Ahmad Ali Dilmurod
前往频道在 Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
显示更多未指定国家未指定类别
6 362
订阅者
+124 小时
+1627 天
-15 99630 天
帖子存档
6 362
***
men
bor-yo'g'i
meni sevishingni
xohlagandim
ko'p xohladimmi?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
"oxiri ular
baxtli hayot kechirishibdi"
sen ham
oxirini
kutmoqdamisan?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
bag'ringga boshimni qo'yib
o'ylagim keladi
ikki kishi
qanday
baxtli bo'lishi haqida.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
sen
menga
baxtli bo'lish
mumkinligini
eslatib turasan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
boshqalarning
haziliga
kulmagin deb
qiziqchilikni
o'rgandim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
mening jahlimni chiqarma
menda "jahl yo'q"
menda "jahl yo'q"
sen -
jahlimga o'xshaysan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
maktubingni qayta o'qidim,
nega menga maktub yozgansan?
onam esimga tushdi.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
seni yaxshi bilmas ekanman -
meni yaxshi ko'rishingni bilib
shuni tushundim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
sendan
maktub
olmaganimga
pochtalyon
bilan urushdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
hali
hammasi oldinda
dedim-da
o'zim
ortga qarab ketdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
yo'lda meni uchratib qolsang,
senga boqmay o'tib ketsam
xayol surib -
sen haqingda
o'ylab ketayotgan bo'laman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
yo'lda ketayotgan odamga nazar soling,
uning nimasi bor?
yo'li bor,
oyog'i bor,
bir o'zi bor,
jimjitlik bor.
unga salom berib,
chalg'itmang,
u ketaversin yo'lida
indamay, jim
ketaversin.
yo'lining o'ngga,
chapga o'zgarishini ham
u sezmay
ketayotir -
bechora.
uning nimasi bor?
ortida qolgani -
kimdirlari.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
reja qilmayman -
ajalim yetib,
vafot etishim mumkin!
seni uchratib qolishim mumkin,
hayotimni qayta o'ylab ko'rishim mumkin...
reja qilmayman,
shuning uchun.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
o'rningga yotasan
chiroqni o'chirasan
so'ng -
uxlab qolasan...
senga qo'shilib
dardlaring ham uxlab qoladi.
xursand bo'lasan -
tez uxlab qolganingga...
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
meni izlama!
men yo'qman
uyimda ham yo'qman
ishxonada ham.
meni topolmaysan
topolmaysan
uyimga kelsang
darvozaga ilingan
so'zni ko'rasan -
meni izlama,
meni qaytib topolmaysan,
"men
yoningga
ketdim".
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
men
sevadi-sevmaydi
degan o'yin o'ynamaganman
men
u gulni
uzmaganman
u gulning
barglarini
yulmaganman
bitta-bitta
men u gulga
va senga qarab
meni sevsang kerak
deb o'ylayveraman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
muhammad
deb chaqirsang
senga qarayman
ahmad
desang ham
qarayman senga
aliy
deyishing ham mumkin
dilmurod
desang ham mayli
dilm
desang ham
senga qarayman
meni chaqiryapti
deb o'ylab.
chaqirsang bo'ldi.
faqat, chaqirsang bo'ldi.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
sen bilan bo’lgan suhbatimiz:
men senga uzoq termuldim.
sen ham menga
uzoq termulding.
keyin men tabassum qildim
sen ham
tabassum qilding.
keyin biroz g’amgin tortdim
(ba’zi narsalarni o’ylab)
sen ham keyin g’amgin tortding
biz yana
bir-birimizga
uzoq termulishda
davom etdik...
shunday bo’ldi bizning
suhbatimiz.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 362
***
sen bilan bo'lgan suhbatimiz:
men senga uzoq termuldim.
sen ham menga
uzoq termulding.
keyin men tabassum qildim
sen ham
tabassum qilding.
keyin biroz g'amgin tortdim
(ba'zi narsalarni o'ylab)
sen ham keyin g'amgin tortding
biz yana
bir-birimizga
uzoq termulishda
davom etdik...
shunday bo'ldi bizning
suhbatimiz.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
