es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Ir al canal en Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
254
Suscriptores
-1424 horas
-327 días
-4830 días
Archivo de publicaciones
Bugun jamiyatimizda qiz bolaning qiymatini taroziga solish qanday ham ayanchli: “Qandaydir taomni yoki qandaydir shirinlik qilishni biladimi? Tikuvchilikni eplay oladimi?” — hamma faqat shuni so‘raydi. Afsuski, hech kim: “Qancha kitob o‘qidi, qaysi ilmlarni o‘rgandi, dunyoqarashi qanday?” deb so‘ramaydi. Go‘yo qiz bola faqat to‘rt devor orasidagi yumushlar uchun yaratilgandek... Ba'zilar esa buni noto‘g‘ri tushunib: “Faqat ilm bilan bo‘ladimi, ovqat qilishni bilmasa unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi” deb o‘zlaricha aqlilik qilishadi. Holbuki, hech kim “ovqat qilmanglar, uyni pokiza tutmanglar” demayapti. Ongi o‘sgan, tafakkuri boyigan, ilm olgan qiz shundoq ham ovqat qilishni ham, uyni pokiza tutishni ham, har qanday ishning ko‘zini topishni ham hammadan mukammal eplaydi! Farq shundaki, uning uchun bu majburiy qullik emas, ongli va go‘zal san’atga aylanadi. Tarix ham hech qachon uyni eng sarishta tutgan yoki eng mazali shirinlik pishirgan ayolni dunyoga namuna qilib ko'rsatmagan. Tarix tafakkuri bilan olamni hayratga solgan, ilmida daryo bo'lib, butun boshli mutafakkirlarni tarbiyalab yetishtirgan buyuk onalarni ehtirom bilan eslaydi. Oy-yuzligim, sening qanotlaringni faqat supurgi va idish-tovoq bilan cheklab qo'yishlariga yo'l qo'yma. Oshxona yumushlari ham, uy ishlari ham qochib ketmaydi — ularni istalgan vaqtda bir zumda o'rganasan. Lekin vaqt o'tib ketyapti. Hozirgi yoshing — ongni ilm bilan to'ldirish, dunyoni tanish va kitoblar bilan qanot yozish uchun eng qimmatli fursat. Chunki ertaga sen dunyoga kelajak farzandlarga faqat taom emas, fikr, dunyoqarash va yuksak ruh berishing kerak bo'ladi. Avval ongni boyitaylik, qolganiga vaqt yetadi!

Toma-toma ko‘l bo‘lur, Tommay qolsa, cho‘l bo‘lur. oz-ozdan yig‘ilgan narsa ko‘payib, katta natijaga aylanadi. Sabr bilan qilingan kichik harakatlar ham oxir-oqibat samara beradi. 📚Ilm olishda ham davomiylik muhim. Har kuni ozgina bo‘lsa ham o‘rganilgan bilim vaqt o‘tishi bilan ko‘payadi. Muhimi, ko‘p o‘rganish emas, o‘rganishdan to‘xtamaslikdir. @soflik_booklover

Oʻzi yoʻqni koʻzi yoʻq. Tanasi boshqa dard bilmas. #Kun maqoli😁

Chin dildan niyat qilingan orzular bir kun. Albatta haqiqatga aylanadi... 🕊

Nega buncha g'amginsan? Qayg'urmoqchi bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, dushanba, payshanba ro'zalarini tutolmayotganing uchun qayg'urgin. G'amgin bo'lsang, bugun Alloh uchun hech narsa qilmaganliging uchun, Alloh va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni mamnun qilolmaganliging uchun g'amgin bo'l. Qayg'ursang, bir faqirga yordam berolmaganliging uchun, bir yetimning qo'lidan tutolmaganliging uchun qayg'ur. G'amgin bo'lsang, dunyoda bir burda non topolmayotgan, kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar uchun g'am chek. Qayg'ursang, Qur'oni Karimni o'qib, uni hayotingga tatbiq qilolmayotganing uchun qayg'ur. G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni joningdan, molingdan, yaqinlaring, tug'ishganlaringdan ortiq sevolmaganliging uchun g'am chek! Qayg'ursang, haqiqiy ma'nodagi banda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga chin ummat bo'lolmayotganing uchun qayg'ur. G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bo'lolmasligingdan qo'rqib g'am chek! Balki "Bo'ldi, bas!" dersan?
Iymon va huzun kitobidan

Ko‘ngil juda nozikdir, Uni birgina yomon so‘z bilan sindirish mumkin. Birgina yaxshi so‘z bilan Gullatib yashnatish mumkin. K
Ko‘ngil juda nozikdir, Uni birgina yomon so‘z bilan sindirish mumkin. Birgina yaxshi so‘z bilan Gullatib yashnatish mumkin. Ko‘ngil sinsa qayta tiklanadimi?... Ammo bir narsani juda yaxshi bilaman, Allohni kalomi singan ko‘ngilga shifodir, HAQIQIY TASKINDIR...

“O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga ta’sir etadi. Go‘zal o‘ylaginki, go‘zal yashagin.” Mavlono
+1
“O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga ta’sir etadi. Go‘zal o‘ylaginki, go‘zal yashagin.” Mavlono Rumiy🍃

Mensaje de video00:12

Mensaje de voz00:30

Mensaje de voz00:53

Mensaje de video00:18

...✏ Qalamda ishlashni endi o‘rganayapman. Har bir chiziq, har bir harf — sabr va mashq talab qiladi. Ammo ba’zan inson aynan o‘zi yoqtirgan mashg‘ulotlarda taskin topadi. Balki xattotlik ham men uchun shunday bir terapiyadir — fikrlarni jamlash, qalbni tinchlantirish va o‘zim bilan yolg‘iz qolish uchun bir bahona...😶 Hali o‘rganish jarayonidaman...🪶

Terapiya🖋 Ba’zan inson ruhiga orom beradigan, ko‘ngli taskin topadigan mashg‘ulotlar bilan ham shug‘ullanib turishi kerak. C
+1
Terapiya🖋 Ba’zan inson ruhiga orom beradigan, ko‘ngli taskin topadigan mashg‘ulotlar bilan ham shug‘ullanib turishi kerak. Chunki hayot faqat vazifalar, mas’uliyat va majburiyatlardan iborat emas. Ba’zan o‘zingni unutmaslik uchun ham o‘zing yoqtirgan narsalarga vaqt ajratishing kerak...

Ey sukut...

نحن. . . 😃💞
نحن. . . 😃💞

#iqtibos
"Shukr ne’matning jilovidir, uni mahkam saqlagin. Agar jilov yechilib ketsa, ne’matlar har tomonga sochilib ketadi". © Shayx Muhammad G‘azzoliy
Allohim, bizlarga bergan barcha ne’matlaring uchun Senga beadad hamd va shukrlar bo‘lsin. Bizga ato etgan ne’matlaringni barakali va ziyoda qilgin, ularni qadrlashni va to‘g‘ri yo‘lda ishlatishni nasib etgin. آمين

U insonning kundalik hayotiga, uyqusiga, o‘qishiga va kayfiyatiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. #Migren. Migren — bosh og‘rig‘ining takrorlanib turadigan, asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklaridan biri. U shunchaki boshning og‘rishi emas, balki ba’zan kundalik faoliyatni ham qiyinlashtiradigan holatdir. Og‘riq: ko‘pincha boshning bir tomonida, urib yoki lo‘qillab og‘rishi mumkin. Biroq ikki tomonda ham kuzatiladi. Davomiyligi: davolanmagan migren xuruji odatda 4–72 soat davom etadi. Ayrim odamlarda xurujlar tez-tez takrorlanishi mumkin. Belgilar: ko‘ngil aynishi, qusish, yorug‘lik va tovushga sezgirlik. Kundalik hayotga ta’siri: diqqatni jamlash, o‘qish, ishlash va dam olish qiyinlashishi mumkin. Sabablari va qo‘zg‘atuvchilari: irsiy moyillik, uyqu tartibining buzilishi, stress, gormonal o‘zgarishlar va ayrim boshqa omillar migren xurujlariga ta’sir qilishi mumkin. — Aura: ayrim odamlarda bosh og‘rig‘idan oldin yoki uning davomida ko‘z oldida chaqnashlar, ko‘rishdagi o‘zgarishlar, uvishish yoki gapirish qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.

Migren oddiy bosh ogʻrigi emas. Shunchaki oʻzidan oʻzi oʻtib ham ketmay doimiy bosh ogʻrigʻi bilan yashash esa oson emas.
+5
Migren oddiy bosh ogʻrigi emas. Shunchaki oʻzidan oʻzi oʻtib ham ketmay doimiy bosh ogʻrigʻi bilan yashash esa oson emas.