Scopus Academy
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 958
Subscribers
+2624 hours
+947 days
+22930 days
Posts Archive
1 959
#Scopus_Academy
Siyosiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar
Annual Review of Political Science
▪️Sayti: https://www.annualreviews.org/journal/polisci
Comparative Political Studies
▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fcps20
International Organization
▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/international-organization
Governance
▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/governance
Journal of European Public Policy
▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/rjpp20
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
1 959
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
#Scopus_talabi_ilm_nur
Scopus talabi bosqichma-bosqich kuchaytirilmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha nazorat rejasida ilmiy darajalar uchun xalqaro nufuzli jurnallarda maqola chop etish talabi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan.
Rejaga ko‘ra:
2026-yil sentyabridan boshlab DSc dissertatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida kamida 2 ta maqola Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnallarda chop etilishi amaliyoti joriy qilinadi.
2027-yildan boshlab PhD dissertatsiyalari uchun ham qo‘shimcha ravishda kamida 1 ta maqolani Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnalda nashr qilish talabi kiritilishi nazarda tutilmoqda.Bu talablar ilmiy tadqiqot sifatini oshirish, xalqaro ilmiy maydonda O‘zbekiston olimlarining ko‘rinishini kuchaytirish va dissertatsiya natijalarining xalqaro ekspertiza mezonlariga mosligini taʼminlashga qaratilgan. Endi tadqiqotchilar faqat dissertatsiya yozish bilan cheklanmay, ilmiy natijalarini xalqaro akademik jamoatchilikka ham olib chiqishi zarur bo‘ladi. Bu esa ilmiy rahbar, doktorant va oliy taʼlim muassasalari oldiga ancha jiddiy masʼuliyat yuklaydi. ⚠️NAZORAT REJASI BILAN TANISHING ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
1 959
#Scopus_Academy_filologiya
Filologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar
Language Teaching
▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/language-teaching
Journal of Pragmatics
▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-pragmatics
Studies in Second Language Acquisition
▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/studies-in-second-language-acquisition
Modern Language Review
▪️Sayti: https://www.mhra.org.uk/publications/journals/mlr
Literary and Linguistic Computing
▪️Sayti: https://academic.oup.com/dsh
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━
1 959
🎥 Scopusda ilmiy maqola yozishni o‘rganish uchun YouTube kanallar
🇬🇧 Ingliz tilida:
🔗 — Scopus, peer review, journal selection bo‘yicha rasmiy darslar.
🔗 — PhD, literature review va research paper yozish bo‘yicha amaliy videolar.
🔗 — Scopus jurnal tanlash, ilmiy karera va maqola yozish bo‘yicha sodda tushuntirishlar.
🔗 — dissertatsiya, methodology va academic writing bo‘yicha darslar.
🇷🇺 Rus tilida:
🔗 — Scopus va ilmiy nashrlar bo‘yicha rus tilidagi webinarlar.
🔗 — Scopus maqola, jurnal tanlash va publikatsiya bo‘yicha darslar.
🔗 — Web of Science va citation analytics bo‘yicha ruscha darslar.
Magistrant, PhD izlanuvchi va yosh tadqiqotchilar uchun foydali manbalar.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
Himoyadagi eng muhim odam aslida kim?
Aslida opponent degani dissertatsiyadagi eng nozik joylarni ko‘rishi kerak bo‘lgan odam. U ilmiy ishning ichiga fonar tutadi: metod to‘g‘rimi, yangilik bormi, xulosa havoda osilib qolmaganmi, jadvaldagi raqamlar shunchaki bezak emasmi — bularni tekshiradi.
Lekin tan olaylik, bizdagi ayrim himoyalarda opponentlik ba’zan “marosim protokoli”ga o‘xshab qoladi. Taqrizda hamma narsa chiroyli: “dolzarb”, “ilmiy yangilikka ega”, “amaliy ahamiyatli”. Faqat bitta savol qoladi: unda kamchiligi qayerda? Ba’zi taqrizlarni o‘qisangiz, dissertatsiya emas, go‘yoki to‘yga kelgan mehmon haqida iliq tilak yozilgandek.
Shaxsiy kuzatuvim shuki, kuchli opponent dissertantni sindirmaydi, aksincha, ishni pishiradi. Yaxshi opponent tandirdagi nonni tekshirgan novvoyga o‘xshaydi: usti qizaribdi, lekin ichi xom emasmi — shuni ko‘radi. Ilm ham shunday. Tashqi ko‘rinish, muqova, jadval, foizlar chiroyli bo‘lishi mumkin, lekin ichidagi metodologiya xom bo‘lsa, baribir seziladi.
Endi og‘riqli tomoni bor. Ilmiy muhitda opponentlar dissertantdan 100 dollardan 400 dollargacha “xizmat haqi” oladi, degan gaplar yuradi. Buni oqlab bo‘lmaydi. Chunki opponentlik ilmiy halollik mezoni bo‘lishi kerak, norasmiy kelishuv emas. Lekin qarama-qarshi tomonni ham ko‘rish kerak: opponent ham vaqt sarflaydi, dissertatsiyani o‘qiydi, taqriz yozadi, himoyaga boradi. Demak, uning mehnati rasmiy tartibda, ochiq va qonuniy to‘lanishi kerak. Aks holda tizim “rahmat aka” bilan “bir narsa qilib beramiz” oralig‘ida qolib ketaveradi.
Eng xavflisi — opponent tanqid qilmay qo‘ysa, dissertant yutgandek ko‘rinadi, lekin ilm yutqazadi. Chunki ilmiy daraja olgan odam ertaga boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi. Agar uning ishi chala bo‘lsa, bu chala ilm keyingi avlodga ham ko‘chadi.
O’ylab qarasak aslida, opponent dissertantning dushmani emas. U ilmning tormozi ham emas. U sifat nazorati. Faqat bu nazorat chinakam ishlashi uchun opponentga ham rasmiy haq to‘lanishi, undan ham real mas’uliyat talab qilinishi kerak. Yo‘qsa, ilmiy himoya “savol-javob” emas, “hamma rozi, hammaga rahmat” marosimiga aylanib qoladi.
✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
1 959
#Scopus_Academy_falsafa
09.00.00 – Falsafa fanlari inson tafakkuri, jamiyat, axloq, qadriyat, ong va bilish jarayonlarini o‘rganadigan fundamental ilmiy yo‘nalishlardan biridir.
Bugungi globallashuv va sun’iy intellekt davrida falsafiy tafakkurga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Ayniqsa, texnologiya, etik muammolar, inson va jamiyat munosabatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar xalqaro miqyosda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini oshiradi. “Philosophical Review”, “Ethics” va “Synthese” kabi jurnallar falsafa yo‘nalishidagi eng kuchli ilmiy platformalar qatoriga kiradi.
Quyidagi posterda 09.00.00 – Falsafa fanlari bo‘yicha ayrim nufuzli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
"Kun.uz"da yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish yangiliklari va uning ahamiyati mavzusidagi suhbat.
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarga ilm kerakmi yoki obro'?
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
🎓 Scopus bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali platforma — Scopus Academy
Bu platformada qisqa va amaliy mini-kurslar mavjud:
🔹 Scopus search — ilmiy maqolalarni professional qidirish
🔹 Author profiling — muallif profili va citationlarni boshqarish
🔹 Citation tracking — iqtiboslar monitoringi
🔹 Journal analysis — jurnal sifati va metrikalarini tahlil qilish
Kurslar self-paced formatda, ya’ni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qiladi. Ko‘plab kurslar yakunida sertifikat ham beriladi.
🔗 Scopus Academy:
Scopus Academy Courses
🔗 Elsevier Researcher Academy:
Elsevier Researcher Academy
Ayniqsa magistrant, PhD va yosh tadqiqotchilar uchun foydali platformalardan biri. (researcheracademy.elsevier.com)
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
Ilmiy maqolaning eng muhim qismi ko‘pincha PDF’ning ichida emas, “sahna orti”da bo‘ladi.
Biz natijani ko‘ramiz: maqola chiqdi, Q1 ekan, indeksga kiribdi. Lekin ungacha desk reject, peer review, metodologiya tekshiruvi, reviewer izohlari va ba’zan bir necha bor qayta yozish jarayoni bor.
Reviewer faqat grammatikani emas, tadqiqot mantig‘i, manbalar, yangilik va metodologiyani ham ko‘radi.
Shuning uchun maqola chop etilishi — oddiy PDF emas, sabr, strategiya va ilmiy halollik natijasi.
Bizda esa hali ham birinchi savol ko‘pincha shu:
“Necha kunda chiqararkan?”
Aslida savol boshqacha bo‘lishi kerak: “Bu jurnal ilmni rostdan ham tekshiradimi?”
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
⁉️Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish yangiliklari va ularni ahamiyati mavzusidagi podkast
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy_economics
08.00.00 – Iqtisodiyot fanlari bugungi global rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi, xalqaro savdo, investitsiyalar va iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‘liq tadqiqotlar dunyo ilm-fanida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa iqtisodchi tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Journal of Finance”, “Journal of Economic Theory” yoki “World Development” kabi jurnallar iqtisodiyot yo‘nalishidagi eng kuchli ilmiy platformalar qatoriga kiradi.
Quyidagi posterda 08.00.00 – Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ayrim nufuzli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
Scopus va Web of Science haqida gap ketganda, bizda ko‘pincha ikki xil kayfiyat bo‘ladi: biri “Scopus bo‘lsa bo‘ldi” deydi, boshqasi “Yo‘q, WoS bo‘lmasa hisob emas” deydi. Xullas, ilmiy jamoaning o‘ziga yarasha “derbisi”.
Aslida ikkalasi ham xalqaro ilmiy bazalar. Ikkalasi ham jurnal, maqola, iqtibos va muallif reputatsiyasini ko‘rsatadi. Farqi — yondashuvida.
Scopus qamrovi kengroq. Unda jurnallar soni ko‘proq, ayrim yangi yo‘nalishlar tezroq ko‘rinadi. Shu tomondan yosh tadqiqotchi uchun “kirish eshigi” biroz kengroqdek tuyuladi. Web of Science esa tanlovda biroz qattiqroq. Uni ko‘pchilik “filtri maydaroq elak” deb ko‘radi. Lekin bu Scopus yomon degani emas. Scopus’da ham juda kuchli jurnallar bor, WoS’da ham har bir jurnal avtomatik ideal bo‘lib qolmaydi. Shaxsiy kuzatuvim shuki: bizda ko‘p tadqiqotchi avval bazaning nomini so‘raydi, keyin jurnalning o‘zini tekshiradi. Aslida esa teskarisi bo‘lishi kerak. Jurnal kimga tegishli, tahrir hay’ati realmi, maqolalar sifati qanday, bir sonda nechta maqola chiqyapti — shular ham muhim. Scopus va Web of Science — ilmiy yo‘lning svetofori emas, kompasidir. Ular yo‘nalish beradi, lekin qaysi yo‘ldan yurishni tadqiqotchining o‘zi tanlaydi. Eng to‘g‘ri yondashuv shuki: “qaysi baza zo‘r?” deb emas, “qaysi jurnal mening tadqiqotimga mos va ishonchli?” deb so‘rash kerak.Chunki ilmda hamma narsa bazadan boshlanmaydi. Ba’zan hammasi oddiy savoldan boshlanadi: “Bu jurnal rostdan ham ilmiy jurnalmi yoki faqat PDF chiqaradigan sexmi?” ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy_agro
06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari bugungi dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi, agrotexnologiyalar, ekologik barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq strategik yo‘nalishlardan biridir.
Zamonaviy agrar tadqiqotlarda yuqori hosildorlik, tuproq unumdorligi, chorvachilik, seleksiya va agroinnovatsiyalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xalqaro miqyosda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyati va xalqaro ko‘rinishini oshiradi. Ayniqsa, “Agricultural Systems”, “Field Crops Research” va “Scientia Horticulturae” kabi jurnallar agrar sohadagi nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi.
Quyidagi posterda 06.00.00 – Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy_tarix
07.00.00 – Tarix fanlari insoniyat taraqqiyoti, davlatchilik, sivilizatsiyalar, madaniyat va jamiyat rivojlanishining tarixiy jarayonlarini o‘rganadigan fundamental yo‘nalishlardan biridir.
Bugungi kunda tarixshunoslikda manbashunoslik, tarixiy tafakkur, raqamli tarix, geosiyosiy jarayonlar hamda sivilizatsiyalararo aloqalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishi va ilmiy nufuzini oshiradi. Ayniqsa, “Past & Present”, “Journal of Global History” yoki “The Journal of African History” kabi jurnallar tarix yo‘nalishidagi eng nufuzli ilmiy platformalar hisoblanadi.
Quyidagi posterda 07.00.00 – Tarix fanlari bo‘yicha ayrim kuchli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
Scopusda turgan ayrim jurnallar ham bugun “maqola chiqarib berish” biznesiga aylanib qolyapti. Jurnal sotib olinadi, nomi saqlanadi, lekin ichidagi ilmiy muhit o‘zgaradi.
Yosh olimlar bitta narsani unutmasin: “Scopusda bor ekan” degani — xavfsiz degani emas.
Jurnalni tanlashda kamida shularni tekshirish kerak:
— noshiri yaqinda o‘zgarmaganmi; — maqolani 7–10 kunda qabul qilmayaptimi; — bir sonda haddan tashqari ko‘p maqola chiqmayaptimi; — special issue’lari ko‘payib ketmaganmi; — tahrir hay’ati real ishlayaptimi.Hozir eng xavfli gap: “pulini bersak, chiqarkan”. Ilmda bu gap keyin qimmatga tushadi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
05.00.00 – Texnika fanlari bugungi global taraqqiyotning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Sun’iy intellekt, energetika, avtomatlashtirish, robototexnika, qurilish va sanoat texnologiyalaridagi eng muhim ilmiy yutuqlar aynan texnika yo‘nalishidagi tadqiqotlarga tayanadi.
Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini sezilarli oshiradi. Ayniqsa, IEEE va Elsevier platformalaridagi jurnallar texnika fanlari bo‘yicha eng kuchli ilmiy maydonlardan hisoblanadi.
Quyidagi posterda 05.00.00 – Texnika fanlari bo‘yicha ayrim nufuzli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
Geologiya-mineralogiya fanlari bugungi kunda nafaqat foydali qazilmalarni o‘rganish, balki ekologiya, energetika xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi strategik yo‘nalishlarda ham muhim o‘rin tutmoqda.
Ayniqsa, Scopus bazasidagi Q1–Q2 darajadagi jurnallarda maqola chop etish tadqiqotchining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi nufuzini oshiradi. “Earth-Science Reviews”, “Lithos” yoki “Journal of Structural Geology” kabi jurnallar geologiya va mineralogiya yo‘nalishidagi eng kuchli ilmiy platformalardan hisoblanadi.
Quyidagi posterda 04.00.00 – Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha ayrim nufuzli Scopus jurnallari jamlandi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
Anthropological Literature bazasida rasmiy Harvard Library ma’lumotiga ko‘ra 660 ta jurnal va 670 mingdan ortiq maqola bor.
Baza antropologiya, arxeologiya va ularga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarni qamrab oladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
Anthropological Index Online’ ixtisoslashgan bibliografik ma’lumotlar bazasida nechta jurnal bor?
AIO’ning rasmiy “Coverage” sahifasida hozir 782 ta jurnal indekslanishi ko‘rsatilgan. Shundan 496 tasi etnografiya va ijtimoiy-madaniy antropologiya, 158 tasi arxeologiya, 38 tasi jismoniy antropologiya, 8 tasi lingvistika, 82 tasi esa aralash antropologik yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bu yerda kichik aniqlik bor: AIO bosh sahifasida “nearly 650 journals … indexed on a continuing basis” deyiladi, EBSCO sahifasida esa “700 indexed journals” ko‘rsatilgan. Asosiy raqam sifatida AIO’ning o‘z rasmiy “Coverage” sahifasidagi 782 jurnal ko‘rsatkichi olindi, chunki bu sahifa aynan qamrov statistikasi uchun berilgan. AIO bosh sahifasi 2026-yil 8-iyunda yangilangan. AIO’ning o‘zi individual foydalanuvchilar uchun bepul kirish imkonini beradi, ammo muassasalar uchun obuna modeli bor. Lekin AIO jurnal ro‘yxatida “Open Access / APC yo‘q” degan alohida filtr yo‘q; ro‘yxatda asosan jurnal nomi, qisqartmasi va indekslanish statusi beriladi. Shuning uchun bepul jurnallarni AIO ro‘yxati + jurnal rasmiy sahifasi + DOAJ ma’lumotlari orqali tekshirish kerak.━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━
1 959
#Scopus_Academy
Kimyo fanlari bugungi ilm-fanning eng strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Energetika, farmatsevtika, biotexnologiya, ekologiya va yangi materiallar bo‘yicha eng muhim tadqiqotlar aynan kuchli kimyoviy izlanishlarga tayanadi.
Scopus bazasidagi yuqori kvartilli (Q1–Q2) jurnallarda maqola chop etish esa tadqiqotchining xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinishini oshiradi. Ayniqsa, “Chemical Reviews”, “JACS” yoki “Angewandte Chemie” kabi jurnallar dunyoning eng nufuzli ilmiy platformalari hisoblanadi.
Quyidagi posterda kimyo fanlari bo‘yicha kuchli Scopus jurnallarining ayrimlari jamlandi. Tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishiga umid qilamiz.
━━━━━━━━━━━━━━━
🎓 @Scopus_Academy
Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.
━━━━━━━━━━━━━━━
