طاهرة
Open in Telegram
وَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَاهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
263
Subscribers
-124 hours
+677 days
+6630 days
Posts Archive
263
Repost from Qizingiz yozdi...
Biz nikohga tayyorgarlik desa, to‘yga tayyorgarlikni tushunamiz.
Biz uchun to‘y nikohning bir qismi emas, nikoh TO‘Yning bir qismi hisoblanadi.
Mezonlarimiz teskari.
@qizingizyozdi
263
Ayollikning eng ajoyib tarifini Horun ar Rashidning singlisi Aliya bintu Mahdiy aytganlar: «Biz erimiz uchun ayolmiz, boshqa erkaklar uchun erkakmiz!»
263
Bazen hiçbir şey yolunda gitmiyormuş gibi hissedersin…
Sanki ne kadar uğraşsan da aynı yerde kalıyormuşsun gibi.
İşte tam o anlarda kalbine şunu söyle:
Allah, kulunu unutarak bekletmez.
Belki sabrını büyütüyor,
belki kalbini olgunlaştırıyor,
belki de seni, henüz hazır olmadığın bir nimete hazırlıyordur.
İnsan acele eder,
ama rahmet acele etmez.
Bugün biraz sus.
Biraz dua et.
Biraz da Rabbinin senin için yazdığı güzel sona güven.
Çünkü en güzel hikâyeler,
“Her şey bitti.” dediğimiz yerden sonra başlar.
Allah kalbine ferahlık, ömrüne bereket, yoluna hayır nasip etsin🩵
263
Repost from “Qiz bolasan, jim”
“Qiz bolasan, jim” — zerikkandan yoki kimnidir mazah qilish uchun ochilmadi.
Unda uchrashuvlarda, suhbatlarda, sovchiliklarda yoki oddiy kundalik hayotda qizlarga aytiladigan ba’zi gaplar, qo‘yiladigan talablar va beriladigan farosatsiz savollar yoritiladi.
Kulgili tuyulishi tabiiy, chunki haqiqatda kulgili, lekin bu ayni damda 10 ta qizdan 8 tasi duch kelayotgan, bu qizlardan boshqa hamma uni oddiy deb qabul qiladigan jumlalar. Lekin qizlar uchun hech ham oddiy emas.
“Qiz bola” bo‘lgani uchungina har qanday vaziyatda jim turilmaydi.
• “Qiz bolasan” degan jumla qanchadan-qancha noo‘rin talablarni oqlab kelyapti?
• Qiz bola bo‘lgani uchungina bir kishining fikri 2-darajali bo‘lishi kerakmi?
• Nega jamiyatning boshqa a’zolariga gap ochish mumkin boʻlmagan masalalar qizlarga kelganda tabiiy talabga aylanadi?
Bu yerda bo‘rttirish ham, ataylab yomon koʻrsatish ham yo‘q. Boricha ulashiladi.
O‘qiganingizda kimnidir mazah qilishni emas, avvalo o‘zingizni kuzatishni tavsiya qilaman. Dialoglar, eng avval, boshqalarning emas, o‘zimizning farosatimizni tekshirish uchun.
Xabarlar uchun: t.me/qizbolasanjim?direct
Anonim xabarlar uchun: t.me/QuestionUz_Robot?start=cd6201f264004e
263
“Hayrlisi”—deyish taslim bo‘lishni anglatmaydi.
Bu—odob saqlagan holda, Allohning rejasiga rozi bo‘lishdir.
Bu—«Men ojizman, lekin Sen yaxshiroq bilasan» deyishdir.
Bunday ishonch—qalbni eng og‘ir sinovlarda ham tinchlantiradi.
Shunday ekan, kech bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, ko‘nglingizni og‘ritgan har bir narsa uchun “Hayrlisi shu ekan” deyishni unutmang.
Robbim hech bir bandasiga zulm qilmaydi..
263
Munosabatlar suhbat ustiga quriladi deb oʻylardim.
Ya’ni, har qanday muammoni gaplashib hal qilsa, har qanday yechimga—gaplashib olib kelsa boʻladi degan qattiq ishonchim bor edi.
Hozir esa, munosabat aslida tinglashga, eshitish va tushunishga bo‘lgan istak ustida mustahkam turishini angladim.
Chunki agar, suhbat ichida bir-birini tushunishga intilish, xarakat qilish bo‘lmasa—har qanday gap ma’nosiz, har qanday munosabat—jonsiz bo‘lib qolarkan.
Gaplashish qiyin emas, tushunish qiyin..
263
Hayrlisini so'raganingda qalbning roziligini ham qo'shib so'ragin. Chunki: Ba'zan sen bilan bo'layotgan ishlar sen uchun eng hayrlisi bo'lishi ammo qalbingga xush kelmasligi mumkin. Hayrlisi bo'lsa-yu qalbing rozi bo'lmasa, qiyin.
263
Kayfiyatingiz oʻzingiz uchun qadirli. Shunday ekan, biror kimsa uni bulgʻashiga yoʻl qoʻymang! Oʻzingizga aziyat beradigan narsalardan uzoqda boʻling, ulardan yanada koʻproq aziyat yetishining oldini oling.
Sizga mudom jarohat yetkazadigan aloqalarni saqlab qolishga majbur emassiz, sizni iztirobga soladigan doʻstlikka ham ehtiyojingiz yoʻq! Sizni sigʻdirmaydigan joyga borishga oʻzingizni majburlamang. Allohning yeri keng. Har qanday kishi ham odamlar orasidan oʻziga munosib davrani topa oladi.
Umar ibn Hattob r.a: «Oʻzingga ozor beradigan narsadan uzoqlash deganlar».
263
- Abetdan beri ari yonimdan ketmayabdi chaqvolmasa boʻldi 😟
+ Sizni gul deb oʻylayabdi shekillida 😁
- 🫠
Ukam bilan ).
263
Muhabbatga biror sabab qidirmang, chunki bu - Allohning nematidir!
Alloh ekkan narsani bandasi qoʻporib tashlay olmaydi!
Orada minglab chaqirim masofa boʻlsa ham, qalbinggizga yaqin boʻlgan qancha-qancha qadirdonlaringiz bor! Ammo bir yostiqqa bosh qoʻygan boʻlsa ham, orasida muhabbatdan asar ham boʻlmagan er-xotinlar borligi ham haqiqat..
Bir begona odam bilan koʻrishib qolishingiz, keyin oʻsha odam siz uchun bir umurlik qadirdonga aylanishi mumkun, ammo boshqa bir kishi bilan yillab birga yashashingiz, lekin u qalbingiz ostonasidan hatlab oʻta olmasligi ham mumkun!
Bu narsani sharhlshga aql, tariflashga til ojiz.
Robbimiz buning sirini Oʻz kalomida shunday bayon qiladi : «Yer yuzidagi barcha narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi»
(Anfol surasi, 63-oyat).
263
— tunda turib ibodat ila duo qilayotganlar, tongda ibodat qilib so’ragan duolariga chinakam muhabbatli ekanliklarining isbotidir
أَفْضَلُ الصَّلاَةِ بَعْدَ الصَّلاَةِ الْمَكْتُوبَةِ صَلاَةُ اللَّيْلِ
— «Farz ibodatlaridan keyingi eng afzal ibodat tungi ibodatdir» deganlar Rosullulloh Sollallohu alayhi va sallam.
— Tahajjud ham rizqdir, bo’lib ham eng noyob rizqdir, hammaga ham nasib etilmaydigan...
@vadduha
