uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Xayol chechaklari

Xayol chechaklari

Відкрити в Telegram

Go'zal niyatlarning ro'yobi bo'lib, Kuzakda gullaydi mening bog'larim... Umida Abduhakimova

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
988
Підписники
+2324 години
+1027 днів
+40730 днів
Архів дописів
Repost from ISTIQBOL MEDIA
photo content

Fasl tanlamaymiz, hammasi bahor, Qovjiraydi faqat yolgʻon-yashiqlar. Matnazar Abdulhakim @xayol_chechaklari

Hushingga keltirib qo‘yar tarsaki, Qachon tushganini anglamaysan ham... Ichingda nimadir to‘lmaydi mudom, Ichingda nimadir bo
Hushingga keltirib qo‘yar tarsaki, Qachon tushganini anglamaysan ham... Ichingda nimadir to‘lmaydi mudom, Ichingda nimadir bo‘lar doim kam. Og‘irroq botadi endi tilaklar, Ildizlari to‘lgan kinoya bilan. Ular endi sening yaqining emas, Qalblari uzoqdir endi qalbingdan... Lekin sen ruhingni cho‘ktirma, qalbim, Axir men borman-ku, sen bilan hamroh. Baxtsiz yashamoqqa sening haqqing yo‘q, Baxtsiz yashamoqlik aslida gunoh... Umida Abduhakimova 16.10.2026 @xayol_chechaklari

Toʻgʻri, endi menda boʻlmaydi yashab, Shukur, uning boshqa boshpanasi yoʻq... @xayol_chechaklari

#iqtibos She’rni tahlil qila boshlasalar, g‘ashimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekshirish mumkin. Ammo, undan ko‘ra, shunday ko‘krak to‘latib nafas olgan yaxshiroq emasmi? Asqad Muxtor "Tundaliklar" @xayol_chechaklari

Yuborilmagan maktub Senga kunim qanday o‘tgani haqida aytishim mumkin edi, ehtimol. Qanday qahva ichayotganimni, yonimda qays
Yuborilmagan maktub
Senga kunim qanday o‘tgani haqida aytishim mumkin edi, ehtimol. Qanday qahva ichayotganimni, yonimda qaysi kitobni olib yurganimni... Kuzning qaysi kunlarida baxtli ekanimni va qay kunlari meni qayg‘uga hamnafas qilganini senga aytishim mumkin edi. Derazamga urilgan yomg‘ir tomchilariga qarab, nimalarni xayol qilganimni aytsam bo‘lardi... Bilasanmi, inson aslida ayta olmaganlarini yozadi. Bilmadim, balki bir umr yozarman... Umida Abduhakimova @xayol_chechaklari

Men uchun Xudoning manitigʻi qiziq... MehrNoz

Masalan, bir kitob va qahva bilan oʻtkazish mumkin kuzni)

Sog‘inch yo‘li og‘ir, unda ko‘p badal, Men shu yo‘l zahrini necha bor yutdim. Bahorlarni emas, gullarni emas, Sizni kutdim...
Sog‘inch yo‘li og‘ir, unda ko‘p badal, Men shu yo‘l zahrini necha bor yutdim. Bahorlarni emas, gullarni emas, Sizni kutdim... Og‘ir edi garchi, g‘am toshi og‘ir, Ba’zan voz kechishni o‘rgatdi kimlar. Men sizni hattoki tuproq ostida Kutishimni bilmasdi ular... Umida Abduhakimova @xayol_chechaklari

Ikki kuz dunyoga sigʻmas, azizim... Usmon Azim @xayol_chechaklari
Ikki kuz dunyoga sigʻmas, azizim... Usmon Azim @xayol_chechaklari

Bekor uygʻotishdida 🙂‍↔️

O, senga shunchalar yarashgan vafo! Kiprigim gullari – toʻkilmagan sheʼr. Yonimda sen borsan, tepamda Xudo, Nega yigʻlayapman, sabab topib ber... Nozima Habibullayeva @xayol_chechaklari

Lord Huron - The Night We Met (Lyrics).mp33.22 MB

Ona - bulutli havoda ham porlab turuvchi quyosh...

#sevimli_satrlar Axir, bu dunyoning rostligi – yolgʻon, Axir, bu dunyoning yolgʻonligi – rost. Odil Ikrom @xayol_chechaklari
#sevimli_satrlar Axir, bu dunyoning rostligi – yolgʻon, Axir, bu dunyoning yolgʻonligi – rost. Odil Ikrom @xayol_chechaklari

Bizni bu bekatda hech kim tanimas, Hayot - men koʻrishni istamagan tush... Shuhrat  ORIF @xayol_chechaklari

Negadir... Qarshi sas topilmas bir o‘ktam, Shovqinlar shaharni yengadi. Olomon ko‘nglingni g‘ajib ham xijolat chekmaydi negad
Negadir... Qarshi sas topilmas bir o‘ktam, Shovqinlar shaharni yengadi. Olomon ko‘nglingni g‘ajib ham xijolat chekmaydi negadir. Yo‘llarni yutadi avtolar Tabiat asabday buzilgan... Bizning ham, kuzning ham qismati Eng arzon ranglarda chizilgan. O‘ylasang qolmagan o‘yligi, Bir ezg‘in, betizgin yashamoq ... Uzilgan rishtalar zanjirband – Bog‘langan rishtalar qirq yamoq. Zabardast os(u)mon dardini Chumoli iniga ekadir. Olamlar tushungan! bir-birin odamlar tushunmas negadir. Rashid Xo‘jamov @xayol_chechaklari

"Бахт изтироблар эвазига сотиб олинади". Фёдор Достоевский @xayol_chechaklari
"Бахт изтироблар эвазига сотиб олинади". Фёдор Достоевский @xayol_chechaklari