en
Feedback
“Qiz bolasan, jim”

“Qiz bolasan, jim”

Open in Telegram

Jimmaymiz!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
683
Subscribers
+624 hours
-17 days
-7530 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
Sep '26
September '26
+26
in 0 channels
August '26
+803
in 9 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
28 September+2
27 September+7
26 September+2
25 September+1
24 September0
23 September+3
22 September0
21 September0
20 September+1
19 September0
18 September0
17 September0
16 September0
15 September0
14 September+1
13 September0
12 September0
11 September+1
10 September+1
09 September0
08 September0
07 September+1
06 September+1
05 September0
04 September+1
03 September+3
02 September0
01 September+1
Channel Posts
📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Men qiz bola emasman.Ya'ni 1 yil turmushda boʻlib ajrashkanman.Ajrashganimdan soʻng oʻzimni sinfdoshim uylanishni taklif qildi va u hali turmush koʻrmagan yigit edi.Bu holatga eng koʻp bildirilgan fikr esa "hafa boʻmaginu endi sen it tekkan owdek gap" degan gapni eshitganman.Farosat oliy ne'mat rostdan ham.

2
“Qiz bolasan, jim” — zerikkandan yoki kimnidir mazah qilish uchun ochilmadi. Unda uchrashuvlarda, suhbatlarda, sovchiliklarda yoki oddiy kundalik hayotda qizlarga aytiladigan ba’zi gaplar, qo‘yiladigan talablar va beriladigan farosatsiz savollar yoritiladi. Kulgili tuyulishi tabiiy, chunki haqiqatda kulgili, lekin bu ayni damda 10 ta qizdan 8 tasi duch kelayotgan, bu qizlardan boshqa hamma uni oddiy deb qabul qiladigan jumlalar. Lekin qizlar uchun hech ham oddiy emas. “Qiz bola” bo‘lgani uchungina har qanday vaziyatda jim turilmaydi. • “Qiz bolasan” degan jumla qanchadan-qancha noo‘rin talablarni oqlab kelyapti? • Qiz bola bo‘lgani uchungina bir kishining fikri 2-darajali bo‘lishi kerakmi? • Nega jamiyatning boshqa a’zolariga gap ochish mumkin boʻlmagan masalalar qizlarga kelganda tabiiy talabga aylanadi? Bu yerda bo‘rttirish ham, ataylab yomon koʻrsatish ham yo‘q. Boricha ulashiladi. O‘qiganingizda kimnidir mazah qilishni emas, avvalo o‘zingizni kuzatishni tavsiya qilaman. Dialoglar, eng avval, boshqalarning emas, o‘zimizning farosatimizni tekshirish uchun. Xabarlar uchun: t.me/qizbolasanjim?direct Anonim xabarlar uchun: t.me/QuestionUz_Robot?start=cd6201f264004e
627
3
👩🏻: Oʻzi toʻy qilish niyatingiz qachonga? 👨🏻: Hali aniqmas, oʻzi umuman bu yilmas, menda umuman uylanish reja yoʻq edi, aslida. 👩🏻: Nimaga unda hozir bu uchrashuvda oʻtiripmiz? 👨🏻: Shu uydagilar qoʻyishmadi, uchrashib koʻr, koʻrib yur, deb. 👩🏻: Salomat boʻling. 👨🏻: Nega darrov xayrlashish? 👩🏻: Siz faqat uydagilaringiz aytgani uchun vaqtimni olib qoʻymay uchrashuv tashkillab chiqqan boʻlsangiz, men hatto unashtirilib qoʻyib xam qanchadir uzoq muddat yurishga qarshiligimni aytdim. Nega men hali rejalarida oila qurish niyati ham boʻlmagan inson bilan xayrlashmasligim kerak?!
2 136
4
Xolalar bilan suhbat: - Endi senga namozxon mullani qayerdan topamiz? - Siz ovora boʻlmang, peshonamga yozilgani oʻzi meni topib keladi. - Yoki masjidlarga e'lon beraylikmi bizda namoz oʻqiydigan qiz bor, deb. - Ha.
2 039
5
Birinchi uchrashuv. Orada 10 yosh farq 👩🏻: Oʻqiyman, Institutga kiraman. 👨🏻: Oʻqib nima qilasiz? Diplom kerak boʻlsa, oʻzim kanstovardan olib, yozib beraman.
1 821
6
👩🏻: Sizningcha ayol kishining o’rni qanday bo’lishi kerak? 👨🏻: Erkak kishidan bir pog’ona past bo’lishi kerak! 👩🏻: Unda o’zingizdan bir pog’ona pastini qidiring. Qizlar ham o’zidan ustunini xohlaydi.
1 863
7
"Yaponiyaga o'qishga topshirganman, 2-3 oyda javobi chiqadi, keyin sizni ham olib ketaman" desin! 1 oyda to'y qilib yuboramiz keyin o'qishga qabul qilishmabdi, deb qo'yadi. ©️ Buvijonlar Alloh yolg'on ustiga quriladigan oiladan saqlasin.
1 672
8
🧕🏽: Тиббиёт талабасиман хали турмуш қуришимга бироз эрта. 👱🏼‍♂️: Хеч қиси йўқ, заочной таълим қиламиз. Keyin esa ayol shifokor yoʻqligini roʻkach qilib, ayolini salomatligini ham bir yoqlik qilishadi.
1 589
9
👨🏻: Keyinchalik ham ishlash niyatingiz bormi?! 👩🏻: Ha, albatta. O’sish, rivojlanishni xohlayman o’z sohamda 👨🏻: Oflaynmi onlaynmi? 👩🏻: Hozirdan biror nima deyolmayman, oflayn ham bo’lishi mumkin, onlayn ham. Ishlashga qarshiligingiz bormi? 👨🏻: Bitta o’g’ilmanda, onamni omonat qilib tashlab ketoladigan inson kerak, doim yonida bo’p turishi kerakda. 👩🏻: Onangiz og’ir kasalmilar?! 👨🏻: Yog’e, issiq jon har xil vaziyat bo’ladi-ku. Kasal bo’lib qolsa, o’zi yo qo’shnisi tez yordam chaqirmasin deymanda… 👩🏻: Mmmm, biz to’g’ri kelmas ekanmiz, uzr.
1 591
10
Hali to'yning xabari yo'q. 👨🏻: To'ydan keyin pul so'rasangiz zerikib qolaman, hamma pul onamda turadi, ulardan olasiz. 👨🏻: Uyga kech kelaman, qayerdasiz deb so'ramaysiz, telefonimni titmaysiz. 🧕🏻: Sabab? 👨🏻: Ha endi o'g'il bola sho'x bo'ladi-da… 🧕🏻: Mayli salomat bo'ling, to'yizga aytmasez ham mayli xafa bo'lmaymiz.
1 310
11
🧑🏻‍🦱: Tasavvur qiling. Bir vaqtning oʻzida bolangiz yigʻlayapti, oshxonada esa ovqat tagi kuyyapti va eringiz sizni chaqirib qoldi. Shunday vaziyatda qiladigan ishlaringiz ketma-ketligi qanday boʻladi? 🧕: Robbimga ishonaman, U meni bunday zoye qilmaydi! Ya’ni mening erim, mening qiyinchiligimni 10x qilmaydi. Agar nogiron boʻlmasa, u yo qozonga yoki bolaga qarashib yuboradi. Oʻtirib olib qiyin vaziyatni battar qiyinlashtiradiganlardan Oʻzi uzoq qilsin. Imkoniyati cheklangan boʻlsa endi bu boshqa masala. Lekin erkaklik "gʻururi" bilan xotinini "boʻysunadiraman" degan tushunchadagi erkak erlikka yaramaydi! © Mehribon Mirzo (muallif nomi bilan qoʻyilishiga roziman 😁)
1 345
12
👩🏻‍🦱: O'qimagan bolaga tegish niyatim yo'q. 👨🏻: Hozirgi zamonda o'qish, diplom muhimmas. Siz bo'lsa, hayotizdagi eng katta xatoni qildingiz, shu sanani eslab qoling, hali mandaka ideal bolani topolmay afsuslanasiz!!!
1 253
13
🍿🍿
1 199
14
👨🏻: Ayolim hamma kabi bo'lishini xohlamiman. 👩🏻: Hmm... Kelajakdagi maqsadlaringiz qanaqa? 👨🏻: Shu-u, hamma bollar kabi yaxshi moshinalar haydash, ota-onamni baxtli qilish…
2 052
15
👩🏻: Hayotdagi eng katta maqsadingiz? 👨🏻: Onamga hamma sharoitlari bilan oshxona qurib berish (lekin Onasi u yerga faqat ovqatlangani kirishi kerak ekan)
1 974
16
Bu xuddi koʻzi, qoʻl-oyogʻi bor insonga qarab “Koʻzi, qoʻli-oyogʻi bor” diyishga oʻxshaydi 😂
2 243
17
Avtobusdagi holat, ikki ayol suhbati (xohlamasam ham eshitishga majbur boʻlganman) : - Oʻgʻlim bor 30 ga chiqadi. Ishlaydi, ichmaydi, chekmaydi, oilam deydi, uyga ikkita non koʻtarib keladi! - Bitta qiz bor, magistraturada oʻqiydi, ushani nomerini beraman! - Aaancha yoshi kotta ekan, lekin oʻgʻlim yaxshi bola, yana yoshroqlaridan yoʻqmi? (Yigitlarda boʻlishi mumkin boʻlgan “eng buyuk” sifatlar shular: ichmaslik, chekmaslik)
2 256
18
Men yana bir boshqa mavzu haqida yozmoqchiman. Aynan oila qurishdek dinimizda qadrlangan ishni boshidanoq o’z tillari, yomon xulqlari bilan bulg’ayotgan “xolalar” haqida yozmoqchiman. Ko’pchilikka ma’lum hozirda “sovchilik” guruhlari avj olgan. Mana shu guruhlarda g’iybatni har turlisini topish mumkun. Yana buni din niqobi bilan oqlashlari juda o’tib tushadi. Kim ularga bir qiz haqida butun omma oldida obro’sini to’kuvchi gaplarni tarqatishga huquq berdi? Buni, albatta, sud bilan ham jazosi bor. Eng jahlimni chiqaradigan nuqtasi bo’lsa, shaxsan o’z onamga haqorat yog’dirishlari. Va bunga haqli ko’rishlarini yagona sababi yoshim. Toʻymadingizmi bu sarqitlardan? Ommaviy shaklda bunga qarshiliklar boshlanishini istayman. Ha, bu holat ommaviy shaklda tus olgan. 25 ga kirib oila qurmadingmi, demak sen bu o’zbek jamiyatida past nazar bilan qaralishga, nuqsonlidek muomala ko’rishga loyiqsan, degan tizim hanuz ishlaydi. Hammaga ishlasaku, mayli derdim, faqat qizlarga ishlaydi. Ikki yelka orasidagini ishlatish vaqti kelmadimi? Yuqoridagi kabi harakatlarni qilayotganlarga “Xudodan qo’rqing”, degan bo’lardim. Siz oddiy qarayotgan bu masala Alloh huzurida juda ogʻir. Hech bir insonning boshqa bir insonning obro’sini to’kishga haqqi yoʻq. U inson qanday ekanligidan qat’iy nazar, musulmonning musulmonga joni, moli va obroʻsi harom qilingan. Haddingizni bilish vaqti keldi! O’qiyotganlarga esa murojaatim, bu ishlarni e’tiborsiz qoldirmang, iltimos. Negaki, bu ko’rinishidan kichik tuyylgan holat boshqa birining butun hayotini zaxarlayapti. Sog’lig’iga ta’sir o’tkazyapti. Befarq qoldirganimiz muddatcha bu hol gazak olishda davom etadi.
2 545
19
- Uyingizni koʻrdik, bizga toʻgʻri kelarkan. Endi qizingizni koʻraylik. - Siz koʻrasizmi? - Oʻgʻlim, ona sizga yoqsa boʻldi, uylanaveraman, dedi.
1 453
20
- Qizim yoʻq deyapti, gap-soʻzlari mos tushmabdi. - Lekin qizingiz oʻgʻlimga toʻgʻri kelibdi, shu asosiysiku. Asosiysi biz sizlarni yoqtiryapmizku, berib yuboravermaysizlarmi?
1 660