en
Feedback
E-note

E-note

Open in Telegram

Fikrlar, qaydlar, eslatmalar. Manba bilan oling.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
475
Subscribers
-124 hours
-47 days
+4430 days
Posts Archive
Jufti bilan barqarordir inson bolasi.

Masaru Ibuka “Uchgacha ayni vaqti” • 3 yoshgacha bolalarda yodlab qolish yaxshi rivojlangan bo’ladi. Bu davrda bolaning miyasi tanqidiy va tahliliy qobiliyatlarga ega bo’lmaydi, shu sababli ota-onalar til, musiqa, o’qish, rasm chizish va odob-axloq qoidalarini singdirishlari kerak. Chunki bu davrda o’rganilgan ma’lumot kelajak bilimlar uchun poydevor bo’ladi. • Bu davrda bolalar o’ta sezgir va ma’lumotni tez qabul qiluvchan bo’lishadi, bu degani ular ko’rganini o’rganishadi. • Ona qo’rqqan narsadan bola ham qo’rqadi. • Kichik farzand uchun aka va opalar ota-onadan ko’ra ta’siri kuchli murabbiydirlar. • Bolaga atrofidagi insonlar qilayotgan ish qiziq. Ovqat yeyapsizmi - unga ham ovqat qiziq, telefon o’ynayapsizmi - telefon. • Bolani biror ishga qiziqtirishning yaxshi usuli: ona ishtiyoq bilan shu ishni bajarishi. Bola rasm chizishga qiziqishini istasangiz, ikkita qog’oz, bo’yoqlar oling va o’zingiz mazza qilib rasm chizing. U ham sizdan ko’rib qiladi. • Bu yaxshi/yomon chiqibdi - baholash, maqtash emas. Natijaga qaratilgan Buni qanday zo’r qilding a - maqtash. Jarayonga qaratilgan. Biz yaxshi yomon deb baholamasligimiz kerak, balki bajarganini o’zini maqtashimiz kerak. Chunki muhimi u bajaryapti, bir kun yaxshi bajarishni ham o’rganadi. • Cheklangan narsa qiziq bo’ladi. Kartochkalardan so’z o’rganishni bolaning o’zi o’ynasa, qiziq emas. 10 ta bola navbati kelishini kutib o’ynasa, qiziq. Demak, bolaga hamma narsani ortiqchasi bilan berish xato. • Nimaga bolaga xohlagan narsasini birdan berib bo’lmaydi? Bola sekin qiziqishni boshladi, ko’proq qiziqsin, cho’qqisiga chiqsin, kutsin - keyin olib berilsa, ishtiyoq bn uzoq payt foydalanadi. Harakat qilishi kerak, chunki inson o’zida yo’q narsani olish uchun ko’p ishga qodir. • O’yinchoqni bola tanlaydi. U uchun ko’chadagi toshlar, barglar va qum qiziq bo’lyaptimi, demak shu narsalar bilan ko’proq tasavvurini ishlatyapti. Uyda biz olib kelgan o’yinchoqni o’ynashga majburlamasligimiz kerak. Pult qiziq bo’lsa, mayli pultni o’ynasin. •

Ish suhbatida nomzodning ota-onasi haqida ham so’rash kerak. Hardworking parents > hardworking children. Hardworking comes by immitation. Those who havent seen it not able to be it.

Insonlarga qilgan yaxshiligingiz o’zingizga qaytishini istasangiz, farzandingizga yaxshilik qiling. Chunki ular qilgan yaxshiligingizni javobsiz qoldirmaydi. Abu Abdulloh Hanafiy

Bir joyda ishlaganingizda rahbaringiz sizga qanday muomala qilishini istaysiz? Xodimlaringizga shunday muomalada bo’ling

photo content

Ahmad Shuqayriy "Habibimiz oramizda bo'lsalar" - Soliha ayol solih eri huzurida podshohning boshidagi tilla toj kabidir. - "...erkaklar ayollarga rahbardirlar" Niso surasi, 34-oyat. "Rahbarlik" deganda er oilaviy mojarolarni hikmat va sabr ila hal etishi, ayolining xato-kamchiliklarini muloyimlik, halimlik, bosiqlik va mehr bilan to'g'ri qabul qilishi, ayoli g'azablanib o'zini yo'qotib qo'yganida yoki biror xatoga, nuqson yoki kamchilikka yo'l qoyganida uni tushunib, xatosini to'g'rilashga yordam berishi ma'nolarini anglatadi. - Xizmatkor yordamchidir, ota-onaning o'rnini bosuvchi emas. Farzand tarbiyasi bilan to'liq ota-ona shug'ullanishi kerak. - Qo'pollik ila yetib bo'lmaydigan sarhadlarni muloyimlik ila egallash mumkin. - "Din to'g'risida sizlar bilan urishmagan va sizlarni o'z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo'lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatli kishilarni sevar" Mumtahana surasi, 8-oyat. - Kamtar bo'lish zaiflik emas. - Alloh taolo bandalariga istaganicha ne'matlar ato etadi. Agar bandalar o'sha ne'matlarga shukr qilmasalar, Alloh u ne'matlarni ular uchun azobga aylantirib qo'yadi. Hasan Basriy rohimahulloh - Insonlarning ortidan gapirishdan ehtiyot bo'ling. Chunki bu darddir. O'zingizga Allohning zikrini lozim tuting, chunki bu shifodir. Umar ibn Xattob r.a. - Alloh taolo zikr qilinadigan joy toza-ozoda bo'lishi lozim. Chunki bunday bo'lishi zikrni va zikr qilinadigan Zotni ulug'lash hisoblanadi. Shuning uchun masjidlarda va muborak joylarda zikr qilish marg'ubdir. Imom Navaviy rohimahulloh - Musulmonlar bir-birini yaxshi ko'rmaguncha hamjihat bo'la olmaydilar. Yaxshi ko'rishning eng quyi darajasi kishining birodariga nisbatan qalbida g'ashlik, gina-kudurati bo'lmasligidir. Eng yuqori darajasi esa birodarini o'zidan ustun qo'yishidir.

Tushunmovchilik - tushunish uchun kalit.

Yaxshi ko’rish, rashk, yomon ko’rish, hurmat qilish, havas qilish - insoniy his-tuyg’ular. Insoniy his-tuyg’ular tabiiy jarayon. E’tiborni ularni tarbiyalashga qaratish kerak. His-tuyg’ularni tarbiyalashdan maqsad - ularni mo’tadil ravishda boshqara bilish. Mo’tadillikda bo’lgan hamma narsa foydali, aksincha bo’lsa zararlari ko’rinadi.

“Ertayu kech Robbing ismini zikr qil. Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbeh ayt” Inson surasi, 25-26-oyatlar

She’riyatga qiziqmas edim, chunki qiziq emas deb o’ylardim. She’riyatni tushunish uchun dunyoqarash, ko’proq bilim kerak ekan aslida. “Ruhlar isyoni” Erkin Vohidov - “Mutolaa”dan eshitib tugatdim hozir. So’zlar go’zal terilgani, 2 qatorga 2 ta kitoblik ma’no sig’dirilgani hayron qoldirdi mani. She’riyat go’zal va nozik san’at ekan. Iste’dodsiz odam bu soha bilan shug’ullana olmaydi.

Dunyoqarash kengligi nega kerak? Tasavvur qiling, siz bir davradasiz. 20 ga yaqin odamlar bor. Ularning har biri o’z sohasida professional. Kimdir shifokor, kimdir injener, kimdir rassom, kimdir dasturchi… Agar siz shu sohalardan bittasini bilsangiz, o’zingizga o’xshagan bitta odam bilan mazza qilib suhbatlashasiz. Ikkitasini bilsangiz, ikkita odam bilan. Shu tarzda ko’payib boradi. Endi tasavvur qiling, 10 lab sohalarga qiziqdingiz, o’rgandingiz. Ham yangi bilim olasiz, ham suhbat uchun mavzular ko’payadi. Mayli hech kim bilan suhbatlashmang. Eng avvalo, o’zingiz uchun qiziqarli bo’lasiz.

“Bolaning tishi yo’qku, qanday yeydi bo’laklarni?” “Nega bo’lakcha qilib berish kerak, pyure yaxshiroqmasmi?” savollariga jav
“Bolaning tishi yo’qku, qanday yeydi bo’laklarni?” “Nega bo’lakcha qilib berish kerak, pyure yaxshiroqmasmi?” savollariga javob.

Baxt hamma uchun har xil o’lchovda. Man baxtni qanoatda deb hisoblayman. Qanoat esa o’ylaganimdan ancha keng tushuncha ekan. Boriga shukur qilish, boriga rozi bo’lish, o’zimizda bor narsalardan xursand bo’lish va ayni daqiqada, ayni holatda yashash baxt. O’ylaganim sari chuqurlashyapman

Ideal yechim yo’q, optimal yechim bor

Go’dak uchun u ko’radigan va ushlaydigan hamma narsa o’ynaydigan buyumdir.

Kitoblar faqat o’qish uchun, kubikchalar esa faqat qurish uchun emas.

Bolaga kitob yoki o’yinchoq o’ynash o’rgatilmaydi. Bu jarayonni ma’lum qoidalarga solish mumkin emas. Bola o’z tasavvurini ishlatib, turli xil yangi o’yinlar kashf qilishi kerak. “Mana bunday o’ynash kerak” deyish esa tasavvurni cheklaydi. Qo’yib bering, istaganicha o’ynasin. Yirtilsa ham, sinsa ham indamang. Hayot uchun xavfli holatlarda shunchaki chalg’itib, olib qo’yasiz.

Masaru Ibuka 3 dan keyin kech Farzandni boshqalarning oldida koyish, tanbeh berish, masxara qilish mumkin emas. Faqat yolg’i qolganda, shunda ham suhbatlashib tushuntirish. Bola siz qilayotgan ishni takrorlagisi keladi. Oshxonadan suv olib kelmoqchi, gazeta o’qimoqchi… yo’q mumkin emas kabi gaplar aytilmaydi. Balki qilib ko’rishiga sharoit qilib beriladi. Yirtsa achinmaydigan eski gazeta beriladi, tushsa sinmaydigan stakan beriladi. Agar qilmoqchi bo’lgan ishiga alternativ variant taklif qilsangiz yaxshi. Agar imkoni bo’lmasa, nima uchun qilish mumkinmasligini tushuntirasiz. Ha bola buni anglay olmasligi mumkin, tovushingizdagi ishontirish unga ijobiy ta’sir qiladi. Bolani biror sohaga qiziqtirmoqchimisiz, o’sha muhitga joylashtiring. Skripka chalishni o’rganishini istaysiz, shunday to’garakka olib borasiz. Boshida bola umuman qiziqmaydi, har xil boshqa ishlarni qiladi. Bu paytda uni majburlash ham kerak emas. Keyin xumori bosiladi va sekin atrofni kuzatadi. Qarasa bolalar skripka chalyapdi, sekin-sekin qiziqa boshlaydi. Ishtiyoqi avjiga chiqqanda o’qituvchi unga ham skripka chalish bo’yicha birinchi darsni o’tadi. Bu tayyorgarlik davri deyiladi va eng uzog’i 6 oy davom etadi. Majburlash - o’qitishning eng yomon yo’li. Yaxshi ko’rsagina ishining ustasi bo’ladi. Yaxshi va yomon - hissiyotlar bilan bog’liq. Bola har safar kitob o’qiganida, unga tezroq o’qishi yoki xato qilmasligi haqida tanbej berilsa - umumiy kitob o’qish jarayonini yomon deb o’ylaydi. Aslida kitob o’qish yaxshi, lekin biz kattalar o’sha jarayonda faqat negativ fidbek berish sabab bolaning miyasiga kitobni yomon deb singdirib qo’yyapmiz. Bir ish yaxshi deb o’rgatmoqchimisiz, shu ishni qilayotganda kuling, ijobiy kayfiyatda ekaningizni bildiring, maqtang. Bu yomon deb tushuntirmoqchimisiz, aksini qiling. Bolalar yaxshi va yomonni yaxshi va yomon so’zlari bilangina tushuna olmaydi, balki hissiyotlar bilan anglaydi. Katta bo’lganida kitobdan nafratlanadigan bolalar - yoshligida kitob o’qiganida negativ emotsiya olgan bolalar

Do’st - sizga yaxshi bo’lishi uchun sizga yomon ko’rinishga va sizga yomon ko’ringan ishni qilishga tayyor. Ochiq aytadi: “Bu yerda xato qildingiz”