoslarini;
• internet xavfsizligi va foydali onlayn vositalardan foydalanishni;
• Google Workspace va bulutli texnologiyalar bilan ishlashni;
• ijtimoiy tarmoqlarni yuritish va sun'iy intellekt yordamida kontent yaratishni;
• frilans va masofadan ishlash asoslarini o'rganadilar.
❗️ Barcha mashg'ulotlar amaliy shaklda o'tkaziladi va mutlaqo bepul.
📢 Ro'yxatdan o'tish boshlandi! Zamonaviy raqamli ko'nikmalarni egallash va yangi imkoniyatlarni kashf etishni istasangiz, dasturga qo'shiling.
Ro'yxatdan o'tish: https://t.me/itcomeducationbot
Batafsil:
https://itcom.uz/it-community-education/
💚 Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlab, O'zbekistonda raqamli ta'lim imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hissa qo'shayotgan The Nippon Foundation, Farg'ona davlat universiteti va Shermukhammadov Bakhodirjon Shermuhammadovich, Andijon davlat universiteti va Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich, shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti va Ergashev Oybek Karimovichga minnatdorlik bildiramiz.
💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📖 “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy saytida Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbusi haqida maqola e’lon qilindi.
Unda universitet tomonidan mazkur yo‘nalishda strategik hamkorlik memorandumining imzolanishi, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi istiqbolli rejalar yoritilgan.
Maqola bilan batafsil tanishish👇👇
https://xs.uz/uz/news/-1bdd8aa2
Repost from Mudofaa vazirligi rasmiy kanali
+3
⭐️Raqamli taraqqiyot yoʻlida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Sharqiy harbiy okrug, Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat texnika universiteti hamda IT Park Namangan filiali oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
+9
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Namangan davlat texnika universitetida spinoff korxonalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi
Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirokida spinoff korxonalarini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida universitet olimlari va mutaxassislari tomonidan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish hamda spinoff korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va loyihalar elektron taqdimotlar orqali namoyish etildi. Vazir o‘rinbosariga har bir loyiha yuzasidan batafsil ma'lumot berilib, ularning amaliy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Taqdimot yakunida O‘ktam Salomov universitetda ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlash, istiqbolli g‘oyalarni amaliyotga joriy etish hamda spinoff korxonalar faoliyatini kengaytirish yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini berdi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
+9
Namangan davlat texnika universitetining spinoff korxonasi faoliyati bilan tanishildi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Namangan davlat texnika universiteti spinoff korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Tashrif davomida universitetda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, spinoff korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik yechimlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari universitetda innovatsiyalarni tijoratlashtirish, ilmiy salohiyatni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish hamda yosh olimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholab, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada kengaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
В очередном выпуске центральной общественно-политической газеты «Народное слово» опубликована статья ректора Наманганского государственного технического университета, профессора Ойбека Эргашева.
В статье «Атмосфера прогресса» раскрываются перспективы развития искусственного интеллекта, роль Научной лаборатории ИИ НамГТУ и её значение в подготовке современных специалистов и развитии цифровых технологий.
Repost from ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН |Расмий канал
❗️“Наманган вилояти саноати ривожланган ҳудудга айланмоқда” – вилоят ҳокими
Тўлиқ суҳбат: https://youtu.be/op2ih5c1iHc
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Ilm-fan taraqqiyoti – aniq natijalar bilan namoyon bo‘ladi.
Namangan davlat texnika universitetida ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
2026-yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra universitetning himoya ko‘rsatkichlari:
🏅 DSc (fan doktori) – 7 nafar
🎓 PhD (falsafa doktori) – 30 nafar
Mazkur ko‘rsatkichlar universitetda ilmiy izlanishlar samaradorligi tobora ortib borayotganini, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etayotganini yaqqol namoyon etadi.
#IlmiySalohiyat #DSc #PhD #NamDTU
Milliy qadriyatlar – ma'naviy taraqqiyot asosi.
Namangan davlat texnika universiteti xodimlari Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, milliy va ma'naviy merosimizni chuqur anglash, tarixiy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni keng targ'ib etishga qaratilgan ma'rifiy loyihada ishtirok etdilar. Bu kabi tashabbuslar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy o'zlikni anglash va ma'naviy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Milliy qadriyatlar – ma'naviy taraqqiyot asosi.
Namangan davlat texnika universiteti xodimlari Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, milliy va ma'naviy merosimizni chuqur anglash, tarixiy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni keng targ'ib etishga qaratilgan ma'rifiy loyihada ishtirok etdilar. Bu kabi tashabbuslar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy o'zlikni anglash va ma'naviy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
+6
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NamDTU delegatsiyasi Sunway University bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Malayziyaga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri — Sunway Universityga tashrif buyurdi.
Sunway University Malayziya hukumati tomonidan 5 yulduzli ("Excellent") universitet sifatida e'tirof etilgan bo‘lib, mamlakatning yetakchi oliy ta'lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan. Universitet Harvard University, University of Oxford, University of Cambridge hamda Lancaster University kabi dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan samarali akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Tashrif davomida delegatsiya universitetning Barqaror rivojlanish–2030 strategiyasi, Net Zero Campus 2030 dasturi, yashil kampus konsepsiyasi, raqamli transformatsiya hamda zamonaviy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar tizimi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, universitetning Muhandislik hamda Kimyo texnologiyalari fakultetlari laboratoriyalari ko‘zdan kechirilib, innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma va ilg‘or uskunalar bilan tanishildi.
Uchrashuvda yashil texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, muhandislik va kimyo texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif Namangan davlat texnika universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ilg‘or ta'lim va ilmiy tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy muhandislik ta'limini rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy tashabbuslardan biri bo‘ldi.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
📰📰📰📰📰📰📰📰
E'TIBORGA MOLIK!
"Namangan axboroti" informatsion dasturi orqali Namangan davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan "Oq yo‘l senga, bitiruvchi!" tantanali diplom topshirish marosimi haqida maxsus lavha efirga uzatiladi.
Lavhada bitiruv marosimining eng yorqin lahzalari, bitiruvchilar, ota-onalar va mehmonlarning taassurotlari hamda tadbirning muhim voqealari bilan tanishishingiz mumkin.
Tomosha qiling va biz bilan birga bitiruvchilar quvonchiga sherik bo‘ling!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn |
