ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 50 942 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 607,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 461

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 50 942 名订阅者。

根据 07 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 585,过去 24 小时变化为 -172,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.55% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 775 次浏览,首日通常累积 9 461 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 08 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

50 942
订阅者
-17224 小时
-1 4157
-2 58530
帖子存档
+1
⚡️Microsoft'ning yangi VASA neyron tarmog’i fotosuratlarni juda realistik jonlantira oladi. Rasm va audioni yuklash kifoya. Natijada: aniq lablar sinxronizatsiyasi va yuz ifodalari bilan gapirayotgan yoki qo'shiq aytayotgan video tayyorlab beradi. Hatto emotsiyalarni va ko’z harakatini sozlash ham mumkin. Hozircha neyrotarmoq yopiq beta-test rejimida ishlamoqda, lekin yaqin orada ommaviy versiyasini chiqarishni va’da qilishmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi. Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soni
+4
🚘 Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi. Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soniyada chiqadi va bir zaryadda 473 km gacha masofani bosib o’tadi, shuningdek, joyida burilish tizimi va zaxira g’ildirak o'rniga zaryadlovchi kabeli mavjud. Narxi 142 621 yevrodan boshlanadi. 📟 DigiTech

🍔 Tadqiqot — «Fastfood» o’smirlarda xotirani doimiy ravishda yomonlashishiga olib keladi. Olimlar aniqlashicha, «Fastfood»ni
🍔 Tadqiqot — «Fastfood» o’smirlarda xotirani doimiy ravishda yomonlashishiga olib keladi. Olimlar aniqlashicha, «Fastfood»ni doimiy iste’mol qilish xotira va o’rganish uchun mas’ul bo’lgan atsetilxolin darajasiga ta’sir qiladi. Bu jarayonni orqaga qaytarib bo’lmaydi va sog’lom ovqatlanishga o’tish vaziyatni o’zgartirmaydi 📟 DigiTech

⚡️Texnobloger Fragment platformasi orqali @pavel linkini sotish orqali TONda 80 ming dollar ishlab oldi. Kim oshdi savdosi bi
⚡️Texnobloger Fragment platformasi orqali @pavel linkini sotish orqali TONda 80 ming dollar ishlab oldi. Kim oshdi savdosi bir hafta davom etdi va xariddan so’ng ushbu link Pavel Durovga sovg’a qilindi. Bloger birinchilardan bo’lib Telegram'da 9 yil oldin ro’yxatdan o‘tgan va @pavel linkini band qilgan. Telegram asoschisi ham «odamlar bundan buyon bunday saxovatli sovg‘alarni qilmasligini» uchun kim oshdi savdosida ishtirok etib @paul linkini 24 ming dollarga sotib oldi. Endi Durov'da yettita «username» bor. 📟 DigiTech

📲 Apple barcha jismoniy tugmalardan voz kechishi mumkin. Kompaniyaning yangi hisobotida iPhone 16 ning ikkala tomoni uchun t
📲 Apple barcha jismoniy tugmalardan voz kechishi mumkin. Kompaniyaning yangi hisobotida iPhone 16 ning ikkala tomoni uchun tugmasiz modullarga buyurtma berilgani ma’lum bo’ldi. Bunday tugmalar sensor asosida ishlaydi. Ular avvalroq iPhone 15 da paydo bo’lishi kerak edi, ammo ishlab chiqarish muammolari tufayli Apple bu rejalardan voz kechgandi. 📟 DigiTech

+2
🚦 Xitoy yo’llari haqida yana bir qiziqarli ma’lumot — ularda svetoforlar taymeri to’g’ridan-to’g’ri navigator ilovasida ko’rsatiladi. Eng qizig’i, svetoforni o’zida taymer bo’lmasligi ham mumkin, lekin dasturda taymer hardoim bo’ladi. Hatto keyingi svetoforga yetib borguningizcha qanday rang yonishini ham ko’rsatib turadi. Hozircha bu butun mamlakat bo’ylab ishlamaydi, lekin, masalan, Guanchjouda allaqachon har bir svetofor ilovaga qo’shilgan. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyning Chengdu shahridagi markaziy ko’chalardan biridagi chorraha o’ta murakkabligiga qaramay, undagi harakat juda tartibli. Transport harakati shunday tartibga solinganki, hatto tig’iz vaqtda ham hech kim bir-biriga xalaqit bermaydi. 📟 DigiTech

⚡️Tasvirlarni matnga aylantirib beruvchi bepul neyron tarmoq chiqdi. Foydalanish mutlaqo bepul va ChatGPT-ga qaraganda tezroq ishlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning GAC kompaniyasi kiberpank uslubidagi City Box uch g’ildirakli elektr avtomobilini namoyish etdi. G’oyaga ko’ra,
+3
🚘 Xitoyning GAC kompaniyasi kiberpank uslubidagi City Box uch g’ildirakli elektr avtomobilini namoyish etdi. G’oyaga ko’ra, bunday mashina shaharning tor ko’chalari bo’ylab harakatlanish va buyurtmalarni yetkazish uchun qulay bo’ladi. Hozircha bu faqat konseptsiya, sotuvga chiqarishni hali rejalashtirishmayapti. 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi o’zining SU7 elektromobili panelida telefon ushlagichi uchun o’rnatma joylashtiradi. Uning o’lchami barcha ushlagichlarga mos keladimi yoki yo’qmi hali aniq emas, lekin u old oynaga yopishtiriladigan har qanday ushlagichdan yaxshiroqdir. Nega avtomobil brendlari bu narsani oldinroq qilishmagan? 📟 DigiTech

+2
⚡️Kamalaklar aslida ideal dumaloq ekanligini bilarmidingiz? Odatda, bizga yerdan uning faqat kichik bir qismi ko’rinadi, uni faqat yuqoridangina to’liq ko’rish mumkin — masalan, osmono’par binodan, tog’lardan yoki samolyot oynasidan. 📟 DigiTech

🚘 Bundan yaxshiroq reklama bo’lmasa kerak: Porsche Taycan avtomobili Dubayda suv toshqinini kesib o’tgani aks etgan video internetda mashhurlashib bormoqda. 📟 DigiTech

🤖 Agar qachondir robo-itlarga qarshi chiqishga to’g’ri kelsa, ushbu videoni eslang. Ularni uloqtirish, ag’darish yoki tayoq bilan urish — variant emas! Batareya quvvati tugashini kutish osonroq :) 📟 DigiTech

😶 ChatGPT, Gemini kabi mashhur sun'iy intellektlar qaysi dasturlash tilida tayyorlanganini bilasizmi? Qoyil qolsangiz arziydi. Hozirgi kunda barcha sun'iy intellektlar sodda va o'rganish oson bo'lgan Python dasturlash tilida tayyorlanadi. «Najot Ta'lim» Dasturlash foundation kursida siz aynan C, Python dasturlash tillarining asosini o'rganasiz hamda dasturlashning istalgan yo'nalishlaridan birini tanlab, talabgir kasb egasiga aylanasiz. Hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting. 🔗 Ro'yxatdan o'tish 📞 78 888 98 88

⚡️Uyqusizlik odamni tashqi ko’rinishi shunday o’zgartiradi. Muammolar kuniga 7 soatdan kam uxlaganda boshlanadi. Uyqusizlik a
+1
⚡️Uyqusizlik odamni tashqi ko’rinishi shunday o’zgartiradi. Muammolar kuniga 7 soatdan kam uxlaganda boshlanadi. Uyqusizlik ajinlar paydo bo’lishiga va terini qurishiga olib keladi. Mahsuldorlik va o’zini his qilish ham yomonlashadi. Bularning sababi, hujayralar tiklanishi uchun yetarli vaqtga ega emasligi. Uyqusizlik shuningdek, kortizol gormoni darajasi keskin oshishiga ham olib keladi. 📟 DigiTech

⚡️Singapurlik olimlar kiborg suvaraklarning «armiyasini» ko’rsatishdi. Ulardan, masalan, qutqaruv operatsiyalari paytida foydalanishmoqchi. G’oyaning o’zi yangi emas: AQShda hasharotlarni nazorat qilish uchun shunga o’xshash moslamalar uzoq vaqtdan beri sotilib keladi, ammo bu yerda ular bir vaqtning o’zida 20 ta suvarakni nazorat qilishga muvaffaq bo’lishgan, ushbu suvaraklar hatto bir-birlariga yordam berishlari mumkin (masalan, qaysi biridir dumalab ketsa). Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli ko’rinadi. 📟 DigiTech

⚡️InstantMesh neyron tarmog’i chiqdi, u har qanday rasmni 3D obyektga aylantirib beradi. Generatsiya o’rtacha 10 soniya vaqtni oladi, neyron tarmoq sizga 3D model yaratilishining barcha bosqichlarini ko’rsatib beradi. Ishlatish mutlaqo bepul, lekin kompyuterda ishlatishni maslahat beramiz, telefonda yaxshi ishlamasligi mumkin. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🤖 Boston Dynamics Atlas robotlarining yangi avlodini namoyish etdi — ular endi bitta ham gidravlik elementsiz, butunlay elektrda ishlaydi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu robot endi «dunyodagi eng epchil gumanoid robot» bo’lib, zavodlarda ishlay oladi va odamlarga kundalik hayotda yordam bera oladi. Kompaniya yangi Atlas ustida Hyundai bilan birga ishlamoqda, ular pul va ishlab chiqarishda yordam berishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni YouTube'ga joyladi. Ular asosan, albatta, Teleg
⚡️Amerikalik jurnalist Taker Karlson Pavel Durov bilan bir soatlik intervyuni YouTube'ga joyladi. Ular asosan, albatta, Telegram haqida gaplashishdi: Durov uni qachon va nima uchun yaratgani, nima uchun bosh ofis Dubayda ekanligi va messenjer qanday qilib nol reklama xarajatlari bilan shu qadar mashhur bo’lganini so’zlab berdi. Durov, shuningdek, Telegram'ning shifrlash standarti uning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgani, shuning uchun «messenjer xavfsizligiga hech qanday shubha yo‘qligini» aytdi. Durov shaxsiy hayoti haqida hardoimgidek gapirmadi: u faqat VKdagi o’z ulushini sotishdan kelgan pulni hashamatli xaridlarga «yuzlab million dollar» sarflamaganini va boshlashni rejalashtirmayotganini aytdi. 👉 To’liq intervyuni ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Olimlarning aniqlashicha, sun’iy intellektlar ataylab o’zini ahmoq qilib ko’rsatishi mumkin. GPT-4 va Gemini kabi til model
⚡️Olimlarning aniqlashicha, sun’iy intellektlar ataylab o’zini ahmoq qilib ko’rsatishi mumkin. GPT-4 va Gemini kabi til modellari bolalarning tafakkurini mohirlik bilan taqlid qilib, o‘z aql-idrokini ataylab kamaytira oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu xavfsiz emas — insoniyat ushbu texnologiyalarning haqiqiy imkoniyatlarini juda kech anglab yetishi mumkin. 📟 DigiTech