ru
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

Открыть в Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
6 362
Подписчики
-524 часа
+1577 дней
-17 33230 дней
Архив постов
*** chiqib ketasan kanalimdan bilmaymanmi? bugun erta indin qator-qator uch qator ketma-ket chiqib ketasan kanalimdan… yuragimdan emas, lekin. bilmaymanmi? 2026 @ahmadali_writer

*** ismingni bilgim keladi hech kim atamasa isming bilan hech kim eslamasa hech kim tushunmasa isming bilan ismingni faqat men bilgim keladi menga qo'yilgan isming men uchun qo'yilgan isming hech kim atamasa seni ismingni bilgim keladi qo'rqitma meni sen endi ular uchun yo'qsan sening isming yo'q sen men bilan qayergadir ketding... ismingni bilgim keladi sen endi yo'qsan. men va isming bor isming men bilan ismingni bilgim keladi. 2025 @ahmadali_writer

*** qaniydi, hayajonlansam qaniydi, qo'rqsam sen bor sen yo'q qaniydi, yig'lasam qaniydi, yig'lasam sovuq qor, sovuq bozor, onamning qo'li muzlab qolgan qornimiz to'yadi qaniydi, hozir hayajonlansam qaniydi, o'ylab siqilsam sen bor sen yo'q qaniydi, xursand bo'lsam osmonlarga uchsam "sen farzandli bo'lasan" "o'g'il..." qaniydi, hozir hayajonlansam qaniydi, o'ylab xursand bo'lsam "seni yaxshi ko'raman" "seni o'ldiraman" qaniydi, kulsam qaniydi, kulsam hamma sening do'sting, bitta ham do'sting yo'q qaniydi, eshik taqillatsam qaniydi, eshik ochsam qaniydi, uxlamay chiqsam qaniydi, uxlolmasam onamning qo'li muzlab qolgan, qaniydi, hozir... 2025 @ahmadali_writer

*** yarim umrim qoldi. nima qila olasan endi? yarim umrim qoldi, seni yarim umrimda ko'ra olaman agar ko'rsam. nima qila olasan? qayerdasan? qanisan? yarim umrim qoldi, oq qizil. nimadan qo'rqasan, kimdan qo'rqasan, aytmaysanmi she'ringni yarim umrim qoldi. kulmoqdaman seni endi ko'rsam ham mabodo ko'rsam agar ko'rsam tasodifan ko'rsam adashib ko'rsam yo'l bo'lib ko'rsam yarim umrimda ko'raman endi kulishga hojat yo'q "katta bo'lib, kuladigan narsa yo'qligini tushunasan" oq qizil zotan, yarim umrim qoldi nima bo'lganda ham yarim umrim qoldi. 2025 @ahmadali_writer

*** allohga hammasi oson faqat seni menga “bo’l” demagan. @ahmadali_writer

*** qani mening ko'z yoshim? sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding nega men ko'z yoshni qo'shtirnoqda yozmayapman? qani meni "kitobim?" sen nega meni kitobimni chop qilmading? men xohlamayman kitobim chiqishini. sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding men nuqtasiz davom etishim kerak men uzun chiziq bilan davom etishim kerak ular qayerdan biladi "gap nima haqda?" sen rostdan ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding. 2025 @ahmadali_writer

🎓 TALABALIKKA TAVSIYA | РЕКОМЕНДОВАН ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 👤 AXMADALIYEV D. B. 🆔 3728567 🌐 O'zbek | Узбекский ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🏛 OTM | ВУЗ: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 📚 Yo'nalish | Направление: Jurnalistika 🕘 Ta'lim shakli | Форма обучения: Masofaviy | Дистанционная 🎟 Qabul turi | Тип приёма: To‘lov-kontrakt asosida qabul ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🏆 Ball | Балл: 77.9Tabriklaymiz! | Поздравляем! 🕐 15.08.2026 07:27

*** yilni yo'qotib qo'ydim "qani mening she'rim?" yilni yo'qotib qo'ydim o'sha yilda sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding yilni yo'qotib qo'ydim menga hozir ko'proq o'sha ko'cha kerak sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding. 2025 @ahmadali_writer

30 yoshimda talaba bo’ldim! men bu xabarni 22 iyul, hali imtihon tugamagan, hali mandat chiqmagan sanada yozyapman. yozib qo’yyapman. shunday qilgim keldi, avvaldan yozib qo’ygim keldi, agar bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak o’qishga kirganman va avvaldan yozib qo’ygan postimni e’lon qilgan bo’laman. o’zi umuman, nima demoqchi edim? o’ttizga to’libman, hayotimni yarmi qoldi, endi o’qishga nima bor? desangiz ham to’g’ri aytgan bo’lasiz, endi o’qish kerak-da! desangiz ham. qisqasi, men ikkinchi fikr tarafdoriman. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men bu gapni bir necha marta yozmoqchiman. har xil ohangda. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman! men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman… vahokazo. endi men go’yo o’zimga o’zim otaman. o’zimga o’zim onaman. chunki o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men endi o’zim haqimda “o’zim falon joyda o’qiydi” deyman. “o’zimni falon joyda o’qityapman” deyman. mayli, ko’p yozib yubordim, qisqasi, bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak dilmurod o’qishga kiribdi va o’zini o’zi o’qitayotgan ekan. 17 iyul, 2026.

*** yozib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini chizib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini sen - kungaboqar gulini chizasan men esa yozmayman. 2025 @ahmadali_writer

*** sening "isming" yozilmagan ro'yxat sening "isming" yozilmagan ro'yxat sen "kulasan" jin ursin, "nega meni ismim yozilmagan" deb kulasan seni ataylab "eslashadi" seni ataylab "eslashadi" isming "yozilmagani uchun" eslashadi ey xudo, dunyo "esla-esla" o'yinidan iboratmi? kim o'yin qilyapti? kim ataylab qilyapti "tepada?" kim ro'yxat tuzib o'tiribdi kim anavini "ismini" tashlab ketdi? kim ro'yxat tuzdi? sening "isming" yozilmagan ro'yxat sening "isming" yozilmagan ro'yxat keyin "seni ataylab eslashadi" sen "esla-esla" o'yinini bilmaysan sen "mag'lubsan" biz "mag'lubmiz" sen ataylab ro'yxatdan tushirasan ular ataylab "eslaydi" unutib bo'lmaydi insonni uni faqat "ro'yxatdan tushirish mumkin" 2025 @ahmadali_writer

*** sen qayerdadir "borsan" sen qayerdadir "uchrab qolasan" ro'yxat "uzun" insonlar "ko'p" navbat "olishgan" navbat "uzun" navbat "ko'p" ona o'z o'g'liga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi ota o'z qiziga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi do'st bir-biriga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi navbat "ko'p" sen esa qayerdadir "uchrab qolasan" navbatiga ketayotgan qiz yo'lida "seni uchratib qolganga" o'xshaydi "uchratib qolish" emas, ko'rib qolganga o'xshaydi nima farqi bor? "uchratib qolsa" gaplashishi kerak ular shuni xohlaydi ular shuni xohlaydi sen qayerdadir "ko'rinib qolasan" va gaplashmaysan... 2025 @ahmadali_writer

*** hech narsa o’zgarmadi azizim dunyoda - faqat, bir-birimizga hazil qilmaymiz endi. @ahmadali_writer

*** senga "uzr" degim keladi "rahmat" degim keladi "qalaysan" degim keladi "yaxshimisan" degim keladi "qorning to'qmi" degim keladi "nimalar bilan bandsan" degim keladi "qo'rqmadingmi" degim keladi "nima olib boray" degim keladi "ko'zlaring chiroyli" degim keladi "sen yaxshisan" degim keladi "senga aytgandim-ku" degim keladi "nima degan edim" degim keladi "men baribir senga aytgandim" degim keladi men esa hammasini to'plab "seni yaxshi ko'raman" dedim. 2025 @ahmadali_writer

*** senga salom bermoqchi edim. "mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang... ishlaring haqida so'ramoqchi edim. "mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang... choyga taklif qilmoqchi edim. "mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang... sayr qilmoqchi edim, suv yoqalab. "mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang... ey xudo, men senga bularning hammasi "shunchaki" ekanini tushuntirolmayman... men o'zim ham o'ylab qolaman, "sendan yana nima bilmoqchiman?" yo'ldagi sayr qilib ketayotgan ikki insonga qarab, senga salom bermayman, yo'ldagi ketayotgan ikki insonga qarab. 2025 @ahmadali_writer

*** maktubingni senga o'qigim bor. sen shunaqa yozgansan menga. sen harf tergansan menga men endi sanaga qaramasligim kerak sen go'yo hozir yozib turibsan mana sen menga bunday-bunday gaplar yozgansan deb senga qayta o'qigim bor. sen menga bunday-bunday gaplar yozgansan. 2025 @ahmadali_writer

*** nega o'chib ketmaydi maktubing? nega xayolimda eslab yurmayman? nega matnlar qoladi? nega har kuni o'chib ketadigan qilmagansan? menga yozgan maktubingni yana qidirdim. menga yozgan maktubingni qidirdim. o'qigim keldi yana. matnlar. men keyin rahmat aytgan bo'laman, men ahmoq faqat rahmat aytaman - va maktubingni qayta o'qigim bor. 2025 @ahmadali_writer

*** men senga "rahmat" aytgan maktubing men nega hadeb "rahmat" aytaman sen nima qilding o'zi? men nima qildim? men senga yozmagan maktubim sendan qaytib kutmayotgan maktub men shunchaki maktubingni qayta o'qigim bor menga yozgan maktubingni qidirdim menga qayta maktub yozma menga qaytib maktub yozma inson hadeb maktub yozadimi inson maktub yozmaydi men, ha - men, maktubingni qayta o'qigim bor sen hadeb maktub yozmaysan men hadeb "rahmat" aytaman men bor narsani takror-takror sodir etaman men - o'zing yozgan maktubni qayta-qayta o'qigim bor, hadeb o'qigim bor. 2025 @ahmadali_writer

*** yozgan maktubingni qidirdim o'qigim keldi yana... onam esimga tushdi, bolaligim, bog'cha... maktubing bu haqida emas, men haqimda, umuman hech narsa haqida nimadir haqida nima farqi bor nima haqida menga, menga yozgan maktubing... qidirdim. o'qigim keldi yana. qachondir menga yozgan maktubing, endi u vaqtda ham yo'qsan maktubing yozilgan vaqtda yo'qsan maktubda yo'qsan maktub bor, senga javob yozsammikin? yana senga javob yozsammikin? maktubingga yana qaytib javob yozsammikin? eski maktubingga yana javob yozsammikin? men nega bitta gapni qayta-qayta tushuntiraman? meni tushungan maktubingni yana qayta o'qigim bor meni qachon tushunasan onam esimga tushdi maktubing bu haqida emas edi menga yozgan maktubingni yana qayta o'qigim bor. 2025 @ahmadali_writer

*** intriga yo'q, ismingni ismim yoniga yozma intriga yo'q, shuncha ham yashaydimi inson? intriga yo'q, qayerda yashashingni bilaman, qayerda ekaningni bilmayman intriga yo'q. "senga hayot-mamot bu" "sen isming ismi yoniga yoziladigan vaziyat" "sen ota-onang bilan yurasan" intriga yo'q, ro'yxatga qarayman, ro'yxatga qarayman, ro'yxatga qarayman... xuddi senga o'xshab - intriga yo'q. 2026 @ahmadali_writer