Ahmad Ali Dilmurod
Open in Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif sheārlari va hikoyalarini oāqishingiz mumkin.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 366
Subscribers
+1 00124 hours
+1637 days
-10 34630 days
Posts Archive
6 367
***
seni yaxshi bilmas ekanman -
meni yaxshi ko'rishingni bilib
shuni tushundim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sendan
maktub
olmaganimga
pochtalyon
bilan urushdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
hali
hammasi oldinda
dedim-da
o'zim
ortga qarab ketdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
yo'lda meni uchratib qolsang,
senga boqmay o'tib ketsam
xayol surib -
sen haqingda
o'ylab ketayotgan bo'laman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
yo'lda ketayotgan odamga nazar soling,
uning nimasi bor?
yo'li bor,
oyog'i bor,
bir o'zi bor,
jimjitlik bor.
unga salom berib,
chalg'itmang,
u ketaversin yo'lida
indamay, jim
ketaversin.
yo'lining o'ngga,
chapga o'zgarishini ham
u sezmay
ketayotir -
bechora.
uning nimasi bor?
ortida qolgani -
kimdirlari.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
reja qilmayman -
ajalim yetib,
vafot etishim mumkin!
seni uchratib qolishim mumkin,
hayotimni qayta o'ylab ko'rishim mumkin...
reja qilmayman,
shuning uchun.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
o'rningga yotasan
chiroqni o'chirasan
so'ng -
uxlab qolasan...
senga qo'shilib
dardlaring ham uxlab qoladi.
xursand bo'lasan -
tez uxlab qolganingga...
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
meni izlama!
men yo'qman
uyimda ham yo'qman
ishxonada ham.
meni topolmaysan
topolmaysan
uyimga kelsang
darvozaga ilingan
so'zni ko'rasan -
meni izlama,
meni qaytib topolmaysan,
"men
yoningga
ketdim".
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
men
sevadi-sevmaydi
degan o'yin o'ynamaganman
men
u gulni
uzmaganman
u gulning
barglarini
yulmaganman
bitta-bitta
men u gulga
va senga qarab
meni sevsang kerak
deb o'ylayveraman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
muhammad
deb chaqirsang
senga qarayman
ahmad
desang ham
qarayman senga
aliy
deyishing ham mumkin
dilmurod
desang ham mayli
dilm
desang ham
senga qarayman
meni chaqiryapti
deb o'ylab.
chaqirsang bo'ldi.
faqat, chaqirsang bo'ldi.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sen bilan boālgan suhbatimiz:
men senga uzoq termuldim.
sen ham menga
uzoq termulding.
keyin men tabassum qildim
sen ham
tabassum qilding.
keyin biroz gāamgin tortdim
(baāzi narsalarni oāylab)
sen ham keyin gāamgin tortding
biz yana
bir-birimizga
uzoq termulishda
davom etdik...
shunday boāldi bizning
suhbatimiz.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sen bilan bo'lgan suhbatimiz:
men senga uzoq termuldim.
sen ham menga
uzoq termulding.
keyin men tabassum qildim
sen ham
tabassum qilding.
keyin biroz g'amgin tortdim
(ba'zi narsalarni o'ylab)
sen ham keyin g'amgin tortding
biz yana
bir-birimizga
uzoq termulishda
davom etdik...
shunday bo'ldi bizning
suhbatimiz.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
#kitob
bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo`ying, jarayon haqida postlar yozib boraman.
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
#kitob
bugun nashrga tayyorlash ishlari boshlandi, kitobga qiziqqanlar kanalga ulanib qo'ying, jarayon haqida postlar yozib boraman.
tez kunda: «dilm» kitobi
6 367
***
sen meni
beqaror
deysan
sen meni
erkin emassan
deysan
sen meni
qo'rqoq
deysan
sen meni
balandparvoz
deysan
sen meni
maqtanchoq
deysan
sen meni
dimog'dor
deysan
sen meni
tushunarsiz
deysan
sen meni
g'alati
deysan
sen meni
odamovi
deysan
sen meni
adashgan
deysan
sen meni
qaysar
deysan
sen meni
irodasiz
deysan
lekin
baribir
meni yaxshi ko'rasan
men esa
shundayligimcha qolaman
o'zgarsam, sevmay qo'yasan deb qo'rqib.
@ahmadali_writer
6 367
***
indamay sayr qilishga nima deysan?
men hali ham seni yaxshi ko'ramanmi?
sayr qilib, shular haqida
gaplashishga nima deysan?
qaytishda esa, kim ko'proq
xato qilgani haqida
kulishib gaplashishimiz mumkin.
"qaytamizmi o'zi?"
indamay sayr qilishga
nima deysan?
baxtli bo'lishga vaqting bormi?
nega insonlar bunaqa?
ular qayerga ketmoqda?
indamay sayr qilishga
nima deysan?
yig'lamay sayr qilishga nima deysan?
qaytishda esa,
seni hali ham
yaxshi ko'rishim haqida
gaplashamiz...
biz qaytamizmi o'zi?
qaytmasak,
"ular baxtli bo'ldi" deb
qayerga yozib qo'yishsin?
qaytmaslikka nima deysan?
menga yana nima deysan?
"ataylab qildi"
deb o'ylaysanmi?
qachon birga bo'lamiz?
qachon kech qolgan bo'lamiz?
kim ko'proq xato qildi?
nega seni yaxshi ko'raman?
"hammasini men rasvo qildim"
"ataylab qildi"
deb o'ylaysanmi?
indamay,
gaplashmay,
sayr qilishga nima deysan?
@ahmadali_writer
6 367
***
gaplarni eshitib jilmayish mumkin.
gaplarni eshitib...
o'ylab qolish mumkin
xayol kelishi
holatlarni eslashing
insonlarni eslashing
xotirani eslashing
"sen ham bor bo'lgansan-ku"
"sen ham yo'q bo'lasan-ku"
gaplarni eshitib o'rningdan turib ketish mumkin
eshitishni xohlamasliging
osmonga qarashni xohlashing
osmonni eshitging kelishi
gaplarni eshitib ovozni pasaytirish mumkin
gaplarni eshitib...
"sen ham chaqaloq bo'lgansan-ku"
gaplarni eshitib
jahling chiqishi mumkin
sovuq ter bosishi
soching tikka bo'lishi
hotirjam bo'lishing
"ular adashyapti"
"ularga vaqt berish kerak"
gaplarni eshitib...
"yo'q, yozuvchi xulosa chiqarmaydi"
"yozuvchi aql o'rgatmaydi"
unda men ketdim
osmonga qaragani.
2025
@ahmadali_writer
