Ahmad Ali Dilmurod
前往频道在 Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
显示更多未指定国家未指定类别
6 362
订阅者
-524 小时
+1577 天
-17 33230 天
帖子存档
6 362
***
chiqib ketasan kanalimdan
bilmaymanmi?
bugun
erta
indin
qator-qator
uch qator
ketma-ket
chiqib ketasan
kanalimdan…
yuragimdan emas, lekin.
bilmaymanmi?
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
ismingni bilgim keladi
hech kim atamasa isming bilan
hech kim eslamasa
hech kim tushunmasa isming bilan
ismingni faqat men bilgim keladi
menga qo'yilgan isming
men uchun qo'yilgan isming
hech kim atamasa seni
ismingni bilgim keladi
qo'rqitma meni
sen endi ular uchun yo'qsan
sening isming yo'q
sen men bilan qayergadir ketding...
ismingni bilgim keladi
sen endi yo'qsan.
men va isming bor
isming men bilan
ismingni bilgim keladi.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
qaniydi, hayajonlansam
qaniydi, qo'rqsam
sen bor
sen yo'q
qaniydi, yig'lasam
qaniydi, yig'lasam
sovuq qor,
sovuq bozor,
onamning qo'li muzlab qolgan
qornimiz to'yadi
qaniydi, hozir hayajonlansam
qaniydi, o'ylab siqilsam
sen bor
sen yo'q
qaniydi, xursand bo'lsam
osmonlarga uchsam
"sen farzandli bo'lasan"
"o'g'il..."
qaniydi, hozir hayajonlansam
qaniydi, o'ylab xursand bo'lsam
"seni yaxshi ko'raman"
"seni o'ldiraman"
qaniydi, kulsam
qaniydi, kulsam
hamma sening do'sting,
bitta ham do'sting yo'q
qaniydi, eshik taqillatsam
qaniydi, eshik ochsam
qaniydi, uxlamay chiqsam
qaniydi, uxlolmasam
onamning qo'li muzlab qolgan,
qaniydi, hozir...
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
yarim umrim qoldi.
nima qila olasan endi?
yarim umrim qoldi,
seni yarim umrimda ko'ra olaman
agar ko'rsam.
nima qila olasan?
qayerdasan?
qanisan?
yarim umrim qoldi,
oq
qizil.
nimadan qo'rqasan,
kimdan qo'rqasan,
aytmaysanmi she'ringni
yarim umrim qoldi.
kulmoqdaman
seni endi ko'rsam ham
mabodo ko'rsam
agar ko'rsam
tasodifan ko'rsam
adashib ko'rsam
yo'l bo'lib ko'rsam
yarim umrimda ko'raman
endi kulishga hojat yo'q
"katta bo'lib, kuladigan narsa yo'qligini tushunasan"
oq
qizil
zotan, yarim umrim qoldi
nima bo'lganda ham yarim umrim qoldi.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
qani mening ko'z yoshim?
sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding
nega men ko'z yoshni qo'shtirnoqda yozmayapman?
qani meni "kitobim?"
sen nega meni kitobimni chop qilmading?
men xohlamayman kitobim chiqishini.
sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding
men nuqtasiz davom etishim kerak
men uzun chiziq bilan davom etishim kerak
ular qayerdan biladi "gap nima haqda?"
sen rostdan
ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding.
2025
@ahmadali_writer
6 362
🎓 TALABALIKKA TAVSIYA | РЕКОМЕНДОВАН
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
👤 AXMADALIYEV D. B.
🆔
3728567
🌐 O'zbek | Узбекский
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🏛 OTM | ВУЗ:
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
📚 Yo'nalish | Направление:
Jurnalistika
🕘 Ta'lim shakli | Форма обучения:
Masofaviy | Дистанционная
🎟 Qabul turi | Тип приёма:
To‘lov-kontrakt asosida qabul
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🏆 Ball | Балл: 77.9
✅ Tabriklaymiz! | Поздравляем!
🕐 15.08.2026 07:276 362
***
yilni yo'qotib qo'ydim
"qani mening she'rim?"
yilni yo'qotib qo'ydim
o'sha yilda
sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding
yilni yo'qotib qo'ydim
menga hozir ko'proq
o'sha ko'cha kerak
sen ko'chaning bir tomonidan yurib ketayotgan eding.
2025
@ahmadali_writer
6 362
30 yoshimda talaba bo’ldim!
men bu xabarni 22 iyul, hali imtihon tugamagan, hali mandat chiqmagan sanada yozyapman. yozib qo’yyapman. shunday qilgim keldi, avvaldan yozib qo’ygim keldi, agar bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak o’qishga kirganman va avvaldan yozib qo’ygan postimni e’lon qilgan bo’laman. o’zi umuman, nima demoqchi edim? o’ttizga to’libman, hayotimni yarmi qoldi, endi o’qishga nima bor? desangiz ham to’g’ri aytgan bo’lasiz, endi o’qish kerak-da! desangiz ham. qisqasi, men ikkinchi fikr tarafdoriman. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men bu gapni bir necha marta yozmoqchiman. har xil ohangda. men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman! men o’zimni o’zim o’qitmoqchiman… vahokazo. endi men go’yo o’zimga o’zim otaman. o’zimga o’zim onaman. chunki o’zimni o’zim o’qitmoqchiman. men endi o’zim haqimda “o’zim falon joyda o’qiydi” deyman. “o’zimni falon joyda o’qityapman” deyman. mayli, ko’p yozib yubordim, qisqasi, bu xabarni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak dilmurod o’qishga kiribdi va o’zini o’zi o’qitayotgan ekan.
17 iyul, 2026.
6 362
***
yozib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini
chizib ko'rsatsa bo'ladi insonni baxtsizligini
sen -
kungaboqar gulini chizasan
men esa yozmayman.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sen "kulasan"
jin ursin, "nega meni ismim yozilmagan" deb kulasan
seni ataylab "eslashadi"
seni ataylab "eslashadi"
isming "yozilmagani uchun" eslashadi
ey xudo, dunyo "esla-esla" o'yinidan iboratmi?
kim o'yin qilyapti?
kim ataylab qilyapti "tepada?"
kim ro'yxat tuzib o'tiribdi
kim anavini "ismini" tashlab ketdi?
kim ro'yxat tuzdi?
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
sening "isming" yozilmagan ro'yxat
keyin "seni ataylab eslashadi"
sen "esla-esla" o'yinini bilmaysan
sen "mag'lubsan"
biz "mag'lubmiz"
sen ataylab ro'yxatdan tushirasan
ular ataylab "eslaydi"
unutib bo'lmaydi insonni
uni faqat "ro'yxatdan tushirish mumkin"
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
sen qayerdadir "borsan"
sen qayerdadir "uchrab qolasan"
ro'yxat "uzun"
insonlar "ko'p"
navbat "olishgan"
navbat "uzun"
navbat "ko'p"
ona o'z o'g'liga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
ota o'z qiziga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
do'st bir-biriga "navbat" olib qo'yganga o'xshaydi
navbat "ko'p"
sen esa qayerdadir "uchrab qolasan"
navbatiga ketayotgan qiz yo'lida "seni uchratib qolganga" o'xshaydi
"uchratib qolish" emas, ko'rib qolganga o'xshaydi
nima farqi bor?
"uchratib qolsa" gaplashishi kerak
ular shuni xohlaydi
ular shuni xohlaydi
sen qayerdadir "ko'rinib qolasan" va gaplashmaysan...
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
hech narsa
o’zgarmadi azizim
dunyoda -
faqat, bir-birimizga
hazil qilmaymiz endi.
@ahmadali_writer
6 362
***
senga "uzr" degim keladi
"rahmat" degim keladi
"qalaysan" degim keladi
"yaxshimisan" degim keladi
"qorning to'qmi" degim keladi
"nimalar bilan bandsan" degim keladi
"qo'rqmadingmi" degim keladi
"nima olib boray" degim keladi
"ko'zlaring chiroyli" degim keladi
"sen yaxshisan" degim keladi
"senga aytgandim-ku" degim keladi
"nima degan edim" degim keladi
"men baribir senga aytgandim" degim keladi
men esa
hammasini to'plab
"seni yaxshi ko'raman" dedim.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
senga salom bermoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
ishlaring haqida so'ramoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
choyga taklif qilmoqchi edim.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
sayr qilmoqchi edim, suv yoqalab.
"mendan yana nima bilmoqchi?" deb o'ylasang...
ey xudo,
men senga bularning hammasi "shunchaki" ekanini tushuntirolmayman...
men o'zim ham o'ylab qolaman,
"sendan yana nima bilmoqchiman?"
yo'ldagi sayr qilib ketayotgan ikki insonga qarab,
senga salom bermayman,
yo'ldagi ketayotgan ikki insonga qarab.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
maktubingni senga o'qigim bor.
sen shunaqa yozgansan menga.
sen harf tergansan menga
men endi sanaga qaramasligim kerak
sen go'yo hozir yozib turibsan
mana sen
menga bunday-bunday gaplar yozgansan
deb senga qayta o'qigim bor.
sen menga bunday-bunday gaplar yozgansan.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
nega o'chib ketmaydi maktubing?
nega xayolimda eslab yurmayman?
nega matnlar qoladi?
nega har kuni o'chib ketadigan qilmagansan?
menga yozgan maktubingni yana qidirdim.
menga yozgan maktubingni qidirdim.
o'qigim keldi yana.
matnlar.
men keyin rahmat aytgan bo'laman,
men ahmoq faqat rahmat aytaman -
va maktubingni qayta o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
men senga "rahmat" aytgan maktubing
men nega hadeb "rahmat" aytaman
sen nima qilding o'zi?
men nima qildim?
men senga yozmagan maktubim
sendan qaytib kutmayotgan maktub
men shunchaki maktubingni qayta o'qigim bor
menga yozgan maktubingni qidirdim
menga qayta maktub yozma
menga qaytib maktub yozma
inson hadeb maktub yozadimi
inson maktub yozmaydi
men,
ha - men,
maktubingni qayta o'qigim bor
sen hadeb maktub yozmaysan
men hadeb "rahmat" aytaman
men bor narsani takror-takror sodir etaman
men -
o'zing yozgan maktubni
qayta-qayta o'qigim bor,
hadeb o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
yozgan maktubingni qidirdim
o'qigim keldi yana...
onam esimga tushdi,
bolaligim,
bog'cha...
maktubing bu haqida emas,
men haqimda,
umuman hech narsa haqida
nimadir haqida
nima farqi bor nima haqida
menga,
menga yozgan maktubing...
qidirdim.
o'qigim keldi yana.
qachondir menga yozgan maktubing,
endi u vaqtda ham yo'qsan
maktubing yozilgan vaqtda yo'qsan
maktubda yo'qsan
maktub bor,
senga javob yozsammikin?
yana senga javob yozsammikin?
maktubingga yana qaytib javob yozsammikin?
eski maktubingga yana javob yozsammikin?
men nega bitta gapni qayta-qayta tushuntiraman?
meni tushungan maktubingni yana qayta o'qigim bor
meni qachon tushunasan
onam esimga tushdi
maktubing bu haqida emas edi
menga yozgan maktubingni
yana qayta o'qigim bor.
2025
@ahmadali_writer
6 362
***
intriga yo'q,
ismingni ismim yoniga yozma
intriga yo'q,
shuncha ham yashaydimi inson?
intriga yo'q,
qayerda yashashingni bilaman,
qayerda ekaningni bilmayman
intriga yo'q.
"senga hayot-mamot bu"
"sen isming ismi yoniga yoziladigan vaziyat"
"sen ota-onang bilan yurasan"
intriga yo'q,
ro'yxatga qarayman,
ro'yxatga qarayman,
ro'yxatga qarayman...
xuddi senga o'xshab -
intriga yo'q.
2026
@ahmadali_writer
