en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Open in Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Channel O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) is an active participant. Currently, the community unites 10 184 subscribers, ranking in the Other category.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 184 subscribers.

According to the latest data from 11 November, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 23 over the last 30 days and by -86 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 6.45%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 4.74% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 668 views. Within the first day, a publication typically gains 491 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 5.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 12 November, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

10 184
Subscribers
-8624 hours
-1527 days
+2330 days
Posts Archive
#OAV_biz_haqimizda #Ахборот24 | 30.09.2026 "Better Cotton Initiative" haftaligi 🔗 Manba: https://t.me/uzbekistan24_tvnews/295097 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Better Cotton Initiative Large Farm Week xalqaro haftaligi doirasidagi ishtirokchilar uchun maxsus workshop tashkil etil
+9
🇺🇿 Better Cotton Initiative Large Farm Week xalqaro haftaligi doirasidagi ishtirokchilar uchun maxsus workshop tashkil etildi. 🟠Workshop davomida O‘zbekiston, Avstraliya, Braziliya, Gretsiya, Turkiya va AQSH vakillari o‘rtasida barqaror paxtachilik, zamonaviy ishlab chiqarish yondashuvlari, xalqaro standartlar hamda paxta yetishtirish samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tadbir ishtirokchilari o‘z mamlakatlaridagi ilg‘or tajribalar, amaliy yechimlar va paxtachilik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. 🟠Haftalik doirasida “Better Cotton Initiative” delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markaziga tashrifi ham tashkil etildi. 🟠Delegatsiyani Markaz direktori, professor Zabardast Tojiboyevich Bo‘riyev kutib olib, mehmonlarni Markazning ilmiy yo‘nalishlari, laboratoriyalari, seleksiya va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan tanishtirdi. 🟠Tashrif davomida BCI vakillari g‘o‘za genomikasi va biotexnologiyasi, gen muhandisligi, to‘qima madaniyati, bioinformatika va molekulyar seleksiya yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar. 🌱 Xususan, transgenomika va to‘qima madaniyati laboratoriyasida zamonaviy RNK-interferensiya texnologiyasi asosida yaratilgan “Porloq” turkumidagi g‘o‘za navlari namoyish etildi. Ushbu navlarning yuqori hosildorlik, tola sifati va qurg‘oqchilik kabi noqulay sharoitlarga chidamlilik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi. 🔬 Shuningdek, delegatsiyaga markerlar yordamidagi seleksiya (MAS) usullari asosida yaratilgan “Ravnaq-1” va “Ravnaq-2” g‘o‘za navlari taqdim etildi. Zamonaviy molekulyar usullarning istiqbolli genotiplarni aniqlash va yangi navlarni yaratish jarayonini jadallashtirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. 🟠 Tashrif yakunida Genomika va bioinformatika markazi rahbariyati, olimlar hamda BCI delegatsiyasi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 🟠Unda barqaror paxtachilikni rivojlantirish, genetik resurslardan samarali foydalanish, paxta tolasi sifatini oshirish, iqlim o‘zgarishi sharoitida chidamli g‘o‘za navlarini yaratish hamda zamonaviy ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar, shuningdek, fan, innovatsiya va barqaror paxtachilikni rivojlantirish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda O‘zbekiston paxtasining raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿O‘zbekiston — barqaror paxtachilik va global to‘qimachilik bozoriga integratsiya sari 🟠O‘zbekistonda dunyoning yetakchi
+9
🇺🇿O‘zbekiston — barqaror paxtachilik va global to‘qimachilik bozoriga integratsiya sari 🟠O‘zbekistonda dunyoning yetakchi paxta yetishtiruvchi mamlakatlari vakillarini birlashtirgan Better Cotton Initiative Large Farm Week xalqaro haftaligi boshlandi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov ochib berdi. 🟠U o‘z nutqida Better Cotton Initiative bilan hamkorlik O‘zbekiston yengil sanoatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, milliy to‘qimachilik mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ishlab chiqaruvchilarni global ta’minot zanjirlariga integratsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 🌐 Haftalik Avstraliya, Braziliya, Gretsiya, Turkiya, Ispaniya, AQSh va O‘zbekiston vakillarini bir maydonda jamlab, ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvi, barqaror ishlab chiqarish hamda zamonaviy paxtachilik yechimlarini muhokama qilish uchun xalqaro platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. 📈 Agentlik va Better Cotton Initiative o‘rtasidagi tizimli hamkorlik o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. — yil boshidan buyon BCI sertifikatiga ega korxonalar soni 11 taga yetdi; — Yevropa mamlakatlariga amalga oshirilgan eksport hajmi 19 foizga oshdi; — yil yakuniga qadar BCI sertifikatiga ega korxonalar sonini 20 taga yetkazish; — BCI standartlari asosida paxta yetishtiriladigan maydonlarni 32 ming gektarga yetkazish ko‘zda tutilgan. 🟠Agentlik uchun Better Cotton standartlarini keng joriy etish — bu nafaqat sertifikatlash, balki O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yangi eksport bozorlariga kirishi, xalqaro brendlar bilan hamkorlikni kengaytirishi va “Made in Uzbekistan” mahsulotlarining global raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishdir. 🟠Agentlik xalqaro standartlarni milliy ishlab chiqarishga keng tatbiq etish, barqaror xomashyo bazasini shakllantirish va O‘zbekistonni yuqori qo‘shimcha qiymatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ishonchli global hamkor sifatida mustahkamlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

📢 TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 🇺🇿2026-yil 3-oktyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Y
📢 TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 🇺🇿2026-yil 3-oktyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda Yengil sanoat sohasidagi Jamoatchilik Kengashi a’zolarining tikuvchilik korxonalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 🟠Uchrashuv davomida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflari o‘rganilib, mavjud masalalar muhokama qilinadi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi. 🟠Faoliyatingiz davomida sizni qiynayotgan muammolar hamda yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/Wyc7oxJxwVeLxUm37 📍Tadbir manzili: O‘zbekiston — Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki 🟠Yuborilgan murojaat va takliflar Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun umumlashtiriladi. 🟠Sizning fikr va takliflaringiz — yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish uchun muhim! 🟠Shuningdek, keyingi uchrashuvlarni asosan ip yigiruvchi korxonalar va klasterlar bilan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 📞 Aloqa uchun: +99899 838-60-06 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agen
+4
🇺🇿 Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov va Belarus Respublikasining “BELLEGPROM” davlat konserni raisi Nadejda Lazarevich o‘rtasida videokonferens aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 8-9-iyul kunlari Belarus Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida yengil sanoat sohasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishning mantiqiy davomi bo‘ldi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida yengilsanoat sohasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamda ishlab chiqarish kooperatsiyasining joriy holati atroflicha muhokama qilindi. 🟠Xususan, Belarus korxonalari bilan xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bo‘yicha o‘zaro yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, qo‘shma investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib сhiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar iyul oyida erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga aylantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, yangi ishlab chiqarish kooperatsiyasi va investitsiyaviy loyihalarni shakllantirish, shuningdek, ikki mamlakat yengil sanoat korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

📢 TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 🇺🇿2026-yil 3-oktyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Y
📢 TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 🇺🇿2026-yil 3-oktyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda Yengil sanoat sohasidagi Jamoatchilik Kengashi a’zolari bilan tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 🟠Uchrashuv davomida yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflari o‘rganilib, mavjud masalalar muhokama qilinadi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi. 🟠Faoliyatingiz davomida sizni qiynayotgan muammolar hamda yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/Wyc7oxJxwVeLxUm37 📍Tadbir manzili: O‘zbekiston — Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki 🟠Yuborilgan murojaat va takliflar Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun umumlashtiriladi. 🟠Sizning fikr va takliflaringiz — yengil sanoat sohasini yanada rivojlantirish uchun muhim! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish age
+4
🇺🇿 Joriy yilning 28-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov raisligida Agentlik qoshidagi Jamoatchilik Kengashi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🟠Yig‘ilishda yengil sanoat sohasini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, Wildberries platformasida faoliyat yuritayotgan va zarar ko‘rgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga aylanma mablag‘ ajratish, yangi buyurtmalar olishda ko‘maklashish hamda faoliyatini tiklash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, to‘qimachilik sanoatida paxta yig‘im-terimi, yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash va undan samarali foydalanish, ushbu yo‘nalishda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar muhokama qilindi. 🟠Yig‘ilish davomida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar hamda tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha fikrlar tinglandi. 🟠Yig‘ilish yakunida sohada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda o‘rganish, ularning amaliy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida har 15 kunda sohaning muayyan yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat yig‘ilishlarini o‘tkazib borishga kelishib olindi. 🟠Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashga alohida e’tibor qaratiladi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatla
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Shu bilan davlatimiz rahbari Andijonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Андижанской области, поддержки предпринимательства и повышения доходов населения. На этом глава нашего государства завершил поездку в Андижан и вернулся в Ташкент. #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #yigilish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi. Kamida 1 ming nafar ishchis
Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi. Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi. Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Ayni yo‘nalishda Andijonning o‘ziga 20 million dollar beriladi. Mutasaddilarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oshib borayotgan sharoitda fermerlar, klasterlar va tay
Tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oshib borayotgan sharoitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi. Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million so‘mdan subsidiya oladi. Mutasaddilarga tayyor mahsulot eksportchilarining xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagisining 14 foizdan oshgan qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi. Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. Facebook|Instagram|X

Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha yangi choralar belgi
Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. Alohida “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, bahorgacha 4-5 ming gektar maydonga suv chiqarish va shaftoli, gilos, o‘rik, olxo‘ri kabi sanoatlashgan bog‘larni barpo etish boshlanadi. Bog‘lar uch yil parvarishlanib, aholiga tayyor holda taklif qilinadi. Ushbu maqsadga 30 million dollar, adirlarga suv chiqarish uchun esa 200 milliard so‘m ajratiladi. Viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning hozircha 16 foizi qayta ishlanayotgani qayd etildi. Kichik uskunalarni aholiga lizingga berish va tuman brendlarini yaratish orqali bu ko‘rsatkichni 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkazish mumkin. Meva-sabzavotchilikda “gektardan – maksimal qiymat” tamoyiliga o‘tiladi. Kichik qayta ishlash uskunalarini lizingga berish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Baliqchida 5 gektarda tashkil etilgan issiqxona loyihasi respublika bo‘ylab ommalashtiriladi. Bunga 300 milliard so‘m, shu jumladan, Andijonga 50 milliard so‘m ajratiladi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qarat
Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqinda sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydon Andijonda 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rniga aylanishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, joriy yilga rejalashtirilgan 3,5 milliard dollar investitsiyaning mamlakatlar va tarmoqlar bo‘yicha tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani qayd etildi. Axborot texnologiyalari xizmatlari eksporti va malakali kadrlar mavjud bo‘lsa-da, sohaning texnologik bazasini mustahkamlashga investitsiyalar yetarli yo‘naltirilmayapti. Davlatimiz rahbari sarmoyalarni yuqori qo‘shilgan qiymat, zamonaviy texnologiya va barqaror ish o‘rinlari yaratadigan yo‘nalishlarga jalb qilish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatla
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,
– dedi davlatimiz rahbari. Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi. Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Andijon tumanidagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati Prezidentimizga namoyish etildi. — Президенту нашей страны представлена работа современного текстильного предприятия в Андижанском районе. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bil
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью предприятия «Eco Cotton» по производству трикотажной продукции в Андижанском районе. #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #korxona Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Joriy yilning 22-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish age
+6
🇺🇿 Joriy yilning 22-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Misr Arab Respublikasining muxtor vaziri, Turkiyadagi Bosh savdo konsuli Ali Muhammad Basha bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, Misr kompaniyalarining O‘zbekistondagi investitsiya loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda ikki mamlakatning sanoat va eksport salohiyatidan samarali foydalanish istiqbollariga e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuvda Agentlik tomonidan O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi. 🟠Shuningdek, O‘zbekiston korxonalarining Misrda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishi va mahsulotlarni uchinchi davlatlar bozorlariga olib chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Muzokaralarda Misr Arab Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish masalalari ham muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli investitsiya va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, manfaatdor kompaniyalar o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etish hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Suriya Arab Respublikasidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan yengil sanoat sohasida faoliyat yurituvchi 15 ta kompaniya va
+5
🇺🇿 Suriya Arab Respublikasidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan yengil sanoat sohasida faoliyat yurituvchi 15 ta kompaniya vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi “Zelal Tekstil” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. 🟠Tashrif davomida mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari, zamonaviy texnologiyalari hamda to‘qimachilik sohasidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish quvvati, eksport salohiyati va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, to‘qimachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Suriya tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar bildirildi. 🟠Uchrashuv yakunida kelgusida amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ru
+9
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Suriya Arab Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Muhammad Nidal ash-Shaar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Xususan, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar: — Yengil sanoat mahsulotlariga ixtisoslashgan qo‘shma ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etish; — To‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va ipakchilik korxonalari ishtirokida B2B uchrashuvlar hamda biznes missiyalar o‘tkazish; — O‘zbekistonning ip-kalava, mato, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, paypoq, uy to‘qimachiligi, maxsus kiyim, charm-poyabzal va boshqa mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish hajmini kengaytirish; — Samarali transport-logistika yo‘laklarini shakllantirish, yuklarni konsolidatsiya qilish, bojxona, sug‘urta va tranzit masalalarini o‘rganish; — Suriya hududida O‘zbekiston yengil sanoat mahsulotlarini saqlash va tarqatishga mo‘ljallangan savdo-distribyutsiya infratuzilmasini rivojlantirish; — Qo‘shma korxonalar tashkil etish va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining Suriyada ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganish. 🟠Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ip-kalava, mato va butlovchi qismlarni Suriya korxonalariga yetkazib berish hamda ular asosida tayyor kiyim-kechak, trikotaj va uy to‘qimachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar 2026–2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Suriya Arab Respublikasi o‘rtasida yengil sanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda tegishli tashkilotlar va biznes doiralari o‘rtasida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#OAV_biz_haqimizda Afgʻon bozorida oʻzbek tadbirkorlari uchun imkoniyatlar kengaymoqda. 🔗 Manba: https://t.me/hududtv/44503 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+5
🇺🇿2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tashqi qishloq xo‘jaligi xizmatining (USDA FAS) Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mas’ul mintaqaviy qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Regional Agricultural Counselor) Rishan Chodri bilan tanishuv uchrashuvini o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida AQSh xomashyosidan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. 🟠Xususan, tomonlar: - AQSh paxtasini xarid qilish; - Uni O‘zbekistonda chuqur qayta ishlab, tayyor kiyim-kechak va tekstil mahsulotlariga aylantirish; -Tayyor mahsulotlarni AQSh bozoriga qayta eksport qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. 🟠Shuningdek, muzokaralar davomida AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) tomonidan mazkur jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ham alohida muhokama qilindi. 📌 Uchrashuv yakunida amerikalik xaridorlarning (buyerlarning) narx siyosatini o‘rganishda ko‘maklashish, shuningdek, AQSh buyerlar bilan O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatishga yaqindan yordam berish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik