O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
前往频道在 Telegram
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali
显示更多未指定国家未指定类别
📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览
频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 351 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 351 名订阅者。
根据 02 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 39,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 2.46%。内容发布后 24 小时内通常能获得 8.14% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 255 次浏览,首日通常累积 843 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 3。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali”
凭借高频更新(最新数据采集于 03 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
10 351
订阅者
无数据24 小时
+317 天
+3930 天
帖子存档
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi o‘z faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qiladi.
🟠 Agentlik tizimida har qanday korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo murosasiz yondashiladi.
🟠 Fuqarolar, tadbirkorlar va manfaatdor tomonlar bilan ishlash jarayonlarida halollik va adolat ustuvor hisoblanadi.
🟠 Korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar tezkor, xolis va qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi.
🟠Keling, birgalikda korrupsiyaga qarshi muhitni mustahkamlash, halol va adolatli tizimni yaratishga hissa qo‘shaylik.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
#KorrupsiyagaQarshiKurash
#Shaffoflik
#YengilSanoatAgentligi
Yengil sanoat korxonalari diqqatiga!
🇧🇾 Belarus bozoriga chiqish uchun yangi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📢 Yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan eksportyor korxonalarni Belarus Respublikasining Minsk shahriga tashkil etilayotgan biznes tashrifida ishtirok etishga taklif etamiz.
🌐 Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport geografiyasini kengaytirish va yangi hamkorlarni jalb etish maqsadida joriy yilning 6–9-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi boshchiligida Belarus Respublikasiga xizmat safari tashkil etiladi.
🤝 Tashrif dasturidan o‘rin olgan:
— yirik brendlar va importyor kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar;
— yetakchi savdo tarmoqlari hamda marketpleyslar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar;
— yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish.
❗️MUHIM: SAFAR BILAN BOG‘LIQ BARCHA XARAJATLAR ISHTIROKCHILAR TOMONIDAN O‘Z HISOBIDAN QOPLANADI.🟠 Ishtirok etishi mumkin bo‘lgan korxonalar: — Mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalar; — Charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eksportyor korxonalar. ✔️ Belarus bozorida yangi hamkorlar topish va eksport salohiyatingizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 91 889-54-52 | @shirin_asatullaeva
Ipakchilik korxonalari vakillari diqqatiga!
📢 Joriy yilning 26-iyun kuni soat 14:30 da "O'zbekipaksanoat" uyushmasi binosida ipakchilik korxonalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
🟠Tadbir davomida ipakchilik korxonalari faoliyatida uchrayotgan muammolar, takliflar va murojaatlar qabul qilinadi hamda ularning yechimlari yuzasidan muhokamalar o‘tkaziladi.
✅ Muloqot davomida:
– soha vakillarining murojaatlari tinglanadi;
– ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi;
– mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqiladi;
– ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi.
🟠Mazkur ochiq muloqot soha vakillari uchun o‘z muammolari va takliflarini bevosita mutasaddi tashkilotlarga yetkazish imkonini beruvchi muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
📍Tadbir manzili:
O'zbekipaksanoat uyushmasi binosi
Barcha ipakchilik korxonalari vakillarini ushbu ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun (Yu Jun) o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
🟠 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish, investitsiya oqimini oshirish hamda yengil sanoat sohasida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🟠 Shuningdek, O‘zbekistonning tayyor to‘qimachilik va ipak mahsulotlari eksportini Xitoy bozorida kengaytirish maqsadida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ikki tomonlama biznes-missiyalarni yo‘lga qo‘yish hamda ipakchilik sohasini rivojlantirish uchun Xitoy moliyaviy institutlari mablag‘larini jalb etish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yengil sanoat sohasida yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi.
📝Mazkur Qonun bilan:
— korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtiriladi;
— korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish mexanizmlari kuchaytiriladi;
— korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan yangi normalar joriy etiladi.
➡️ Qonun matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin!
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
Ipakchilik korxonalari vakillari diqqatiga!
📢 Joriy yilning 26-iyun kuni soat 14:30 da "O'zbekipaksanoat" uyushmasi binosida ipakchilik korxonalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
🟠Tadbir davomida ipakchilik korxonalari faoliyatida uchrayotgan muammolar, takliflar va murojaatlar qabul qilinadi hamda ularning yechimlari yuzasidan muhokamalar o‘tkaziladi.
✅ Muloqot davomida:
– soha vakillarining murojaatlari tinglanadi;
– ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi;
– mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqiladi;
– ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi.
🟠Mazkur ochiq muloqot soha vakillari uchun o‘z muammolari va takliflarini bevosita mutasaddi tashkilotlarga yetkazish imkonini beruvchi muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
📍Tadbir manzili:
O'zbekipaksanoat uyushmasi binosi
Barcha ipakchilik korxonalari vakillarini ushbu ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+9
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida “Yilning eng faol yosh xodimi” aniqlandi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida yosh xodimlar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
🟠 Tanlov jarayonlari belgilangan nizom talablari asosida, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilarning kasbiy faoliyati, tashabbuskorligi, yoshlarni bir maqsad yo'lida birlashtira olish qobilyati hamda jamoat ishlaridagi faolligi komissiya tomonidan har tomonlama baholandi.
🟠 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Agentlikning mas’ul xodimi Murodjon Zarifov Jahongir o‘g‘li tanlov g‘olibi deb topilib, “Yilning eng faol yosh xodimi” nominatsiyasi sohibi etib e’tirof etildi.
🟠 Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini rag‘batlantirish, ularning tashabbus va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat xizmatida faol va fidoyi yoshlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.
🟠 G‘olibni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 Joriy yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda Fransiyaning "Carrotrade" kompaniyasi direktori Muhammad Yasir o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, yengil sanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
🟠Shuningdek, dunyoning yirik ishlab chiqaruvchilari, savdo tarmoqlari va brendlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa va Afrika mamlakatlari bozorlariga samarali yetkazib berish uchun logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Tomonlar tarmoq biznes-forumlarini tashkil etish, investorlar va tegishli davlat idoralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi.
🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:
— rasmiy veb-sayt orqali
— Telegram bot orqali
🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi.
🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin.
⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha.
✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi.
————
🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами.
🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами:
— через официальный сайт
— через Telegram-бот
🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы.
🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн.
⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней.
✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+8
🦅 Bugun butun O‘zbekiston bir maqsad atrofida jam bo‘ladi — Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun!
⚽️ Millionlab yurtdoshlarimiz qatori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi uchrashuvini katta hayajon va yuksak ishonch bilan kutmoqda.
🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sportdagi yutuqlar xalqimizning matonati, birdamligi va Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va salohiyatini yaqqol namoyon etadi.
🇺🇿 Aziz futbolchilarimiz! Sizlar maydonda nafaqat g‘alaba, balki butun xalqimizning orzu va ishonchini himoya qilasiz. Ishonamizki, fidoyilik, iroda va jamoaviy ruh sizlarni yangi marralar sari yetaklaydi.
Bugun millionlar qalbi sizlar bilan birga uradi! Milliy terma jamoamizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
🏆 G‘alaba sari, O‘zbekiston!
⏰ Uchrashuv bugun soat 22:00 da.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 2026-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov hamda Germaniyaning to‘qimachilik va trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi Gesamtmasche va GUZ Partners loyihasi doirasidagi loyiha jamoasi, shuningdek, xalqaro ekspert Sven Eriskat ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Muzokaralar davomida 2026–2028-yillarda O‘zbekiston yengil sanoati va to‘qimachilik tarmog‘ining Yevropa bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, xalqaro imidjni mustahkamlash, bozor tahlili va marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
🟠Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi eksport aloqalarini kengaytirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, Yevropa xaridorlarini mamlakatimizga jalb etish hamda ikki tomonlama biznes tashriflar va uchrashuvlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
🟠Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va GUZ Partners o‘rtasida xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘quv va malaka oshirish treninglarini tashkil etish, Germaniyada biznes uchrashuvlari va tashriflarini yo‘lga qo‘yish hamda Yevropa xaridorlarini O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi.
Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Наманганскую область.
Глава нашего государства ознакомится с проводимой на местах созидательной работой, проектами и внедренными передовыми решениями в разных сферах.
Планируется также участие в церемонии открытия Международного фестиваля искусства макома.
Facebook|Instagram|X
+6
Central Asia Hometextile 2026 ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
🇺🇿 2026-yil 22–24-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahridagi “Atakent” xalqaro ko‘rgazmalar markazida Markaziy Osiyoning uy to‘qimachiligi va interyer dizayni sohasidagi eng yirik ixtisoslashgan ko‘rgazmalardan biri — Central Asia Hometextile 2026 bo‘lib o‘tmoqda.
🟠Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan Milliy stend orqali mamlakatimizning yetakchi uy to‘qimachiligi ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
🟠Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 10 ta korxonasi ishtirok etib, zamonaviy uy tekstili mahsulotlari, innovatsion yechimlar hamda eksport salohiyatini xalqaro hamkorlar va xaridorlarga taqdim etmoqda.
🟠Tadbir yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda “Made in Uzbekistan” brendining xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#CentralAsiaHometextile2026 #MadeInUzbekistan #HomeTextile
+3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi quyidagi yo‘nalishda ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qiladi.
🟠 Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyat taraqqiyoti, adolatli boshqaruv va ochiq iqtisodiyotning eng muhim tamoyillaridan biridir.
🟠 Ochiqlik va shaffoflik — ustuvor vazifamiz. Agentlik faoliyatida barcha jarayonlarni ochiq, tushunarli va kuzatuvchan etish, jamoatchilikka ishonchli ma’lumot yetkazish doimiy e’tiborda.
🟠 Jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorlik. Har bir qaror, amalga oshirilgan ishlar, loyihalar va natijalar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berish — agentlikning muhim vazifasidir.
🟠 Korrupsiyaga oid har qanday holat bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga tezkor, aniq va shaffof izoh berish, jurnalistlar bilan ochiq muloqot yuritish — bizning qat’iy pozitsiyamizdir.
🟠 Korrupsiyaga toqatsizlik — barqaror rivojlanish garovi.
Yengil sanoat sohasida sog‘lom raqobat, halol mehnat va adolatli boshqaruvni ta’minlash orqali O‘zbekistonning yorqin kelajagiga hissa qo‘shamiz.
🟠Keling, korrupsiyaga qarshi kurashda birgalikda faol bo‘laylik.
Halollik — taraqqiyot kaliti.
Batafsil: https://gov.uz/oz/adli
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+5
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va AKA Bank o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi
🇺🇿 2026-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev hamda Germaniyaning AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft m.b.H. (AKA Bank) bosh ijrochi direktori Mark Vengrzik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston yengil sanoati va to‘qimachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
🟠Shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
🟠Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va AKA Bank o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida axborot almashish, eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganish hamda Germaniyaning eksport-kredit agentliklari kafolati ostida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi.
🟠Tomonlar kelgusida yengil sanoat korxonalarini zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan ta’minlash, eksportga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy institutlar ishtirokidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+5
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🇺🇿 2026-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda Saudiya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi direktori Faysal Ba Abdullah o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, yengil sanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Shuningdek, Saudiya Arabistonining yirik ishlab chiqaruvchilari, savdo tarmoqlari va brendlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlari bozorlariga samarali yetkazib berish uchun logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Tomonlar tarmoq biznes-forumlarini tashkil etish, investorlar va tegishli davlat idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🟠Bundan tashqari, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan yirik ko‘rgazma va taqdimot tadbirlarida, jumladan, Riyadh Season doirasidagi milliy pavilon loyihasida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda Saudiya Arabistoniga biznes-missiya tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+5
Pokistonning DIAMOND GROUP OF INDUSTRIES kompaniyasi bilan istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi
🇺🇿 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati Pokistonning DIAMOND GROUP OF INDUSTRIES kompaniyasi direktori Aqib Nasir bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonning to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
🟠Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Namangan viloyatidagi erkin iqtisodiy zona hududida zamonaviy to‘qimachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha investitsiya tashabbusi bo‘ldi. Loyihaning asosiy yo‘nalishlari sifatida paxta tolasini chuqur qayta ishlash, ip-kalava, gazlama hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni qamrab oluvchi to‘liq ishlab chiqarish zanjirini yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🟠Shuningdek, loyihaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hajmini oshirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
🟠Shu bilan birga, Aqib Nasir kompaniyaning to‘qimachilik, uy-ro‘zg‘or va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tajribasi haqida ma’lumot berar ekan, O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda Namangan viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirganini ta’kidladi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha texnik va iqtisodiy jihatlarni qo‘shimcha o‘rganish, ishchi muloqotlarni davom ettirish hamda hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+4
🇺🇿 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Qatarning MS BARER Textile LLC kompaniyasi bosh direktori Ahmad Abdulla Al Emadi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🟠Uchrashuv davomida mamlakatimiz yengil sanoati va to‘qimachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning bugungi rivojlanish tendensiyalari, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🟠Muzokaralar chog‘ida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🟠Shuningdek, O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xom ashyo va tayyor mahsulotlar savdosini rivojlantirish hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
🟠MS BARER Textile LLC bosh direktori Ahmad Abdulla Al Emadi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilgan qulay biznes muhitini yuqori baholab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Afghan-American Chamber of Commerce asoschisi va direktori Jeffri Griko bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🟠Muloqot davomida O‘zbekiston yengil sanoati va to‘qimachilik tarmog‘ining bugungi holati, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🟠Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Afg‘oniston fuqarolarini O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish masalasi bo‘ldi.
🟠Tomonlar ushbu tashabbus mehnat resurslarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rgatish va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
🟠Shuningdek, Afg‘onistondan kelgan mutaxassis va ishchilarni O‘zbekistondagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish, soha bo‘yicha ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
🟠Jeffri Griko O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish borasida erishilgan natijalarni yuqori baholab, mamlakat tajribasi Afg‘oniston uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida elektron tijorat sohasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
🇺🇿 Joriy yining 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev hamda Rossiya Federatsiyasining Ozon MDH marketpleysi Bosh direktori Natalya Boer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Ozon 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Rossiya va MDH hududidagi eng yirik universal marketpleyslardan biri hisoblanadi. Platforma millionlab xaridorlar va sotuvchilarni birlashtirib, rivojlangan logistika infratuzilmasi orqali tezkor va qulay yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi.🟠Uchrashuvda mahalliy eksportyor korxonalar vakillari ham ishtirok etib, yengil sanoat mahsulotlari eksportini xalqaro elektron savdo platformalari orqali kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🟠Xususan, Ozon platformasida yaqin muddatlarda maxsus "Made in Uzbekistan" bo‘limini ishga tushirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari bozorlarida faol targ‘ib qilish, shuningdek, to‘qimachilik korxonalari uchun Ozon tomonidan taqdim etiladigan yangi imkoniyatlar, savdo mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi. 🟠Tomonlar ushbu tashabbus mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish, elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar elektron tijoratni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yengil sanoat mahsulotlarining eksport hajmi va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ularning xalqaro elektron savdo platformalaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdilar. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
