ar
Feedback
Akademik litsey

Akademik litsey

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta'lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
1 296
المشتركون
-724 ساعات
-757 أيام
-18230 أيام
أرشيف المشاركات
#Mustaqillik35 #Uzb35
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi QaroriПостановление Президента Республики Узбекистан "О подготовке и проведении широкого празднования 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан" @litseyhujjat

Ўрта махсус таълим ташкилотларида якуний давлат аттестациясини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. @litseyhujjat

❗️Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar berilmoqda Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y). ✅ Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi. ⏳ Yakuniy attestatsiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi. 🗒 Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi. ⛔️ Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. @litseyhujjat

Ramazon hayiti va Navro'z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? 🔰 Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi: 🔹 20-mart (juma)Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni; 🔹 21-mart (shanba) – Navro'z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni; 🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni; 🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 27-mavzu: Yil boshi – Navro‘z Qish qanchalik sovuq bo‘lmasin, bahor baribir keladi. Qanchalik qiyinchilik bo‘lmasin, har doim yangilanish, yangidan boshlash mumkin. 1-kontent: “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” 2-kontent: Navroʻz bilan bogʻliq 4 qiziqarli fakt – Shomirza Turdimov 3-kontent: Navroʻz tarixi 4-kontent: Soʻqoqdagi koʻk somsa hikoyasi @litseyhujjat

❗️2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda ba
❗️2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan: 1️⃣ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; 2️⃣ Matematika x 10 ta; 3️⃣ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan: 4️⃣ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball 5️⃣ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball 60 ta savoldan jami 156,0 ball. 2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. @litseyhujjat

❗️2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. @litseyhujjat
❗️2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. @litseyhujjat

❗️Ўзбекистонда умумхалқ ҳашари ўтказилади 🗓 13–14 март кунлари мамлакатимиз бўйлаб кенг кўламли умумхалқ ҳашари бўлиб ўтади.
❗️Ўзбекистонда умумхалқ ҳашари ўтказилади 🗓 13–14 март кунлари мамлакатимиз бўйлаб кенг кўламли умумхалқ ҳашари бўлиб ўтади. Вазирлар Маҳкамасининг 72-сонли фармойишига мувофиқ, ҳашарлар “Юрт ободлиги, аввало, маҳалладан бошланади!” шиори остида ташкил этилади. @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 25-mavzu: Muqaddas ayol Jamiyatdagi har bir ayol – kimningdir onasi, kimningdir singlisi, kimningdir eng aziz insoni. Shuning uchun ayolga hurmat – ongli tanlov, qoida emas, insoniy fazilatdir. 1-kontent: “Xotin-qizlar bilan bogʻliq stereotiplarga qarshiman!” – Asila Mirzayorova 2-kontent: Ayollari qadrlangan yurt 3-kontent: “Yoshlikdan maqsadni katta oling!” – E’zoza Karimova 4-kontent: Yurtimizda ayollar nomi bilan bogʻliq yodgorliklar 5-kontent: Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidamiz @litseyhujjat

Олий малака тоифасига (бош ўқитувчи лавозимига) эга бўлган педагогларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида Ҳукумат қарори чиқди. Уй ипотека кредити бошланғич бадалининг 25%и субсидия сифатида қоплаб берилади. @litseyhujjat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2026 yildagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-22-son Farmoni @litseyhujjat

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida Milliy reyting tizimi joriy etiladi (baholash mezonlari)
Muhokamalar portaliga ‘‘Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida’’gi Nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
🎹 @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 22-mavzu: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi Buyuklarimiz merosini yaxshilab o‘rganing, Navoiyni o‘qing, “Boburnoma”ni o‘qinglar va xulosa qiling. Bu xulosalar sizlarga hayotda albatta kerak bo‘ladi. 1-kontent: Tarixiy podkast 2-kontent: Alisher Navoiy nomidagi universitetdamiz 3-kontent: Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari 4-kontent: Navoiy va Bobur xotirasiga e’tibor
🎹 @litseyhujjat

“Kelajak soati” darsining 9-11-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi 21-mavzu: Sog‘lom hayot Sport faqat jismni emas, asabni ham tarbiyalaydi. Muntazam harakat qilgan yosh o‘zini tutishni, yutqazishni ham, yutishni ham o‘rganadi. 1-kontent: Davron Fayziyev: “Hayotingizni sport bilan bogʻlang!” 2-kontent: Oziq-ovqatlar tilga kirganda 3-kontent: “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” 4-kontent: Olimpiya shaharchasidamiz 5-kontent: Sogʻlom hayot tarzi bilan bogʻliq mashhur yolgʻonlar 6-kontent: “Sogʻlom hayot uchun rahmat!”
🎹 @litseyhujjat

Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori chiqarildi. Unga koʻra, barcha taʼlim tashkilotlarida har dushanba “Kelajak soati” darsi oʻtiladi. 🎹 @litseyhujjat

⚡️Endi chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda kamida B1 darajadagi sertifikati borlar ham hujjat topshirishlari mumkin Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2025-yil №578 VM qarori bilan tasdiqlangan)ning 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi: “12. Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi. Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda: — B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi; — B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.” Ya'ni o'zgartirishdan avval fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilar edi. Endi shu talab B1 darajasiga tushurildi.
🎹@litseyhujjat