Ahmad Ali Dilmurod
Open in Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 367
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
6 367
***
yozib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini
chizib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini
sen -
kungaboqar gulini chizasan
men esa yozmayman.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sen "kulasan"
jin ursin, "nega meni ismim yozilmagan" deb kulasan
seni ataylab "eslashadi"
seni ataylab "eslashadi"
isming "yozilmagani uchun" eslashadi
ey xudo, dunyo "esla-esla" o'yinidan iboratmi?
kim o'yin qilyapti?
kim ataylab qilyapti "tepada?"
kim ro'yxat tuzib o'tiribdi
kim anavini "ismini" tashlab ketdi?
kim ro'yxat tuzdi?
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
keyin "seni ataylab eslashadi"
sen "esla-esla" o'yinini bilmaysan
sen "mag'lubsan"
biz "mag'lubmiz"
sen ataylab ro'yxatdan tushirasan
ular ataylab "eslaydi"
unutib bo'lmaydi insonni
uni faqat "ro'yxatdan tushirish mumkin"
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
sen qayerdadir "borsan"
sen qayerdadir "uchrab qolasan"
ro'yxat "uzun"
insonlar "ko'p"
navbat "olishgan"
navbat "uzun"
navbat "ko'p"
ona o'z o'g'liga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
ota o'z qiziga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
do'st bir-biriga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
navbat "ko'p"
sen esa qayerdadir "uchrab qolasan"
navbatiga ketayotgan qiz yo'lida "seni uchratib qolganga" o'xshaydi
"uchratib qolish" emas, ko'rib qolganga o'xshaydi
nima farqi bor?
"uchratib qolsa" gaplashishi kerak
ular shuni xohlaydi
ular shuni xohlaydi
sen qayerdadir "ko'rinib qolasan" va gaplashmaysan...
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
hech narsa
o’zgarmadi azizim
dunyoda -
faqat, bir-birimizga
hazil qilmaymiz endi.
@ahmadali_writer
6 367
***
senga "uzr" degim keladi
"rahmat" degim keladi
"qalaysan" degim keladi
"yaxshimisan" degim keladi
"qorning to'qmi" degim keladi
"nimalar bilan bandsan" degim keladi
"qo'rqmadingmi" degim keladi
"nima olib boray" degim keladi
"ko'zlaring chiroyli" degim keladi
"sen yaxshisan" degim keladi
"senga aytgandim-ku" degim keladi
"nima degan edim" degim keladi
"men baribir senga aytgandim" degim keladi
men esa
hammasini to'plab
"seni yaxshi ko'raman" dedim.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
senga salom bermoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
ishlaring haqida so'ramoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
choyga taklif qilmoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
sayr qilmoqchi edim, suv yoqalab.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
ey xudo,
men senga bularning hammasi "shunchaki" ekanini tushuntirolmayman...
men o'zim ham o'ylab qolaman,
"sendan yana nima bilmoqchiman?"
yo'ldagi sayr qilib ketayotgan ikki insonga qarab,
senga salom bermayman,
yo'ldagi ketayotgan ikki insonga qarab.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
maktubingni senga o'qigim bor.
sen shunaqa yozgansan menga.
sen harf tergansan menga
men endi sanaga qaramasligim kerak
sen go'yo hozir yozib turibsan
mana sen
menga bunday-bunday gaplar yozgansan
deb senga qayta o'qigim bor.
sen menga bunday-bunday gaplar yozgansan.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
nega o'chib ketmaydi maktubing?
nega xayolimda eslab yurmayman?
nega matnlar qoladi?
nega har kuni o'chib ketadigan qilmagansan?
menga yozgan maktubingni yana qidirdim.
menga yozgan maktubingni qidirdim.
o'qigim keldi yana.
matnlar.
men keyin rahmat aytgan bo'laman,
men ahmoq faqat rahmat aytaman -
va maktubingni qayta o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
men senga "rahmat" aytgan maktubing
men nega hadeb "rahmat" aytaman
sen nima qilding o'zi?
men nima qildim?
men senga yozmagan maktubim
sendan qaytib kutmayotgan maktub
men shunchaki maktubingni qayta o'qigim bor
menga yozgan maktubingni qidirdim
menga qayta maktub yozma
menga qaytib maktub yozma
inson hadeb maktub yozadimi
inson maktub yozmaydi
men,
ha - men,
maktubingni qayta o'qigim bor
sen hadeb maktub yozmaysan
men hadeb "rahmat" aytaman
men bor narsani takror-takror sodir etaman
men -
o'zing yozgan maktubni
qayta-qayta o'qigim bor,
hadeb o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
yozgan maktubingni qidirdim
o'qigim keldi yana...
onam esimga tushdi,
bolaligim,
bog'cha...
maktubing bu haqida emas,
men haqimda,
umuman hech narsa haqida
nimadir haqida
nima farqi bor nima haqida
menga,
menga yozgan maktubing...
qidirdim.
o'qigim keldi yana.
qachondir menga yozgan maktubing,
endi u vaqtda ham yo'qsan
maktubing yozilgan vaqtda yo'qsan
maktubda yo'qsan
maktub bor,
senga javob yozsammikin?
yana senga javob yozsammikin?
maktubingga yana qaytib javob yozsammikin?
eski maktubingga yana javob yozsammikin?
men nega bitta gapni qayta-qayta tushuntiraman?
meni tushungan maktubingni yana qayta o'qigim bor
meni qachon tushunasan
onam esimga tushdi
maktubing bu haqida emas edi
menga yozgan maktubingni
yana qayta o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
intriga yo'q,
ismingni ismim yoniga yozma
intriga yo'q,
shuncha ham yashaydimi inson?
intriga yo'q,
qayerda yashashingni bilaman,
qayerda ekaningni bilmayman
intriga yo'q.
"senga hayot-mamot bu"
"sen isming ismi yoniga yoziladigan vaziyat"
"sen ota-onang bilan yurasan"
intriga yo'q,
ro'yxatga qarayman,
ro'yxatga qarayman,
ro'yxatga qarayman...
xuddi senga o'xshab -
intriga yo'q.
2026
@ahmadali_writer
6 367
***
rulni qattiqroq ushla!
o'chib ketadi yozganing,
ishonging kelmaydi
ishonmaging keladi
"senga ishonmayman"
"uzr, senga ishonmayman"
"sen borsan, senga ishonmayman"
o'chib ketadi yozganing
xotirangga ishonmayman
xotiramga ishonmayman
o'chib ketadi yozganing
"o'chib ketadigan qilganing uchun
o'chib ketadi-da!"
o'chib ketadi yozganing
hayron bo'lmaysan,
savol bermaysan,
tushunmaysan
"nima?"
- o'chib ketadi yozganing.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
faqat, ba'zi-ba'zida sen esga tushib qolasan.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
yaxshiyamki, inson unutadi.
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
bu yerda yig'lab bo'lmaydi,
odamlar bor...
u yerda ham,
u yerda kitoblar bor.
bu yerda yig'lab bo'lmaydi,
nuqta qo'yib qo'ydim,
vergul emas, nuqta qo'yib qo'ydim.
bu yerda yig'lab bo'lmaydi,
"kulsa bo'ladi" bu yerda,
odamlar bor bu yerda,
pul bor bu yerda,
insonlar bor,
in-sonlar bor.
uch nuqta qo'yib qo'yibman,
"yozganlaring bir-biriga o'xshaydi"
"yig'ilaring bir-biriga o'xshaydi"
"insonlaring bir-biriga o'xshaydi"
bu yerda yig'lama,
o'tkazib yubording yig'lash vaqtini
bu yerda yig'lab bo'lmaydi,
yig'lamas insonlar bor
bu yerda yig'lab bo'lmaydi,
pul bor.
2026
@ahmadali_writer
6 367
***
nuqta -
bu gapning oxiri bo'lishi mumkin
hayotga qo'yilgan birnima
harfda yozilmaydigan jiddiy narsa
odamlar yoqtirmaydigan symbol
profil nomi
nuqta -
ba'zilardan shuni ham kutasan
hech bo'lmasa shuni yozsa...
2025
@ahmadali_writer
6 367
***
telefoning ekranini yoqasan.
o'chirasan.
nimanidir kutasan.
telefoning ekranini yoqasan.
o'chirasan.
nimanidir kutasan.
orada,
yig'laging keladi.
telefoning ekranini yoqasan.
2025
@ahmadali_writer
6 367
kitob kelishuvi muvaffaqiyatli yakunlandi. ana, endi meni ham kitobim chiqadi.
6 367
***
hayotim endi
tongga o'xshaydi -
sokin
salqin havo
qushlarning sayrashi
jimlik.
tong -
gapirmaydigan vaqt.
hayotim
tongga o'xshaydi endi
faqat bu tongda sen yo'q.
buni nima desa bo'ladi
men bilmayman
men ular tushunishi uchun
"tong" deyapman, xolos.
2024
@ahmadali_writer
6 367
***
mendan tushuntirib berishni so'rashadi,
(sen yonimdasan)
mendan tushuntirib berishni so'rashadi,
men aytaman -
esimda yo'q!
sen indamay turasan,
jim turasan,
sening esingda bormi, men bilmayman.
ulardan boshqasi
mendan tushuntirib berishni so'raydi,
(qolganlari eshitib turibdi)
men endi indamayman
chunki esimda yo'q,
men indamay turaman,
onamning gapi esimga tushadi
"ko'proq gapir"
degan gapi.
men baribir indamayman.
men baribir ko'p gapirmadim.
mening esimdan chiqib qoldi.
sening esingda bormi,
bilmayman,
hozir qavs ochaman,
(sen yonimda yo'qsan endi)
qavs nega ochiladi o'zi?
esimda yo'q...
2024
@ahmadali_writer
