en
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

Open in Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 609
Subscribers
-224 hours
+177 days
+1330 days
Posts Archive
Repost from GENERALISSIMUS
Хаёл эмас, суд залидан чиққан таассурот Адвокат Бобир Мукадамовнинг судда кузатган ҳолати ҳақидаги постига "Тошкент шаҳар судлари | Расмий канали"да муносабат билдирилибди. Унда адвокатнинг фикрлари "хаёлот маҳсули", ўзи эса деярли "ўзга сайёралик"ка чиқарилибди. Аслида эса бу пост хаёлдан эмас, суд залида туғилган. Адвокат ўз процессини кутиб ўтириб, кетма-кет олтита иш кўрилганини ва бирорта шикоят қаноатлантирилмаганини кузатган. Шундан кейин ёзилган гап илмий хулоса ҳам, олтита суд ҳужжатига берилган ҳуқуқий баҳо ҳам эмас. Бу узоқ кутган, кўп бор умид билан шикоят ёзган адвокатнинг аччиқ кинояси. Албатта, судьянинг меҳнатини камситиб бўлмайди. Унинг столи устида даста-даста ишлар, елкасида эса инсон тақдири туради. Ойига ўттиздан ортиқ иш кўриш осон эмас. Буни адвокатлар яхши тушунади. Чунки ўша даста-даста ишларнинг ҳар бирида адвокатнинг ҳам уйқусиз туни, изланиши ва умиди бор. Аммо судьянинг иши кўплиги шикоятларнинг нега қаноатлантирилмаганига жавоб бўлолмайди. Келтирилган рақамлар ҳам адвокатнинг саволини ўчирмайди. Аксинча, уни янада ёрқинроқ кўрсатади. Апелляция ва кассацияда суд ҳужжатларининг 91,4 фоизи, тафтишда эса 92,7 фоизи ўз кучида қолган. Шунда беихтиёр савол туғилади. Биринчи инстанция судлари деярли хатосиз ишлаяптими ёки юқори инстанцияларда суд ҳужжатини ўзгартиришга қўл бормайдими? Биз судья билан адвокатни икки қирғоқ деб билмаймиз. Уларни боғлаб турадиган ягона кўприк, бу адолат. Лекин кўприк мустаҳкам бўлиши учун танқид эшитилиши, шикоят эса шунчаки ўқилиб эмас, чиндан ҳам текширилиб ҳал қилиниши керак. Шунинг учун адвокатнинг киноясига "ўзга сайёралик" деган таъриф билан эмас, у кўтарган саволга жавоб билан муносабат билдирилса, тўғрироқ бўлар эди, назаримизда. Чунки адвокатнинг аччиқ гапи ортида судьяни камситиш истаги эмас, эшитилишга бўлган эҳтиёж бор. Суд залида эса баъзан қаноатлантирилмаган шикоятдан ҳам оғирроқ нарса бўлади, у шикоятим эшитилмади, деган туйғу. Ахир судда фоизлар эмас, инсон тақдири ҳал қилинади. Тақдир эса статистика жадвалига сиғмайди. Адвокат Абдумалик Абдуллаев @u_generalissimus

TO‘XTATILGAN IJRO NEGA 13 KUN O‘TIB QO‘ZG‘ATILDI? Iqtisodiy ish raqami: 4-1101-2614/4421 Ijro ID: 11082609545801 Mazkur iqtisodiy ish bo‘yicha jiddiy huquqiy savollar yuzaga kelmoqda. 2026-yil 27-mart kuni birinchi instansiya iqtisodiy sudi tomonidan tadbirkorlik subyektidan 72 873 312 so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan. Biroq 2026-yil 10-iyul kuni taftish instansiyasi sudi tadbirkorlik subyektining iltimosnomasini qanoatlantirib, birinchi instansiyaning 27-martdagi hal qiluv qarori hamda kassatsiya instansiyasining 23-iyundagi qarori ijrosini taftish shikoyati ko‘rib chiqilguniga qadar to‘xtatib turish haqida ajrim chiqargan. Shunga qaramay, MIB elektron ma’lumotlariga ko‘ra: ijro hujjati MIBga 2026-yil 22-iyulda kelib tushgan; ijro ishi 2026-yil 23-iyul soat 21:05 da qo‘zg‘atilgan; asosiy qarzga 3 643 665,60 so‘m ijro yig‘imi qo‘shilib, umumiy talab 76 516 977,60 so‘mga yetkazilgan; 23-iyul kuni bojxona taqiqi qo‘yilgan; 24-iyul kuni 25 ta avtotransport va 147 ta ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilgan; 8-avgust kuni 8 ta bank hisobvarag‘iga band qo‘yish harakati amalga oshirilgan. MIB ma’lumotlarida tadbirkorlik subyektiga nisbatan jami 181 ta cheklov chorasi qayd etilgan. Sud hujjatlari ijrosi 10-iyul kuni rasman to‘xtatilgan bo‘lsa, nima sababdan 23-iyulda ijro ishi qo‘zg‘atilib, keyingi kunlarda tadbirkorning transport vositalari, ko‘chmas mulklari va bank hisobvaraqlariga ommaviy cheklovlar qo‘yilgan? Sudning 10-iyuldagi ajrimi MIBga o‘z vaqtida yuborilganmi? Ijro ishini qo‘zg‘atishdan oldin sud hujjatining amaldagi holati tekshirilganmi? Ijroni to‘xtatib turish haqidagi ajrim mavjud bo‘lgan sharoitda bunday keng ko‘lamli ijro choralarini qo‘llashga qanday huquqiy asos bo‘lgan? Qo‘yilgan taqiqlar va hisobvaraqlarning band qilinishi tadbirkorlik faoliyatining izdan chiqishi, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmasligi, mol-mulkdan foydalana olmaslik, bank operatsiyalarining cheklanishi, katta miqdordagi haqiqiy zarar hamda boy berilgan foyda yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Mazkur holat yuzasidan: Sudning 10-iyuldagi ajrimi MIBga qachon yuborilgani va qachon kelib tushganini aniqlash; 23-iyuldan keyingi ijro harakatlarining qonuniyligiga huquqiy baho berish; huquqiy asosi mavjud bo‘lmagan cheklovlarni bekor qilish; mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlarini xizmat tartibida tekshirish; tadbirkorga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlab, uning qoplanishini ta’minlash zarur. Bu masala sud qarorining mazmunini muhokama qilish emas. Gap ijrosi sud tomonidan to‘xtatilgan hujjat asosida keyinchalik ijro ishi qo‘zg‘atilgani va tadbirkorlik subyektiga nisbatan yuzlab cheklov choralari qo‘llanganining qonuniyligi haqida ketmoqda. Qonuniy kuchga ega sud ajrimi barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lishi kerak. @sanatsiya

Repost from davletovuz
Тошкент шаҳридаги айрим хусусий мактабларнинг 2026/2027-ўқув йили учун нархлари:Global Elite School — ойига 3,1 млн сўмдан 4,1 млн сўмгача. ➖ Wisdom School — ойига 4,4 млн сўм. ➖ Intello School — ойига 4,5 млн сўмдан 6 млн сўмгача. ➖ Salam International School — ойига 4,5 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Evrika — ойига 4,6 млн сўмдан 6,2 млн сўмгача. ➖ Lumos Mind — ойига 4,8 млн сўм. ➖ UK School of Tashkent — ойига 5 млн сўм. ➖ Nshtein School — ойига 5 млн сўм. ➖ Wise School — ойига 5 млн сўм. ➖ Rahimov School — ойига 5,1 млн сўмдан 6,5 млн сўмгача. ➖ Little Harvard — ойига 5,2 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ «Вселенная знаний» — ойига 5,3 млн сўм. ➖ Cool Kids — ойига 5,5 млн сўм. ➖ Al Beruniy International School — (маълумот текширилиши керак). ➖ International Goldstars School — ойига 5,9 млн сўмдан 8,7 млн сўмгача. ➖ Euroasia School — ойига 6 млн сўм. ➖ Humo School Academy — ойига 6 млн сўмдан 7 млн сўмгача. ➖ Oriental School of Tashkent — ойига 6 млн сўм. ➖ Vosiq International School — ойига 6,592 млн сўмдан 8,652 млн сўмгача. ➖ Mezon Inspiring School — ойига 6,9 млн сўм. ➖ Smart School — давлат дастури бўйича ойига 6,9 млн сўм; Cambridge дастури — ойига $825–1 050. ➖ «Школьная Академия» — ойига 7 млн сўм. ➖ Profi School — ойига 7,222 млн сўмдан 10 млн сўмгача. ➖ Happy Time — ойига 7,8 млн сўм. ➖ Diplomat International School — ойига 7,9 млн сўмдан 9,8 млн сўмгача. ➖ Sehriyo — ойига 7,9 млн сўм. ➖ Wunderkind Study — ойига 8,4 млн сўм. ➖ Bek School Future Education — ойига 8,5 млн сўм. ➖ Oxbridge International School — ойига 8,5 млн сўмдан 25 млн сўмгача. ➖ Intellect — ойига 8,6 млн сўм. ➖ Leader School — ойига 9,6 млн сўмдан 12,5 млн сўмгача. Йиллик тўловли мактаблар:International Talent Academy — йилига 133,5 млн сўмдан 207,5 млн сўмгача. ➖ Westminster International School — йилига 155,05 млн сўмдан 262,3 млн сўмгача. ➖ The British School — йилига 173,28 млн сўмдан 328,444 млн сўмгача. ➖ Invento the Uzbek International School — йилига 178,8 млн сўмдан 246 млн сўмгача. ➖ Cambridge International School — йилига 208,818 млн сўмдан 323,001 млн сўмгача. ➖ Tashkent International School — йилига $23 000 дан $33 000 гача. Эслатма: айрим мактабларда нарх синф, таълим дастури, таълим тили ёки филиалга қараб фарқ қилади. Кириш ва рўйхатдан ўтиш бадаллари ўқиш тўловидан алоҳида бўлиши мумкин. Маълумотлар 2026 йил 6 август ҳолатига. Манба: Afisha.uz

⚖️ BIR PROTSESSUAL XATO — BUTUN ISH TAQDIRIGA TA’SIR QILISHI MUMKIN! To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda kuzatuv taomili davomida sud boshqaruvchisi tomonidan yo‘l qo‘yilgan muhim protsessual kamchiliklarni kassatsiya instansiyasida qonuniy asoslar bilan isbotlab bergan edik. Xususan: 🔹 vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan bo‘lsa-da, Qonunning 86-moddasiga muvofiq korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish asoslari yuzasidan tegishli xulosa tayyorlanmagan; 🔹 kreditorlarning birinchi yig‘ilishi kun tartibiga Qonunning 89-moddasida nazarda tutilgan zarur masalalar to‘liq qo‘yilmagan va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinmagan; 🔹 ushbu kamchiliklarga qaramasdan, birinchi instansiya sudi ish bo‘yicha yakuniy sud hujjatini qabul qilgan. Kassatsiya instansiyasi biz keltirgan vajlarni asosli deb topib, birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilgan hamda kuzatuv taomilini davom ettirgan holda ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborgan edi. Qarzdor tomon ushbu qaror ustidan taftish tartibida shikoyat berdi. Taftish instansiyasida ham sud majlisida qatnashib, mijozimizning manfaatlarini qonun normalari va dalillar asosida qat’iy himoya qildik. ✅ NATIJA: qarzdorning taftish shikoyati rad etildi va kassatsiya instansiyasi qarori o‘zgarishsiz qoldirildi! 📌 SUD BOSHQARUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA Amaliyotda kuzatuv taomili yakuni bo‘yicha kreditorlarning birinchi yig‘ilishi kun tartibini shakllantirishda xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Qonun talabiga ko‘ra, yig‘ilishda: sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida sudga iltimosnoma kiritish; sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi yoki tugatuvchi boshqaruvchi nomzodlarini ma’qullash masalalari ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi lozim. ❗️Ushbu talablarni e’tibordan chetda qoldirish sud hujjatining bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Har bir protsessual detal — ish natijasini belgilovchi muhim omil! @sanatsiya

MAQSADLI IPOTEKA OMONATI QANDAY ISHLAYDI? 2026-yil 1-iyuldan 3874-son “Maqsadli ipoteka omonatini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” kuchga kirdi. Mazkur tartib 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha ochilgan maqsadli ipoteka omonatlariga tatbiq etiladi. Maqsadli ipoteka omonati nima? Bu - subsidiya xabarnomasiga ega fuqaroning birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olishi uchun dastlabki badal mablag‘larini jamg‘arishga mo‘ljallangan omonat hisobvarag‘i. Hisobvaraq bankda 20406 — “Jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari” hisobvarag‘ida ochiladi. Hisobvaraq qanday ochiladi? Talabgor subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati davomida bankka ariza bilan murojaat qiladi. Hujjatlar bank talablariga muvofiq bo‘lsa, bank uch ish kuni ichida: talabgor bilan ipoteka omonati shartnomasini tuzadi; ipoteka omonati hisobvarag‘ini ochadi. Talabgorning o‘z mablag‘lari va davlat tomonidan ajratiladigan dastlabki badal subsidiyasi hisobvaraqda alohida hisobga olinadi. Mablag‘lar qanday shakllantiriladi? Omonatchi dastlabki badalning o‘z mablag‘i hisobidan shakllantiriladigan qismini omonat hisobvarag‘ida jamg‘aradi. Shundan so‘ng bank ikki ish kuni ichida subsidiya mablag‘ini o‘tkazish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga buyurtmanoma yuboradi. Vazirlik dastlabki badal subsidiyasini besh ish kuni ichida omonatchining ipoteka omonati hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Omonat bo‘yicha foiz qanday hisoblanadi? Hisobvaraqqa mablag‘lar kiritilgan kundan keyingi kundan boshlab, hisobvaraq yopilguniga qadar, biroq 12 oydan oshmagan muddatga foiz hisoblanadi. Foiz stavkasi bank va omonatchi o‘rtasidagi shartnomada bozor stavkasidan kelib chiqib belgilanadi. | Omonatchi 12 oydan oldin uy-joy sotib olganda yoki ipoteka krediti ajratilishi rad etilganda shartnomada belgilangan foizlarni pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamg‘arilgan mablag‘lardan qanday foydalaniladi? Ipoteka omonatidagi mablag‘lar va ularga hisoblangan foizlar faqat Ipoteka dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ishlatiladi. Bank ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilgach, omonat mablag‘lari, hisoblangan foizlar va ipoteka krediti summasi qurilish tashkilotiga o‘tkaziladi. Ipoteka krediti rad etilsa nima bo‘ladi? Kredit ajratish rad etilganda bank: omonatchining o‘z mablag‘larini hisoblangan foizlari bilan birga qaytaradi; dastlabki badal subsidiyasini unga hisoblangan foizlar bilan birga Davlat budjetiga qaytaradi; rad etish sabablarini omonatchiga aniq ko‘rsatadi. Omonatchi ipoteka omonati muddati tugaguniga qadar kredit olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega. Takroriy murojaatlar soni cheklanmaydi. @sanatsiya

⚖️ YaTTNING TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK JARAYONI YaTTning majburiyatlari uch oy davomida bajarilmasa va unga nisbatan talablar kamida 200 BHMni tashkil etsa, bu to‘lovga qobiliyatsizlik alomati hisoblanadi. 📌 Jarayon: 1️⃣ YaTT, kreditor, soliq organi yoki boshqa vakolatli organ sudga ariza beradi. 2️⃣ Sud arizani qabul qilib, undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan tashqari YaTTning mol-mulkini xatlaydi. 3️⃣ YaTT qarzlarni to‘lash rejasini taqdim etishi mumkin. Reja bajarilib, qarzlar to‘liq to‘lansa, ish tugatiladi. 4️⃣ Qarzlar to‘lanmasa va kelishuvga erishilmasa, sud YaTTni bankrot deb topib, tugatishga doir ish yuritishni boshlaydi. ❗️ Bunda YaTTning davlat ro‘yxati va litsenziyalari amal qilishi tugatiladi, mol-mulki sotilib, kreditorlar talablari belgilangan navbatda qanoatlantiriladi. Ayrim majburiyatlar bankrotlikdan keyin ham saqlanib qoladi. @sanatsiya

Repost from Bahodir Ahmedov
Бизнес-омбудсман Конституциявий судга мурожаат йўллабди Бизнес-омбудсман МЖТКнинг Олий суд тафтиш тартибида чиқарган қарорларини узил-кесил деб белгиловчи нормасининг Конституцияга мувофиқлигини текшириш юзасидан Конституциявий судга мурожаат қилибди.   Маълум қилинишича, Бизнес-омбудсман томонидан якка тартибдаги тадбиркор Ш.Р.нинг мурожаати ўрганилган.   Маълумот учун: 2025 йил 28 май куни тадбиркорга тегишли мебел ишлаб чиқариш корхонасида ёнғин содир бўлган. Воқеа юзасидан жиноят иши қўзғатиш рад этилиб, тадбиркор МЖТК 211-моддаси 3-қисми (ёнғин хавфсизлиги қоидаларини бузиш) бўйича жавобгарликка тортилган ва 750 000 сўм миқдорида жарима солинган. Ушбу қарор кассация ҳамда Олий суднинг тафтиш инстансияси томонидан ўзгаришсиз қолдирилган. Амалдаги қонунчиликка (МЖТКнинг 324-39-моддаси) кўра, тафтиш тартибидаги қарор узил-кесил ҳисобланиб, у бошқа ҳеч қандай суд инстанцияси томонидан қайта кўриб чиқилиши мумкин эмас.   Шу билан бирга, худди шу воқеа бўйича алоҳида юритилган текширув натижасида, тафтиш инстанцияси қарори чиққанидан кейин — 2026 йил июн ойида — суд-экспертиза хулосаси ва якуний тергов қарори қабул қилинган бўлиб, унга кўра ёнғиннинг сабаби мебел корхонасининг электр тармоғидаги авария ҳолати бўлгани ва бу ҳолат тадбиркорнинг айби ёки қасддан қилинган ҳаракатлари билан боғлиқ эмаслиги обектив тарзда аниқланган.   Амалдаги норманинг узил-кесиллик қоидаси сабабли ушбу янги, тадбиркорнинг айбсизлигини тасдиқловчи далиллар ҳеч қандай суд инстанцияси томонидан кўриб чиқилмаган, натижада 750 000 сўмлик маъмурий жарима тўғрисидаги қарор бугунги кунга қадар кучда қолмоқда.   Вакил девони ушбу ҳолатни Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг қуйидаги қоидаларига мувофиқлиги нуқтаи назаридан баҳоланиши зарур, деб ҳисоблайди: 👍 28-модда — айбсизлик презумпцияси; 👍 54-модда — инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш давлатнинг олий мақсади эканлиги; 👍 55-модда — ҳар кимнинг ҳуқуқларини холис суд орқали ҳимоя қилиш ва бузилган ҳуқуқларни тиклаш ҳуқуқи.   Юқоридагиларга асосан, Бизнес-омбудсман Ўзбекистон Республикаси Конституциявий судига расмий мурожаат йўллади. Мурожаатда МЖТК 324-39-моддасини Конституциянинг 28, 54 ва 55-моддаларига мувофиқлигини текшириш сўралган. “Битта судья билганини ўқийди—бу адолатдан эмас“ дейди GENERALISSIMUS. 👉@bahodirahmedoff👈

Repost from GENERALISSIMUS
2018-yilga qadar noqonuniy qurilgan uy-joylar uchun jarima qoʻllamaslik, noqonuniy qurilish ixtiyoriy ravishda bartaraf etilg
2018-yilga qadar noqonuniy qurilgan uy-joylar uchun jarima qoʻllamaslik, noqonuniy qurilish ixtiyoriy ravishda bartaraf etilganda javobgarlikni yengillashtirish taklif qilindi. Shuningdek, koʻchmas mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan muddatda ariza berilmagan holatda birinchi marta jarima oʻrniga ogohlantirish berish nazarda tutilmoqda. @u_generalissimus

📈 To‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yangi bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–78-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Mazkur Agentlik respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul etib belgilandi. Agentlikka sohada davlat nazoratini olib borish, vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish hamda iqtisodiy nochor shaxslarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish kabi muhim vazifalar yuklatildi. Farmonda 2028-yilga qadar to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari davomiyligini kamida 30 foizga qisqartirish hamda sanatsiya tartib-taomillarining 20 foizini suddan tashqari tartibda amalga oshirish kabi aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Biz, to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi yuristlar uchun mazkur Agentlik ushbu yo‘nalishdagi faoliyatimizda doimiy hamkor bo‘ladigan muhim davlat organidir. Yangi Agentlik faoliyati to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga, iqtisodiy nochor korxonalarni imkon qadar sog‘lomlashtirishga hamda mamlakatimizda sog‘lom tadbirkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonaman. Yangi tashkil etilgan Agentlik jamoasiga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman!

Repost from Банкир
Click 2026 йилнинг биринчи ярим йиллигида 437,6 млрд сўм тушум қилиб, ўтган йилга нисбатан 23,8% ўсиш қайд этди. Бироқ компаниянинг соф фойдаси 150 млрд сўмни ташкил этиб, 3%га камайди. Бунга асосий сабаб — IT Park солиқ имтиёзларининг тугаши ва бошқа операцион харажатларнинг 3,5 бараварга ошгани бўлди. Натижада, Click’нинг фойда солиғи харажатлари бир йил ичида 23 баравардан кўпроқ ўсди. Шунга қарамай, компания ярим йилни 541 млрд сўмлик активлар ва 315 млрд сўмлик хусусий капитал билан якунлади. @bankir

Repost from GENERALISSIMUS
Ўзини ўзи банд қилганлар учун ижтимоий солиқ 4 бараварга ошиши мумкин Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар институти ўзини ўзи банд қилганлар ва ЯТТлар учун ижтимоий солиқни бир хил миқдорда белгилашни таклиф қиляпти. Таклифга кўра, 2027 йилдан ҳар икки тоифа учун ижтимоий солиқ — йилига 1,96 млн сўм (ойига 163,2 минг сўм) этиб белгиланади. Ҳозирда ўзини ўзи банд қилганлар ижтимоий солиқни ихтиёрий равишда йилига 440 минг сўм тўлайди. Якка тартибдаги тадбиркорлар эса йилига 5,28 млн сўм ижтимоий солиқ тўлайди. Таклиф кучга кирса, ўзини ўзи банд қилганлар учун солиқ миқдори ошади, ЯТТлар учун эса аксинча — қарийб уч бараварга камаяди. @u_generalissimus

Repost from Bahodir Ahmedov
ОМОНАТГА СОЛИҚ: ЯХШИ ФИКРМИ ЁКИ ЯНГИ ХАТОМИ? Фискал таҳлиллар институти банк омонатларидан олинадиган фоизларга ҳам дивиденд билан бир хил ставкада солиқ солишни таклиф қилмоқда — 1998 йилдан буён амал қилиб келаётган имтиёзни бекор қилиб. Марказий банкка кўра, 2026 йил 1 май ҳолатида жисмоний шахсларнинг омонати — 170,2 триллион сўм. Айнан шу маблағ банклар кредит бериш учун фойдаланадиган асосий манба. Солиқ солиб, одамларни пулини "тўшак остига" ёки хорижий валютага қайтариб юборишга ундашнинг нима кераги бор? 👉@bahodirahmedoff👈

ADOLAT UCHUN OXIRIGACHA KURASHILGAN ISH Oliy sudda ko‘rilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Oliy sud sudyasi Maxfirat Ochilova himoya ostidagi shaxsning xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligi haqida xulosaga kelib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasiga asosan ish yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur ishni sud muhokamasiga tayinlash uchun Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Usmonov tomonidan protest kiritilgan edi. Ishni boshidan oxirigacha bevosita bilgan va barcha sud jarayonlarida ishtirok etgan inson sifatida aytishim mumkinki, ushbu natijaga osonlik bilan erishilmadi. Dastlab taftish tartibida berilgan shikoyatni qabul qilish rad etildi. Shunga qaramasdan, ishdagi protsessual va huquqiy kamchiliklar, MJtK talablariga rioya qilinmagani, taqdim etilgan dalillarning ish holatlariga aloqadorligi, maqbulligi va yetarliligi lozim darajada baholanmagani izchil ravishda asoslantirildi. Natijada shikoyat qayta ko‘rib chiqilib, ish Oliy sud muhokamasiga qabul qilindi va yakunda shaxsning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud emasligi e’tirof etildi. Bu ish yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, qonuniy huquq va manfaatlarni himoya qilishda dastlabki rad javobi yakuniy natija emas. Har bir dalilni qonuniy tartibda taqdim etish, har bir protsessual buzilishni aniq ko‘rsatish va adolat uchun oxirigacha kurashish zarur. Ishning qonuniy va xolis hal etilishida asosli va adolatli pozitsiya bildirgan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Usmonov hamda sudya Maxfirat Ochilovaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shuningdek, mazkur ish bo‘yicha huquqiy himoyani amalga oshirgan, ishning barcha bosqichlarida faol va professional ishtirok etgan advokat Bahodir Ahmedovga ham alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Repost from Bahodir Ahmedov
Олий суддаги маъмурий ҳуқуқбузарлик ишимиз ўз ниҳоясига етди. Олий суд судьяси Махфират Очилова ҳимоямиз остидаги шахснинг хатти-ҳаракатларида хуқуқбузарлик аломати йўқ дея МЖТК 271-моддасига асосан иш юритувдан тугатиш тўғрисида қарор чиқарди. Ушбу суд муҳокамасига тайинлаш учун Олий суднинг биринчи ўринбосари Алишер Усмонов протест берганди. Алишер Усмонов ва Махфират Очиловага ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз. 👉@bahodirahmedoff👈

⚖️ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha sudyalar ixtisoslashuvi — muhim va samarali yondashuv To‘lovga qobiliyatsizlikka oid ishlar oddiy iqtisodiy nizolardan o‘zining murakkabligi, ishtirokchilar sonining ko‘pligi hamda yuzaga keladigan huquqiy va iqtisodiy oqibatlari bilan farq qiladi. Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda qarzdorning moliyaviy holatini baholash, kreditorlar talablarini aniqlash, talablar reyestrini shakllantirish, sud boshqaruvchisi faoliyatini nazorat qilish, mol-mulkni realizatsiya qilish hamda kreditorlar manfaatlari o‘rtasida qonuniy muvozanatni ta’minlash talab etiladi. Shu jihatdan, iqtisodiy sudlarda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha sudyalarning ixtisoslashuvi amaliyotda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bunday ixtisoslashuvning foydali jihatlari ko‘p. Xususan, u: ✅ ishlarning mazmunini chuqur va har tomonlama o‘rganishga; ✅ sud amaliyotining bir xil va barqaror shakllanishiga; ✅ ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarining qisqarishiga; ✅ sud hujjatlarining huquqiy va iqtisodiy jihatdan asoslantirilishiga; ✅ kreditorlar hamda qarzdorlarning qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga; ✅ sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan ta’sirchan sud nazoratini ta’minlashga; ✅ korxonani sog‘lomlashtirish imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashga; ✅ tugatish jarayonlarida qonuniylik, shaffoflik va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik ishi faqat qarzdorni tugatish masalasi emas. Bu — kreditorlarning mulkiy manfaatlari, ish o‘rinlari, tadbirkorlik muhiti, investitsiyaviy jozibadorlik va iqtisodiy barqarorlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan murakkab sud jarayonidir. Shu sababli mazkur yo‘nalishda sudyalar ixtisoslashuviga alohida e’tibor qaratilayotgani sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim va amaliy ahamiyatga ega qadamdir. 👏 Ushbu tashabbus va amaliy yondashuv uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbariyatiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. 💬@sanatsiya

Repost from GENERALISSIMUS
90 млн долларлик “Миграция иши” бўйича ДХХ собиқ ходимлари ҳам айбланмоқда! 90 миллион АҚШ доллари миқдорида зарар кўрилгани айтилаётган Корея иши бўйича суд бошланмоқда. Иш 29 июль куни ЖИБ Бектемир тумани судида судья Дадахонова раислигида кўрила бошлайди. Бу ҳақида Ташанов хабар берди. Иш тергови Бош прокуратура томонидан олиб борилган. Судланувчилар: УЗАҚОВ ГАНЧАР УММАТ ЎҒЛИ (210-модда 3-қисми а-банди, б-банди (Пора олиш), 243-модда (Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш), 301-модда 1-қисми (Ҳокимиятни суиистеъмол қилиш, ҳокимият ваколатидан ташқарига чиқиш ёки ҳокимият ҳаракатсизлиги)); ШАРИКСИЕВ ТИМУР БАДРИДИНОВИЧ (210-модда 3-қисми а-банди, б-банди (Пора олиш), 243-модда (Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш), 301-модда 1-қисми (Ҳокимиятни суиистеъмол қилиш, ҳокимият ваколатидан ташқарига чиқиш ёки ҳокимият ҳаракатсизлиги)); АШУРОВ АЛИЖОН ГАНИЕВИЧ (210-модда 3-қисми а-банди, б-банди (Пора олиш), 243-модда (Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш), 301-модда 1-қисми (Ҳокимиятни суиистеъмол қилиш, ҳокимият ваколатидан ташқарига чиқиш ёки ҳокимият ҳаракатсизлиги)); САЙФУТДИНОВ СУХРОБ САНЖАРОВИЧ (210-модда 3-қисми а-банди, б-банди (Пора олиш), 243-модда (Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш), 301-модда 1-қисми (Ҳокимиятни суиистеъмол қилиш, ҳокимият ваколатидан ташқарига чиқиш ёки ҳокимият ҳаракатсизлиги)) @u_generalissimus

⚖️ KUZATUV JORIY ETILGACH, MAJBURIY UNDIRUV DAVOM ETTIRILISHI MUMKINMI? “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 79-moddasi kuzatuv tartib-taomili joriy etilishining huquqiy oqibatlarini belgilaydi. 📌 Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab qarzdorning mol-mulkidan undiruvga qaratilgan ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi. Biroq quyidagilar bundan mustasno: ▪️ ish haqi bo‘yicha qarzdorlik; ▪️ mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq; ▪️ aliment; ▪️ hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash; ▪️ ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishga oid ayrim ijro hujjatlari. Bunda ushbu ijro hujjatlari to‘lovga qobiliyatsizlik haqidagi ariza sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinishidan oldin qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan bo‘lishi kerak. Sudning ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi ijro harakatlarini to‘xtatib turish uchun huquqiy asos hisoblanadi. Shuningdek, kuzatuv davrida: jamiyat tarkibidan chiqayotgan muassisga qarzdor mol-mulkidan ulush ajratish; dividendlar va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.| Qarzdordan pul undirishga oid talablar alohida tartibda emas, balki kreditor talabi sifatida Qonunning 87-moddasida belgilangan tartibda taqdim etilishi kerak. ❗️ Yana bir muhim qoida Kuzatuv joriy etilganidan keyin qarzdorning kontragentlari shartnomada shunday huquq nazarda tutilgan bo‘lsa ham, faqat kuzatuv joriy etilganligini asos qilib shartnomani bir tomonlama bajarishdan bosh tortishi yoki uning shartlarini o‘zgartirishi mumkin emas. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq nizo to‘lovga qobiliyatsizlik ishi doirasida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qarzdor shartnomani bajarish imkoniyati mavjudligini isbotlasa, sud uni bekor qilishni rad etishga haqli. ⚠️ Muammoli amaliyot Amaliyotda ayrim ijro organlari kuzatuv joriy etilganiga qaramasdan qarzdorning hisobvaraqlari va mol-mulkidan undiruvni davom ettirishi mumkin. Bunday harakatlar ayrim kreditorlarning talablarini boshqalardan oldin qanoatlantirishga, qarzdor mol-mulkining kamayishiga va korxona faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.

Repost from Bahodir Ahmedov
Мубин Мирзаев қомалибди Расмийларга кўра, бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида судланувчи М.Мирзаев (1969 йилд
Мубин Мирзаев қомалибди Расмийларга кўра, бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида  судланувчи М.Мирзаев  (1969 йилда туғилган, маълумоти олий, муқаддам судланмаган, Солиқ Қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 9 нафар) оид жиноят иши юзасидан ҳукм ўқилибди. Суднинг ҳукми билан М.Мирзаев Жиноят кодекси 168-моддаси 4-қисмининг “а” банди (фирибгарлик), 205-моддаси  2-қисмининг “а” банди (мансаб ваколатини жуда кўп миқдорда зарар етказган ҳолда суиистеъмол қилиш) ва 208-моддасида (ҳокимият ҳаракатсизлиги) назарда тутилган жиноятларни содир этганликда айбдор деб топилиб, унга нисбатан 3 (уч) йил муайян ҳуқуқдан маҳрум қилган ҳолда 8 (саккиз) йил 2 (икки) ой озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланибди. 👉@bahodirahmedoff👈

Repost from Bahodir Ahmedov
Кейинги йилларда Ўзбекистон ҳақида хорижий ОАВларда турли мавзулар ёритилмоқда. Аммо бу сафар эътибор иқтисодиётга ҳам, туризмга ҳам эмас, цивилизацияга қаратилди. Бу жуда муҳим ўзгариш. Чунки мамлакат имижи фақат инвестициялар ёки статистика билан эмас, унинг цивилизацион мероси билан ҳам шаклланади. Euronews ва бошқа манбалар орқали миллионлаб томошабинлар Ўзбекистонни буюк алломалар етишиб чиққан, ислом цивилизацияси ривожига улкан ҳисса қўшган замин сифатида кўришди. Менимча, бугунги ахборот майдонида бундай мазмундаги контент мамлакат бренди учун катта аҳамиятга эга. 👉@bahodirahmedoff👈

⚖️ Taftish instansiyasida tadbirkorning qonuniy manfaatlari himoya qilindi Mazkur iqtisodiy ishda javobgar — tadbirkorning ishonchli vakili sifatida ishtirok etdik. Birinchi instansiya sudi hamda apellatsiya instansiyasi tomonidan tadbirkordan 345 029 993,41 so‘m undirish belgilangan edi. Mazkur ish taftish shikoyatimizga asosan Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining taftish instansiyasida qayta ko‘rib chiqildi. Ish sudya A. Ibragimova raisligida, sudlov hay’ati a’zolari — sudyalar M. Yakubov va T. Abdramanov ishtirokida ko‘rib chiqildi. Sudyalar ishning mazmun-mohiyatiga chuqur kirib, taraflarning vajlari, taqdim etilgan hujjatlar hamda ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama va xolis o‘rgandilar. Sud majlisida har bir dalilga aniq huquqiy baho berilgani va va qarorning batafsil tushuntirilgani alohida e’tirofga loyiq. Natijada birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari bekor qilinib, da’vo talabi rad etildi. Shu tariqa tadbirkordan 345 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni asossiz undirishning oldi olindi. Taftish instansiyasi sudyalariga ishni to'liq va xolis ko‘rib chiqqanliklari, har bir dalilga alohida huquqiy baho berganliklari uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. 💬@sanatsiya