Xayol chechaklari
رفتن به کانال در Telegram
Go'zal niyatlarning ro'yobi bo'lib, Kuzakda gullaydi mening bog'larim... Umida Abduhakimova
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
988
مشترکین
+2324 ساعت
+1027 روز
+40730 روز
آرشیو پست ها
Fasl tanlamaymiz, hammasi bahor,
Qovjiraydi faqat yolgʻon-yashiqlar.
Matnazar Abdulhakim
@xayol_chechaklari
Hushingga keltirib qo‘yar tarsaki,
Qachon tushganini anglamaysan ham...
Ichingda nimadir to‘lmaydi mudom,
Ichingda nimadir bo‘lar doim kam.
Og‘irroq botadi endi tilaklar,
Ildizlari to‘lgan kinoya bilan.
Ular endi sening yaqining emas,
Qalblari uzoqdir endi qalbingdan...
Lekin sen ruhingni cho‘ktirma, qalbim,
Axir men borman-ku, sen bilan hamroh.
Baxtsiz yashamoqqa sening haqqing yo‘q,
Baxtsiz yashamoqlik aslida gunoh...
Umida Abduhakimova
16.10.2026
@xayol_chechaklari
Toʻgʻri, endi menda boʻlmaydi yashab,
Shukur, uning boshqa boshpanasi yoʻq...
@xayol_chechaklari
#iqtibos
She’rni tahlil qila boshlasalar, g‘ashimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekshirish mumkin. Ammo, undan ko‘ra, shunday ko‘krak to‘latib nafas olgan yaxshiroq emasmi?
Asqad Muxtor "Tundaliklar"
@xayol_chechaklari
Yuborilmagan maktubSenga kunim qanday o‘tgani haqida aytishim mumkin edi, ehtimol. Qanday qahva ichayotganimni, yonimda qaysi kitobni olib yurganimni... Kuzning qaysi kunlarida baxtli ekanimni va qay kunlari meni qayg‘uga hamnafas qilganini senga aytishim mumkin edi. Derazamga urilgan yomg‘ir tomchilariga qarab, nimalarni xayol qilganimni aytsam bo‘lardi... Bilasanmi, inson aslida ayta olmaganlarini yozadi. Bilmadim, balki bir umr yozarman... Umida Abduhakimova @xayol_chechaklari
Sog‘inch yo‘li og‘ir, unda ko‘p badal,
Men shu yo‘l zahrini necha bor yutdim.
Bahorlarni emas, gullarni emas,
Sizni kutdim...
Og‘ir edi garchi, g‘am toshi og‘ir,
Ba’zan voz kechishni o‘rgatdi kimlar.
Men sizni hattoki tuproq ostida
Kutishimni bilmasdi ular...
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
O, senga shunchalar yarashgan vafo!
Kiprigim gullari – toʻkilmagan sheʼr.
Yonimda sen borsan,
tepamda Xudo,
Nega yigʻlayapman, sabab topib ber...
Nozima Habibullayeva
@xayol_chechaklari
#sevimli_satrlar
Axir, bu dunyoning rostligi – yolgʻon,
Axir, bu dunyoning yolgʻonligi – rost.
Odil Ikrom
@xayol_chechaklari
Bizni bu bekatda hech kim tanimas,
Hayot - men koʻrishni istamagan tush...
Shuhrat ORIF
@xayol_chechaklari
Negadir...
Qarshi sas topilmas bir o‘ktam,
Shovqinlar
shaharni yengadi.
Olomon
ko‘nglingni g‘ajib ham
xijolat chekmaydi
negadir.
Yo‘llarni yutadi avtolar
Tabiat asabday buzilgan...
Bizning ham,
kuzning ham qismati
Eng arzon
ranglarda chizilgan.
O‘ylasang qolmagan o‘yligi,
Bir ezg‘in,
betizgin yashamoq ...
Uzilgan rishtalar zanjirband –
Bog‘langan rishtalar qirq yamoq.
Zabardast os(u)mon dardini
Chumoli iniga ekadir.
Olamlar tushungan!
bir-birin
odamlar tushunmas negadir.
Rashid Xo‘jamov
@xayol_chechaklari
