Strategic Focus: Atlantic
前往频道在 Telegram
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil. @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib @stratfocusca - Markaziy Osiyo @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
显示更多2 526
订阅者
-224 小时
-137 天
-6430 天
帖子存档
🇺🇸Tramp Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi yuklarga 20 foizlik to‘lov joriy etmoqchi
Oq uy rasmiysining ma’lum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi yuk tashuvlariga 20 foizlik to‘lov joriy etish niyatida. Rasmiy bu g‘oyani Tramp bir necha oy davomida ilgari surib kelganini, biroq hukumat ichida bunga qarshiliklar mavjudligini bildirgan.
“Semafor” xabariga ko‘ra, ma’muriyat hozircha taklif tafsilotlarini ishlab chiqmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Marhum Lindsi Gremning singlisi uning Senatdagi o‘rnini egalladi
Darlin Grem Norton 2027-yilning yanvariga qadar senator vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Uning nomzodini Donald Tramp qo‘llab-quvvatladi.
U Janubiy Karolinani Senatda tamsil etuvchi birinchi ayolga aylanadi.
Strategic Focus: Atlantic
🇧🇷🇺🇸Braziliya Prezidenti Trampni Hormuzda “qaroqchilik” qilmaslikka chaqirdi
“Tramp Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishi haqida post yozdi, biroq u bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat bergan har bir kema uchun neft egasi unga 20 foiz to‘lashi kerak emish. Ilgari bu qaroqchilik deb atalardi, shunday emasmi? Buni qaroqchilik deyishardi. Qaroqchilikka qarshi uzoq vaqt kurashgan AQSH kabi muhim davlat endi o‘zi qaroqchiga aylanmasligi kerak. U buning uchun pul talab qilmasligi lozim, chunki bo‘g‘oz uning mas’uliyatida emas”, dedi Lula da Silva.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Siyosiy sharhlovchi Xyu Xyuitt Trampdan amerika tilini joriy etishni iltimos qildi
“Ingliz tilini emas, amerika tilini Amerikaning rasmiy tili qilib belgilang. Menimcha, siz buni ko‘rib chiqishingiz kerak, chunki bu juda yaxshi g‘oya”, degan jurnalist.Strategic Focus: Atlantic
Tramp Eron haqida:
“Ular kelishuv imzolashgan edi. Uni taxminan 10 marta buzishdi.”
Strategic Focus: Atlantic
🇫🇷Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Bastiliya olingan kun (Fransiya milliy bayrami) munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy marosimda qatnashdi.
Strategic Focus: Atlantic
🇫🇷🇺🇦Makronning ma’lum qilishicha, Ukraina 16 ta “Rafale” qiruvchi samolyoti hamda “SAMP/T NG” havo mudofaa tizimlarini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
Repost from PolicyLab.UZ
🇺🇸 The Economist: AQShning moliyaviy hukmronligi ustida bulutlar
AQShning global moliyaviy ustunligi faqat dollarning dunyodagi asosiy zaxira va hisob-kitob valyutasi ekaniga tayanmaydi. Amerika kompaniyalari xalqaro moliyaviy infratuzilmaning ko‘plab muhim bo‘g‘inlarini ham nazorat qiladi. Visa va Mastercard kabi to‘lov gigantlari o‘nlab yillar davomida dunyo bo‘ylab kartali to‘lovlarning asosiy vositachilariga aylandi.
Biroq The Economist tahliliga ko‘ra, bu ustunlikning ayrim tayanchlari endi bosim ostida qolmoqda. Dunyoning turli mamlakatlari Amerika kompaniyalariga bog‘liq bo‘lmagan, tezkor va arzon milliy raqamli to‘lov tizimlarini yaratmoqda. Eng yorqin misollardan biri Braziliyaning Pix tizimi. U foydalanuvchilarga banklar o‘rtasida deyarli bir zumda pul o‘tkazish va kundalik xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bunday tizimlar kengaygani sari an’anaviy karta tarmoqlariga ehtiyoj kamayishi mumkin.
Bu jarayon oddiy texnologik raqobatdan ko‘ra kengroq geoiqtisodiy ahamiyatga ega. To‘lov tizimlari nafaqat katta daromad manbai, balki moliyaviy ta’sir vositasi hamdir. Global tranzaksiyalarning katta qismi Amerika kompaniyalari infratuzilmasi orqali amalga oshirilishi AQShga xalqaro moliya tizimida katta iqtisodiy va siyosiy ustunlik beradi.
Endilikda esa davlatlar o‘z to‘lov infratuzilmasini milliy suverenitetning bir qismi sifatida ko‘ra boshlamoqda. Mahalliy tezkor to‘lov tizimlari banklar va iste’molchilar uchun xarajatlarni kamaytirishi, raqobatni kuchaytirishi hamda xorijiy vositachilarga qaramlikni pasaytirishi mumkin. Shu sababli Braziliya tajribasi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham muhim namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
The Economist e’tibor qaratayotgan asosiy xavf shundaki, Vashington Amerika kompaniyalarining ustun mavqeini siyosiy yoki savdo bosimi orqali himoya qilishga urinsa, bu teskari natija berishi mumkin. Boshqa davlatlar bunday bosimni o‘z moliyaviy mustaqilligiga tahdid sifatida qabul qilib, milliy yoki muqobil to‘lov tizimlarini yanada tezroq rivojlantirishga kirishishi ehtimol.
Natijada jahon moliyaviy tizimi asta-sekin fragmentatsiyalashishi mumkin. Dollar yaqin kelajakda o‘zining markaziy mavqeini yo‘qotmasligi mumkin, biroq uning atrofida shakllangan Amerika moliyaviy ekotizimi -to‘lov kompaniyalari, banklar va boshqa vositachilarning global ustunligi asta-sekin zaiflashishi mumkin.
https://t.me/policylaab
🇺🇦🇫🇷Zelenskiy Makronni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi
Har doimgidek, Emmanuel bilan pozitsiyalarimizni yaqindan muvofiqlashtirib bormoqdamiz. Samarali uchrashuv bo‘ldi – Antiballistik koalitsiya va “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” yig‘ilishi oldidan ustuvor vazifalarni, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildik”, deb yozdi Ukraina yetakchisi o‘zining Telegram-kanalida.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇮🇷AQSH qurolli kuchlari jangovar amaliyotlarda ilk marotaba dengiz dronlaridan foydalandi va Eronning Bandar-Abbos shahridagi harbiy-dengiz kuchlariga qarashli texnik xizmat ko‘rsatish markaziga zarba berdi.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸AQSH Adliya vazirligi va Pentagon maxfiy ma’lumotlar sizib chiqishini tekshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi
Mudofaa vaziri Pit Hegsetning ma’lum qilishicha, AQSH Adliya vazirligi va Pentagon ommaviy axborot vositalariga maxfiy ma’lumotlarning ruxsatnomasiz sizdirilishi holatlarini surishtirish hamda aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida qo‘shma maxsus ishchi guruh tashkil etgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇫🇷 Makron tinchlik uchun hatto jonini berishga tayyor ekanini aytdi
“Tinchlik – bizning maqsadimiz. Biz ozodlik va qonun ustuvorligini qadrlaymiz. Biz ushbu prinsiplarni har doim va abadiy himoya qilish uchun kurashishga hamda zarurat tug‘ilsa, qon bilan badal to‘lashga tayyormiz”, dedi Fransiya Prezidenti.Strategic Focus: Atlantic
AQSH Hormuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olmoqda – Tramp
AQSH rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash va bu xizmat uchun haq olish niyatida. Amerika yetakchisi, shuningdek, Eronga qarshi keng ko‘lamli zarbalar berilishini ham e’lon qildi.
Bundan avvalroq Eron kemalarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishi “AQSHning mintaqaga aralashuvi tugagunga qadar” yopilganini e’lon qilgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
Lindsining vafoti “Amerikalik saylovchilarning huquqiy layoqatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun” uchun katta zarba bo‘ldi – Tramp
Strategic Focus: Atlantic
Nensi Meys Lindsining Senatdagi o‘rniga da’vogarlik qilishi mumkin
Senator Grim Lindsi vafotidan so‘ng, AQSH Vakillar palatasi a’zosi Nensi Meys uning bo‘shab qolgan Senatdagi o‘rnini egallash uchun nomzodini ilgari surish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Meysnig ehtimoliy saylovoldi kampaniyasi bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari boshlangani aytilmoqda.
Shu bilan birga, u Prezident Donald Trampning qarshiligiga duch kelishi mumkin. Bunga Meysning so‘nggi vaqtlarda Tramp bilan, jumladan, Epshteyn hujjatlari masalasi yuzasidan kelishmovchiliklari sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Strategic Focus: Atlantic
Trampning aytishicha, u Grim Lindsi vafot etishidan bir necha daqiqa oldin u bilan telefon orqali gaplashgan.
Strategic Focus: Atlantic
Savol: Agar Lindsini bir so‘z bilan ta’riflashingiz kerak bo‘lsa, bu qaysi so‘z bo‘lardi?
Netanyaxu: Vatanparvar
Strategic Focus: Atlantic
Tramp Lindsini abadiy yashaydi deb o‘ylaganini aytdi
“Men Lindsi abadiy yashaydi deb o‘ylagandim. Men unga: Lindsi, sen abadiy yashaysan degandim. U katta g‘alabaga erishishi kerak edi. U katta farq bilan g‘alaba qozonishi kutilayotgan edi. Shunday rejalashtirilgandi”, degan AQSH Prezidenti.Strategic Focus: Atlantic
AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi bir nechta hududlarda Eronning raketa va havo mudofaa tizimlari, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli katerlarga zarba berdi.
Strategic Focus: Atlantic
AQSH Hormuz bo‘g‘ozi ochiqligini davo qilmoqda
AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Hormuz bo‘g‘ozi xalqaro suv yo‘li orqali qonuniy ravishda harakatlanayotgan barcha kemalar uchun ochiq ekanini ma’lum qilgan. Bayonotda qayd etilishicha, AQSH kuchlari navigatsiya erkinligini ta’minlash uchun zarur hududlarga joylashtirilgan va Eronning asossiz tajovuzi, tahdidlari, ta’qiblari hamda bir tomonlama bayonotlariga qaramay, xalqaro suv yo‘lidagi erkin harakatni himoya qilishga tayyor.
Shuningdek, CENTCOM Eron Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilmasligini ta’kidlab, hozirda bo‘g‘oz orqali kema qatnovi odatdagi tartibda davom etayotganini bildirgan.
Strategic Focus: Atlantic
