en
Feedback
Scopus Academy

Scopus Academy

Open in Telegram

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 958
Subscribers
+2624 hours
+947 days
+22930 days
Posts Archive
Avtoreferat yozishda nimalarga e’tibor berish kerak? Avtoreferat dissertatsiyaning qisqa nusxasi emas. U ishning asosiy ilmiy mazmunini ixcham va aniq ko‘rsatadigan hujjatdir. Avtoreferatda quyidagilar aniq bo‘lishi kerak:
Mavzuning dolzarbligi Tadqiqot maqsadi Vazifalar Obyekt va predmet Ilmiy yangilik Amaliy natijalar Himoyaga olib chiqiladigan holatlar Tajriba-sinov natijalari Xulosa va tavsiyalar
Eng katta xato — avtoreferatga umumiy, balandparvoz gaplarni ko‘p yozish. Avtoreferat qisqa, dalilli, ilmiy va himoyaga tayyor matn bo‘lishi kerak. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

Scopus’da maqola chiqaramiz, pul evaziga hammuallif qilib qo‘yamiz, degan takliflardan hushyor bo‘ling.
Bunday narsalar boshida oson yo‘lga o‘xshaydi: pul berasiz, ism-familiyangiz maqolaga kiradi, “ilmiy ish qildim” deb o‘ylaysiz. Lekin keyin jurnal bazadan chiqib ketsa, maqola shubhali bo‘lib qolsa yoki mualliflik masalasi ko‘tarilsa, buning javobgarligi sizning zimmangizda qoladi. Eng yomoni, mavzuga umuman aloqangiz bo‘lmagan maqolada hammuallif bo‘lish — bu ilmga ham, o‘zingizga ham hurmatsizlik. Ilmiy maqola pul bilan sotib olinadigan joy emas. U yerda muallifning real mehnati, fikri va hissasi bo‘lishi kerak. Bugun “Scopus’da chiqadi” degan gapga uchmaslik kerak. Har bir taklifning ortida jurnal sifati, maqola mazmuni va ilmiy etika masalasi turadi.
Pul evaziga hammualliflik — ilm emas, ilm nomidan savdo. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

#Scopus_Academy_kimyo ⁉️Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan TOP kimyo va kimyoviy texnologiya jurnallari 📝 Ilmiy maqola chop etishni rejalashtirayotgan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda kimyo, kimyoviy texnologiya, materialshunoslik, kataliz, noorganik va organik kimyo yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun jurnal tanlash eng muhim bosqichlardan biridir. 🏳️ Scopus va Web of Science bazalarida bir vaqtning o‘zida indekslangan jurnallar yuqori xalqaro nufuz, keng ko‘rinuvchanlik, kuchli iqtibos olish salohiyati va akademik ishonchlilikka ega hisoblanadi.
🏆 TOP Kimyo va Kimyoviy texnologiya jurnallari ☑️ Chemical Reviews – American Chemical Society (Q1, SCIE) 🌐 https://pubs.acs.org/journal/chreay ☑️ Chemical Society Reviews – Royal Society of Chemistry (Q1, SCIE) 🌐 https://pubs.rsc.org/en/journals/journalissues/cs ☑️ Nature Reviews Chemistry – Springer Nature (Q1, SCIE) 🌐 https://www.nature.com/natrevchem/ ☑️ Nature Chemistry – Springer Nature (Q1, SCIE) 🌐 https://www.nature.com/nchem/ ☑️ Angewandte Chemie International Edition – Wiley (Q1, SCIE) 🌐 https://chemistry-europe.onlinelibrary.wiley.com/journal/15213773 ☑️ ACS Catalysis – American Chemical Society (Q1, SCIE) 🌐 https://pubs.acs.org/journal/accacs ☑️ Chem – Cell Press / Elsevier (Q1, SCIE) 🌐 https://www.cell.com/chem/home ☑️ Journal of Catalysis – Elsevier (Q1, SCIE) 🌐 https://www.sciencedirect.com/journal/journal-of-catalysis ☑️ Applied Catalysis B: Environment and Energy – Elsevier (Q1, SCIE) 🌐 https://www.sciencedirect.com/journal/applied-catalysis-b-environment-and-energy ☑️ Industrial & Engineering Chemistry Research – American Chemical Society (Q1, SCIE) 🌐 https://pubs.acs.org/journal/iecred
📌 Nima uchun bunday jurnallarda chop etish muhim? ✅ Yuqori akademik nufuz va xalqaro tan olinishi ✅ Dunyo bo‘ylab tadqiqotchilar orasida keng ko‘rinuvchanlik ✅ Yuqori iqtibos (citation) olish imkoniyati ✅ Grantlar, ilmiy loyihalar va akademik martabada ustunlik ✅ Universitetlar va xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan yuqori baholanish ✅ Scopus va Web of Science bibliometrik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati
📌 Maqola yuborishdan oldin albatta tekshiring: ✔️ Jurnalning amaldagi Scopus va Web of Science indekslanish holati ✔️ Kvartil darajasi (Q1, Q2 va boshqalar) ✔️ Jurnalning Aims & Scope (yo‘nalishi va qamrovi) ✔️ APC (Article Processing Charge) mavjudligi yoki yo‘qligi ✔️ O‘rtacha ko‘rib chiqish (peer review) muddati ✔️ Nashriyotning rasmiy veb-sayti va jurnalning haqiqiyligi ✔️ Predatory (soxta) jurnallar ro‘yxatida emasligini
💡 Eslatma: Jurnalga maqola yuborishdan oldin uning Scopus va Web of Science bazalaridagi joriy holatini rasmiy manbalar orqali tekshirish tavsiya etiladi. Scopus va Web of Science qamrovi hamda kvartillari vaqt o‘tishi bilan yangilanib boradi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

Maqola chiqdimi yoki nom chiqardikmi? Bir siyosatshunos tanishim tibbiyot yo‘nalishida hammuallif bo‘lib maqola chiqaribdi. Keyin jurnal bazadan chiqib ketgan ekan, mendan ranjib so‘raydi: “Endi pulimni qaytarib olish mumkinmi?” Men esa: “Yaxshi bo‘libdi-ku, bu isnotdan qutulibsiz”, dedim. Chunki har bir maqolaning ortida savol turadi: bu mavzuda sizning qanday ilmiy hissangiz bor? Siyosatshunosning tibbiyot maqolasida ismi turishi juda tabiiy ko‘rinmaydi. Fanlararo tadqiqot boshqa, mavzuga aloqasiz joyga ism qo‘shish boshqa. Bugun ko‘pchilik “qaysi bazada chiqdi?” degan savolga yopishib olgan. Asl savol esa boshqa: “Bu maqola sizning ilmiy yo‘lingizga mosmi?” Jurnal bazadan chiqib ketgani pul yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zan puldan ham qimmatroq narsa bor — ilmiy obro‘. Shu tomondan qaraganda, bu voqea zarar emas, vaqtida berilgan ogohlantirish bo‘lishi ham mumkin. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

#nufuzli_scopus #bepul_scopus #q1_q2_scopus ⁉️Quyida bir nechta fanlar bo‘yicha Skopus bazasidagi nufuzli, bepul va ishonchli jurnallar taqdim etilmoqda. Biologiya fanlari - link Sotsiologiya fanlari - link Fizika-matematika fanlari - link Kimyo fanlari - link Geologiya-mineralogiya fanlari - link Texnika fanlari - link Tarix fanlari - link Qishloq xo‘jaligi fanlari - link Iqtisodiyot fanlari - link Falsafa fanlari - link Filologiya fanlari - link Siyosiy fanlar - link Geografiya fanlari - link Yuridik fanlar - link Pedagogika fanlari - link Tibbiyot fanlari - link Farmatsevtika fanlari - link Veterinariya fanlari - link Sanʼatshunoslik fanlari - link Arxitektura fanlari - link Psixologiya fanlari - link Xarbiy fanlar - link ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh

#Scopus_Academy_phd_dsc_qabul_2027 2027-yildan oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul masalasida jiddiy burilish boshlanishi mumkin. Gap faqat kvotani kamaytirish haqida emas. Asosiy masala — ilmiy kadrlar tayyorlashdagi ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqishdir. Ya’ni davlat endi doktorantura o‘rinlarini shunchaki “fanlar bo‘yicha teng taqsimlash” emas, balki mamlakat taraqqiyoti uchun bevosita natija beradigan yo‘nalishlarga ko‘proq yo‘naltirishga urinmoqda.
Agar 2027-yil uchun qabul kvotasi 2026-yilga nisbatan 10 foizga qisqartirilsa, bu qisqarish eng avvalo ijtimoiy-gumanitar fanlar hissasiga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori. Chunki yangi yondashuvda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, energetika, agroinnovatsiyalar, biotexnologiya, suv resurslari, yangi materiallar va seysmik xavfsizlik kabi sohalar ustuvor deb belgilanmoqda. Bu ijtimoiy-gumanitar fanlar kerak emas degani emas. Aksincha, jamiyatni tushunish, boshqaruvni tahlil qilish, ta’lim, huquq, tarix, falsafa va sotsiologiya kabi yo‘nalishlar har qanday modernizatsiyaning intellektual asosidir. Ammo endi bu sohalarda ham “mavzu bor — dissertatsiya bor” tamoyili bilan ish bitmaydi. Yangi davr ijtimoiy-gumanitar tadqiqotlardan ham aniq muammo, aniq metodologiya, aniq natija va amaliy ta’sir talab qiladi. Masalan, falsafa bo‘yicha dissertatsiya yozilsa, u jamiyatdagi real ijtimoiy muammoni tushuntirib bera olishi kerak. Pedagogika bo‘yicha tadqiqot bo‘lsa, auditoriyada, maktabda yoki oliy ta’lim tizimida sezilarli metodik natija berishi kerak. Sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik yoki iqtisod bo‘yicha ishlar esa faqat umumiy gap emas, qaror qabul qilishga xizmat qiladigan tahliliy mahsulotga aylanishi kerak. Shu ma’noda kvotaning qisqarishi ayrimlar uchun xavotirli ko‘rinsa-da, ilmiy muhit uchun foydali signal bo‘lishi mumkin. Chunki ilmda son emas, sifat muhim. Doktorantura davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan ekan, har bir o‘rin ortida jamiyatga qaytadigan ilmiy, texnologik yoki ijtimoiy natija turishi kerak.
Endi biz dissertatsiyani ilmiy daraja olish vositasi sifatida ko‘ramizmi yoki mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan intellektual mahsulot sifatida? Agar ikkinchi yo‘l tanlansa, kvotaning kamayishi emas, ilmiy mas’uliyatning oshishi muhimroq bo‘ladi. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

#Scopus_Academy Xarbiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Strategic Studies ▪️Sayti: https:/
#Scopus_Academy Xarbiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Strategic Studies ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fjss20 Defence and Peace Economics ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/defence-and-peace-economics Marine Policy ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/marine-policy International Journal of Defense and Security ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fdjs20 Journal of Military and Strategic Studies ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fjms20 ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

#Scopus_Academy Psixologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Annual Review of Psychology ▪️Sayti: ht
#Scopus_Academy Psixologiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Annual Review of Psychology ▪️Sayti: https://www.annualreviews.org/journal/psych Psychological Bulletin ▪️Sayti: https://www.apa.org/pubs/journals/bul Journal of Abnormal Psychology ▪️Sayti: https://www.apa.org/pubs/journals/abn Developmental Psychology ▪️Sayti: https://www.apa.org/pubs/journals/dev Journal of Personality and Social Psychology ▪️Sayti: https://www.apa.org/pubs/journals/psp ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

#scopus_may #Scopus_Academy ✅ Scopus ma’lumotlar bazasi yangilandi! 📊 Ushbu jadval faylida Scopus ma’lumotlar bazasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, unda:
🔹 Scopus bazasiga yangi qabul qilingan jurnallar; 🔹 Scopus ma’lumotlar bazasidan chiqarilgan jurnallar; 🔹 Scopus bazasidan chiqarilgan konferensiya materiallari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
🎯 Mazkur ma’lumotlar ilmiy maqola chop etishni rejalashtirayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 🌐 Asos: https://www.elsevier.com/products/scopus/content ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.

“Asoslandi”, “dalillandi”, “isbotlandi”… Ilmiy yangilik shumi? So‘nggi paytlarda dissertatsiyalarni o‘qib borsangiz, ilmiy yangiliklarning katta qismi bir xil qolipda yozilganini ko‘rasiz: asoslandi, dalillandi, isbotlandi. Go‘yo shu uchta so‘z bo‘lmasa, ilmiy ish ham tugallanmaydigandek.
Lekin ilmiy yangilikning vazifasi nimanidir asoslaganingizni aytish emas. Uning vazifasi — siz ilm-fanga nima qo‘shganingizni ko‘rsatish. “Asoslash” tadqiqotchining ish jarayoni. “Dalillash” metodologiyaning talabi. “Isbotlash” esa xulosaning ishonchliligini ta’minlaydi. Bularning hech biri o‘z-o‘zicha ilmiy yangilik emas. Masalan, “metodikaning samaradorligi asoslandi” deyilsa, o‘quvchi bitta savol bilan qoladi: Xo‘sh, yangilik nimada? Qanday metodika yaratildi? Nima taklif qilindi? Nima takomillashtirildi? Nima aniqlandi? Asl ilmiy yangilik shunday yoziladi: yangi model ishlab chiqildi, tasnif taklif qilindi, mexanizm takomillashtirildi, metodika yaratildi, baholash mezonlari ishlab chiqildi, qonuniyat aniqlandi. Bunday jumlalarda tadqiqotchining ilmiy hissasi ko‘rinadi. Afsuski, bizda ba’zan ilmiy yangilik natijani emas, tadqiqot davomida bajarilgan ishni ifodalaydi. Natijada bir sahifalik “ilmiy yangilik”ni o‘qib chiqasiz, lekin muallif ilm-fanga aynan nima qo‘shganini tushunish qiyin bo‘ladi. Ilmiy matnda har bir fe’lning o‘rni bor. Ammo ilmiy yangilik bo‘limida eng muhim savol bitta: “Nima yangi?” Agar shu savolga aniq javob bo‘lmasa, “asoslandi”, “dalillandi”, “isbotlandi” degan so‘zlar matnni ilmiyroq emas, aksincha mavhumroq qilib qo‘yadi.
Balki ilmiy rahbarlar, ekspertlar va tadqiqotchilar sifatida ilmiy yangilikni yozish uslubini ham qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandir. Chunki dissertatsiyaning eng qimmat qismi — muallif nimani asoslagani emas, nimani yangidan yaratganidir. ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Arxitektura fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Building and Environment ▪️Sayti: https
#Scopus_Academy Arxitektura fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Building and Environment ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/building-and-environment Cities ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/cities Landscape and Urban Planning ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/landscape-and-urban-planning Journal of Architectural Education ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/rjae20 Environment and Planning B: Urban Analytics and City Science ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/epb ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Arts and Humanities in Higher Educa
#Scopus_Academy Sanʼatshunoslik fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Arts and Humanities in Higher Education ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/ahh Journal of Aesthetics and Art Criticism ▪️Sayti: https://academic.oup.com/jaac Art History ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/14678365 International Journal of Cultural Studies ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/ics Leonardo ▪️Sayti: https://direct.mit.edu/leon ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Veterinariya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Veterinary Internal Medicin
#Scopus_Academy Veterinariya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Veterinary Internal Medicine ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/19391676 Preventive Veterinary Medicine ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/preventive-veterinary-medicine Veterinary Microbiology ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/veterinary-microbiology Journal of Veterinary Pharmacology and Therapeutics ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/13652885 Frontiers in Veterinary Science ▪️Sayti: https://www.frontiersin.org/journals/veterinary-science ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Farmatsevtika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Controlled Release ▪️Sayti
#Scopus_Academy Farmatsevtika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Journal of Controlled Release ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/journal-of-controlled-release International Journal of Pharmaceutics ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/international-journal-of-pharmaceutics European Journal of Pharmaceutical Sciences ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/european-journal-of-pharmaceutical-sciences Pharmaceutics ▪️Sayti: https://www.mdpi.com/journal/pharmaceutics Drug Discovery Today ▪️Sayti: https://www.journals.elsevier.com/drug-discovery-today ━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

Ilmiy izlanish qilayotganlar uchun eng foydali va ishonchli Telegram kanallar tavsiya etiladi: 🔹 @centerasia_library Markaziy Osiyo va jahon ilm-faniga oid noyob kitoblar, maqolalar va akademik manbalar jamlangan katta elektron kutubxona. Tadqiqotchi uchun kerakli manbani topish imkoniyati yuqori. 🔹 @ILM_NUR_2020 Ilm-fan, grantlar, konferensiyalar, ilmiy bazalar va akademik imkoniyatlar haqida muntazam foydali postlar berib boriladigan faol ilmiy platforma. 🔹 @akademik_burchak OAK, ilmiy darajalar, attestatsiya, akademik tartiblar va ilmiy muhitdagi dolzarb masalalar bo‘yicha analitik va foydali kontent ulashadigan kanal. 🔹 @Scopus_Academy Scopus, Web of Science, xalqaro jurnallar, ilmiy maqola yozish va akademik reputatsiya masalalariga ixtisoslashgan amaliy kanal. 🔹 @Magistr_Hub Magistratura bosqichi uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar, dissertatsiya, ilmiy faoliyat va talabalar uchun foydali materiallar markazi. 🔹 @centerasiastudy Ta’lim, ilmiy tadqiqot va Markaziy Osiyo mavzularidagi tahliliy hamda akademik materiallarni muntazam ulashib boradigan platforma. 🔹 @PhD_Supp0rt PhD, ilmiy maqola, dissertatsiya, snoska, akademik tahlil va ilmiy faoliyatdagi amaliy yordamlar beriladigan foydali kanal.
📌 Ilmiy muhitda sifatli axborot eng katta resurslardan biri. Yaxshi manba esa tadqiqotchining vaqtini ham, natijasini ham tejaydi.

#Scopus_Academy Tibbiyot fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar The Lancet ▪️Sayti: https://www.thelancet.
#Scopus_Academy Tibbiyot fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar The Lancet ▪️Sayti: https://www.thelancet.com New England Journal of Medicine ▪️Sayti: https://www.nejm.org JAMA – Journal of the American Medical Association ▪️Sayti: https://jamanetwork.com/journals/jama The BMJ ▪️Sayti: https://www.bmj.com Clinical Infectious Diseases ▪️Sayti: https://academic.oup.com/cid ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Pedagogika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Educational Research Review ▪️Sayti: htt
#Scopus_Academy Pedagogika fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Educational Research Review ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/educational-research-review Review of Educational Research ▪️Sayti: https://journals.sagepub.com/home/rer Teaching and Teacher Education ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/teaching-and-teacher-education Learning and Instruction ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/learning-and-instruction British Educational Research Journal ▪️Sayti: https://bera-journals.onlinelibrary.wiley.com/journal/14693518 ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Yuridik fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar International & Comparative Law Quarterly ▪️
#Scopus_Academy Yuridik fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar International & Comparative Law Quarterly ▪️Sayti: https://academic.oup.com/iclq European Journal of International Law ▪️Sayti: https://www.ejil.org/ Harvard Law Review ▪️Sayti: https://harvardlawreview.org/ The Modern Law Review ▪️Sayti: https://academic.oup.com/modernlawreview Law & Society Review ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/law-and-society-review ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

Geografiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Progress in Human Geography ▪️Sayti: https://www.science
Geografiya fanlari bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Progress in Human Geography ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/progress-in-human-geography Annals of the American Association of Geographers ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/raag20 Geographical Journal ▪️Sayti: https://academic.oup.com/gj Earth Surface Processes and Landforms ▪️Sayti: https://onlinelibrary.wiley.com/journal/10969837 Landscape and Urban Planning ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/landscape-and-urban-planning ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh. ━━━━━━━━━━━

#Scopus_Academy Siyosiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Annual Review of Political Science ▪️Sayti:
#Scopus_Academy Siyosiy fanlar bo‘yicha Scopus bazasidagi kuchli Q1–Q2 jurnallar Annual Review of Political Science ▪️Sayti: https://www.annualreviews.org/journal/polisci Comparative Political Studies ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/fcps20 International Organization ▪️Sayti: https://www.cambridge.org/core/journals/international-organization Governance ▪️Sayti: https://www.sciencedirect.com/journal/governance Journal of European Public Policy ▪️Sayti: https://www.tandfonline.com/journals/rjpp20 ━━━━━━━━━━━━━━━ 🎓 @Scopus_Academy Ilmiy muvaffaqiyat sari ishonchli hamroh.