en
Feedback
SANATSIYA

SANATSIYA

Open in Telegram

Qarzdorlik, to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik va iqtisodiy nizolarga huquqiy yechim!!!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 611
Subscribers
-224 hours
+157 days
+1530 days
Posts Archive
SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUM SALMOQLI TARZDA ISHTIROKCHILAR UCHUN FOYDALI TARZDA O’TKAZILMOQDA!!! Tafsilot va oling
SILK ROAD FINANCE AND TECHNOLOGY FORUM SALMOQLI TARZDA ISHTIROKCHILAR UCHUN FOYDALI TARZDA O’TKAZILMOQDA!!! Tafsilot va olingan axborot bo’yicha qo’shimcha ravishda kuzatuvchilarga ma’lumot berib boriladi.

Silk Road Finance and Technology Gruop Forumi salmoqli tarzda foydali tarzda o’tkazilmoqda!!!
Silk Road Finance and Technology Gruop Forumi salmoqli tarzda foydali tarzda o’tkazilmoqda!!!

Repost from Bahodir Ahmedov
Қўлга олиш чоғида полициячининг томоғига нимадир тиқилиб қолибди. Тармоқларда қўлга олинаётган шахс полициячига ёрдам бергани резонанс берди. Бу видео AIми билмадим лекин таъсирли. Инсон ҳар қандай пайт инсон 👉@bahodirahmedoff👈

Repost from YURISTKADR
САВОЛ: Корхонамизда бир ходим ички ўриндош бўлиб ишлайди, асосий иш жойи бошқа корхонада, хайдовчилик. Эшитишимча хайдовчиларга ўриндош бўлиб ишлаш таъқиқланибди, шу тўғрими энди хайдовчимизни ички ўриндошликдан бўшатишимиз керакми, энди улар ўриндош бўлиб ишлаши мумкин эмасми? ЖАВОБ:
Амалдаги Меҳнат Кодексининг 500-моддаси, 4-қисмига кўра транспорт ходимларига транспорт воситаларини бошқариш ёки транспорт воситаларининг ҳаракатланиши билан боғлиқ бўлган ишда ўриндошлик асосида ишлашга рухсат этилмайди- деб белгиланди.
Эътибор берган бўлсангиз транспорт воситалари ва уларни бошқариш билан боғлиқ ишларда дейилмоқда. Агар уларнинг иши транспорт воситалари ва уларни бошқариш билан боғлиқ бўлмаса, бемалол ўриндошлик ишида ишлаши мумкин. Агар сизнинг ходимингиз бошқа жойда хайдовчи лавозимида асосий иш ўринда, сизнинг ташкилотингизда бошқа лавозимда фаолиятни ички ўриндош сифатида амалга ошираётган бўлса, бемалол ишлашлари мумкин, ҳозирги холатда бўшатишга ҳожат йўқ. Экспертимиз Эъзозабону Мамаризаева Telegram🚀I Instagram 📷 I Youtube 🎬

⚖️ Bugun sudlarda sermahsul va mas’uliyatli kun bo‘ldi. Bir kunning o‘zida turli yo‘nalishdagi 5 ta sud ishida ishtirok etdik. Shundan 4 ta ish bo‘yicha ijobiy natijaga erishildi. 1 ta ishni ko‘rish esa keyingi sud majlisiga qoldirildi. Bugungi sud ishlari quyidagi turdagi nizolardan iborat bo‘ldi: 1️⃣ To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish 2️⃣ Mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan nizo 3️⃣ Majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi nizo 4️⃣ Mol-mulkni noqonuniy egalikdan talab qilib olish yuzasidan vindikatsion da’vo 5️⃣ Soliq munosabatlaridan kelib chiqqan nizo Yuristni aynan bir-biridan farq qiladigan va turli huquq sohalariga taalluqli murakkab nizolar toblaydi. Chunki har bir ish o‘ziga xos yondashuv, puxta huquqiy tahlil va alohida himoya strategiyasini talab qiladi. Bir ishda qarzdorning moliyaviy holati va kreditorlarning talablari muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqa ishda mulk huquqini tasdiqlovchi dalillar, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari yoki soliq hisob-kitoblarining qonuniyligi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Sudda ijobiy natijaga erishish faqat qonun normalarini bilish bilan cheklanmaydi. Ishning barcha holatlarini to‘g‘ri baholash, dalillarni puxta shakllantirish, talab va e’tirozlarni aniq asoslash hamda protsessual harakatlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimdir. Biz uchun har bir mijozning ishi oddiy hujjatlar to‘plami emas. Uning ortida insonning huquqi, mulki, mehnati va qonuniy manfaati turadi. Shu sababli har bir murojaatga individual yondashib, huquqiy xavflarni oldindan baholash va amaliy natijaga erishishga alohida e’tibor qaratamiz. Agar sizda to‘lovga qobiliyatsizlik, mehnat, mulk, soliq yoki boshqa iqtisodiy-huquqiy nizo mavjud bo‘lsa, masalani dastlabki bosqichdayoq professional huquqiy tahlil qilish va to‘g‘ri himoya strategiyasini belgilash muhim. 📩 Huquqiy maslahat olish hamda sudlarda manfaatlaringizni professional himoya qilish masalalari bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin. @sanatsiya

BITTA IJRO HUJJATI IKKI MARTA IJRO ETILISHI MUMKINMI? Yaqinda amaliyotimizda uchragan holat Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlarini hisobga olish va nazorat qilish tizimi bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga keltirdi. MIBning Olmazor tumani bo‘limida 2026-yil 17-avgust kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur ishga Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi xususiy notariusning ijro xati asos bo‘lgan. Bir qarashda bu odatiy ijro ishidek ko‘rinadi. Biroq mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ijro xati bo‘yicha avval ham ijro ishi qo‘zg‘atilgan, hujjat talablari amalda bajarilgan va ijro ishi yuritish tamomlangan. Shundan so‘ng o‘sha sana, o‘sha raqam va o‘sha talablar ko‘rsatilgan ijro hujjati asosida yana yangi ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Bu yerda gap faqat to'langan summa haqida emas. Asosiy masala bitta majburiyatni fuqaro zimmasiga ikki marta yuklash xavfi va MIBning ichki nazorat tizimi qay darajada ishlayotgani bilan bog‘liq. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga ko‘ra, ijro hujjati amalda ijro etilganda ijro ishi yuritish tamomlanadi. Bunday holatda ijro hujjatining asl nusxasi ijro ishi materiallarida qolishi kerak. Tamomlangan ijro ishini qayta tiklash uchun ham qonuniy asos bo‘lishi lozim. Qonunning 41¹-moddasida ijro ishini qayta tiklash asoslari belgilangan. Qayta tiklash alohida protsessual qaror bilan rasmiylashtiriladi va shundan keyingina majburiy ijro harakatlari davom ettirilishi mumkin. Demak, majburiyat avval bajarilgan bo‘lsa, ayni ijro hujjati asosida alohida yangi ijro ishi qo‘zg‘atilishining qonuniy sababi aniq ko‘rsatilishi kerak. “Tizimdagi xato” yoki “hujjat qayta kelib tushgan” degan izoh fuqaroning huquqlarini takroran cheklash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. MIBning elektron bazasida bir xil raqam va sanadagi ijro hujjati avval ijro qilingan yoki qilinmaganligi, ish nima sababdan tamomlanganligi va qarzdorlik haqiqatan saqlanib qolganligi yangi ijro ishi qo‘zg‘atilishidan oldin tekshirilishi shart. Agar birinchi ijro ishi bo‘yicha majburiyat to‘liq bajarilgan bo‘lsa, ikkinchi marta ijro ishi qo‘zg‘atilishini oddiy texnik kamchilik deb baholab bo‘lmaydi. Chunki bunday qaror fuqaroning bank kartasi bloklanishi, mol-mulkiga cheklov qo‘yilishi, qo‘shimcha ijro yig‘imi hisoblanishi yoki mablag‘ning takroran undirilishiga olib kelishi mumkin. Qonunning 85-moddasi davlat ijrochisiga o‘z vakolatlaridan qonunga muvofiq foydalanish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijro hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri ijro etilishini ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Qonunning 83¹-moddasiga muvofiq, yuqori turuvchi bosh davlat ijrochilari quyi turuvchi davlat ijrochilaridan ijro ishi materiallarini tekshirish uchun talab qilib olishi, noqonuniy va asossiz qarorlarni bekor qilishi hamda qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat ijrochisini keyingi ijro harakatlarini amalga oshirishdan chetlashtirishi mumkin. Endi tabiiy savol tug‘iladi. Aynan bir ijro xati bo‘yicha avvalgi ijro ishi nega aniqlanmagan? Bir xil raqam va sanadagi hujjat MIBning elektron tizimida nega avtomatik ravishda to‘xtatilmagan? Avvalgi ishni tamomlash to‘g‘risidagi qaror va majburiyat bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar nega tekshirilmagan? Yangi ijro ishini qo‘zg‘atishga aynan qanday huquqiy asos bo‘lgan? Ushbu savollarga MIBning vakolatli rahbarlari tomonidan hujjatlarga asoslangan aniq javob berilishi, ijro ishlari o‘zaro solishtirilishi va zarur bo‘lsa xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi lozim. Davlat ijrochisining vakolati katta. Shuning uchun uning mas’uliyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. MIB faoliyati faqat qancha mablag‘ undirilgani bilan emas, har bir undiruvning qonuniyligi bilan baholanishi zarur. Bunday vaziyatga duch kelgan shaxs avvalgi ijro ishini tamomlash to‘g‘risidagi qaror, qarzdorlik to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlar va yangi ijro ishi haqidagi ma’lumotlarni ilova qilib, yuqori turuvchi MIB organiga yoki ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin. Qonunning 86¹-moddasiga ko‘ra, shikoyat huquq buzilganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi. Davlat ijrochisi tomonidan yetkazilgan zarar esa Qonunning 88-moddasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim. Bir majburiyat bir marta bajariladi. Fuqaro davlat organining texnik yoki tashkiliy xatosi uchun takroran haq to‘lamasligi kerak. @sanatsiya

Repost from Advokat Qosimov
Судми бу ё ...?   Ҳозиргина Тошкент туманлараро маъмурий судида ВКА орқали бир ишда қатнашдим. Дастлаб раислик этувчи аризачи вакиллари келмаганлиги сабабли ишни уларнинг иштирокисиз кўриш бўйича фикримизни сўради. Барча бунга рози бўлди.     Шундан кейин учинчи шахс вакили кўрсатма берди. Кўрсатма тугагач, раислик этувчи аризачи вакилига савол беришни таклиф қилди (Суд бошланганда у йўқ эди). Аризачи вакили бир нечта савол бергач, судья “Ие, сизни ўзи ишончномангиз борми?” деб сўради. Аризачи вакили ариза билан бирга ишончнома тақдим этилганлигини айтгач, раислик этувчи ишончномани текшириб, аризачи вакилларининг шахсини аниқлади. Бу орада саволларга жавоб бераётган учинчи шахс вакили кутиб турди. Шундан кейин мен суд мажлисида тартиб бузилаётганлиги бўйича эътирозимни билдирдим. Чунки ваколати ва шахси аниқланмаган аризачи вакили савол бериши ва саволларини бериб бўлгандан кейин савол жавобни тўхтатиб, аризачи вакилининг шахси аниқланиши тартибга зид. Раислик этувчи менинг эътирозимга жавобан белгиланган тартибда шикоят қилишим мумкинлигини тушунтирди, мен эса эътирозимни баённомага киритишини сўрадим. Бу ҳали холваси экан. Энг қизиғи охирида бўлди. Раислик этувчи ишда танаффус эълон қилиб, кейинги суд мажлиси санасини тайинлай бошлади. Шу пайтда мен вакиллик қилаётган учинчи шахс судга илтимосномаси борлигини айтиб қолди. Мен раислик этувчи ишда танаффус эълон қилганлиги сабабли илтимосномани кейинги суд мажлисида муҳокама қилинишини тушунтирса керак, деб ўйладим. Лекин бундай бўлмади, раислик этувчи илтимосномани баён қилишни сўради ва уни муҳокамага қўйиб, тарафлардан фикрларини сўради. Энг қизиғи, судья мендан ҳеч қандай фикр сўрамади ва илтимосномани рад қилиш ҳақида жойида ажрим чиқарди. Мен яна эътироз билдирдим, нимага мендан фикримни сўрамадингиз, деб. Шундан кейин раислик этувчи майли илтимоснома бўйича фикрингизни билдиринг, эшитамиз, деб турибдида. Мен эса “Сиз илтимосномани рад қилиб бўлдингиз, энди фикр билдиришимни кераги йўқ” дедим.   Шундан кейин, суд нима учун илтимоснома рад қилинганлигини тушунтирди. Рад қилиш асосларидан бири эса илтимоснома суд мажлиси тугаб, суд танаффус эълон қилгандан кейин киритилганлиги экан. Қисқаси, Тошкент туманлараро маъмурий судида суд мажлиси шунақа ўтказиларкан. Бу суддан кейин ўз-ўзидан саволлар пайдо бўлади: Судья МСИЮТК ни ўқиганмикан? Ўрганишни қўйиб туринг, ҳеч йўқ бирор марта кўз югуртирганмикан? Энг муҳими, Судьялар Олий Кенгаши судьяларни тайинлашда номзоднинг билимига ҳам эътибор берадими? Ёки биз билмаган бошқа танлов мезонлари борми? Каналга уланиш👇 👉@advokatqosimov👈

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xorazm viloyatidagi yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish ma
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xorazm viloyatidagi yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония по вводу в строй и старту строительства новых проектов в Хорезмской области. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #loyihalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

⚖️ Buxgalterning noto‘g‘ri qarori davlat tashkilotiga qo‘shimcha xarajat keltirdi Davlat tashkilotlaridan birida xodim sifatida ishlovchi yurist 2026-yil 30-iyunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ochdirgan. Varaqaning amal qilish muddati iyul oyida tugagan. Tashkilot buxgalteri kasallik davrining asosiy qismi 1-iyuldan keyingi kunlarga to‘g‘ri kelganini vaj qilib, nafaqani Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘lashi kerakligini bildirgan. Natijada xodimga tegishli nafaqa o‘z vaqtida to‘lanmagan. Biroq yuristning e’tirozi huquqiy jihatdan asosli bo‘lib chiqdi. 📌 Hal qiluvchi sana qaysi? Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori 4-ilovasining 4-bandiga ko‘ra, yangi tartib vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha sug‘urta hodisasi 2026-yil 1-iyuldan boshlab yuzaga kelgan hollarga tatbiq etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-son qarori bilan mazkur bandga aniqlik kiritilgan: sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan sana sifatida mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan ishdan ozod etish davri boshlangan kun olinadi. Demak, varaqa 30-iyunda ochilgan bo‘lsa, sug‘urta hodisasi ham 30-iyunda yuzaga kelgan hisoblanadi. Varaqaning iyul oyida yopilgani ushbu holatni yangi tartibga o‘tkazmaydi. Shu sababli 30-iyunda boshlangan va uzluksiz davom etgan mehnatga layoqatsizlik davri ikkiga bo‘linmaydi. Unga 1-iyulgacha amal qilgan tartib tatbiq etilib, nafaqa ish beruvchi tomonidan to‘lanishi lozim edi. 📌 Ish beruvchining majburiyati Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qarori 1-ilovasiga muvofiq: nafaqa mehnatga layoqatsizlikning birinchi kunidan boshlab mehnat qobiliyati tiklangunga qadar to‘lanadi; nafaqa ish beruvchining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; to‘lov muddati jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida belgilanadi; har qanday holatda to‘lov mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilganidan keyin 16 kalendar kundan kechiktirilmasligi kerak. Shunday qilib, “Jamg‘arma to‘laydi” degan vaj ish beruvchini qonuniy majburiyatdan ozod qilmaydi. 💰 Kechiktirish tashkilotga qanchaga tushishi mumkin? Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovni kechiktirsa, asosiy qarzdan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya ham to‘lashi shart. Kompensatsiya Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 10 foizi miqdorida hisoblanadi. Ish beruvchining aybi bor yoki yo‘qligi ushbu majburiyatga ta’sir qilmaydi. Masalan, xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa 5 500 000 so‘m, haqiqiy kechikish muddati 37 kalendar kun, Markaziy bank stavkasi esa 14 foiz bo‘lsa: bir kunlik kompensatsiya: 5 500 000 × 1,4% = 77 000 so‘m; 37 kunlik kompensatsiya: 77 000 × 37 = 2 849 000 so‘m; jami to‘lov: 5 500 000 + 2 849 000 = 8 349 000 so‘m. Kechikish kasallik varaqasi yopilgan kundan emas, belgilangan to‘lov muddati o‘tganidan keyingi kundan hisoblanadi. Agar jamoa shartnomasi yoki ichki hujjatda yuqoriroq kompensatsiya nazarda tutilgan bo‘lsa, tashkilotning xarajati yanada ko‘payadi. @sanatsiya

Repost from Bahodir Ahmedov
Кап катта одам Тошкент ҳайвонот боғида шер ва жайраларга тош отибди. Боласиям қўшилибди камига. Фарзандлар ота-онадан ўрнак оладида ўзи. Ҳайвонлар ҳозир мутахассислар томонидан текширилмоқда, эркакнинг шахси эса камералар орқали аниқланмоқда экан. Ўзи бу ҳайвон бечоралар учун зоопаркда сақланиш, ўзлари ўрганган ёввойи табиатда бўлмаслик стресс бўлса. Зоопарк борлигига Худога шукр деб асраб авайлаш кераклигини IQси баланд бўламаган одамлар тушунишмайди, одатда. 👉@bahodirahmedoff👈

Repost from YURISTKADR
“Одил судлов – 2030 стратегияси” – бу байрам тухфаси! Олий суд раҳбарияти ва Президент Админстрацияси томонидан бугун Давлат
+2
“Одил судлов – 2030 стратегияси” – бу байрам тухфаси! Олий суд раҳбарияти ва Президент Админстрацияси томонидан бугун Давлат раҳбарига «Одил судлов — 2030 стратегияси” лойиҳаси тақдим этилди. Бошқалар қатори биз таклиф қилган ташаббуслар ҳам эътиборга олинибди. Яъни, судларда алоҳида минтақавий тафтиш инстанциялари ташкил қилиш орқали, ўрта бўғин судларидаги “қарға қарғанинг кўзини чўқимайдиган” тизимга барҳам берилади. Яна бир муҳим ислоҳот, 2027-2030 йиллар давомида бошқа туман ва шаҳарларда босқичма-босқич фуқаролик судларини ташкил қилинади. Бу мавзулардаги постларимиз ва таклифларимиз эсингиздами? Умуман олганда, одил судлов фаолиятига доир бу тақдимотда қонуний ҳақ-ҳуқуқлари учун судларга борадиган фуқаролар учун жуда манфаатли ташаббуслар илгари сурилган. Жуда ҳурсандман. Тақдимот натижаси бўйича қабул қилинадиган Президент фармони биз учун ҳақиқий байрам тухфаси бўлади. 👉@yuristkadr

Repost from Bahodir Ahmedov
Туман ва шаҳар фуқаролик судлари фаолияти йўлга қўйилади Кундалик ҳаётий муаммоларни ҳал этувчи, одамларнинг иши кўпроқ тушад
Туман ва шаҳар фуқаролик судлари фаолияти йўлга қўйилади Кундалик ҳаётий муаммоларни ҳал этувчи, одамларнинг иши кўпроқ тушадиган судлар фуқаролик ишлари бўйича судлар эканлигини инобатга олиб, уларни халққа яқинлаштириш мақсадида 2030 йилга қадар заруратга қараб қарийб барча туман ва шаҳарларда фуқаролик судларининг фаолияти босқичма-босқич йўлга қўйилади. Барча судларда ахборот олиш, мурожаат топшириш ва рақамли хизматлардан фойдаланиш “ягона дарча” тамойили асосида таъминланади. 👉@bahodirahmedoff👈

⚖️ 10 daqiqalik kechikish fuqaroni yana ortiqcha vaqt va ovoragarchilikka majbur qilishi kerakmi? Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudidagi majlisga uzrli sabab bilan atigi 10 daqiqa kechikdim. Shunga qaramay, kechikish sababi va taqdim etilgan dalillar to‘liq tekshirilmasdan arizam rad etildi. Videokonferensaloqa (VKS) orqali qatnashish imkoniyati ham yaratilmadi. Albatta, mazkur sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati berish huquqim bor. Ammo birinchi instansiyada masalaga yetarlicha e’tibor va xolislik bilan yondashilmagani sababli fuqaro yana apellatsiya tayyorlashga, qo‘shimcha vaqt sarflashga va ortiqcha ovoragarchilikka majbur bo‘lmoqda. Apellatsiya berish huquqining mavjudligi birinchi instansiya sudi dalillarni to‘liq tekshirmasligi yoki masalaga yuzaki yondashishi mumkinligini anglatmaydi. Har bir ish dastlabki bosqichning o‘zidayoq qonuniy, xolis va har tomonlama ko‘rib chiqilishi lozim. @sanatsiya

Repost from GENERALISSIMUS
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari bittaga ko'paydi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining fa
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari bittaga ko'paydi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida hamda ularning ijrosini, Administratsiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar qabul qiladi. @u_generalissimus

Repost from Mehnat huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi belgilandi 2026-yil 14-avgustda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun e’lon qilindi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 6-avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 7-avgustda ma’qullangan. Hujjat Administratsiyaning faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan. Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi davlat hokimiyati organlarining kelishilgan faoliyati va hamkorligini ta’minlashga ko‘maklashadigan, Prezident vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi hisoblanadi. Administratsiya Prezidentning hujjatlari va topshiriqlari ijrosini muvofiqlashtiradi, monitoring qiladi hamda nazoratni tashkil etadi. U bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdor. Administratsiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi, xolislik, mustaqillik, ochiqlik va shaffoflik belgilangan. Administratsiyani Prezident shakllantiradi va unga Prezident tomonidan tayinlanadigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi. Hujjatda Administratsiyaning asosiy vazifalari ham batafsil belgilangan. Jumladan, Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga ko‘maklashish, inson huquqlari va Konstitutsiyaga rioya etilishini ta’minlash, davlat kadrlar siyosatini amalga oshirish, qonunchilik siyosatini tashkil etish, ichki va tashqi siyosat bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish Administratsiyaning muhim vazifalari etib belgilangan. 📓Hujjatlar to'plami 1-qism 📕Hujjatlar to'plami 2-qism 📔Hujjatlar to'plami 3-qism 📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 🛒 Advokatlik xizmati, hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqi

Repost from DAVLAT XIZMATCHISI
#ТЕЗКОР 🇺🇿 ⚡️ Президент Шавкат Мирзиёевга тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқотга тайёргарлик жараёни юзасидан ахборот
+2
#ТЕЗКОР 🇺🇿 ⚡️ Президент Шавкат Мирзиёевга тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқотга тайёргарлик жараёни юзасидан ахборот берилди. 🤝 Навбатдаги очиқ мулоқотда тадбиркорларни қийнаётган масалалар, уларнинг таклиф ва ташаббусларини муҳокама қилиш ҳамда бизнес учун қулай шароитларни янада яхшилаш масалаларига эътибор қаратилади. 📌 Президентнинг тадбиркорлар билан тўғридан-тўғри мулоқот амалиёти бизнес вакилларининг муаммоларини очиқ муҳокама қилиш ва уларга амалий ечим топишга қаратилган. 🎵 @Taronabot – Исталган мусиқани топувчи бот 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал

Repost from DAVLAT XIZMATCHISI
#Расман 🇺🇿Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олиши эълон қилинди Бу йил 1 сентябрь – Мустақиллик байрами м
#Расман 🇺🇿Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олиши эълон қилинди Бу йил 1 сентябрь – Мустақиллик байрами муносабати билан ҳафтада 5 кун ишлайдиганлар кетма-кет 4 кун, 6 кунликлар эса 3 кун дам олади. Боиси 31 август, душанба куни қўшимча дам олиш куни этиб белгиланган. Асос: 2025 йил 24 декабрдаги ПФ-257-сонли Президент фармони. Унга кўра, дам олиш кунлари қуйидагича: 29 август, шанба — 5 кунликларга дам, 6 кунликларга иш; 30 август, якшанба — барча учун одатий дам олиш куни; 31 август, душанба — барча учун қўшимча дам олиш куни; 1 сентябрь, сешанба — Мустақиллик байрами. 🎵 @Taronabot – Исталган мусиқани топувчи бот 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал

Repost from Bahodir Ahmedov
Бизнес-омбудсманга ҳам матбуот котиби қуллуқ бўлсин! 👉@bahodirahmedoff👈
Бизнес-омбудсманга ҳам матбуот котиби қуллуқ бўлсин! 👉@bahodirahmedoff👈

Repost from GENERALISSIMUS
Судьялар олий кенгашининг 2026 йил 11 августдаги қарорига асосан 3 нафар судья муддатсиз даврга, 14 нафар судья судьялик ваколати муддати даврига қайта тайинланди. @u_generalissimus

Repost from GENERALISSIMUS
Хаёл эмас, суд залидан чиққан таассурот Адвокат Бобир Мукадамовнинг судда кузатган ҳолати ҳақидаги постига "Тошкент шаҳар судлари | Расмий канали"да муносабат билдирилибди. Унда адвокатнинг фикрлари "хаёлот маҳсули", ўзи эса деярли "ўзга сайёралик"ка чиқарилибди. Аслида эса бу пост хаёлдан эмас, суд залида туғилган. Адвокат ўз процессини кутиб ўтириб, кетма-кет олтита иш кўрилганини ва бирорта шикоят қаноатлантирилмаганини кузатган. Шундан кейин ёзилган гап илмий хулоса ҳам, олтита суд ҳужжатига берилган ҳуқуқий баҳо ҳам эмас. Бу узоқ кутган, кўп бор умид билан шикоят ёзган адвокатнинг аччиқ кинояси. Албатта, судьянинг меҳнатини камситиб бўлмайди. Унинг столи устида даста-даста ишлар, елкасида эса инсон тақдири туради. Ойига ўттиздан ортиқ иш кўриш осон эмас. Буни адвокатлар яхши тушунади. Чунки ўша даста-даста ишларнинг ҳар бирида адвокатнинг ҳам уйқусиз туни, изланиши ва умиди бор. Аммо судьянинг иши кўплиги шикоятларнинг нега қаноатлантирилмаганига жавоб бўлолмайди. Келтирилган рақамлар ҳам адвокатнинг саволини ўчирмайди. Аксинча, уни янада ёрқинроқ кўрсатади. Апелляция ва кассацияда суд ҳужжатларининг 91,4 фоизи, тафтишда эса 92,7 фоизи ўз кучида қолган. Шунда беихтиёр савол туғилади. Биринчи инстанция судлари деярли хатосиз ишлаяптими ёки юқори инстанцияларда суд ҳужжатини ўзгартиришга қўл бормайдими? Биз судья билан адвокатни икки қирғоқ деб билмаймиз. Уларни боғлаб турадиган ягона кўприк, бу адолат. Лекин кўприк мустаҳкам бўлиши учун танқид эшитилиши, шикоят эса шунчаки ўқилиб эмас, чиндан ҳам текширилиб ҳал қилиниши керак. Шунинг учун адвокатнинг киноясига "ўзга сайёралик" деган таъриф билан эмас, у кўтарган саволга жавоб билан муносабат билдирилса, тўғрироқ бўлар эди, назаримизда. Чунки адвокатнинг аччиқ гапи ортида судьяни камситиш истаги эмас, эшитилишга бўлган эҳтиёж бор. Суд залида эса баъзан қаноатлантирилмаган шикоятдан ҳам оғирроқ нарса бўлади, у шикоятим эшитилмади, деган туйғу. Ахир судда фоизлар эмас, инсон тақдири ҳал қилинади. Тақдир эса статистика жадвалига сиғмайди. Адвокат Абдумалик Абдуллаев @u_generalissimus