ch
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

前往频道在 Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

显示更多
未指定国家未指定类别
6 362
订阅者
+124 小时
+1627 天
-15 99630 天
帖子存档
*** senga tomon ketmoqdaman oq yo'l tilamaysanmi? @ahmadali_writer

*** menga “rahmat” dema, “rahmat” begonalarga beriladi begonalarga aytiladi meni yig’latma rahmat aytib, men yana kelaman men yana borman men “yana” degan so’zda borman, menga “rahmat” dema, senga esa rahmat, kattakon rahmat! sen menga begona emassan, ammo senga men qandayman, bilmayman. 2026 @ahmadali_writer

*** "o'zingni sev" "o'zingga ishon" "o'zingni angla". men bu so'zlarni tushunmayman. shuning uchun, seni izlamoqdaman. @ahmadali_writer

*** "men seni topdim yur, endi meni izlaymiz". @ahmadali_writer

*** sizni ko’p bezovta qilgim yo’q men ko’p yozib qo’yaman men yozib qo’yaman men yana ko’p yozib qo’yaman sizni ko’p bezovta qilgim yo’q yo’q, sizni bezovta qilgim yo’q men hali ham dilmurodman, men hali ham… seni ko’p bezovta qilgim yo’q, sizni emas, seni… men hali ham. nima qoldi sizlashga? 2026 @ahmadali_writer

*** uxlayotgan odamni uyg'otmang. bilmaysiz-ku tushida kimni ko'rayotganini. eski do'stlarini ko'rayotgandir tushida eski qo'shnilarini eski qarindoshlarini ko'rayotgandir. tashlab ketgan otasini sog'ingani onasini ko'rayotgandir tushida. o'zining yoshligini ko'rayotgandir tushida... qayerdan bilasiz? uyg'otmang uni. uxlasin. tush ko'rmayotgan bo'lsa ham uxlayotgan odamni uyg'otmang. bilmaysiz-ku balki uyqusida baxtlidir. @ahmadali_writer

*** sensizlik - faqat sensizlikdir. seni izlash - izlashdan iborat. kutish ham - kutishning ayni o'zi. kelishing - sen kelyapsan, degani xolos. kelsang - hayotimning "davomi bor..." @ahmadali_writer

*** tushunilmagan odam menga kel seni quchoqlagim kelyapti biz endi ikkitamiz. @ahmadali_writer

*** meni uchratma uchratib qolma ko’rishma men bilan seni uchratmayman uchratib qolmayman ko’rishmayman sen bilan qo’rqaman - baxtli bo’lgani. qo’rqaman - qayta baxtsiz bo’lgani. 2026 @ahmadali_writer

*** sen yuraging bilan birga alohida oila eding. @ahmadali_writer

*** "yuragingiz yangimi? berib turing". @ahmadali_writer

*** erkak ayolga yig'lama, deb uni ovutishi o'zi unga qo'shilib yig'lab yubormasligi uchun bo'lsa kerak. @ahmadali_writer

*** o'z holimga qo'ying, deding.. ahir sen, shundoq ham o'z holingdasan... @ahmadali_writer

*** sevgi menimcha: yomg'ir yog'mayotgan kunda ham uni eslashingdir. @ahmadali_writer

*** seni yo'qotishdan qo'rqardim. endi esa qo'rqmayman... @ahmadali_writer

*** sen yaxshisan! men seni quyosh bilan solishtirganimda sen yaxshisan! men seni qit’a bilan solishtirganimda sen yaxshisan, men buni yozib qo’yishni emas men aytayapman senga sen yaxshisan seni undov bilan solishtirganimda sen yaxshisan sen kam-kam gapirasan kam-kam o’ylaysan kulasan, kam-kam chiziq yozasan, yozasan… sen yaxshisan, men aytayapman senga sen yaxshisan seni o’qish bilan solishtirganimda sen yaxshisan men ekranni o’chirib qo’ydim sen yaxshisan seni yig’i bilan solishtirganimda sen yaxshisan ular gapirayapti-ku sen yaxshisan menga avvaldan yoqmagan ular sen yaxshisan seni qo’shtirnoq bilan solishtirganimda sen yaxshisan men sening ko’zlaringni topa olaman-ku men qo’rqmayman ko’zlaringdan men ko’zlaringga qarab turmayman men yerga qarab turaman sen yaxshisan seni yer bilan solishtirganimda seni kimlarga berib qo’ydim sen hechkim bilan emassan-ku sen yaxshisan seni xayol bilan solishtirganimda men vaqtdan qo’rqmayman sendan qo’rqaman men sendan qo’rqmayman sendan qo’rqmayman sen yaxshisan seni o’zim bilan solishtirganimda. 2026 @ahmadali_writer

*** men yozgim kelgan narsani yozaman! men esa o’qigim… “muammo bormi? muammo yo’q, she’r bor.” men seni yaxshi ko’raman! “muammo bormi? muammo yo’q, she’r bor.” nega nuqta qo’yib qo’yibsan anaviyerga? “anavi yer qo’shib yoziladimi yoki alohida?” “Anavi yer” alohida yoziladi. “muammo bormi? muammo yo’q, she’r bor.” nega qo’yib qo’yibsan deb yozibsan anaviyerga? “muammo bormi? muammo yo’q, she’r bor.” men xohlagan narsamni yozaman! men esa o’qigim, men esa yaxshi ko’rgim, men esa ko’rgim, men esa borgim, men esa yurgim, men esa qoqilgim, men xohlagan narsamni yozaman! “muammo bormi? muammo yo’q, she’r bor.” “ataylab qilasanmi bu narsalarni?” bu endi eski masala. 2026 @ahmadali_writer

*** qorning to’qmi? bahor yoqadimi senga? men senga yoqamanmi? “ha” bu qaysi savolimga “ha”? bu qaysi savolimga? ishlaring yaxshimi? kuz yoqadimi senga? men senga yoqamanmi? “ha” bu qaysi savolimga “ha”? “hayotimdan ancha yiroqsiz” “baxt so’zidan “b”ni olib” “sen qo’shtirnoqni bilmaysan” qaysi fasl yoqadi senga? qaysi yulduz yoqadi senga? qaysi quyosh yoqadi senga? “yana savollarmi” “sen bor dunyoni o’ylash menga qiyin…” “sen besh qator yoz, yetadi” “uzun yoziqdan besh qatorni olib” “ketganlar qaytmaydi” qaysi ketganlar? “baxt so’zidan “b”ni olib” “sen qo’shtirnoqni bilmaysan” men senga yoqamanmi? “ha”yingni oldim… 2026 @ahmadali_writer

*** sen meni beqaror derding. axir, sevib qolish uchun ham bir qarorga kelish kerak edi-ku. @ahmadali_writer

*** seni yana qancha vaqt sevaman bilmayman, ammo bir umr sevmasam kerak. ammo, qancha umr ko'rishimni ham bilmayman. @ahmadali_writer