Ahmad Ali Dilmurod
رفتن به کانال در Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 362
مشترکین
-524 ساعت
+1577 روز
-17 33230 روز
آرشیو پست ها
6 360
***
endi meni
qanday sevasan?
men
hammasini
yozmoqdaman-ku.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
meni
sevishingni
kutib turibman
shoshilma
vaqtim ko'p.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
senga erisholmaganimdagi
barcha ayb o'zimniki.
shundan so'ng
o'zim bilan o'zim
gaplashmay qo'ydim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
men
bor-yo'g'i
meni sevishingni
xohlagandim
ko'p xohladimmi?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
"oxiri ular
baxtli hayot kechirishibdi"
sen ham
oxirini
kutmoqdamisan?
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
bag'ringga boshimni qo'yib
o'ylagim keladi
ikki kishi
qanday
baxtli bo'lishi haqida.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
sen
menga
baxtli bo'lish
mumkinligini
eslatib turasan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
boshqalarning
haziliga
kulmagin deb
qiziqchilikni
o'rgandim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
mening jahlimni chiqarma
menda "jahl yo'q"
menda "jahl yo'q"
sen -
jahlimga o'xshaysan.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
maktubingni qayta o'qidim,
nega menga maktub yozgansan?
onam esimga tushdi.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
seni yaxshi bilmas ekanman -
meni yaxshi ko'rishingni bilib
shuni tushundim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
sendan
maktub
olmaganimga
pochtalyon
bilan urushdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
hali
hammasi oldinda
dedim-da
o'zim
ortga qarab ketdim.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
yo'lda meni uchratib qolsang,
senga boqmay o'tib ketsam
xayol surib -
sen haqingda
o'ylab ketayotgan bo'laman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
yo'lda ketayotgan odamga nazar soling,
uning nimasi bor?
yo'li bor,
oyog'i bor,
bir o'zi bor,
jimjitlik bor.
unga salom berib,
chalg'itmang,
u ketaversin yo'lida
indamay, jim
ketaversin.
yo'lining o'ngga,
chapga o'zgarishini ham
u sezmay
ketayotir -
bechora.
uning nimasi bor?
ortida qolgani -
kimdirlari.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
reja qilmayman -
ajalim yetib,
vafot etishim mumkin!
seni uchratib qolishim mumkin,
hayotimni qayta o'ylab ko'rishim mumkin...
reja qilmayman,
shuning uchun.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
o'rningga yotasan
chiroqni o'chirasan
so'ng -
uxlab qolasan...
senga qo'shilib
dardlaring ham uxlab qoladi.
xursand bo'lasan -
tez uxlab qolganingga...
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
meni izlama!
men yo'qman
uyimda ham yo'qman
ishxonada ham.
meni topolmaysan
topolmaysan
uyimga kelsang
darvozaga ilingan
so'zni ko'rasan -
meni izlama,
meni qaytib topolmaysan,
"men
yoningga
ketdim".
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
6 360
***
men
sevadi-sevmaydi
degan o'yin o'ynamaganman
men
u gulni
uzmaganman
u gulning
barglarini
yulmaganman
bitta-bitta
men u gulga
va senga qarab
meni sevsang kerak
deb o'ylayveraman.
@ahmadali_writer
tez kunda: «dilm» kitobi
