en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Open in Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
254
Subscribers
No data24 hours
-227 days
-4730 days
Posts Archive
#mutolaa
+1
#mutolaa

Hammasi juda oddiy boʻlishini xohlayman. Muhabbat bundan mustasno, Muhabbatimiz eng mukammali boʻlsin.
Hammasi juda oddiy boʻlishini xohlayman. Muhabbat bundan mustasno, Muhabbatimiz eng mukammali boʻlsin.

Bu kanal — qalb sofligi, samimiyat, go‘zal fikrlar va hayotiy haqiqatlar maskani. ✨ Bu yerda sizni: 🤍 Qalbga taskin beruvchi so‘zlar. 🕊️ Hayotiy hikmatlar va ibratli satrlar 💫 Ruhiyatga iliqlik bag‘ishlaydigan go‘zal iqtiboslar kutadi. «Soflik» — qalbdan qalbga yetib boradigan samimiy so‘zlar manzili. Kanalimizga xush kelibsiz. Har bir kuningiz ezgulik va xotirjamlikka to‘la bo‘lsin. 🌸

Bilasizmi? Shu so‘z bilan gap boshlashni yaxshi ko‘raman-da. Post yozish, kanal yuritish yaxshi, ammo oxirigacha samimiylikni saqlay olish qiyin. Chunki odam ko‘paygan sari bosim ham ortib boradi. Shunchaki bir gapni ham bekordan- bekorga yozolmay qolasiz. Auditoriyani hisobga olishingiz kerak bo‘ladi. Hamma o‘zi xohlab qo‘shilgan va men ham doim borimcha gapiraman, yozaman. Oldindan kanalda bo‘lmasangiz eski postlarga qarab ko‘ring. Bu dunyoda yaratish qobiliyati hammaga ham berilmagan, hamma ham ko‘ngil odami emas, hamma ham kitob o‘qiy olmaydi. Kam sonli dunyoyimizda o‘zimizni o‘zimiz qadrlaylik. Agar shu yerda bo‘lsangiz demak yuraklar yaqin.

#duo 🌸 Qalbni sobit qilish يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ Ma'nosi: "Ey qalblarni o'zgartirib turuvchi Zot! Qalbimni diningda sobit qil." (Jome' at-Termiziy) 🌸 Foydasiz ilmdan panoh اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عِلْمٍ لَا يَنْفَعُ، وَمِنْ قَلْبٍ لَا يَخْشَعُ، وَمِنْ نَفْسٍ لَا تَشْبَعُ، وَمِنْ دُعَاءٍ لَا يُسْتَجَابُ لَهَا Ma'nosi: "Allohim! Foyda bermaydigan ilmdan, xushu'siz qalbdan, to'ymaydigan nafsdan va ijobat qilinmaydigan duodan Senga panoh so'rayman."

“Zerikarlisan”, deyishadi. Chunki ko‘chama-ko‘cha yurmayman, har kim bilan yaqin bo‘lib gaplashib ketmayman, boshqalarning e’
“Zerikarlisan”, deyishadi. Chunki ko‘chama-ko‘cha yurmayman, har kim bilan yaqin bo‘lib gaplashib ketmayman, boshqalarning e’tiborini tortish uchun o‘zimni har ko‘yga solmayman. Ha, yaxshiman. Men zerikarli odamman va bu menga yoqadi..

Hammasi yaxshi bolishiga ishongan holatda yolni bavom ettiramiz...
Hammasi yaxshi bolishiga ishongan holatda yolni bavom ettiramiz...

Ҳаётда муҳими пул ҳам, шон-шуҳрат ҳам эмас... Энг муҳим нарса — ёнингда сенга чин дилдан содиқ ва ишончли инсоннинг бўлиши. Ш
Ҳаётда муҳими пул ҳам, шон-шуҳрат ҳам эмас... Энг муҳим нарса — ёнингда сенга чин дилдан содиқ ва ишончли инсоннинг бўлиши. Шундай одам ёнингда бўлса, қолганини ҳал қилса бўлади. #nasib @IkromSharif

Qalbim, tinchlan… isyon qilma. Har bir narsaning o‘z vaqti bor. Sen tushunmagan narsalarda ham bir hikmat bordir. Hamma narsani o‘zing istagandek bo‘lishini kutma. Sabr qil qalbim. Alloh sening ichingdagi hech kimga aytolmagan kechinmalaringni ham biladi. Tinchlan, qalbim… tinchlan...Allohga tavakkal qil.

Tanqid qilish oson, o‘zingni tanqid qilish qiyin. Samimiyat haqida yozish oson, samimiy bo‘lish qiyin. Qur’onga muhabbat haqi
Tanqid qilish oson, o‘zingni tanqid qilish qiyin. Samimiyat haqida yozish oson, samimiy bo‘lish qiyin. Qur’onga muhabbat haqida rasmlar joylash oson, chin dildan sevib, uni har kuni o‘qish qiyin. Sadaqa haqida ta’sirli gaplar yozish oson, o‘zingda yo‘q paytda ehson qilish qiyinroq. O‘zing uchun ma’lum bir obraz yaratib olish oson, unga mos bo‘lish qiyin.
o‘zgarish boshqalarni tanqid qilishdan emas, o‘zimizni isloh qilishdan boshlanadi.

Va bu yo‘lda ancha sabrli bo‘lish, o‘z ustimda ishlash va ko‘p narsani o‘rganishim kerak. Chunki ustozlik faqat ilim berish emas, balki bolalarning qalbiga yo‘l topa olish hamdir. 😊☺️

#nasib Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Nasib qilsa, yaqin kelajakda arab tili o‘qituvchisi bo‘lish niyatim bor. Nega
#nasib Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Nasib qilsa, yaqin kelajakda arab tili o‘qituvchisi bo‘lish niyatim bor. Nega aynan bolalar? Chunki ular beg‘ubor, samimiy va qalblari hali juda toza. Ularga ilm o‘rgatish, yangi narsalarni tushuntirish va o‘rganayotganlarini ko‘rib quvonishning o‘zi bir baxt bo‘lsa kerak. Inshaalloh, bir kun kelib men ham bolajonlarga arab tilidan saboq beradigan, ilmni mehr bilan o‘rgatadigan ustoza bo‘laman. 🌷 Alloh niyatlarimizni xayrli qilib, ularga yetishni nasib qilsin. Amin 🌸 @soflik_booklover

Qiz bolani ovqat qilish, uy yumushlarini bilmasligi qoʻrqinchli emas. Aksincha, bundan boshqa hech narsani bilmasligi qoʻrqin
Qiz bolani ovqat qilish, uy yumushlarini bilmasligi qoʻrqinchli emas. Aksincha, bundan boshqa hech narsani bilmasligi qoʻrqinchli...!

Bugun jamiyatimizda qiz bolaning qiymatini taroziga solish qanday ham ayanchli: “Qandaydir taomni yoki qandaydir shirinlik qilishni biladimi? Tikuvchilikni eplay oladimi?” — hamma faqat shuni so‘raydi. Afsuski, hech kim: “Qancha kitob o‘qidi, qaysi ilmlarni o‘rgandi, dunyoqarashi qanday?” deb so‘ramaydi. Go‘yo qiz bola faqat to‘rt devor orasidagi yumushlar uchun yaratilgandek... Ba'zilar esa buni noto‘g‘ri tushunib: “Faqat ilm bilan bo‘ladimi, ovqat qilishni bilmasa unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi” deb o‘zlaricha aqlilik qilishadi. Holbuki, hech kim “ovqat qilmanglar, uyni pokiza tutmanglar” demayapti. Ongi o‘sgan, tafakkuri boyigan, ilm olgan qiz shundoq ham ovqat qilishni ham, uyni pokiza tutishni ham, har qanday ishning ko‘zini topishni ham hammadan mukammal eplaydi! Farq shundaki, uning uchun bu majburiy qullik emas, ongli va go‘zal san’atga aylanadi. Tarix ham hech qachon uyni eng sarishta tutgan yoki eng mazali shirinlik pishirgan ayolni dunyoga namuna qilib ko'rsatmagan. Tarix tafakkuri bilan olamni hayratga solgan, ilmida daryo bo'lib, butun boshli mutafakkirlarni tarbiyalab yetishtirgan buyuk onalarni ehtirom bilan eslaydi. Oy-yuzligim, sening qanotlaringni faqat supurgi va idish-tovoq bilan cheklab qo'yishlariga yo'l qo'yma. Oshxona yumushlari ham, uy ishlari ham qochib ketmaydi — ularni istalgan vaqtda bir zumda o'rganasan. Lekin vaqt o'tib ketyapti. Hozirgi yoshing — ongni ilm bilan to'ldirish, dunyoni tanish va kitoblar bilan qanot yozish uchun eng qimmatli fursat. Chunki ertaga sen dunyoga kelajak farzandlarga faqat taom emas, fikr, dunyoqarash va yuksak ruh berishing kerak bo'ladi. Avval ongni boyitaylik, qolganiga vaqt yetadi!

Toma-toma ko‘l bo‘lur, Tommay qolsa, cho‘l bo‘lur. oz-ozdan yig‘ilgan narsa ko‘payib, katta natijaga aylanadi. Sabr bilan qilingan kichik harakatlar ham oxir-oqibat samara beradi. 📚Ilm olishda ham davomiylik muhim. Har kuni ozgina bo‘lsa ham o‘rganilgan bilim vaqt o‘tishi bilan ko‘payadi. Muhimi, ko‘p o‘rganish emas, o‘rganishdan to‘xtamaslikdir. @soflik_booklover

Oʻzi yoʻqni koʻzi yoʻq. Tanasi boshqa dard bilmas. #Kun maqoli😁

Chin dildan niyat qilingan orzular bir kun. Albatta haqiqatga aylanadi... 🕊

Nega buncha g'amginsan? Qayg'urmoqchi bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, dushanba, payshanba ro'zalarini tutolmayotganing uchun qayg'urgin. G'amgin bo'lsang, bugun Alloh uchun hech narsa qilmaganliging uchun, Alloh va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni mamnun qilolmaganliging uchun g'amgin bo'l. Qayg'ursang, bir faqirga yordam berolmaganliging uchun, bir yetimning qo'lidan tutolmaganliging uchun qayg'ur. G'amgin bo'lsang, dunyoda bir burda non topolmayotgan, kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar uchun g'am chek. Qayg'ursang, Qur'oni Karimni o'qib, uni hayotingga tatbiq qilolmayotganing uchun qayg'ur. G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni joningdan, molingdan, yaqinlaring, tug'ishganlaringdan ortiq sevolmaganliging uchun g'am chek! Qayg'ursang, haqiqiy ma'nodagi banda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga chin ummat bo'lolmayotganing uchun qayg'ur. G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bo'lolmasligingdan qo'rqib g'am chek! Balki "Bo'ldi, bas!" dersan?
Iymon va huzun kitobidan