en
Feedback
Scopus Academy

Scopus Academy

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 958
Subscribers
+2624 hours
+947 days
+22930 days
Posts Archive
#Scopus_Academy Fizika-matematika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Communications on Pure and Applie
#Scopus_Academy Fizika-matematika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Communications on Pure and Applied Mathematics ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/10970312 Advances in Mathematics ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/advances-in-mathematics Journal of High Energy Physics ▪️Sayti: https://link.springer.com/journal/13130 Physical Review Letters ▪️Sayti: https://journals.aps.org/prl/ Applied Mathematics and Computation ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/applied-mathematics-and-computation ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

#Scopus_Academy Texnika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar IEEE Transactions on Industrial Electronics
#Scopus_Academy Texnika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar IEEE Transactions on Industrial Electronics ▪️Sayti: https://ieeexplore.ieee.org/xpl/RecentIssue.jsp?punumber=41 Engineering Applications of Artificial Intelligence ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/engineering-applications-of-artificial-intelligence Mechanical Systems and Signal Processing ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/mechanical-systems-and-signal-processing IEEE Access ▪️Sayti: https://ieeexplore.ieee.org/xpl/RecentIssue.jsp?punumber=6287639 Renewable Energy ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/renewable-energy ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Bugun ilm atrofida g‘alati bir bozor paydo bo‘lgan. Ilm qilayotgan odam ba’zan oddiy grant topolmay yuradi, “
#Scopus_Academy Bugun ilm atrofida g‘alati bir bozor paydo bo‘lgan. Ilm qilayotgan odam ba’zan oddiy grant topolmay yuradi, “Scopusga chiqarib beramiz” deganlar esa mashinani ham kamtarona tanlamayapti. To‘g‘ri, kollaboratsiyaning o‘zi yomon narsa emas. Dunyoda kuchli ilmiy hamkorliklar bor. Lekin bizdagi ayrim “kollaboratsiya”lar ilmiy maktab emas, ko‘proq “to‘yda joy olib beradigan odam”ga o‘xshab qoldi: pulini bersangiz, stol topiladi. Eng qizig‘i, bu xizmatlar tili ham alohida janr: “Q3 kafolat”, “2 haftada chiqadi”, “hammualliflik bor”, “editor bilan gaplashilgan”. Ilm emas, go‘yo aeroportdagi VIP zal. Shaxsiy kuzatuvim: haqiqiy maqola yozayotgan tadqiqotchi odatda manba, metod, natija, tahlil bilan qiynaladi. Vositachi esa ko‘proq muddat, kvartil va narx bilan gapiradi. Muammo Scopusda emas. Muammo — ilmni natija emas, nomerga aylantirib qo‘ygan bozorda. 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

#Scopus_Academy Sotsiologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Sociology ▪️Sayti: https://journals.sa
#Scopus_Academy Sotsiologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Sociology ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/soc American Sociological Review ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/asr The British Journal of Sociology ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/14684446 Current Sociology ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/csi Social Problems ▪️Sayti: https://academic.oup.com/socpro ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Siyosatshunoslik fanlari bo’yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar American Political Science Review
#Scopus_Academy Siyosatshunoslik fanlari bo’yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar American Political Science Review ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/american-political-science-review⁠ Political Analysis ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/political-analysis⁠ International Organization ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/international-organization⁠ Government and Opposition ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/government-and-opposition⁠ Journal of Democracy ▪️Sayti: https://www.journalofdemocracy.org⁠ ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy “2 haftada Scopus” — bu ilmiy imkoniyat emas, xavf belgisi So‘nggi vaqtlarda “SCOPUS Q4”, “hammuallif bo‘lish taklifi”, “tezkor nashr”, “2 hafta atrofida chiqadi” degan e’lonlar ko‘payib ketdi.
Bunday takliflarga juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki jiddiy ilmiy jurnal maqolani shunchaki qabul qilib qo‘ymaydi. Unda tahririy ko‘rik, plagiat tekshiruvi, ilmiy ekspertiza, reviewer xulosasi, tuzatish va qayta ko‘rib chiqish jarayonlari bo‘ladi. Bu jarayon odatda 10–15 kunda tugamaydi. Eng xavfli tomoni shundaki, bunday “tezkor” takliflar ko‘pincha Scopus bazasidan chiqish arafasida turgan yoki ilmiy obro‘si sust jurnallar atrofida paydo bo‘ladi. Bugun maqola chiqqandek ko‘rinadi, ertaga esa jurnal bazadan chiqariladi. Natijada tadqiqotchining vaqti, mablag‘i va ilmiy obro‘siga zarar yetadi.
Ayniqsa “100 foiz kafolat”, “reviewsiz chiqaramiz”, “tez indeksatsiya”, “faqat to‘lov qiling”, “tayyor maqolaga hammuallif bo‘lasiz” kabi iboralar jiddiy signal bo‘lishi kerak. Ilmda kafolatli natija emas, sifatli tadqiqot va halol ekspertiza qadrlanadi.
Shuning uchun har bir olim maqola yuborishdan oldin jurnalni Scopus Source List orqali tekshirishi, uning kvartil tarixini, nashriyot obro‘sini, oxirgi yillardagi holatini va discontinued ro‘yxatiga tushmaganini ko‘rib chiqishi zarur.
Ilmiy faoliyatda eng katta xatolardan biri — tez natija ortidan ilmiy reputatsiyani xavf ostiga qo‘yishdir. Maqola chiqishi mumkin, lekin ishonch yo‘qolsa, uni qayta tiklash ancha qiyin. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy 🧬 Biologiya yo‘nalishida Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallarni bilasizmi? Bugungi kunda biologiya, gene
#Scopus_Academy 🧬 Biologiya yo‘nalishida Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallarni bilasizmi? Bugungi kunda biologiya, genetika, mikrobiologiya, ekologiya va biotexnologiya yo‘nalishlarida ilmiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun xalqaro indekslangan jurnallar katta ahamiyat kasb etmoqda. Quyidagi posterda biologiya sohasidagi eng nufuzli Scopus Q1–Q2 jurnallardan ayrimlari jamlandi: 🔹 Nature 🔹 Molecular Biology and Evolution 🔹 The ISME Journal 🔹 New Phytologist 🔹 Journal of Cell Science Posterda har bir jurnalning: ✔ qisqa tavsifi ✔ rasmiy sayti ✔ yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berilgan. Ilmiy maqola topshirishdan oldin jurnalning: 📌 kvartili (Q1/Q2), 📌 indexing holati, 📌 scope va talablarini diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Tarix yo‘nalishida Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Past & Present ▪️sayt: academic.oup.com/past Jour
#Scopus_Academy Tarix yo‘nalishida Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Past & Present ▪️sayt: academic.oup.com/past Journal of Global History ▪️sayt: cambridge.org/core/journals/journal-of-global-history History and Theory ▪️sayt: onlinelibrary.wiley.com/journal/14682303 The Journal of Economic History ▪️sayt: cambridge.org/core/journals/journal-of-economic-history Central Asian Survey ▪️sayt: tandfonline.com/journals/ccas20
⚠️Bu jurnallarda “literature review”, metodologiya va manba tahlili juda qattiq tekshiriladi.
━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Bugungi kunda kuchli ilmiy g‘oya faqat laboratoriyada emas, to‘g‘ri grant va platformani topishda ham yutadi.
#Scopus_Academy Bugungi kunda kuchli ilmiy g‘oya faqat laboratoriyada emas, to‘g‘ri grant va platformani topishda ham yutadi. Ko‘plab tadqiqotchilar “grant topish qiyin” deb o‘ylaydi. Aslida esa dunyoda minglab xalqaro platformalar mavjud. Muhimi — qayerdan izlashni bilish. Ushbu postda grant qidirish, xalqaro loyihalarga chiqish va ilmiy imkoniyatlarni topishda eng foydali TOP-5 platformani jamladik. Ayrimlari orqali Jahon Banki, Horizon Europe, xalqaro fondlar va yirik ilmiy tashkilotlar grantlarini topish mumkin. Bugungi ilm-fanda faqat maqola yozish yetarli emas. Kuchli tadqiqotchi grant topa olishi, loyiha yoza olishi va xalqaro maydonga chiqa olishi kerak. Izlaning. Yozing. Topshiring. Balki sizning bugun rad etilgan g‘oyangiz ertaga dunyo tan oladigan loyiha bo‘lar. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy 👨‍🏫 Ilmiy rahbar tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Ko‘pchilik taniqli professorni tanlashga harakat qiladi. Ammo yaxshi ilmiy rahbar quyidagi sifatlarga ega bo‘ladi: ✅ Vaqt ajratadi. ✅ Tajribasi mavjud. ✅ Xalqaro nashrlari bor. ✅ Konstruktiv tanqid qiladi. ✅ Akademik tarmog‘i keng. ✅ Talabani mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Mashhur bo‘lish boshqa, yaxshi mentor bo‘lish boshqa masala. To‘g‘ri ilmiy rahbar bir necha yillik yo‘lingizni belgilab berishi mumkin. #PhD #Supervisor #Research ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy ⚠️ Predatory jurnalni 1 daqiqada qanday aniqlash mumkin? Soxta jurnallar ilmiy muhitdagi eng xavfli muammolardan biri. Ular odatda tadqiqotchining shoshilinch ehtiyojidan foydalanadi: tez nashr, kam talab, kafolatlangan chop etish. Quyidagi belgilar bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling:
❌ “3 kunda qabul qilamiz” degan va’da. ❌ Tahririyat tarkibi noma’lum. ❌ Jurnal sayti sifatsiz va xatolar bilan to‘la. ❌ “Guaranteed publication” iborasi ishlatiladi. ❌ ISSN va jurnal nomi Scopus bazasida mos kelmaydi. ❌ Reviewer jarayoni haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Tekshirishning eng oddiy yo‘li: Scopus Sources bazasiga kiring, jurnal nomi va ISSN raqamini solishtiring. Predatory jurnalga chiqqan maqola sizga ilmiy obro‘ emas, muammo olib keladi. #PredatoryJournal #Scopus #AcademicEthics ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Natija esa ko‘p jihatdan tadqiqotchilarning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Agar ilmiy jamoatchilik haqiqiy ekspertlarni qo‘llab-quvvatlasa, metodologiya va ilmiy sifatni ustuvor deb bilsa, yangi talablar ilm-fan rivojiga xizmat qiladi. Agar tezkor natija, kafolatlangan nashr va oson yo‘llar izlash davom etsa, ayrimlar uchun Q1–Q2 talablari yangi imkoniyat emas, yangi firibgarlik bozori manbaiga aylanishi mumkin.
Bugungi kunda ilmiy muhit oldida turgan asosiy vazifa maqolalar sonini ko‘paytirish emas. Asosiy vazifa — haqiqiy ekspertiza, ilmiy halollik va sifatli tadqiqot madaniyatini shakllantirishdir. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Q1–Q2 talablari va yangi xavf: ilm-fanda ekspert tanqisligi davri boshlanyaptimi? So‘nggi yillarda O‘zbekiston ilm-fan tizimida xalqaro ilmiy nashrlar bilan bog‘liq talablar bosqichma-bosqich kuchayib bormoqda. PhD va DSc dissertatsiyalari uchun Scopus va Web of Science bazalaridagi jurnallarda maqola chop etish talabi ilmiy natijalarni xalqaro maydonga olib chiqish, tadqiqotlar sifatini oshirish va milliy ilm-fanni global akademik makonga integratsiya qilish nuqtai nazaridan muhim qadam hisoblanadi.
Biroq har qanday yangi talab yangi imkoniyatlar bilan birga yangi xavflarni ham yuzaga chiqaradi. Bugungi kunda ilmiy muhitda kuzatilayotgan eng muhim tendensiyalardan biri shuki, Q1 va Q2 jurnallarga bo‘lgan talab ortishi bilan bir qatorda turli vositachilar, “tezkor nashr” va’dalari, soxta ekspertlar va shubhali kurslar bozori ham sezilarli darajada faollashmoqda. Aslida bu holat faqat O‘zbekistonga xos emas. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida xalqaro bazalarda nashr qilish talabi kuchaygan davrlarda aynan shunday jarayonlar kuzatilgan. Chunki talab ortgan joyda xizmat bozori ham shakllanadi. Muammo shundaki, bu bozorning barcha ishtirokchilari ham halol va professional emas. Bugun ijtimoiy tarmoqlarni kuzatsangiz, deyarli har kuni “100 foiz Q1”, “kafolatlangan nashr”, “2 oyda Scopus”, “maqolangizni chiqarib beramiz”, “ekspertizadan o‘tkazamiz” kabi reklamalarga duch kelish mumkin. Ayrim hollarda bunday xizmatlarni taklif qilayotgan shaxslarning o‘zida ham Scopus yoki Web of Science bazalarida jiddiy ilmiy tajriba mavjud emas. Eng xavfli jihati shundaki, ko‘plab tadqiqotchilar xalqaro nashr tizimining murakkabligini yaxshi bilmagani sababli ana shunday takliflarga ishonib qolmoqda. Vaholanki, Q1 yoki Q2 jurnalga maqola chiqarish oddiy texnik jarayon emas. Bu ilmiy metodologiya, akademik yozuv, xalqaro ilmiy uslub, statistik tahlil, tadqiqot dizayni, etik talablar va sifatli ekspertiza bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Afsuski, ayrim vositachilar tadqiqotchining aynan shu bilimlardagi bo‘shlig‘idan foydalanmoqda. Shu sababli yangi davrda eng katta ehtiyoj maqola chiqarib beruvchilarga emas, balki haqiqiy ekspert va mutaxassislarga bo‘ladi. Bugun tadqiqotchiga eng kerakli inson: jurnal tanlashni biladigan mutaxassis; tadqiqot metodologiyasini tushunadigan ekspert; akademik yozuvni o‘rgata oladigan mentor; ilmiy etikani yaxshi biladigan maslahatchi; xalqaro taqriz jarayonlaridan o‘tgan olimdir. Kelgusi yillarda ilmiy muhitda ikki xil guruh yanada yaqqol ajralib chiqadi. Birinchi guruh — tadqiqotchining qo‘rquvi va shoshilinch ehtiyojidan foydalanadigan vositachilar. Ikkinchi guruh — tadqiqotchiga mustaqil ishlashni, sifatli tadqiqot olib borishni va xalqaro standartlarga mos maqola yozishni o‘rgatadigan haqiqiy ekspertlar. Uzoq muddatli natija esa faqat ikkinchi yo‘l orqali keladi. Yana bir muhim jihat mavjud. Q1 va Q2 talablari kuchaygan sari ayrim tadqiqotchilar “qanday qilib maqola chiqaraman?” degan savolni “qanday qilib yaxshi tadqiqot qilaman?” degan savoldan ustun qo‘ya boshlashi mumkin. Bu esa juda xavfli tendensiya. Chunki kuchli jurnal avvalo kuchli tadqiqotni qidiradi. Kuchli tadqiqot esa metodologiya, ilmiy yangilik va natijalar asosida yaratiladi. Agar tadqiqotning o‘zi zaif bo‘lsa, eng qimmat vositachi ham uni uzoq muddatda qutqara olmaydi. Shuning uchun bugungi sharoitda tadqiqotchilar uchun eng muhim tavsiya ehtiyotkorlikdir. Har qanday kursni tanlashdan oldin: trenerning ilmiy profilini o‘rganish; Scopus Author ID yoki ORCID ma’lumotlarini tekshirish; maqolalarining qaysi jurnallarda chiqqanini ko‘rish; real natijalar va ilmiy tajribani baholash zarur. Har qanday vositachi yoki xizmat taklifiga duch kelganda esa quyidagi savolni berish foydali: “U menga maqola chiqarib bermoqchimi yoki maqola yozishni o‘rgatmoqchimi?” Aynan shu savol ko‘p narsani oydinlashtiradi. Q1 va Q2 talablari milliy ilm-fan uchun yangi bosqichni boshlab berdi. Bu jarayon ilmiy sifatni oshirishi ham mumkin, turli firibgarlik va sun’iy xizmatlar bozorini kengaytirishi ham mumkin.

Milliy gumanitar fanlarda esa Scopus talabini saqlagan holda, fundamental monografiyalar, manbashunoslik ishlari, akademik nashrlar, izohli tarjimalar, ilmiy kataloglar, milliy ilmiy maktabga qo‘shilgan real hissa ham alohida mezon sifatida tan olinishi zarur. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining yangi ilmiy-tanqidiy nashrini tayyorlash yoki jadid matbuoti bo‘yicha yangi manbalarni ilmiy muomalaga kiritish ba’zan bir nechta oddiy Scopus maqolasidan ko‘ra ilm uchun muhimroq bo‘lishi mumkin. Chunki bunday ishlar milliy ilmiy xotira, matnshunoslik va manbashunoslik bazasini boyitadi. Shuning uchun ilmiy baholashda asosiy savol “olim nechta Scopus maqola chiqardi?” degan savol bo‘lib qolmasligi kerak. Asosiy savol: “olim o‘z faniga qanday yangi bilim qo‘shdi?” bo‘lishi lozim. Scopus — vosita. Ilmiy sifat esa maqsad. Agar vosita maqsadga aylanib qolsa, ilm-fan statistik ko‘rsatkichlar ortidan quvishga majbur bo‘ladi. Bunda maqolalar soni ortishi mumkin, lekin ilmiy natijaning mazmuni har doim ham kuchaymaydi. Kelajakdagi adolatli tizim quyidagi tamoyilga tayanishi kerak: xalqaro nashr talabi saqlanadi, lekin u fan sohasining tabiati, nashr madaniyati, ilmiy auditoriyasi va tadqiqot mahsuli shakliga qarab moslashtiriladi. Shunda matematikdan ham, adabiyotshunosdan ham sifat talab qilinadi. Faqat bu sifat bir xil shaklda emas, har bir fan tabiatiga mos shaklda o‘lchanadi. Ilm-fan uchun eng xavfli holat — barcha fanlarni bitta qolipga solishdir. Chunki fanlar har xil savollar beradi, har xil metodlardan foydalanadi va har xil ilmiy mahsulot yaratadi. Shu bois Scopus mezonlari kerak. Ammo ular mexanik, bir xil va ko‘r-ko‘rona emas, balki ilmiy asoslangan, sohalar kesimida farqlangan va adolatli bo‘lishi kerak.
Aks holda biz xalqaro reytinglar uchun ko‘rsatkich yig‘amiz, lekin milliy ilm-fanning ichki sifatini yetarli darajada rivojlantira olmaymiz. Haqiqiy ilmiy siyosat esa raqamlarni emas, bilimning o‘zini markazga qo‘yishi kerak. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

Scopus mezonlari hamma fan uchun bir xil bo‘lishi kerakmi? Bugungi ilmiy muhitda Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish masalasi faqat nashr talabi emas, balki ilmiy faoliyatni baholash mezoniga aylanib bormoqda. Bu jarayon, bir tomondan, milliy ilm-fanni xalqaro akademik makonga olib chiqadi. Ikkinchi tomondan esa muhim savolni yuzaga keltiradi: barcha fan vakillariga bir xil Scopus mezonini qo‘yish adolatlimi? Menimcha, bu savolga oddiy “ha” yoki “yo‘q” deb javob berib bo‘lmaydi. Scopus talabi kerak. Chunki u olimni xalqaro ilmiy muloqotga olib chiqadi, tadqiqot sifatini oshiradi, akademik izolyatsiyani kamaytiradi. Lekin bu talab fan sohalarining tabiati, nashr madaniyati va xalqaro auditoriyasi hisobga olingan holda qo‘yilishi lozim. Masalan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, axborot texnologiyalari kabi sohalarda ilmiy natijani xalqaro jurnalda e’lon qilish tabiiy jarayon hisoblanadi. Bu fanlarda ilmiy til asosan universal. Formula, model, tajriba, algoritm yoki laboratoriya natijasi milliy chegaraga kamroq bog‘liq. Shuning uchun matematik yoki fizik olim uchun Scopus bazasidagi jurnalga maqola tayyorlash tizimli ilmiy faoliyatning muhim qismi hisoblanadi. Biroq o‘zbek adabiyoti, milliy tilshunoslik, folklorshunoslik, manbashunoslik, jadid adabiyoti yoki mahalliy tarix kabi yo‘nalishlarda vaziyat boshqacha. Bu fanlarning asosiy tadqiqot obyekti milliy madaniyat, til, matn, tarixiy xotira va mahalliy manbalar bilan bog‘liq. Masalan, Alisher Navoiy ijodi, Abdulla Qodiriy romanchiligi, Cho‘lpon poetikasi yoki o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha yozilgan chuqur tadqiqotning asosiy auditoriyasi ko‘pincha O‘zbekiston, turkiy dunyo va shu soha bilan maxsus shug‘ullanuvchi tor xalqaro ilmiy doira bo‘ladi.
Shu sababli bunday yo‘nalishlarda Scopus talabi umuman kerak emas, deyish noto‘g‘ri. Ammo ularni fizika yoki informatika bilan bir xil o‘lchash ham ilmiy jihatdan asosli emas. Bu yerda asosiy masala shundaki, fanlarning ilmiy kommunikatsiya bozori bir xil emas. Ayrim sohalarda Q1–Q2 jurnallar soni ko‘p, nashr jarayoni standartlashgan, mavzular global muammolar bilan bevosita bog‘liq. Boshqa sohalarda esa xalqaro jurnal maydoni tor, mavzular ko‘proq milliy kontekstga tayangan, sifatli ilmiy natija ko‘pincha monografiya, tanqidiy matn nashri, izohli manba, akademik lug‘at yoki fundamental tadqiqot shaklida namoyon bo‘ladi. Agar barcha olimlarga bir xil Scopus talabi qo‘yilsa, tizim tashqi ko‘rinishda adolatli ko‘rinishi mumkin. Aslida esa bu “bir xil mezon” turli fanlarga turlicha bosim beradi. Matematik uchun tabiiy bo‘lgan nashr talabi adabiyotshunos uchun sun’iy moslashtirishga aylanishi mumkin. Natijada tadqiqotchi haqiqiy ilmiy muammoga emas, jurnal talabiga mos mavzu tanlashga majbur bo‘ladi. Bu esa ilm-fan uchun xavfli holat. Chunki olim maqola chiqarish uchun tadqiqot qilmasligi kerak. U ilmiy muammoni hal qilish uchun tadqiqot qilishi, maqola esa shu natijaning tabiiy mahsuli bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ayrim gumanitar fan vakillari orasida uchraydigan “bizning sohada Scopus kerak emas” degan qarash ham to‘g‘ri emas. Bugun tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha ham nufuzli xalqaro jurnallar mavjud. Milliy mavzuni xalqaro ilmiy tilda taqdim eta olish ham muhim akademik kompetensiyadir. Demak, muammo Scopus talabining borligida emas. Muammo uni barcha fanlarga bir xil qo‘llashda. Eng maqbul yo‘l — differensial yondashuv. Ya’ni Scopus mezonlari fan sohalarining xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Aniq fanlar, tabiiy fanlar, tibbiyot va texnika yo‘nalishlarida Q1–Q2 jurnallarga urg‘u kuchli bo‘lishi mumkin. Chunki bu sohalarda xalqaro nashr infratuzilmasi keng va ilmiy natijalar global maydonda tez tekshiriladi. Ijtimoiy fanlarda Scopus maqolalari bilan birga xalqaro monografiyalar, siyosiy-huquqiy tahlillar, ma’lumotlar bazasi, empirik tadqiqotlar va xalqaro loyihalardagi ishtirok ham baholanishi kerak.
━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

⚠️ Doktorantlarning eng katta 10 ta xatosi Maqola yozishni kechiktirish. Faqat dissertatsiyaga e’tibor qaratish. Statistik tahlilni oxirga qoldirish. Xalqaro adabiyotlarni kam o‘qish. Ingliz tilini rivojlantirmaslik. Konferensiyalarda qatnashmaslik. Akademik tarmoq yaratmaslik. Reviewer fikrlarini inkor qilish. Predatory jurnallarga ishonish. Vaqtni noto‘g‘ri boshqarish. Doktoranturaning eng katta muammosi bilim emas. Tizimli ishlay olmaslikdir. #PhD #Doktorant #Scopus ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

🎯 Magistrlar uchun xalqaro maqola yozish bo‘yicha yo‘l xaritasi 1-bosqich — Mavzu tanlash. 2-bosqich — Adabiyotlar sharhi. 3-bosqich — Tadqiqot metodologiyasi. 4-bosqich — Ma’lumot yig‘ish. 5-bosqich — Tahlil. 6-bosqich — Maqola yozish. 7-bosqich — Tahrirlash. 8-bosqich — Jurnal tanlash. 9-bosqich — Yuborish. 10-bosqich — Reviewer izohlariga javob. Ko‘pchilik 8-bosqichdan boshlaydi. Natijada vaqt va mablag‘ yo‘qotadi. Yaxshi maqola doimo yaxshi reja bilan boshlanadi. #Magistr #Scopus #Research ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

📚 FIZIKA VA MATEMATIKA BO‘YICHA MAQOLA CHOP ETISH NISBATAN OSONROQ BO‘LGAN BEPUL SCOPUS Q1 JURNALLAR Q1 jurnal topishning o‘zi yetarli emas. Muhimi — jurnal yangi tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘lishi, APC talab qilmasligi va maqola qabul qilish darajasi nisbatan yuqori bo‘lishidir. Quyidagi jurnallar aynan shu mezonlar asosida tanlandi. 🔢 MATEMATIKA
1️⃣ Journal of Mathematical Analysis and Applications (Elsevier) 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-mathematical-analysis-and-applications 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 O‘zbekistonlik matematiklar eng ko‘p maqola chop etayotgan jurnallardan biri. 2️⃣ Applied Mathematics and Computation (Elsevier) 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/applied-mathematics-and-computation 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Amaliy modellashtirish ishlari uchun mos. 3️⃣ Mathematical Methods in the Applied Sciences (Wiley) 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/10991476 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Yosh tadqiqotchilar uchun yaxshi variant. 4️⃣ AIMS Mathematics 🔗 https://www.aimspress.com/journal/Math 📈 Q1 💰 APCsiz maxsus sonlari tez-tez uchraydi. 📌 Son nazariyasi, algebra, analiz va modellashtirish. 5️⃣ Advances in Continuous and Discrete Models 🔗 https://acdmodels.springeropen.com 📈 Q1 💰 Ayrim maqolalar uchun to‘liq chegirmalar mavjud. 📌 Markaziy Osiyo mualliflari faol ishlatmoqda. ⚛️ FIZIKA 6️⃣ Chinese Physics B 🔗 https://cpb.iphy.ac.cn 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Qabul ehtimoli yuqori bo‘lgan fizik jurnallardan biri. 7️⃣ European Physical Journal Plus 🔗 https://epjp.epj.org 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q (subscription variantida) 📌 Eksperimental va nazariy fizika. 8️⃣ Physics Letters A 🔗 https://www.sciencedirect.com/journal/physics-letters-a 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Qisqa maqolalar uchun mos. 9️⃣ Journal of Physics A: Mathematical and Theoretical 🔗 https://iopscience.iop.org/journal/1751-8121 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Matematik fizika bo‘yicha kuchli jurnal. 🔟 International Journal of Modern Physics B 🔗 https://www.worldscientific.com/worldscinet/ijmpb 📈 Q1 💰 APC: Yo‘q 📌 Materialshunoslik va kondensirlangan muhit fizikasi.
QABUL EHTIMOLI NISBATAN YUQORIROQ BO‘LGAN TOP-5
🥇 Chinese Physics B 🥈 Journal of Mathematical Analysis and Applications 🥉 Mathematical Methods in the Applied Sciences 🏅 European Physical Journal Plus 🏅 Applied Mathematics and Computation
⚠️ Amaliy tavsiya: Agar maqsad Q1 maqolani nisbatan tezroq chiqarish bo‘lsa, Nobel darajasidagi yangilik izlash shart emas. Biroq quyidagilar bo‘lishi kerak: ✔️ yangi teorema yoki natija; ✔️ mavjud modelning takomillashtirilgan varianti; ✔️ sonli modellashtirish; ✔️ amaliy qo‘llanma yoki yangi algoritm; ✔️ sifatli ingliz tili. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli

📚 Elsevier, Springer, Wiley yoki Taylor & Francis? Qaysi nashriyot yaxshiroq? Aslida savol noto‘g‘ri. Muhim jihat nashriyot emas, jurnalning sifati va mosligidir.
Elsevier: ✅ Eng yirik ilmiy bazalardan biri. Springer: ✅ Texnika va tabiiy fanlarda kuchli. Wiley: ✅ Tibbiyot va ijtimoiy fanlarda mashhur. Taylor & Francis: ✅ Ijtimoiy va gumanitar fanlarda keng qamrovli.
Maqsad — eng mashhur nashriyotni emas, tadqiqotingizga mos jurnalni topish. #Elsevier #Springer #Scopus ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

🧬 BIOLOGIYA YO‘NALISHI UCHUN MAQOLA CHOP ETISH NISBATAN OSONROQ BO‘LGAN BEPUL SCOPUS Q1 JURNALLAR Ko‘pchilik tadqiqotchilar Q1 jurnal topadi, lekin maqola qabul qildirishda qiynaladi. Quyidagi jurnallar biologiya yo‘nalishida nisbatan faol maqola qabul qiluvchi, xalqaro bazalarda yaxshi indekslangan va ko‘pincha an’anaviy (subscription) model orqali APCsiz nashr qilish imkonini beruvchi variantlar hisoblanadi.
1️⃣ BMC Ecology and Evolution 🔗 https://bmcecolevol.biomedcentral.com 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Evolyutsiya, ekologiya, biologik xilma-xillik 📌 Nisbatan yangi tadqiqotlarni qabul qilish ehtimoli yuqoriroq 2️⃣ Ecology and Evolution 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/20457758 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Ekologiya va evolyutsion biologiya 📌 Ko‘plab xalqaro tadqiqotchilar uchun qulay jurnal 3️⃣ PeerJ 🔗 https://peerj.com 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Umumiy biologiya 📌 Review jarayoni nisbatan tez 4️⃣ Scientific Reports 🔗 https://www.nature.com/srep 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Barcha biologik fanlar 📌 Nature portfelidagi eng mashhur jurnallardan biri 5️⃣ Journal of Evolutionary Biology 🔗 https://academic.oup.com/jeb 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Evolyutsion biologiya 📌 Fundamental tadqiqotlar uchun mos 6️⃣ Molecular Ecology 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/1365294x 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Molekulyar biologiya va genetika 📌 Kuchli ilmiy daraja 7️⃣ Ecology Letters 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/14610248 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Ekologiya 📌 Yuqori impakt-faktorli jurnal 8️⃣ Journal of Ecology 🔗 https://besjournals.onlinelibrary.wiley.com/journal/13652745 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: O‘simliklar ekologiyasi 9️⃣ Evolution 🔗 https://academic.oup.com/evolut 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Evolyutsion biologiya 🔟 Global Ecology and Biogeography 🔗 https://onlinelibrary.wiley.com/journal/14668238 📈 Scopus Q1 🧪 Yo‘nalish: Biogeografiya va ekologiya
⚠️ Muhim tavsiya: Agar maqsad tezroq va qabul ehtimoli yuqoriroq jurnal topish bo‘lsa, biologiya yo‘nalishida quyidagi 3 jurnal ko‘proq tavsiya etiladi: ✅ Ecology and Evolution ✅ PeerJ ✅ Scientific Reports Ular nisbatan keng mavzularni qabul qiladi va ko‘plab yosh tadqiqotchilar ham ushbu jurnallarda maqola chop etmoqda. 📊 Scopus tekshirish: https://www.scopus.com/sources 📊 SJR tekshirish: https://www.scimagojr.com #Biology #Scopus #Q1 #Research #Publication #PhD_Supp0rt #Science #oak ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━