𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
Відкрити в Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
254
Підписники
-1424 години
-327 днів
-4830 днів
Архів дописів
254
Qalbim, tinchlan… isyon qilma.
Har bir narsaning o‘z vaqti bor. Sen tushunmagan narsalarda ham bir hikmat bordir. Hamma narsani o‘zing istagandek bo‘lishini kutma.
Sabr qil qalbim. Alloh sening ichingdagi hech kimga aytolmagan kechinmalaringni ham biladi.
Tinchlan, qalbim… tinchlan...Allohga tavakkal qil.
254
Tanqid qilish oson, o‘zingni tanqid qilish qiyin.
Samimiyat haqida yozish oson, samimiy bo‘lish qiyin.
Qur’onga muhabbat haqida rasmlar joylash oson, chin dildan sevib, uni har kuni o‘qish qiyin.
Sadaqa haqida ta’sirli gaplar yozish oson, o‘zingda yo‘q paytda ehson qilish qiyinroq.
O‘zing uchun ma’lum bir obraz yaratib olish oson, unga mos bo‘lish qiyin.
o‘zgarish boshqalarni tanqid qilishdan emas, o‘zimizni isloh qilishdan boshlanadi.
254
Va bu yo‘lda ancha sabrli bo‘lish, o‘z ustimda ishlash va ko‘p narsani o‘rganishim kerak. Chunki ustozlik faqat ilim berish emas, balki bolalarning qalbiga yo‘l topa olish hamdir. 😊☺️
254
#nasib
Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman.
Nasib qilsa, yaqin kelajakda arab tili o‘qituvchisi bo‘lish niyatim bor.
Nega aynan bolalar? Chunki ular beg‘ubor, samimiy va qalblari hali juda toza. Ularga ilm o‘rgatish, yangi narsalarni tushuntirish va o‘rganayotganlarini ko‘rib quvonishning o‘zi bir baxt bo‘lsa kerak.
Inshaalloh, bir kun kelib men ham bolajonlarga arab tilidan saboq beradigan, ilmni mehr bilan o‘rgatadigan ustoza bo‘laman. 🌷
Alloh niyatlarimizni xayrli qilib, ularga yetishni nasib qilsin.
Amin 🌸
@soflik_booklover
254
Qiz bolani ovqat qilish, uy yumushlarini bilmasligi qoʻrqinchli emas. Aksincha, bundan boshqa hech narsani bilmasligi qoʻrqinchli...!
254
Bugun jamiyatimizda qiz bolaning qiymatini taroziga solish qanday ham ayanchli: “Qandaydir taomni yoki qandaydir shirinlik qilishni biladimi? Tikuvchilikni eplay oladimi?” — hamma faqat shuni so‘raydi. Afsuski, hech kim: “Qancha kitob o‘qidi, qaysi ilmlarni o‘rgandi, dunyoqarashi qanday?” deb so‘ramaydi. Go‘yo qiz bola faqat to‘rt devor orasidagi yumushlar uchun yaratilgandek...
Ba'zilar esa buni noto‘g‘ri tushunib: “Faqat ilm bilan bo‘ladimi, ovqat qilishni bilmasa unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi” deb o‘zlaricha aqlilik qilishadi. Holbuki, hech kim “ovqat qilmanglar, uyni pokiza tutmanglar” demayapti. Ongi o‘sgan, tafakkuri boyigan, ilm olgan qiz shundoq ham ovqat qilishni ham, uyni pokiza tutishni ham, har qanday ishning ko‘zini topishni ham hammadan mukammal eplaydi! Farq shundaki, uning uchun bu majburiy qullik emas, ongli va go‘zal san’atga aylanadi.
Tarix ham hech qachon uyni eng sarishta tutgan yoki eng mazali shirinlik pishirgan ayolni dunyoga namuna qilib ko'rsatmagan. Tarix tafakkuri bilan olamni hayratga solgan, ilmida daryo bo'lib, butun boshli mutafakkirlarni tarbiyalab yetishtirgan buyuk onalarni ehtirom bilan eslaydi.
Oy-yuzligim, sening qanotlaringni faqat supurgi va idish-tovoq bilan cheklab qo'yishlariga yo'l qo'yma. Oshxona yumushlari ham, uy ishlari ham qochib ketmaydi — ularni istalgan vaqtda bir zumda o'rganasan. Lekin vaqt o'tib ketyapti. Hozirgi yoshing — ongni ilm bilan to'ldirish, dunyoni tanish va kitoblar bilan qanot yozish uchun eng qimmatli fursat.
Chunki ertaga sen dunyoga kelajak farzandlarga faqat taom emas, fikr, dunyoqarash va yuksak ruh berishing kerak bo'ladi. Avval ongni boyitaylik, qolganiga vaqt yetadi!
254
Toma-toma ko‘l bo‘lur,
Tommay qolsa, cho‘l bo‘lur.
oz-ozdan yig‘ilgan narsa ko‘payib, katta natijaga aylanadi. Sabr bilan qilingan kichik harakatlar ham oxir-oqibat samara beradi.
📚Ilm olishda ham davomiylik muhim. Har kuni ozgina bo‘lsa ham o‘rganilgan bilim vaqt o‘tishi bilan ko‘payadi. Muhimi, ko‘p o‘rganish emas, o‘rganishdan to‘xtamaslikdir.
@soflik_booklover
254
Nega buncha g'amginsan?
Qayg'urmoqchi bo'lsang, namozni qazo qilganing uchun, tahajjudga turolmayotganing uchun, birovga ozor berganing uchun, dushanba, payshanba ro'zalarini tutolmayotganing uchun qayg'urgin.
G'amgin bo'lsang, bugun Alloh uchun hech narsa qilmaganliging uchun, Alloh va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni mamnun qilolmaganliging uchun g'amgin bo'l.
Qayg'ursang, bir faqirga yordam berolmaganliging uchun, bir yetimning qo'lidan tutolmaganliging uchun qayg'ur.
G'amgin bo'lsang, dunyoda bir burda non topolmayotgan, kasalliklar bilan kurashayotgan insonlar uchun g'am chek.
Qayg'ursang, Qur'oni Karimni o'qib, uni hayotingga tatbiq qilolmayotganing uchun qayg'ur.
G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni joningdan, molingdan, yaqinlaring, tug'ishganlaringdan ortiq sevolmaganliging uchun g'am chek!
Qayg'ursang, haqiqiy ma'nodagi banda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga chin ummat bo'lolmayotganing uchun qayg'ur.
G'am cheksang, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bo'lolmasligingdan qo'rqib g'am chek!
Balki "Bo'ldi, bas!" dersan?
Iymon va huzun kitobidan
254
Ko‘ngil juda nozikdir,
Uni birgina yomon so‘z bilan sindirish mumkin.
Birgina yaxshi so‘z bilan
Gullatib yashnatish mumkin.
Ko‘ngil sinsa qayta tiklanadimi?...
Ammo bir narsani juda yaxshi bilaman,
Allohni kalomi singan ko‘ngilga shifodir,
HAQIQIY TASKINDIR...
254
+1
“O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga ta’sir etadi.
Go‘zal o‘ylaginki, go‘zal yashagin.”
Mavlono Rumiy🍃
254
...✏
Qalamda ishlashni endi o‘rganayapman. Har bir chiziq, har bir harf — sabr va mashq talab qiladi. Ammo ba’zan inson aynan o‘zi yoqtirgan mashg‘ulotlarda taskin topadi.
Balki xattotlik ham men uchun shunday bir terapiyadir — fikrlarni jamlash, qalbni tinchlantirish va o‘zim bilan yolg‘iz qolish uchun bir bahona...😶
Hali o‘rganish jarayonidaman...🪶
