en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels πŸ‘‰ If you want to see the tag, subscribe

Xayol chechaklari

Xayol chechaklari

Open in Telegram

Go'zal niyatlarning ro'yobi bo'lib, Kuzakda gullaydi mening bog'larim... Umida Abduhakimova

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
988
Subscribers
+2324 hours
+1027 days
+40730 days
Posts Archive
Repost from ISTIQBOL MEDIA
photo content

Fasl tanlamaymiz, hammasi bahor, Qovjiraydi faqat yolgΚ»on-yashiqlar. Matnazar Abdulhakim @xayol_chechaklari

Hushingga keltirib qoβ€˜yar tarsaki, Qachon tushganini anglamaysan ham... Ichingda nimadir toβ€˜lmaydi mudom, Ichingda nimadir bo
Hushingga keltirib qoβ€˜yar tarsaki, Qachon tushganini anglamaysan ham... Ichingda nimadir toβ€˜lmaydi mudom, Ichingda nimadir boβ€˜lar doim kam. Ogβ€˜irroq botadi endi tilaklar, Ildizlari toβ€˜lgan kinoya bilan. Ular endi sening yaqining emas, Qalblari uzoqdir endi qalbingdan... Lekin sen ruhingni choβ€˜ktirma, qalbim, Axir men borman-ku, sen bilan hamroh. Baxtsiz yashamoqqa sening haqqing yoβ€˜q, Baxtsiz yashamoqlik aslida gunoh... Umida Abduhakimova 16.10.2026 @xayol_chechaklari

ToΚ»gΚ»ri, endi menda boΚ»lmaydi yashab, Shukur, uning boshqa boshpanasi yoΚ»q... @xayol_chechaklari

#iqtibos She’rni tahlil qila boshlasalar, gβ€˜ashimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekshirish mumkin. Ammo, undan koβ€˜ra, shunday koβ€˜krak toβ€˜latib nafas olgan yaxshiroq emasmi? Asqad Muxtor "Tundaliklar" @xayol_chechaklari

Yuborilmagan maktub Senga kunim qanday oβ€˜tgani haqida aytishim mumkin edi, ehtimol. Qanday qahva ichayotganimni, yonimda qays
Yuborilmagan maktub
Senga kunim qanday oβ€˜tgani haqida aytishim mumkin edi, ehtimol. Qanday qahva ichayotganimni, yonimda qaysi kitobni olib yurganimni... Kuzning qaysi kunlarida baxtli ekanimni va qay kunlari meni qaygβ€˜uga hamnafas qilganini senga aytishim mumkin edi. Derazamga urilgan yomgβ€˜ir tomchilariga qarab, nimalarni xayol qilganimni aytsam boβ€˜lardi... Bilasanmi, inson aslida ayta olmaganlarini yozadi. Bilmadim, balki bir umr yozarman... Umida Abduhakimova @xayol_chechaklari

Men uchun Xudoning manitigΚ»i qiziq... MehrNoz

Masalan, bir kitob va qahva bilan oΚ»tkazish mumkin kuzni)

Sogβ€˜inch yoβ€˜li ogβ€˜ir, unda koβ€˜p badal, Men shu yoβ€˜l zahrini necha bor yutdim. Bahorlarni emas, gullarni emas, Sizni kutdim...
Sogβ€˜inch yoβ€˜li ogβ€˜ir, unda koβ€˜p badal, Men shu yoβ€˜l zahrini necha bor yutdim. Bahorlarni emas, gullarni emas, Sizni kutdim... Ogβ€˜ir edi garchi, gβ€˜am toshi ogβ€˜ir, Ba’zan voz kechishni oβ€˜rgatdi kimlar. Men sizni hattoki tuproq ostida Kutishimni bilmasdi ular... Umida Abduhakimova @xayol_chechaklari

Ikki kuz dunyoga sigΚ»mas, azizim... Usmon Azim @xayol_chechaklari
Ikki kuz dunyoga sigΚ»mas, azizim... Usmon Azim @xayol_chechaklari

Bekor uygΚ»otishdida πŸ™‚β€β†”οΈ

🎧✨ @xayol_chechaklari

O, senga shunchalar yarashgan vafo! Kiprigim gullari – toΚ»kilmagan sheΚΌr. Yonimda sen borsan, tepamda Xudo, Nega yigΚ»layapman, sabab topib ber... Nozima Habibullayeva @xayol_chechaklari

Lord Huron - The Night We Met (Lyrics).mp33.22 MB

Ona - bulutli havoda ham porlab turuvchi quyosh...

#sevimli_satrlar Axir, bu dunyoning rostligi – yolgΚ»on, Axir, bu dunyoning yolgΚ»onligi – rost. Odil Ikrom @xayol_chechaklari
#sevimli_satrlar Axir, bu dunyoning rostligi – yolgΚ»on, Axir, bu dunyoning yolgΚ»onligi – rost. Odil Ikrom @xayol_chechaklari

Bizni bu bekatda hech kim tanimas, Hayot - men koΚ»rishni istamagan tush... Shuhrat  ORIF @xayol_chechaklari

Negadir... Qarshi sas topilmas bir oβ€˜ktam, Shovqinlar shaharni yengadi. Olomon koβ€˜nglingni gβ€˜ajib ham xijolat chekmaydi negad
Negadir... Qarshi sas topilmas bir oβ€˜ktam, Shovqinlar shaharni yengadi. Olomon koβ€˜nglingni gβ€˜ajib ham xijolat chekmaydi negadir. Yoβ€˜llarni yutadi avtolar Tabiat asabday buzilgan... Bizning ham, kuzning ham qismati Eng arzon ranglarda chizilgan. Oβ€˜ylasang qolmagan oβ€˜yligi, Bir ezgβ€˜in, betizgin yashamoq ... Uzilgan rishtalar zanjirband – Bogβ€˜langan rishtalar qirq yamoq. Zabardast os(u)mon dardini Chumoli iniga ekadir. Olamlar tushungan! bir-birin odamlar tushunmas negadir. Rashid Xoβ€˜jamov @xayol_chechaklari

"Π‘Π°Ρ…Ρ‚ ΠΈΠ·Ρ‚ΠΈΡ€ΠΎΠ±Π»Π°Ρ€ эвазига сотиб ΠΎΠ»ΠΈΠ½Π°Π΄ΠΈ". Π€Ρ‘Π΄ΠΎΡ€ ДостоСвский @xayol_chechaklari
"Π‘Π°Ρ…Ρ‚ ΠΈΠ·Ρ‚ΠΈΡ€ΠΎΠ±Π»Π°Ρ€ эвазига сотиб ΠΎΠ»ΠΈΠ½Π°Π΄ΠΈ". Π€Ρ‘Π΄ΠΎΡ€ ДостоСвский @xayol_chechaklari