Strategic Focus: Atlantic
Open in Telegram
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil. @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib @stratfocusca - Markaziy Osiyo @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Show more2 413
Subscribers
-124 hours
-67 days
-6130 days
Posts Archive
🇮🇱🇬🇧Saar Isroilning Britaniya sanksiyalariga javob qaytarishini ma’lum qildi
Isroil davlat siyosatchisi Gideon Saarning ta’kidlashicha, agar Buyuk Britaniya G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlarining kengaytirilishi munosabati bilan cheklov choralarini joriy etsa, Isroil bunga javob qaytarishga tayyorligini bildirgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇮🇱Tramp Oq uyda taniqli yahudiy hasid ravvinlarini qabul qildi
Ushbu qabul So‘nggi 50 yildan ortiq vaqt mobaynida ilk bor tashkil etilgan bunday formatdagi uchrashuv sifatida baholangan. Tadbirlar davomida uzoq yillardan beri o‘zaro raqobatlashib kelgan Satmar jamoasining ikki aka-uka rahbari o‘n yilliklar ichida birinchi marta o‘zaro ko‘rishib, salomlashgan. Tramp ulardan egizak ekanliklarini so‘ragan.
Satmar jamoasining antisionistik qarashlari sababli ushbu taklifnoma Trampning Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi ittifoqchilari tomonidan e’tirozga sabab bo‘lgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇪🇸Tramp Ispaniya migratsiya sababli yo‘q bo‘lib ketishini aytdi
Donald Tramp Ispaniya halokat sari ketayotganini ma’lum qilib, mamlakatdagi migrantlar inqirozini Madrid bilan NATO xarajatlari bo‘yicha yuzaga kelgan kengroq nizo bilan bog‘lagan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Vashingtonda yuz bergan kuchli bo‘ron vaqtida AQSH Kapitoliy binosining ko‘rinishi aks etgan tasvir tarqaldi.
Strategic Focus: Atlantic
+1
🇬🇧🇦🇷Britaniya va Argentina o‘rtasida Folklend orollari bo‘yicha keskinlik yana kuchaymoqda
Argentina prezidenti Xavyer Miley orollarda neft qidirish faoliyatini amalga oshirayotganlarga nisbatan sanksiyalar joriy etish qaroriga kelganidan so‘ng, Buyuk Britaniya TIV rahbari Ed Miliband bunga munosabat bildirgan.
“Orollar Britaniyaniki va shunday bo‘lib qoladi. Biz ularning o‘z taqdirini o‘zini o‘zi belgilash huquqini qat’iy ravishda himoya qilamiz”, degan Britaniya TIV rahbari.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Tramp AQSHda o‘q-dori zaxiralari yetarli ekanini bildirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatning harbiy zaxiralari tugayotgani haqidagi xabarlarni inkor etib, mamlakati o‘rta va yuqori darajadagi o‘q-dorilarning cheksiz zaxirasiga egaligi va ishlab chiqarish hajmi yuqori darajaga yetganini bildirgan.
“Biz zaxiralarni to‘plab, har qanday kutilmagan vaziyatga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Hozircha biz ularni boshqalarga sotmasdan o‘zimizda olib qolyapmiz, biroq ittifoqchilarga qurol sotish yaqin orada qayta tiklanadi. Ukraina va NATOga bepul berilgan yuzlab mlrd dollarlik yordamni Yevropa to‘lashi kerak edi. Biz kechikib bo‘lsa-da, mablag‘larni talab qilib olamiz”, deb ta’kidlagan AQSH yetakchisi.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇮🇱AQSH Isroilni boykot qilgan universitetlarni jazolash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
AQSH Kongressining Vakillar palatasi Isroilni boykot qilgan yoki ushbu mamlakat bilan talabalar almashinuvi dasturlarini cheklagan oliy ta’lim muassasalariga nisbatan jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgan. Hujjat 237 ta “ha” va 169 ta qarshi ovoz bilan ma’qullangan.
Mazkur qonun loyihasining keyingi bosqichi AQSH Kongressining yuqori palatasi hisoblangan Senatda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇮🇷AQSH Hormuz bo‘g‘ozida neft tashish hajmini kuniga 18 mln barrelga yetkazdi
AQSH Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan neft miqdorini kuniga o‘rtacha 18 mln barrelga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. Bu urush boshlanishidan oldingi kuniga 20 mln barrel neft o‘tgan davrdagidan bor-yo‘g‘i 2 mln barrelga kamroq.
Strategic Focus: Atlantic
🇦🇷🇬🇧Miley Britaniya inqirozga yuz tutayotganini aytdi
“Buyuk Britaniya inqiroz yo‘lidan ketayotgani aniq ko‘rinib turibdi. Shu bilan birga, Argentinaning kelajagi guldurayapti va u g‘alaba qozonadi”, degan Argentina Prezidenti.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸AQSHda Tramp surati tushirilgan 1 dollarlik tanga chiqarildi
AQSH zarbxonasi Prezident Donald Tramp surati tushirilgan bir dollarlik tangani muomalaga chiqargan va uni sotishni boshlagan. Tanga AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi munosabati bilan chiqarilgan.
Oltinrang tanganing bir tomonida Trampning portreti, “LIBERTY” va “IN GOD WE TRUST” yozuvlari joylashtirilgan. Tanganing orqa tomonida AQSH prezidentlik muhri tasviri va qalqonda “250” raqami aks etgan.
AQSHda amaldagi prezidentlarning suratini valyutaga joylashtirish uzoq vaqtdan beri an’anaga zid hisoblanib kelgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇿🇮🇹Shavkat Mirziyoyev Jorjiyа Meloniga maktub yo‘lladi
Davlat rahbari Melonini Italiya Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezident Italiya hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi.
Strategic Focus: Atlantic
🇦🇷Argentina Prezidenti Folklend orollari bo‘yicha mamlakat pozitsiyasini ma’lum qildi
“Dunyo hamjamiyatiga aniq aytmoqchiman va Argentinaning pozitsiyasini bildiraman. Malvin (Folklend) orollari tarixan va huquqan Argentinanikidir. Bu borada hech qanday bahs-munozara bo‘lishi mumkin emas. Ushbu orollar millatimiz shakllana boshlagan davrdan buyon Argentina hududining bir qismi bo‘lib kelgan. 1833-yilda Buyuk Britaniya Malvin (Folklend) orollarini egallab olgan, Argentina hokimiyatini quvib chiqargan va bugungi kungacha davom etib kelayotgan mustamlaka vaziyatini o‘rnatgan. Bu shuni anglatadiki, orol aholisi bosib olingan hududga ko‘chirib keltirilgan aholi bo‘lgani sababli o‘z taqdirini o‘zi belgilash bo‘yicha qonuniy huquqqa ega emas hamda orollarda o‘tkazilgan referendumlarga asoslangan har qanday vaj haqiqiy hisoblanmaydi”, degan Xavyer Miley.Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇷🇺🇺🇦Uitkoff va Kushner Moskva hamda Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner yaqin kunlarda Moskva va Kiyevda uchrashuvlar o‘tkazishini tasdiqladi.
Strategic Focus: Atlantic
Baye gobeleni deyarli ming yil ichida birinchi marta Britaniyada namoyish etiladi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qirol Charlz III va qirolicha Kamila bilan birgalikda Londondagi Britaniya muzeyiga tashrif buyurgan, u yerda XI asr oxirida yaratilgan Baye gobelenining premyera oldi namoyishi bo‘lib o‘tgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸Chikagoda anomal issiq ko‘prikni ishdan chiqardi
Chikagoda anomal issiq tufayli metall konstruksiyalarning kengayishi oqibatida shaharning markaziy qismidagi muhim ko‘prikni tushirib bo‘lmagan va transport harakati 4,5 soatga to‘xtab qolgan.
Kruiz kemasini o‘tkazib yuborish uchun ko‘prik ko‘tarilgan, biroq kuchli issiq sababli metall kengayib, uni o‘z holatiga qaytarib bo‘lmagan. Oqibatda konstruksiyani daryo suvi bilan sovutishga to‘g‘ri kelgan.
Strategic Focus: Atlantic
🇺🇸🇷🇺AQSH razvedkasi rahbari nima maqsadda Moskvaga borgani ochiqlandi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Retkliffning Moskvaga tashrifi odatiy bo‘lib, ko‘p jihatdan Amerika ma’muriyatining Rossiya va AQSH razvedka xizmatlari o‘rtasidagi aloqa kanallarini sozlash siyosatini davom ettirishga qaratilgan edi.
Strategic Focus: Atlantic
🇮🇱🇬🇧Saar Britaniyaga Isroilga qarshi har qanday harakat uchun javob qaytarish bilan tahdid qildi
“Agar Buyuk Britaniya Isroilga qarshi harakat qilsa, Isroil ham Buyuk Britaniyaga qarshi harakat qiladi. Isroilga qarshi harakat qilish mumkin bo‘lgan va Isroil javob qaytarmagan davr o‘z nihoyasiga yetdi. Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Agar ular xatoga yo‘l qo‘ysa, javob qaytariladi, deb bayon qilgan Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar.Strategic Focus: Atlantic
🇻🇪Rodriges Venesuela saylov jarayoniga tayyorligini ma’lum qildi
Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges mamlakat konstitutsiyaviy saylov jarayoni o‘tkazilishiga tayyorligini bildirgan.
“Mamlakatda Konstitutsiya hamda unda belgilangan saylov va demokratik tizim mavjud. Men muddat belgilamayman, biroq shuni ayta olamanki, yanvar oyidan beri demokratiyani targ‘ib qilib kelyapman, chunki Venesuela tanlagan yo‘l shunchaki saylovlardan iborat emas. Saylov jarayoni vaqtida bo‘lishi uchun tinimsiz harakat qildim. Hech qanday shubhangiz bo‘lmasin. Bu amalga oshadi va Venesuelada saylov jarayoni bo‘lib o‘tadi”, deya ta’kidlagan vaqtincha rahbar.Strategic Focus: Atlantic
Tramp Makronni bojlar bilan qo‘rqitgani haqidagi hikoyani “millioninchi” marta aytib berdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan dori-darmonlar narxi va savdo bojlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan suhbatni hazilomuz tarzda yana bir bor hikoya qilib bergan.
“Emmanuel, sen retsept bo‘yicha beriladigan dorilar narxini uch barobar oshirishing kerak bo‘ladi. Biz bir dona hap uchun 130 dollar atrofida to‘layapmiz, sen esa 10 dollar to‘layapsiz. Buni 100 foiz qilasiz, chunki agar qilmasangiz, AQSHga olib kelinadigan barcha vinolaringiz va shampanlaringizga 100 foizlik boj kiritaman”, degan AQSH yetakchisi.Strategic Focus: Atlantic
Repost from Strategic Focus: LIVE
🇺🇿 O‘zbekiston merosi — dunyo sahnasida!
Milliy madaniyat, an’ana va qadriyatlarimizni xalqaro maydonda targ‘ib etish O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasida muhim o‘rin tutmoqda.
Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi xalqaro madaniy tashabbuslar orqali o‘zbek xalqining boy merosi, milliy san’ati va zamonaviy qiyofasi dunyo jamoatchiligiga kengroq tanitilmoqda.
Milliy merosimizni asrash — uni dunyoga tanitishdan boshlanadi. 🇺🇿
Strategic Focus: LIVE
