Akademik litsey
Open in Telegram
Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 361
Subscribers
-824 hours
-357 days
-21630 days
Posts Archive
1 359
Ўрта махсус таълим ташкилотларида якуний давлат аттестациясини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди.
@litseyhujjat
1 359
❗️Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar berilmoqda
Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y).
✅ Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.
⏳ Yakuniy attestatsiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.
🗒 Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi.
⛔️ Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
@litseyhujjat
1 359
❓Ramazon hayiti va Navro'z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?
🔰 Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 21-mart (shanba) – Navro'z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;
🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.
@litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
27-mavzu: Yil boshi – Navro‘z
Qish qanchalik sovuq bo‘lmasin, bahor baribir keladi. Qanchalik qiyinchilik bo‘lmasin, har doim yangilanish, yangidan boshlash mumkin.
1-kontent: “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!”
2-kontent: Navroʻz bilan bogʻliq 4 qiziqarli fakt – Shomirza Turdimov
3-kontent: Navroʻz tarixi
4-kontent: Soʻqoqdagi koʻk somsa hikoyasi
@litseyhujjat
1 359
❗️2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
1️⃣ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
2️⃣ Matematika x 10 ta;
3️⃣ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
4️⃣ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
5️⃣ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
@litseyhujjat
1 359
❗️2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
@litseyhujjat
1 359
❗️Ўзбекистонда умумхалқ ҳашари ўтказилади
🗓 13–14 март кунлари мамлакатимиз бўйлаб кенг кўламли умумхалқ ҳашари бўлиб ўтади. Вазирлар Маҳкамасининг 72-сонли фармойишига мувофиқ, ҳашарлар “Юрт ободлиги, аввало, маҳалладан бошланади!” шиори остида ташкил этилади.
@litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
25-mavzu: Muqaddas ayol
Jamiyatdagi har bir ayol – kimningdir onasi, kimningdir singlisi, kimningdir eng aziz insoni. Shuning uchun ayolga hurmat – ongli tanlov, qoida emas, insoniy fazilatdir.
1-kontent: “Xotin-qizlar bilan bogʻliq stereotiplarga qarshiman!” – Asila Mirzayorova
2-kontent: Ayollari qadrlangan yurt
3-kontent: “Yoshlikdan maqsadni katta oling!” – E’zoza Karimova
4-kontent: Yurtimizda ayollar nomi bilan bogʻliq yodgorliklar
5-kontent: Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidamiz
@litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
24-mavzu: Bir yaxshilik haqida
Yaxshilik – bu dunyoni o‘zgartirishning eng sodda, eng arzon, eng kuchli yo‘lidir.
1-kontent: Filantroplar haqida eshitganmisiz?
2-kontent: “Yaxshilik qaytadi” – Erkinjon Turdimov
3-kontent: Yaxshilik hikoyalari (2-qism)
4-kontent: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi
5-kontent: Yaxshilik va inson qadri
@litseyhujjat
1 359
Олий малака тоифасига (бош ўқитувчи лавозимига) эга бўлган педагогларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида Ҳукумат қарори чиқди.
Уй ипотека кредити бошланғич бадалининг 25%и субсидия сифатида қоплаб берилади.
@litseyhujjat
1 359
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2026 yildagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-22-son Farmoni
@litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
23-mavzu: Halollik vaksinasi
Halollik vaksinasi – bu tanlovlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiradigan eng kuchli
himoya vositasi.
1-kontent: Avstraliyada oʻqigan yigit hikoyasi (2-qism)
2-kontent: Halollik: nima yaxshi-yu, nima yaxshi emas! (2-qism)
3-kontent: Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻli
4-kontent: Sud zalidan gapiramiz!
5-kontent: Yaxshilik qachondir qaytadi!
6-kontent: Halollik mavzusidagi spektakllar
🎹 @litseyhujjat
1 359
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida Milliy reyting tizimi joriy etiladi (baholash mezonlari)
Muhokamalar portaliga ‘‘Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida’’gi Nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.🎹 @litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
22-mavzu: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi
Buyuklarimiz merosini yaxshilab o‘rganing, Navoiyni o‘qing, “Boburnoma”ni o‘qinglar va xulosa qiling. Bu xulosalar sizlarga hayotda albatta kerak bo‘ladi.
1-kontent: Tarixiy podkast
2-kontent: Alisher Navoiy nomidagi universitetdamiz
3-kontent: Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari
4-kontent: Navoiy va Bobur xotirasiga e’tibor
🎹 @litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
21-mavzu: Sog‘lom hayot
Sport faqat jismni emas, asabni ham tarbiyalaydi. Muntazam harakat qilgan yosh o‘zini tutishni, yutqazishni ham, yutishni ham o‘rganadi.
1-kontent: Davron Fayziyev:
“Hayotingizni sport bilan bogʻlang!”
2-kontent: Oziq-ovqatlar tilga kirganda
3-kontent: “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”
4-kontent: Olimpiya shaharchasidamiz
5-kontent: Sogʻlom hayot tarzi bilan bogʻliq mashhur yolgʻonlar
6-kontent: “Sogʻlom hayot uchun rahmat!”
🎹 @litseyhujjat
1 359
Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori chiqarildi.
Unga koʻra, barcha taʼlim tashkilotlarida har dushanba “Kelajak soati” darsi oʻtiladi.
🎹 @litseyhujjat
1 359
⚡️Endi chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda kamida B1 darajadagi sertifikati borlar ham hujjat topshirishlari mumkin
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2025-yil №578 VM qarori bilan tasdiqlangan)ning 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“12. Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
— B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
— B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.”
Ya'ni o'zgartirishdan avval fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilar edi. Endi shu talab B1 darajasiga tushurildi.
🎹@litseyhujjat
1 359
“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi
20-mavzu: Muvaffaqiyat sirlari. Startap
Har biringizda innovatsiya qilsa bo‘ladigan fikr bor, faqat uni uyg‘otish kerak!
1-kontent: AQSh: Akmal Payziyevning startap evolyutsiyasi
2-kontent: Dunyoga mashhur 5 startaper
3-kontent: Kinotavsiya: startaplar va ixtirolar haqida qiziqarli filmlar
4-kontent: INNO Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkidamiz
🎹@litseyhujjat
1 359
🎗 O‘z hayotini 3 marotaba saqlab qolish imkoni bo‘la turib, o‘limni tanlagan Ustoz...
Biz "O‘qituvchi" deganda kimni tushunamiz? Shunchaki dars o‘tadigan insonnimi yoki o‘quvchisining taqdiri uchun oxirigacha javob beradigan Murabbiynimi? ✍️ Polshalik mashhur pedagog va yozuvchi Yanush Korchakning hayoti bu savolga eng oliy javobdir. U o‘z jonini saqlab qolish uchun berilgan 3 ta imkoniyatni ham rad etdi. Nega? Chunki u shogirdlarini, o‘zining "bolalari"ni tashlab ketolmasdi.Birinchi rad etish:
Ikkinchi jahon urushi arafasida, nemislar Polshani bosib olishidan oldin, do‘stlari unga soxta pasport tayyorlab, xorijga qochishni taklif qilishdi. Korchak esa "Yetimlar uyi"dagi bolalarni taqdir hukmiga tashlab ketishni xiyonat deb bildi va qolmadi.Ikkinchi rad etish:
Varshava gettosida ochlik va o‘lim hukm surayotgan paytda, unga yana yolg‘iz o‘zi qochib ketish imkoni taklif qilindi. U yana rad etdi. Uning o‘rni bolalarning yonida edi.Uchinchi – eng so‘nggi rad etish:
Bu voqea bolalarni Treblinka konslageriga – o‘limga olib ketayotgan poyezd oldida sodir bo‘ldi. Vagonga chiqish oldidan fashist ofitserlaridan biri Korchakni tanib qoladi: — "Qirol Mateush" asarini siz yozganmisiz? Men bu kitobni bolaligimda o‘qiganman. Ajoyib asar. Siz ozod, ketavering, — deydi ofitser. — Bolalar-chi? — so‘raydi Korchak umid bilan. — Bolalar ketadi. Siz esa vagonni hoziroq tark etishingiz mumkin. Shunda buyuk Ustoz ofitserga qarab shunday deydi: — "Siz xato qilyapsiz. Ilojim yo‘q. Hamma odamlar ham yomon emas (men ularni tashlab ketolmayman)". 🚂 Bir necha kundan so‘ng, gaz kamerasiga kirib borayotganda ham u bolalar qo‘rqmasligi uchun ularning qo‘lidan mahkam tutib, ertak aytib berib ketayotgan edi...
*** Yanush Korchakning jasorati shuni ko‘rsatadiki, ustozlik – bu shunchaki kasb emas, bu – Missiya. Bu – mas’uliyat. Biz har kuni sinfga kirganimizda, bizga tikilib turgan ko‘zlarga nafaqat bilim, balki mehr, ishonch va himoya bera olishimiz kerak. Zamonlar o‘zgaradi, lekin haqiqiy Ustozning o‘z o‘quvchilariga bo‘lgan sadoqati o‘zgarmasligi lozim.Bugun o‘zimizga savol beraylik: Biz o‘quvchilarimiz uchun qanchalik fidoyimiz?
1 359
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ 572-СОНЛИ ҚАРОРИ МАКТАБГАЧА, УМУМИЙ ЎРТА, ЎРТА МАХСУС, ПРОФЕССИОНАЛ ВА МАКТАБДАН ТАШҚАРИ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИ ПЕДАГОГ КАДРЛАРИНИ АТТЕСТАЦИЯДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА 24.11.2025 йил 740-сонли қарордаги ўзгаришлар билан
🎹@litseyhujjat
