Ahmad Ali Dilmurod
Open in Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 362
Subscribers
+124 hours
+1627 days
-15 99630 days
Posts Archive
6 362
***
menga “rahmat” dema,
“rahmat” begonalarga beriladi
begonalarga aytiladi
meni yig’latma
rahmat aytib,
men yana kelaman
men yana borman
men “yana” degan so’zda borman,
menga “rahmat” dema,
senga esa rahmat,
kattakon rahmat!
sen menga begona emassan,
ammo senga men qandayman,
bilmayman.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
"o'zingni sev"
"o'zingga ishon"
"o'zingni angla".
men bu so'zlarni tushunmayman.
shuning uchun, seni izlamoqdaman.
@ahmadali_writer
6 362
***
sizni ko’p bezovta qilgim yo’q
men ko’p yozib qo’yaman
men yozib qo’yaman
men yana ko’p yozib qo’yaman
sizni ko’p bezovta qilgim yo’q
yo’q,
sizni bezovta qilgim yo’q
men hali ham dilmurodman,
men hali ham…
seni ko’p bezovta qilgim yo’q,
sizni emas, seni…
men hali ham.
nima qoldi sizlashga?
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
uxlayotgan odamni uyg'otmang.
bilmaysiz-ku
tushida
kimni
ko'rayotganini.
eski do'stlarini
ko'rayotgandir
tushida
eski qo'shnilarini
eski qarindoshlarini
ko'rayotgandir.
tashlab ketgan
otasini
sog'ingani
onasini
ko'rayotgandir tushida.
o'zining
yoshligini
ko'rayotgandir
tushida...
qayerdan bilasiz?
uyg'otmang uni.
uxlasin.
tush ko'rmayotgan bo'lsa ham
uxlayotgan odamni uyg'otmang.
bilmaysiz-ku
balki
uyqusida
baxtlidir.
@ahmadali_writer
6 362
***
sensizlik -
faqat sensizlikdir.
seni izlash -
izlashdan iborat.
kutish ham -
kutishning ayni o'zi.
kelishing -
sen kelyapsan, degani xolos.
kelsang -
hayotimning
"davomi bor..."
@ahmadali_writer
6 362
***
tushunilmagan odam
menga kel
seni quchoqlagim kelyapti
biz
endi ikkitamiz.
@ahmadali_writer
6 362
***
meni uchratma
uchratib qolma
ko’rishma men bilan
seni uchratmayman
uchratib qolmayman
ko’rishmayman sen bilan
qo’rqaman -
baxtli bo’lgani.
qo’rqaman -
qayta baxtsiz bo’lgani.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
erkak ayolga yig'lama, deb
uni ovutishi
o'zi unga qo'shilib
yig'lab yubormasligi uchun
bo'lsa kerak.
@ahmadali_writer
6 362
***
sen yaxshisan!
men seni quyosh bilan solishtirganimda
sen yaxshisan!
men seni qit’a bilan solishtirganimda
sen yaxshisan, men buni
yozib qo’yishni emas
men aytayapman senga
sen yaxshisan
seni undov bilan solishtirganimda
sen yaxshisan
sen kam-kam gapirasan
kam-kam o’ylaysan
kulasan, kam-kam
chiziq yozasan,
yozasan…
sen yaxshisan,
men aytayapman senga
sen yaxshisan
seni o’qish bilan solishtirganimda
sen yaxshisan
men ekranni o’chirib qo’ydim
sen yaxshisan
seni yig’i bilan solishtirganimda
sen yaxshisan
ular gapirayapti-ku
sen yaxshisan
menga avvaldan yoqmagan ular
sen yaxshisan
seni qo’shtirnoq bilan solishtirganimda
sen yaxshisan
men sening ko’zlaringni topa olaman-ku
men qo’rqmayman ko’zlaringdan
men ko’zlaringga qarab turmayman
men yerga qarab turaman
sen yaxshisan
seni yer bilan solishtirganimda
seni kimlarga berib qo’ydim
sen hechkim bilan emassan-ku
sen yaxshisan
seni xayol bilan solishtirganimda
men vaqtdan qo’rqmayman
sendan qo’rqaman
men sendan qo’rqmayman
sendan qo’rqmayman
sen yaxshisan
seni o’zim bilan solishtirganimda.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
men yozgim kelgan narsani yozaman!
men esa o’qigim…
“muammo bormi?
muammo yo’q, she’r bor.”
men seni yaxshi ko’raman!
“muammo bormi?
muammo yo’q, she’r bor.”
nega nuqta qo’yib qo’yibsan anaviyerga?
“anavi yer qo’shib yoziladimi yoki alohida?”
“Anavi yer” alohida yoziladi.
“muammo bormi?
muammo yo’q, she’r bor.”
nega qo’yib qo’yibsan deb yozibsan anaviyerga?
“muammo bormi?
muammo yo’q, she’r bor.”
men xohlagan narsamni yozaman!
men esa o’qigim,
men esa yaxshi ko’rgim,
men esa ko’rgim,
men esa borgim,
men esa yurgim,
men esa qoqilgim,
men xohlagan narsamni yozaman!
“muammo bormi?
muammo yo’q, she’r bor.”
“ataylab qilasanmi bu narsalarni?”
bu endi eski masala.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
qorning to’qmi?
bahor yoqadimi senga?
men senga yoqamanmi?
“ha”
bu qaysi savolimga “ha”?
bu qaysi savolimga?
ishlaring yaxshimi?
kuz yoqadimi senga?
men senga yoqamanmi?
“ha”
bu qaysi savolimga “ha”?
“hayotimdan ancha yiroqsiz”
“baxt so’zidan “b”ni olib”
“sen qo’shtirnoqni bilmaysan”
qaysi fasl yoqadi senga?
qaysi yulduz yoqadi senga?
qaysi quyosh yoqadi senga?
“yana savollarmi”
“sen bor dunyoni o’ylash menga qiyin…”
“sen besh qator yoz, yetadi”
“uzun yoziqdan besh qatorni olib”
“ketganlar qaytmaydi”
qaysi ketganlar?
“baxt so’zidan “b”ni olib”
“sen qo’shtirnoqni bilmaysan”
men senga yoqamanmi?
“ha”yingni oldim…
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
sen
meni beqaror derding.
axir, sevib qolish uchun ham
bir qarorga
kelish kerak edi-ku.
@ahmadali_writer
6 362
***
seni yana qancha vaqt sevaman
bilmayman, ammo
bir umr sevmasam kerak.
ammo, qancha umr
ko'rishimni ham bilmayman.
@ahmadali_writer
