en
Feedback
Azizxon Axmedov | EDU

Azizxon Axmedov | EDU

Open in Telegram

Oliy ta’lim, ilmiy jarayonlar, dissertatsiya, AI va jamiyat haqida tahliliy fikrlar. Akademik muhitdagi muammolar, yechimlar va kuzatuvlar. Takliflar uchun: @titu_murojaat_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
396
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-930 days
Posts Archive
#2 #AI_dan_foydalanish Prompt sifati bilan tadqiqotchining ilmiy saviyasi o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Menimcha, bor. Ammo bu “yaxshi prompt yozsa — yaxshi olim” degani emas. Prompt — tadqiqotchining fikrlash rentgeni. U ilmiy saviyani to‘liq o‘lchamaydi, lekin fikrning qanchalik puxta ekanini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilarda ikki xil yondashuvni ko‘rish mumkin. Kimdir AI’dan “Menga maqola yozib ber”, deb so‘raydi. Boshqasi esa muammo, kontekst, dalil va xulosa talablarini aniq belgilaydi. Ikkalasi ham AI’dan foydalanadi, lekin ilmiy tayyorgarlik darajasi bir xil emasligi darrov seziladi. Prompt yozish — kompyuterga buyruq berish emas, fikrni tartibga solishdir. Muammo, metod va dalil bo‘lmasa, AI faqat ilmiyga o‘xshagan matn yaratadi. Shu sababli “dissertatsiyamga ilmiy yangilik yozib bering” kabi so‘rovlar ilmiy yangilikning mohiyatini tushunmaslikni ko‘rsatadi. Buni ilmiy seminarlarda ham ko‘rish mumkin. Matn ravon bo‘ladi, lekin “nimani o‘lchadingiz?” yoki “obyekt bilan predmet farqi nimada?” degan savollarda muammo ko'rinib qoladi. Albatta, yaxshi prompt yozishning o‘zi ilmiy saviya degani emas. AI bilan ishlash texnikasini yaxshi biladigan, lekin mavzuni chuqur tushunmaydigan odam ham bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, saviyali tadqiqotchi AI’dan tayyor matn emas, tanqid va tahlil talab qiladi: “Bu yerda metodologik zaiflik bormi?”, “Opponent qanday savol berishi mumkin?” kabi. Prompt sifati odatda uch narsada ko‘rinadi: Muammo aniqligi. Mavzu qanchalik aniq chegaralangan? Metod mavjudligi. Tahlil qanday usul bilan amalga oshiriladi? Tekshiruv talabida AI’dan zaif joylarni va asoslanmagan da’volarni ko‘rsatish so‘ralganmi? O‘zbekiston ilmiy muhitida bu ayniqsa muhim. Chunki bugun AI yordamida bir necha daqiqada “ilmiy maqolaga o‘xshagan” matn yaratish mumkin. Lekin konferensiya, seminar yoki himoyada savollar berilishi bilan matnning haqiqiy sifati bilinadi. AI matn yozishga yordam beradi, ammo ilmiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Himoya kuni savollarga baribir tadqiqotchining o‘zi javob beradi. Shu sababli prompt sifati ilmiy saviyani to‘liq ko‘rsatmasa ham, undan muhim signal beradi. Kim aniq savol bersa, odatda aniqroq o‘ylaydi. Kim metodni belgilasa, tadqiqotni jarayon sifatida tushunadi. Kim tanqid talab qilsa, himoyaga tayyorlanadi. Prompt — tadqiqotchining rentgeni. U hamma narsani ko‘rsatmaydi, lekin qayerda suyak bor, qayerda bo‘shliq borligini yashirmaydi.
Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

#1 #AI_dan_foydalanish Ilmiy maqola yozishda AI’dan foydalanishning xalqaro etik standartlari Bugun sun’iy intellekt ilmiy maqola yozish jarayoniga faol kirib keldi. AI matnni tahrir qiladi, tarjima qiladi, reja tuzadi, annotatsiya yoki kalit so‘zlar taklif qiladi. Ammo bitta muhim haqiqat bor: AI ilmiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.
Xalqaro ilmiy etika standartlariga ko‘ra, AI hech qachon maqola muallifi sifatida ko‘rsatilmaydi. Chunki mualliflik — faqat matn yozish emas. Mualliflik — g‘oya, metod, ma’lumot, iqtibos, xulosa va natijalar uchun javob berishdir. AI esa xato qilsa ham, soxta manba bersa ham, noto‘g‘ri xulosa chiqarsa ham, javobgarlik muallif zimmasida qoladi. Shuning uchun AI’dan foydalanishdagi eng asosiy qoida — ochiqlik. Agar tadqiqotchi maqola yozishda AI’dan foydalangan bo‘lsa, buni yashirmasligi kerak. Ayniqsa, AI matn yaratish, tarjima, tahrir, jadval, rasm, kod yoki ma’lumot tahlilida ishlatilgan bo‘lsa, bu maqolada qisqa bayon qilinishi lozim. Masalan: “Muallif maqola matnining til va uslub jihatdan ravonligini oshirish maqsadida AI vositasidan foydalangan. Yakuniy matn muallif tomonidan tekshirildi va barcha ilmiy mazmun uchun muallif javobgar hisoblanadi.” AI’dan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar bor: matnni tahrir qilish, grammatikani yaxshilash, ilmiy uslubga moslashtirish, annotatsiya yozishda yordam olish, adabiyotlar sharhi uchun yo‘nalish aniqlash, statistik koddagi texnik xatolarni tekshirish. Lekin AI hech qachon muallifning ilmiy tafakkuri, mustaqil xulosasi va metodologik javobgarligini almashtirmasligi kerak. Eng xavfli holatlar esa quyidagilar: maqolani to‘liq AI’ga yozdirib topshirish, AI bergan soxta manbalarni tekshirmasdan ishlatish, maxfiy ma’lumotlarni ochiq AI platformalariga yuklash, natijalarni sun’iy bezash yoki mavjud bo‘lmagan ilmiy xulosalarni yaratish. Bular ilmiy halollikka zid hisoblanadi. Yosh olimlar uchun asosiy mezon shunday bo‘lishi kerak: AI’dan foydalanish ayb emas, lekin uni yashirish, tekshirmaslik va ilmiy mas’uliyatni unga yuklash — jiddiy xato.
Kelajakda kuchli tadqiqotchilarning deyarli barchasi AI’dan foydalanadi. Ammo ularning ichida AI’ni etik me’yorlarga rioya qilgan holda, mas’uliyat bilan ishlata olgan olimlar alohida ajralib turadi. AI ilmiy matn yozishni tezlashtirishi mumkin, lekin ilmiy vijdon, halollik va javobgarlik baribir inson — ya’ni olim zimmasida qoladi. Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

#Prompt_yoz_etika Prompt yozish madaniyati: ilmiy tafakkurning yangi bosqichi Hozir AI’dan foydalanmaydigan tadqiqotchini topish qiyin bo‘lib qoldi. Kimdir undan maqola strukturasi tuzishda foydalanyapti, kimdir tarjima uchun, yana kimdir adabiyotlarni saralashda. Hatto ayrim ilmiy rahbarlar ham endi “AI ishlatdingmi?” deb emas, “qanday ishlatding?” deb so‘ray boshladi.
Lekin bu yerda muhim bir chiziq bor: AI’dan foydalanish boshqa, ilmiy fikrlash o‘rniga AI’ni qo‘yish boshqa. Yaqinda Google’ning Kaggle platformasida e’lon qilingan “Prompt Engineering” whitepaper’ini o‘qib chiqdim. O‘qib turib bir narsani sezdim: yaxshi prompt yozish aslida yaxshi savol bera olish bilan bog‘liq ekan. Bu esa ilmning eng eski muammolaridan biri. Bizda ba’zan AI’ga munosabat juda sodda: “aka, mavzu tashladim — maqolani chiqarib bersin”. Bu xuddi kutubxonaga kirib, javonlarga qarab: “shu yerda bir joyda kerakli gap bor ekan, o‘zing topib chiqaver” deganga o‘xshaydi. AI ham bazan choyxonadagi “hamma narsadan xabari bor aka”ga o‘xshaydi: tez javob beradi, ishonch bilan gapiradi, lekin ba’zan o‘zi ham aniq bilmagan narsani juda chiroyli tushuntirib yuboradi. Eng xavflisi ham shu. Chunki AI noto‘g‘ri gapni ham juda silliq yozadi.
Shu sabab prompt yozish madaniyati paydo bo‘lyapti. Prompt degani oddiy savol emas. U AI’ga:
— nima kerakligi; — qaysi metodologiya ishlatilishi; — qaysi davr yoki hudud nazarda tutilayotgani; — qanday format kerakligi; — qanday cheklovlar borligi haqida aniq yo‘riq berishdir.
Masalan, “shu mavzuda yozib ber” bilan: “2020–2025-yillardagi Scopus maqolalari asosida gamifikatsiyaning til o‘qitishdagi samaradorligini tahlil qil” orasida juda katta farq bor.
Aniq savol bo‘lmasa, AI ham umumiy gap qaytaradi. Bu xuddi ilmiy rahbar oldiga kirib: “ustoz, bir yaxshi mavzu topib bering” deb o‘tirishga o‘xshaydi. Lekin boshqa tomoni ham bor. Hozir ayrimlar AI’dan foydalanayotgan har qanday tadqiqotchini “tekinxo‘r” deb ko‘rsatishga urinadi. Menimcha, bu ham uncha adolatli emas. Chunki bugungi ilmda vaqt bilan ishlash ham kompetensiyaga aylanib bo‘ldi. Oldin Zotero yoki Mendeley ishlatgan odamni hech kim dangasa demagan. Google Scholar’dan foydalangan tadqiqotchini ham “o‘zi kitob qidirmabdi” deb ayblashmagan. AI ham asta-sekin ilmiy ekotizimning oddiy vositalaridan biriga aylanmoqda.
Muammo boshqa joyda: AI fikrni tezlashtiryaptimi yoki fikrlashning o‘rnini bosyaptimi? Farq aynan shu yerda. Menimcha, yaxshi prompt yozish — bu mavzuni tushungan odamning belgisi. Chunki mavzuni tushunmagan odam AI’ga ham normal savol bera olmaydi. Savol sifati ko‘p hollarda tadqiqotchining o‘z saviyasini ko‘rsatadi.
AI hozir ilm uchun kalkulyatorga o‘xshab qolyapti. Kalkulyator matematikani yo‘q qilmagan. Lekin formulani bilmagan odam qo‘liga Casio olsa ham fizik bo‘lib qolmagan.
Keyingi postlarda ilmiy tadqiqotlar uchun qanday prompt yozish, AI’dan etik va samarali foydalanish, qaysi xatolar eng ko‘p uchrashi haqida ham alohida yozib boraman. Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

⚡️ Sertifikat endi abituriyentlar orasida oddiy hujjat emas, jiddiy ustunlikka aylanib bormoqda. 2025-yilda OTMlarga hujjat topshirgan 143 356 nafar abituriyent milliy yoki xalqaro sertifikat taqdim etgan. Shundan 85 140 nafari umumta’lim fanlari, 58 216 nafari esa chet tillari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan. Eng katta o‘sish umumta’lim fanlarida ko‘rinmoqda. 2024-yilda bunday sertifikatga ega abituriyentlar 13 180 nafar edi. Bir yil ichida ko‘rsatkich bir necha baravar oshgan. Bu nimani anglatadi? Qabul jarayoni endi faqat “test kuni nima bo‘lsa bo‘lar” degan kayfiyat bilan emas, oldindan hisob-kitob qilingan strategiya bilan boshlanmoqda. Albatta, sertifikat bilimning yagona o‘lchovi emas. Sertifikati bor abituriyent ham imtihonga jiddiy tayyorlanishi kerak. Lekin bir narsa aniq: bugun sertifikat — qabul yo‘lidagi kichik kalitga aylanmoqda. Oldin ko‘p eshitardik: “IELTS bormi?” Endi savol biroz kengaydi: “Fan sertifikating ham bormi?” Joriy yilda sertifikatli abituriyentlar soni yana rekord ko‘rsatkichga chiqishi kutilmoqda. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fani o‘qitilishi aytilmoqda. Bu xabarni o‘qib, rostini aytsam, xursand bo‘ldim. Chunki auditoriyada ko‘p ko‘ramiz: talaba yaxshi o‘qiydi, imtihondan o‘tadi, diplom oladi, lekin “endi nima qilaman?” degan savolda biroz jim bo‘lib qoladi. Bizda hali ham ko‘pchilik ongida universitet — “ishga kirish uchun chipta”dek tasavvur qilinadi. Aslida esa zamon o‘zgaryapti. Bugun faqat ish topish emas, kichik bo‘lsa ham ish yaratish, xizmat ko‘rsatish, loyiha qilish, bozorni tushunish ham kerak. Kardinal o‘zgarishlar davrida faqat diplomning o‘zi kadrni uzoqqa olib bormaydi. Lekin bir xavotir ham bor. “Tadbirkorlik asoslari” ham ayrim fanlar kabi daftar to‘ldirish, ta’rif yodlash, “tadbirkorlik — bu…” deb boshlanadigan zerikarli mavzular yig’indisiga aylanib qolmasligi kerak. Chunki biznesni faqat doskada chizib o‘rgatib bo‘lmaydi. Palovni retseptdan o‘qib pishirib bo‘lmagani kabi, tadbirkorlikni ham faqat ma’ruza bilan o‘rgatish qiyin. Bu fan haqiqiy samara berishi uchun talaba kichik loyiha qilib ko‘rishi, bozorda narx so‘rashi, mijoz bilan gaplashishi, reklama yozishi, xarajat va foydani hisoblab ko‘rishi kerak. Hatto muvaffaqiyatsiz urinish ham bu yerda darsning bir qismi bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, hamma talaba tadbirkor bo‘lishi shart emas. Buni ham tan olish kerak. Lekin har bir talaba iqtisodiy fikrlashni, tashabbus ko‘rsatishni, imkoniyatni ko‘rishni va mehnatining qiymatini hisoblashni bilishi kerak. Menimcha, bu fan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, universitetlarda “diplom olsam bo‘ldi” degan kayfiyatdan “biror narsa yaratib ko‘rsam-chi?” degan kayfiyatga o‘tish boshlanadi. Eng muhimi, bu fan qog‘ozdagi tadbirkorlik emas, hayotdagi tadbirkorlikni o‘rgatsin. Nima dedingiz?! Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Tezisni emas, promptni baholaydigan davr O‘tgan hafta xalqaro konferensiya o‘tkazdik. Tashkiliy ishlar, mehmonlar, dastur, sertifikat — hammasi o‘z yo‘liga. Lekin, eng qiziq joyi kelgan tezislarni varaqlash. Bir nechtasini o‘qib chiqdim. Rostini aytsam, ayrim joylarda tezisni emas, promptni baholayotgandek bo‘ldim(
Gap sun’iy intellekt ishlatilganida emas. Hozir undan foydalanish tabiiy holga aylanib boryapti. Muammo — ayrim matnlarda muallifning o‘zi ko‘rinmayapti. Gaplar chiroyli. Imlo joyida. “Dolzarblik”, “innovatsiya”, “zamonaviy yondashuv”, “kompleks tahlil” — hammasi bor. Lekin ichida arzirli fikr kam, rux yo’q. Xuddi bozordagi sun’iy mevadek: rangi bor, shakli bor, lekin ta’mi yo‘q. Ba’zi tezislarni o‘qisangiz, mavzu O‘zbekistonga tegishli, lekin matnning ruhi boshqa joydan kelgan. Go‘yo Namangandagi auditoriya haqida yozilyapti-yu, ichida Finlandiya maktabining soyasi yuribdida. To‘g‘ri, hamma aybni tadqiqotchiga yuklash ham adolatdan emas. Bugungi tizimning o‘zi ham odamni shoshiryaptida - tezis topshirish kerak, sertifikat kerak, nashr kerak. Ilm esa “tez pishadigan rolton” emas, vaqt olishi tabiiy. Shunga qaramay, baribir farq bilinadi. Haqiqiy yozilgan matnda ba’zan grammatik notekislik bo‘lsa ham, odamning fikri ufirib turadi. Sun’iy silliq matnda esa ko‘pincha hech kim “yashamaydi”. Menimcha, endi konferensiyalarda ko’p jihatlarga e’tibor berish lozim. Ilmiy ishda eng avvalo savol bo‘lishi kerak. Muallif nimadan hayratlandi? Qaysi muammo uni bezovta qildi? Qaysi holatni boshqacha ko‘rdi? Shular sezilmasa, matn qanchalik “tekkis”yozilmasin, u odam qo‘li tegmagan xonaga o‘xshaydi, toza, tartibli, lekin yashalmagan.
Chiroyli gap ilmiy saviyani anglatmaydi. Haqiqiy saviya — muallifning o‘z kuzatuvi, o‘z shubhasi, o‘z dalili va o‘z xulosasida ko‘rinadi. Ba’zan birgina oddiy, lekin o‘ylangan jumla o‘nta “innovatsion yondashuv”dan kuchliroq turadi. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Repost from TITU - Namangan
🎓 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilida “Intellektual jamiyat sari: sun'iy intellekt va fanlararo integratsiyasining istiqbollarimavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda respublika va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etib, sun'iy intellekt, innovatsiyalar va fanlararo integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy ma'ruzalar va fikr almashuvlar olib bordilar. TITU Namangan manzili zamonaviy ta'lim, innovatsion yondashuvlar va xalqaro ilmiy hamkorliklarni rivojlantirish orqali ilm-fan va ta'lim integratsiyasini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Bizni kuzating:
Telegram | Websayt | Instagram | Facebook

Repost from TITU - Namangan
🔹 XALQARO ILMIY ANJUMAN BOSHLANDI 🎓 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilida “Intellektual j
+6
🔹 XALQARO ILMIY ANJUMAN BOSHLANDI 🎓 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilida “Intellektual jamiyat sari: sun’iy intellekt va fanlararo integratsiyasining istiqbollarimavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o‘z ishini boshladi. Anjuman doirasida sun’iy intellekt, innovatsiyalar, fanlararo integratsiya va zamonaviy ilm-fanning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar, ilmiy munozaralar hamda tajriba almashish jarayonlari olib borilmoqda.
Bizni kuzating:
Telegram | Websayt | Instagram | Facebook

Sezyapsizlarmi, bugungi kunda avlodlar o‘rtasidagi eng katta to‘qnashuv yoshda emas, dunyoqarashda bo‘lyapti. Ayniqsa, Zumerlar (Gen Z) butunlay boshqa muhitda ulg‘aydi. Ular internet, smartfon, sun’iy intellekt va tezkor axborot davrining farzandlari. Oldingi avlod esa sabr, tartib, kutish va an’anaviy muhitda shakllangan. Shu sababli ikki taraf bir-birini ba’zan tushunmaydi. Katta avlod: “Bizning paytda bunaqa emasdi”, deydi. Zumerlar esa: “Nega hamma narsa eski usulda bo‘lishi kerak?” deb savol beradi. Oldingi avlod uzoq yillik barqarorlikni qadrlaydi. Zumerlar esa erkinlik, moslashuvchanlik va tez natijani xohlaydi. Bir taraf uchun telefon — vosita. Ikkinchi taraf uchun esa telefon hayotning bir qismi. Muammo shundaki, bugun ko‘pchilik zumerlarni dangasa yoki sabrsiz deb baholaydi. Aslida esa ular shunchaki boshqa davr mahsuli. Ularning miyasi bir vaqtning o‘zida juda ko‘p axborot bilan yashashga moslashgan. Lekin qiziq tomoni shundaki, bu avlod ham ichida katta bosim bilan yashaydi. Ular har kuni o‘zini boshqalar bilan solishtiradi, trend ortidan yuguradi, tez muvaffaqiyat kutadi. Ijtimoiy tarmoqlar ularga cheksiz imkoniyat ham berdi, cheksiz charchoq ham. Oldingi avlod “bir joyda ishlab, sekin o‘sish”ni normal deb bilgan. Zumerlar esa ma’no, erkinlik va ichki qoniqishni ko‘proq qidiradi. Shuning uchun ular ko‘p savol beradi. Ko‘p narsani rad qiladi. Va ko‘pincha “nega?” deb o‘ylaydi. Bu esa ba’zida hurmatsizlikdek ko‘rinadi. Aslida esa bu — boshqacha fikrlash usuli. Lekin bu avlodning eng katta xavfi ham bor: diqqatning tez parchalanishi, sabrning kamayishi, chuqur mutolaaning yo‘qolishi va qisqa kontentga qaramlik. Shu bilan birga, zumerlar juda tez o‘rganadi, yangi texnologiyaga moslashadi va qolipdan tashqarida fikrlaydi. Demak, masala “qaysi avlod yaxshi?” degan savolda emas. Asosiy savol: avlodlar bir-birini tushunishni o‘rganadimi? Chunki kelajakni konflikt emas, avlodlar hamkorligi quradi. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Avvallari insoniyatning eng katta muammolaridan biri ochlik edi. Bugun esa dunyo semizlik, ortiqcha iste’mol va harakatsizlik bilan kurashyapti. Avvallari odamlar axborot yetishmasligidan qiynalardi. Kutubxona, gazeta yoki bitta kitob katta boylik sanalardi. Hozir esa muammo aksincha — axborot haddan tashqari ko‘payib ketdi. Bugungi insonning miyasi tinimsiz hujum ostida: shorts, reels, trendlar, bildirishnomalar, sun’iy sensatsiyalar, cheksiz kontent… Natijada odam ko‘p narsani ko‘radi, lekin kam narsani chuqur o‘ylaydi.
Shuning uchun zamonaviy davrning yangi ehtiyojlaridan biri — “axborot detoksi” bo‘lib qoldi. Ba’zan telefonni chetga qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish, sukutda qolish yoki bir kitob bilan yolg‘iz qolish ham inson tafakkuri uchun davodir. Chunki miyaga ham dam kerak.
Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Қурбон ҳайити — нафақат байрам, балки меҳр, бағрикенглик ва инсон қадрини улуғлайдиган улуғ кундир. Бу муборак айём хонадонла
Қурбон ҳайити — нафақат байрам, балки меҳр, бағрикенглик ва инсон қадрини улуғлайдиган улуғ кундир.
Бу муборак айём хонадонларимизга тинчлик, қалбларимизга хотиржамлик ва ҳаётимизга барака олиб кирсин. Яқинларимиз билан бирга ўтаётган ҳар бир лаҳза қадрли бўлсин.
Барчангизни келаётган Қурбон ҳайити билан самимий муборакбод этаман! Ҳурмат билан, Ахмедов Азизхон. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

O‘qituvchini himoya qilmagan jamiyat ertangi kelajagini ham himoya qila olmaydi Otto fon Bismarkning “Har bir davlatning o‘qi
O‘qituvchini himoya qilmagan jamiyat ertangi kelajagini ham himoya qila olmaydi Otto fon Bismarkning “Har bir davlatning o‘qituvchiga bo‘lgan siyosiy munosabatida o‘sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo‘ladi”, degan fikri bugun biz uchun oddiy tarixiy iqtibos emas. Bu — ta’limga, ustozga va kelajakka munosabatimizni o‘lchaydigan jiddiy mezon.
Bugun o‘qituvchi sinfga faqat dars o‘tish uchun kirmayapti. U bilim beruvchi, psixolog, nazoratchi, badfe'l ota-onaning e’tiroziga javob beruvchi, hatto har bir vaziyatda o‘zini himoya qilishga majbur bo‘layotgan shaxsga aylanmoqda. Bu holat ta’lim tizimi uchun juda xavfli signaldir.
Batafsil: https://telegra.ph/Oqituvchini-himoya-qilmagan-jamiyat-ertangi-kelajagini-ham-himoya-qila-olmaydi-05-26 Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Repost from Hudud Inform
❗️“Ўқитувчиларнинг ортида армия бор, “погонлилар” бор, Президентимиз бор: Мирзо Улуғбек туманидаги мактабда содир бўлган воқеа адолатли якун топди 19 май куни Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 275-мактабда информатика фани ўқитувчиси ва 9-синф ўқувчилари ўртасидаги низо жамоатчиликда қизғин муҳокамаларни келтириб чиқарди. Аввалига ўқитувчига нисбатан жиноий иш очилганди, аммо кейинроқ ушбу иш тугатилди. Расмий текширув натижалари воқеанинг тўлиқ манзарасини очиб берди: ўқитувчи ўқув жараёнини ва ўз шаънини ҳимоя қилиш доирасида ҳаракат қилган. Воқеа дарс жараёнида содир бўлган. Ўқувчилар ўқитувчининг талабларига риоя қилмаган, дарс жараёнига халал берган ва ҳурматсизлик қилган. Маълум қилинишича, фарзанд тарбиясида камчиликка йўл қўйган ота-оналарга нисбатан жавобгарлик чоралари кўрилади. Шу билан бирга, ўқувчиларнинг ота-оналарига нисбатан ҳам масъулият масаласи кўтарилди. Текширув давомида болаларнинг мактабдаги хулқ-атвори, ўқитувчига бўлган муносабати ва уларнинг тарбиясидаги камчиликлар аниқланди. Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари Рустам Жўраев ўқитувчиларга уларнинг ортида армия турганини, “погонлилар” борлигини ва улар Президент ҳимоясида эканини қатъий таъкидлади. Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи Равшан Султанходжаев эса бундан кейин ўқитувчига нисбатан кўтарилган қўл ва ҳақорат жавобсиз қолмаслигини билдирди. ✈️ Каналга уланиш: 👇 @hudud_inform | Instagrma | Facebook

Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va izlanishlarim mahsuli sifatida “Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorligining s
Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va izlanishlarim mahsuli sifatida “Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorligining samarali tashkil etish asoslari” nomli monografiyam tayyorlandi.
Ushbu kitobda davlat va jamiyat munosabatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ijtimoiy sheriklik va zamonaviy boshqaruv jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Monografiya soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqadigan kitobxonlar uchun foydali manba bo‘ladi, degan umiddaman.
Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Наманган туманида "Илмли ёшлар - кучли жамият таянчи" мавзусида умумтаълим мактабларининг битирувчи ёшлари билан учрашув ташк
+9
Наманган туманида "Илмли ёшлар - кучли жамият таянчи" мавзусида умумтаълим мактабларининг битирувчи ёшлари билан учрашув ташкил этилди   Наманган туман ҳокимлигининг мажлислар залида Тошкент иқтисодиёт ва технологиялар университети Наманган манзили ректори Азизжон Аҳмедов билан учрашув ўтказилди.   Учрашувда Наманган тумани ҳокимининг ўринбосари Омонжон Саидазимов, шунингдек, умумтаълим мактабларининг 11-синф ўқувчилари иштирок этдилар.   Тошкент иқтисодиёт ва технологиялар университети Наманган манзили ректори Азизжон Аҳмедов илм даргоҳида яратилган шароитлар ҳақида маълумот берди. Хусусан, университетда бакалавриат бўйича ўн бешта йўналишда талабаларга билим берилаётгани, иқтидорлилар учун ректор стипендияси жорий этилгани айтиб ўтилди.   Тадбир давомида ёшларга олий таълим тизимида яратилаётган имкониятлар, замонавий касблар, таълим йўналишлари ҳамда келажакда рақобатбардош мутахассис бўлиб етишиш учун зарур билим ва кўникмалар ҳақида маълумот берилди.   Шунингдек, ўқувчиларни қизиқтирган саволларга жавоб берилиб, уларнинг келгуси таълим йўналишини танлаш бўйича тавсиялар билдирилди.   Учрашув очиқ мулоқот ва самимий руҳда ўтди.

#ochiq_muloqot #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi Bugun To‘raqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘ldik. T
+8
#ochiq_muloqot #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi Bugun To‘raqo‘rg‘on tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘ldik. Tuman hokimi Sherali aka Qosimov bilan birgalikda maktab bitiruvchilari bilan ta’lim, ilm-fan, kasb tanlash va ertangi mas’uliyat haqida suhbatlashdik. Mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlar uchun bugungi tanlov kelajak yo‘lini belgilashi ta’kidlandi. Uchrashuvda zamonaviy kasblar, oliy ta’limdagi imkoniyatlar va yoshlarning o‘z ustida ishlashi haqida fikr almashildi. Shuningdek, Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilida yaratilgan sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida ma’lumot berildi. Meni quvontirgani — yoshlarning savollari aniq, qarashlari jiddiy, kelajakka munosabati mas’uliyatli. Bunday uchrashuvlarda yoshlarning savollari ko‘p narsani anglatadi. Kimdir yo‘nalish tanlayapti, yana kimdir kelajak kasbi haqida aniqroq tasavvur izlayapti. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

⁉️Tadqiqotchilar ko‘p so‘raydigan savol: UO‘K, KBK, ISBN aslida nima?
Ko‘plab tadqiqotchilar, ayniqsa ilk bor monografiya, o‘quv qo‘llanma yoki darslik tayyorlayotgan yosh ilmiy izlanuvchilar bir savolni tez-tez beradi: “UO‘K (UDK), KBK, ISBN degan yozuvlar nima va ular nima uchun kerak?”
🔬Batafsil o'qish Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

#Ehtiyojmand_xotin_qizlar Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi 📝 Arizalar Yagona portal (my.gov.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Talabgorlarga quyidagi mezon asosida tavsiyanoma beriladi:
— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari; — tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; — turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; — nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; — ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; — ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
  Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Hali 6-sinfda o‘qiydigan bola bugunning o‘zida 200 ta o‘quvchiga chet tillarini o‘rgatayapti 👏 Eng hayratlanarlisi — bu yoshda ko‘pchilik hali nimaga qiziqishini topolmay yurgan paytda, u allaqachon boshqalarga bilim ulashmoqda. Shunaqa harakatchan, izlanuvchan yoshlarimiz ko‘paysin. Ota-onasiga rahmat, shijoatiga qoyil! Ba’zan biz yoshi kattalar ayrim yoshlarni ko‘rib, “ertangi kun egalarining holati qanday bo‘ladi?” deb o‘ylanib qolamiz. Aslida esa ilmga chanqoq, yoshligidan o'z ustida ishlayotgan, katta natijalarni ko‘rsatayotgan yoshlar kam emas.
Muhimi, ularni vaqtida ko‘ra bilish, qo‘llab-quvvatlash va ishonch berish kerak. Chunki bugun 6-sinfda tengdoshlariga bilim ulashayotgan bola ertaga jamiyatga katta foydasi tegadigan mutaxassis, olim yoki lider bo‘lib yetishishi mumkin.
Yoshlarning energiyasi to‘g‘ri yo‘naltirilsa, natija albatta bo‘ladi. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X

Bugun Chustlik yoshlar bilan ochiq muloqot qildik Suhbatimiz asosan oliy ta’lim, ilm-fan, zamonaviy kasblar va yoshlar oldida
+6
Bugun Chustlik yoshlar bilan ochiq muloqot qildik Suhbatimiz asosan oliy ta’lim, ilm-fan, zamonaviy kasblar va yoshlar oldidagi imkoniyatlar haqida bo‘ldi. Chustning 15 ga yaqin maktabidan kelgan iqtidorli yoshlarning savollari, fikrlari va qiziqishlari menda yaxshi taassurot qoldirdi.
Ochig‘i, bunday uchrashuvlarda yoshlarning ko‘zidagi intilish, kelajagiga befarq emasligi seziladi. Kimdir oliy ta’lim haqida so‘radi, kimdir kasb tanlash, zamonaviy yo‘nalishlar, universitetdagi imkoniyatlar bilan qiziqdi. Har bir savol ortida katta maqsad va izlanish borligi ko‘rinib turdi.
Yoshlar bilan muloqotda bir fikrni alohida ta’kidladim: hozirda faqat diplom emas, mas’uliyat, bilim, kasbga sadoqat va doimiy o‘z ustida ishlash insonni oldinga olib chiqadi. Chust yoshlari bilan samimiy va mazmunli suhbat bo‘ldi. Ularning kelajagiga ishonch katta. Ilohim, bugun ko‘rgan yoshlarimiz ertaga o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis, ilmli va tashabbuskor insonlar bo‘lib yetishsin. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X