Strategic Focus: Atlantic
前往频道在 Telegram
AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil. @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib @stratfocusca - Markaziy Osiyo @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
显示更多2 413
订阅者
无数据24 小时
-87 天
-6530 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+6
在1个频道中
八月 '26
+15
在2个频道中
Get PRO
七月 '26
+16
在2个频道中
Get PRO
六月 '26
+15
在0个频道中
Get PRO
五月 '26
+86
在3个频道中
Get PRO
四月 '26
+39
在3个频道中
Get PRO
三月 '26
+160
在8个频道中
Get PRO
二月 '26
+453
在8个频道中
Get PRO
一月 '26
+216
在14个频道中
Get PRO
十二月 '25
+214
在6个频道中
Get PRO
十一月 '25
+53
在7个频道中
Get PRO
十月 '25
+96
在5个频道中
Get PRO
九月 '25
+122
在6个频道中
Get PRO
八月 '25
+130
在7个频道中
Get PRO
七月 '25
+79
在4个频道中
Get PRO
六月 '25
+395
在15个频道中
Get PRO
五月 '25
+200
在6个频道中
Get PRO
四月 '25
+118
在3个频道中
Get PRO
三月 '25
+278
在7个频道中
Get PRO
二月 '25
+134
在4个频道中
Get PRO
一月 '25
+125
在8个频道中
Get PRO
十二月 '24
+184
在7个频道中
Get PRO
十一月 '24
+411
在12个频道中
Get PRO
十月 '24
+314
在5个频道中
Get PRO
九月 '24
+1 047
在10个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 04 九月 | +1 | |||
| 03 九月 | +2 | |||
| 02 九月 | +1 | |||
| 01 九月 | +2 |
频道帖子
🇺🇸AQSHda Tramp surati tushirilgan 1 dollarlik tanga chiqarildi
AQSH zarbxonasi Prezident Donald Tramp surati tushirilgan bir dollarlik tangani muomalaga chiqargan va uni sotishni boshlagan. Tanga AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi munosabati bilan chiqarilgan.
Oltinrang tanganing bir tomonida Trampning portreti, “LIBERTY” va “IN GOD WE TRUST” yozuvlari joylashtirilgan. Tanganing orqa tomonida AQSH prezidentlik muhri tasviri va qalqonda “250” raqami aks etgan.
AQSHda amaldagi prezidentlarning suratini valyutaga joylashtirish uzoq vaqtdan beri an’anaga zid hisoblanib kelgan.
Strategic Focus: Atlantic
| 2 | 🇺🇿🇮🇹Shavkat Mirziyoyev Jorjiyа Meloniga maktub yo‘lladi
Davlat rahbari Melonini Italiya Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezident Italiya hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi.
Strategic Focus: Atlantic | 225 |
| 3 | 🇦🇷Argentina Prezidenti Folklend orollari bo‘yicha mamlakat pozitsiyasini ma’lum qildi
“Dunyo hamjamiyatiga aniq aytmoqchiman va Argentinaning pozitsiyasini bildiraman. Malvin (Folklend) orollari tarixan va huquqan Argentinanikidir. Bu borada hech qanday bahs-munozara bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu orollar millatimiz shakllana boshlagan davrdan buyon Argentina hududining bir qismi bo‘lib kelgan. 1833-yilda Buyuk Britaniya Malvin (Folklend) orollarini egallab olgan, Argentina hokimiyatini quvib chiqargan va bugungi kungacha davom etib kelayotgan mustamlaka vaziyatini o‘rnatgan.
Bu shuni anglatadiki, orol aholisi bosib olingan hududga ko‘chirib keltirilgan aholi bo‘lgani sababli o‘z taqdirini o‘zi belgilash bo‘yicha qonuniy huquqqa ega emas hamda orollarda o‘tkazilgan referendumlarga asoslangan har qanday vaj haqiqiy hisoblanmaydi”, degan Xavyer Miley.
Strategic Focus: Atlantic | 224 |
| 4 | 🇺🇸🇷🇺🇺🇦Uitkoff va Kushner Moskva hamda Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner yaqin kunlarda Moskva va Kiyevda uchrashuvlar o‘tkazishini tasdiqladi.
Strategic Focus: Atlantic | 223 |
| 5 | Baye gobeleni deyarli ming yil ichida birinchi marta Britaniyada namoyish etiladi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qirol Charlz III va qirolicha Kamila bilan birgalikda Londondagi Britaniya muzeyiga tashrif buyurgan, u yerda XI asr oxirida yaratilgan Baye gobelenining premyera oldi namoyishi bo‘lib o‘tgan.
Strategic Focus: Atlantic | 232 |
| 6 | 🇺🇸Chikagoda anomal issiq ko‘prikni ishdan chiqardi
Chikagoda anomal issiq tufayli metall konstruksiyalarning kengayishi oqibatida shaharning markaziy qismidagi muhim ko‘prikni tushirib bo‘lmagan va transport harakati 4,5 soatga to‘xtab qolgan.
Kruiz kemasini o‘tkazib yuborish uchun ko‘prik ko‘tarilgan, biroq kuchli issiq sababli metall kengayib, uni o‘z holatiga qaytarib bo‘lmagan. Oqibatda konstruksiyani daryo suvi bilan sovutishga to‘g‘ri kelgan.
Strategic Focus: Atlantic | 233 |
| 7 | 🇺🇸🇷🇺AQSH razvedkasi rahbari nima maqsadda Moskvaga borgani ochiqlandi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Retkliffning Moskvaga tashrifi odatiy bo‘lib, ko‘p jihatdan Amerika ma’muriyatining Rossiya va AQSH razvedka xizmatlari o‘rtasidagi aloqa kanallarini sozlash siyosatini davom ettirishga qaratilgan edi.
Strategic Focus: Atlantic | 235 |
| 8 | 🇮🇱🇬🇧Saar Britaniyaga Isroilga qarshi har qanday harakat uchun javob qaytarish bilan tahdid qildi
“Agar Buyuk Britaniya Isroilga qarshi harakat qilsa, Isroil ham Buyuk Britaniyaga qarshi harakat qiladi. Isroilga qarshi harakat qilish mumkin bo‘lgan va Isroil javob qaytarmagan davr o‘z nihoyasiga yetdi. Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Agar ular xatoga yo‘l qo‘ysa, javob qaytariladi, deb bayon qilgan Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar.
Strategic Focus: Atlantic | 244 |
| 9 | 🇻🇪Rodriges Venesuela saylov jarayoniga tayyorligini ma’lum qildi
Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges mamlakat konstitutsiyaviy saylov jarayoni o‘tkazilishiga tayyorligini bildirgan.
“Mamlakatda Konstitutsiya hamda unda belgilangan saylov va demokratik tizim mavjud. Men muddat belgilamayman, biroq shuni ayta olamanki, yanvar oyidan beri demokratiyani targ‘ib qilib kelyapman, chunki Venesuela tanlagan yo‘l shunchaki saylovlardan iborat emas.
Saylov jarayoni vaqtida bo‘lishi uchun tinimsiz harakat qildim. Hech qanday shubhangiz bo‘lmasin. Bu amalga oshadi va Venesuelada saylov jarayoni bo‘lib o‘tadi”, deya ta’kidlagan vaqtincha rahbar.
Strategic Focus: Atlantic | 247 |
| 10 | Tramp Makronni bojlar bilan qo‘rqitgani haqidagi hikoyani “millioninchi” marta aytib berdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan dori-darmonlar narxi va savdo bojlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan suhbatni hazilomuz tarzda yana bir bor hikoya qilib bergan.
“Emmanuel, sen retsept bo‘yicha beriladigan dorilar narxini uch barobar oshirishing kerak bo‘ladi. Biz bir dona hap uchun 130 dollar atrofida to‘layapmiz, sen esa 10 dollar to‘layapsiz. Buni 100 foiz qilasiz, chunki agar qilmasangiz, AQSHga olib kelinadigan barcha vinolaringiz va shampanlaringizga 100 foizlik boj kiritaman”, degan AQSH yetakchisi.
Strategic Focus: Atlantic | 232 |
| 11 | 🇺🇿 O‘zbekiston merosi — dunyo sahnasida!
Milliy madaniyat, an’ana va qadriyatlarimizni xalqaro maydonda targ‘ib etish O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasida muhim o‘rin tutmoqda.
Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi xalqaro madaniy tashabbuslar orqali o‘zbek xalqining boy merosi, milliy san’ati va zamonaviy qiyofasi dunyo jamoatchiligiga kengroq tanitilmoqda.
Milliy merosimizni asrash — uni dunyoga tanitishdan boshlanadi. 🇺🇿
Strategic Focus: LIVE | 166 |
| 12 | 🇦🇷Argentina yana Folklend orollariga da’vo bildirdi
Argentina prezidenti Xavyer Miley o‘z mamlakatining Folklend orollariga bo‘lgan da’volarini yana bir bor ta’kidlab, ularni “muqaddas” deb atagan hamda “kimgadir yoqadimi-yo‘qmi, tishi va tirnog‘i bilan” Argentina manfaatlarini himoya qilishga va’da bergan.
Buyuk Britaniya bunga javoban Folklend orollari ustidan o‘z suvereniteti “tebranishsiz” ekanini va orol aholisining britaniyalik bo‘lib qolish huquqi hurmat qilinishi kerakligini bildirgan.
Miley bugun Folklend orollari masalasi bo‘yicha xalqqa muhim murojaat bilan chiqishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Atlantic | 302 |
| 13 | 🇪🇸🇲🇦Ispaniyada Seutani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ispaniya bo‘ylab Seuta shahrini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Bunga iyul oyi oxirida Marokashdan Seutaga muhojirlarning ommaviy ravishda oqib kelgani sabab bo‘lgan bo‘lib, mahalliy aholi hukumatdan ushbu migratsiya inqirozini hal qilishni talab qilmoqda.
Mamlakat bo‘ylab o‘tgan ommaviy aksiyalar doirasida Madridning Sibeles maydoniga 50 mingdan 150 minggacha odam to‘plangan. Namoyishchilar Seutani himoya qilishni talab qilish bilan birga, Bosh vazir Pedro Sanchesning iste’foga chiqishini so‘ramoqda.
Strategic Focus: Atlantic | 297 |
| 14 | Eronga qarshi harakatlar Isroil hamda Yaqin Sharqni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan – Tramp
AQSH Prezidenti Donald Trump Eronga qarshi harbiy zarbalar va iqtisodiy sanksiyalarning asosiy maqsadi Isroil hamda Yaqin Sharqqa ko‘maklashish ekanini bildirgan.
“Bularning barchasini 99 foiz ehtimol bilan Yaqin Sharqqa yordam berish uchun, Isroilga yordam berish uchun qilmoqdamiz va o‘zimiz uchun ham.
Chunki ular Isroilni yo‘q qilib bo‘lgach Yaqin Sharqqa, keyin esa Yevropaga va bizning ba’zi shaharlarimizga hujum qilishar edi. Sababi AQSH ularni yo‘q qilishidan oldin ular bir nechta shahrimizni vayron qilishi mumkin edi”, degan AQSH yetakchisi.
Strategic Focus: Atlantic | 281 |
| 15 | Eron o‘z mablag‘larini xalqiga emas, Hizbulloh, HAMAS va boshqa qurolli guruhlarga sarflamoqda – Rubio
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, Eron iqtisodiyoti so‘nggi voqealarga qadar ham og‘ir inqiroz holatida bo‘lgan. Mamlakat rahbariyati qo‘lga kiritayotgan moliyaviy resurslarni o‘z fuqarolari farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga yo‘naltirmayapti.
“Mablag‘lar AQSH hamda xalqaro hamjamiyat xavfsizligiga tahdid solish uchun ishlatilmoqda. Ushbu mablag‘larning teng yarmi mamlakat ichki ehtiyojlariga yo‘naltirilganda edi, Eron xalqining turmush darajasi sezilarli darajada yaxshilangan bo‘lardi”, degan Rubio nutqida.
Strategic Focus: Atlantic | 282 |
| 16 | 🇪🇺🇭🇺Vengriya YIdan migratsiya jarimalarini qoplashni talab qilmoqda
Budapesht migratsiya sohasidagi umum Yevropa qoidalariga rioya qilmagani sababli har kuni to‘layotgan mablag‘larini Yevropa Ittifoqidan (YI) qaytarib olishga erishmoqchi. Hozirda jarima miqdori kuniga 1 mln yevroni tashkil etmoqda.
Bosh vazir Peter Madyar Vengriya o‘z chegaralarini himoya qilishda davom etishini va migrantlarni qabul qilish masalasida pozitsiyasini o‘zgartirish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Kompensatsiya masalasini Yevropa Ittifoqining yangi 7 yillik byudjeti muhokamasi chog‘ida ko‘tarish rejalashtirilgan.
Strategic Focus: Atlantic | 275 |
| 17 | 🇺🇸🇵🇸Toni Bler Falastin maktab darsliklaridan “Falastin” so‘zini olib tashlashni talab qilmoqda
Buyuk Britaniyaning BMTdagi sobiq elchisi Jeremy Greenstockning ma’lum qilishicha, Toni Bler Trampning “Tinchlik kengashi” nomidan harakat qilib, Falastin ma’muriyatiga maktab darsliklaridan “Falastin” so‘ziga oid barcha eslatmalarni olib tashlash bo‘yicha bosim o‘tkazgan.
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos buni qat’iyan rad etganini ma’lum qilgan.
Strategic Focus: Atlantic | 275 |
| 18 | Bessent do‘st-u dushmanlariga Eron bilan hamkorlik qilmaslikni maslahat berdi
AQSH rasmiysi Bessent Eron hukumatiga qaratilgan qattiq ogohlantirish bilan chiqib, Vashington dushmanlar va do‘stlarga birdek murojaat qilayotganini ma’lum qilgan. U hech kim bu “yovuz” rejim bilan hamkorlik qilmasligi kerakligini qat’iy ta’kidlagan.
“Biz do‘stlarga ham, dushmanlarga ham aytyapmiz, bu yovuz rejim bilan savdo-sotiq qilmang. Biz kimligingizni bilamiz. O‘zingiz ham kimligingizni bilasiz. Agar kerak bo‘lsa, biz sizni biznesdan chetlatamiz”, deya ta’kidlagan u.
Strategic Focus: Atlantic | 293 |
| 19 | Amerika banki vitse-prezidenti pichoqlab ketildi
Amerika banki vitse-prezidenti Erin Pyachenti Nyu-York shahrining “Times Square” maydonida pichoq bilan hujum qilinishi oqibatida halok bo‘lgan. Voqea 31-avgust kuni sodir bo‘lgan. Hujum tasodifiy va hech qanday sababsiz amalga oshirilgani aytilmoqda. Shuningdek, hujum vaqtida bir erkak ham jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya voqea joyiga yetib kelib ayblanuvchiga qarata o‘q uzgan va u voqea joyida vafot etgan. Ayblanuvchida ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlangan.
Amerika banki xavfsizlik xodimlari politsiyaning tergov ishlariga yordam berayotganini ma’lum qilgan.
Strategic Focus: Atlantic | 286 |
| 20 | AQSH Germaniya va barcha ittifoqchilar bilan birdamligini bildirdi
NATOdagi AQSH elchisi Metyu Uitaker alyans hududida xavf-xatar va tartibsizliklar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlarga qarshi AQSH Germaniya va barcha ittifoqchilar bilan to‘liq birdam ekanini ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, Vashington NATOning jamoaviy mudofaa tamoyiliga sodiq qoladi hamda alyansga qarshi barcha tahdidlarni jilovlash uchun ittifoqchilar o‘z harbiy salohiyatini oshirishi zarurligini yaxshi anglaydi.
Strategic Focus: Atlantic | 290 |
