ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 369 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 369 名订阅者。

根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

53 369
订阅者
-31224 小时
+2 0507
+95530
帖子存档
⚡️Samsung Galaxy S26 Ultra'da displey bilan bog‘liq muammolar borligini tan oldi. Foydalanuvchilar tasvirning g‘alati sifati,
⚡️Samsung Galaxy S26 Ultra'da displey bilan bog‘liq muammolar borligini tan oldi. Foydalanuvchilar tasvirning g‘alati sifati, ko‘z charchashi va hatto bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmoqda. Kompaniya bunga munosabat bildirib, aprel oyida bularning barchasini tuzatishi kerak bo'lgan yangilanishni chiqarishga va'da berdi. Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining ta’kidlashicha, tasvirning miltillashi va buzilishi bilan bog‘liq xatoliklar dasturiy muammo bo‘lib, u yangilanish bilan bartaraf etiladi.
Biroq ko‘z og‘rig‘i masalasida hammasi ancha murakkab. Mutaxassislarning fikricha, sabab qurilmaning o‘zida, ya’ni uning «ichki» qismida yashiringan. S26 Ultra smartfonida Privacy Display funksiyasi uchun yangi piksel strukturasi (Flex Magic Panel) qo‘llanilgan — bu begonalar ekraningizga mo‘ralay olmasligi uchun kerak. Aftidan, aynan shu texnologiya ko‘zga kuchli og‘irlik beryapti va buni birgina yangilanish bilan tuzatish qiyin.
📟 DigiTech

👨‍💻 YouTube desktop versiyasidan pauza tugmasini olib tashladi. Endi videoni to‘xtatish uchun uning o‘ziga bosish kerak. Od
👨‍💻 YouTube desktop versiyasidan pauza tugmasini olib tashladi. Endi videoni to‘xtatish uchun uning o‘ziga bosish kerak. Odatdagi pauza tugmasi o‘rnida endi «Ulashish» tugmasi turibdi. Ko‘rinishidan, bu foydalanuvchilar odat bo‘yicha pastki chap burchakka bosib, repostlar statistikasini oshirishlari uchun qilingan. Yangilanish hozircha ayrim foydalanuvchilarga yetib borgan, ammo hali ommalashgani yo‘q. Umid qilamizki, shundayligicha qoladi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoy armiyasi «jamoaviy fikrlash»ga ega jangovar robotlarni ishlab chiqdi. Robotlar to‘dasi o‘zaro sinxron tarzda qayta i
🤖 Xitoy armiyasi «jamoaviy fikrlash»ga ega jangovar robotlarni ishlab chiqdi. Robotlar to‘dasi o‘zaro sinxron tarzda qayta ishlanadigan axborotni uzluksiz almashish qobiliyatiga ega, bu esa to‘da a’zolari bir-biridan uzoqlashgan taqdirda ham vaziyat haqida ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Umumiy «miya» robotlarga mustaqil ravishda harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi: ba’zilari razvedka yoki logistika uchun, boshqalari esa nishonlarni yo‘q qilish uchun xizmat qiladi. Ta’kidlanishicha, robotlar inson tasdig‘isiz hujum qila olmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Operativ xotira narxlari tushishni boshladi — bir necha oy deganda birinchi marta AQSh do‘konlarida xotira narxi arzonlashd
⚡️Operativ xotira narxlari tushishni boshladi — bir necha oy deganda birinchi marta AQSh do‘konlarida xotira narxi arzonlashdi. Bu pasayish Google TurboQuant haqidagi yangiliklar fonida yuz bermoqda. Masalan, Corsair Vengeance DDR5 32GB’ni hozir 380 dollarga olish mumkin, vaholanki, atigi bir hafta oldin bu plankalar uchun 490 dollar so‘ralayotgan edi. 16 GB'li modullar narxi ham tushgan: tarixiy maksimal 260 dollardan 220 dollargacha. Rahmat Google. 📟 DigiTech

🕹️ GTA VI’ni chiqishidan oldin o‘ynashning yagona imkoniyati paydo bo‘ldi — Rockstar faol ravishda sinovchilarni yollashni b
🕹️ GTA VI’ni chiqishidan oldin o‘ynashning yagona imkoniyati paydo bo‘ldi — Rockstar faol ravishda sinovchilarni yollashni boshladi, bu uchun hatto pul ham to’lashadi. Arizalar 18-aprelgacha qabul qilinadi. Shundan so‘ng pleytestlar boshlanadi. Talablar: o‘yin tajribasiga ega bo‘lish va 18 yoshdan katta bo’lish. Lekin buning uchun Hindistonga borishga to’g’ri keladi) Ushbu havola orqali ariza qoldirish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Google'ning TurboQuant nomli yangi ma’lumotlarni siqish texnologiyasi xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchilari orasida vah
⚡️Google'ning TurboQuant nomli yangi ma’lumotlarni siqish texnologiyasi xotira qurilmalari ishlab chiqaruvchilari orasida vahimaga sabab bo’ldi. TurboQuant katta til modellarining (LLM) ishlashi uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini 6 barobarga qisqartirish imkonini beradi. U oldingi hisob-kitoblar bilan yig’ilgan keshni mohirona qisqartirib, tizimni ikki tomonlama ishlashdan xalos qiladi. Bu fond bozorida investorlarni sarosimaga tushirdi. Sun’iy intellektlar bumi davrida gullab yashnayotgan — Samsung, SK Hynix, Micron va Kioxia aksiyalari 10–15 foizga tushib ketdi. Mantiq oddiy: agar neyrotarmoqlar endi kamroq operativ xotira talab qilsa, demak, o‘ta qimmat xotira chiplari savdosi pasayadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Mac Pro davri o’tdi Apple o‘z saytidan kompyuter sahifasini olib tashladi — endi uni xarid qilib bo‘lmaydi. Kompaniya 9
👨‍💻 Mac Pro davri o’tdi Apple o‘z saytidan kompyuter sahifasini olib tashladi — endi uni xarid qilib bo‘lmaydi. Kompaniya 9to5Mac nashriga bergan xabarida Mac Pro'ning ishlab chiqarilishi to‘xtatilganini tasdiqladi. So‘nggi yillarda Mac Pro o‘rnini ancha ixcham bo‘lgan Mac Studio egallab kelmoqda. Uning top konfiguratsiyalari kompaniyaning maxsus Max va Ultra versiyadagi chipsetlari bilan jihozlangan. 800 dollarlik g‘ildirakchalar ham saytdan g’oyib bo’ldi. 📟 DigiTech

⚡️PlayStation 5 narxi birdaniga 100 dollarga qimmatlashadi — Sony butun dunyo bo‘ylab konsollar narxini oshirmoqda. 2-aprelda
⚡️PlayStation 5 narxi birdaniga 100 dollarga qimmatlashadi — Sony butun dunyo bo‘ylab konsollar narxini oshirmoqda. 2-apreldan boshlab bazaviy PS5 narxi 650 dollar, disk o’qimaydigan versiyasi 600 dollar, PS5 Pro esa 900 dollar bo’ladi. Olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti, chunki bizda narx bundan ham qimmatlashishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️AQSh universitetlarida og‘zaki imtihonlarga qaytishmoqda: sun’iy intellekt tufayli talabalar mustaqil fikrlamay qo‘yishdi.
⚡️AQSh universitetlarida og‘zaki imtihonlarga qaytishmoqda: sun’iy intellekt tufayli talabalar mustaqil fikrlamay qo‘yishdi. Talabalar neyrotarmoqlar yordamida esse yozishni puxta o‘rganib olishdi, mustaqil fikrlashni esa yoddan chiqarishdi. Amerikalik professorlar shunday xulosaga kelib, endilikda yozma ishlardan voz kechib, eski an’ana — yuzma-yuz suhbatlashish usuliga qaytmoqdalar.
Talabalar benuqson yozilgan matnlarni topshirishadi-yu, ammo materialni tushuntirib berish so‘ralganda, ikki og‘iz so‘zni bir-biriga bog‘lay olishmayapti. O‘qituvchilar bundan havotirda: yoshlar kognitiv ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotmoqda.
Universitetlar (jumladan, Kornell va Nyu-York universiteti) og‘zaki imtihonlarni joriy etmoqda. Uning shakllari turlicha: 4 daqiqalik blits-so‘rovlardan tortib, yarim soatlik suhbatlargacha. 📟 DigiTech

🧠 Neyrobiologiyada inqilob: olimlar ilk bor inson miyasining rivojlanish atlasini tuzishdi. Olimlar 30 million hujayraning g
🧠 Neyrobiologiyada inqilob: olimlar ilk bor inson miyasining rivojlanish atlasini tuzishdi. Olimlar 30 million hujayraning genetik ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi — bu o‘nlab kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Jon Hopkins universiteti olimlari autizm, shizofreniya va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarga olib keluvchi genlardagi o‘zgarishlarni kuzatishni o‘rganishdi. Endi ularni miyaning shakllanish bosqichidayoq aniqlash rejalashtirilmoqda. Barcha ma’lumotlar ochiq manbaga joylashtirildi. Endi butun dunyodagi mustaqil tadqiqotchilar Altsgeymer kasalligiga davo izlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📟 DigiTech

🚀 NASA Marsga yadroviy dvigatelga ega dunyodagi ilk kosmik kemani jo‘natadi va Oyda «uzoq muddatli faoliyat» uchun baza qura
+2
🚀 NASA Marsga yadroviy dvigatelga ega dunyodagi ilk kosmik kemani jo‘natadi va Oyda «uzoq muddatli faoliyat» uchun baza quradi. «SR-1 Freedom» kemasi 2028-yilda uchiriladi. U suv izlash va hudud xaritasini tuzish uchun Ingenuity turidagi uchta kosmik dronga ega kapsulani sayyora sirtiga tashlaydi, shundan so‘ng tadqiqot parvozini davom ettira oladi. Baza qurilishiga kelsak, hozircha aniq muddatlar belgilanmagan, biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bunga yetti yil va 20 milliard dollar talab etiladi. 📟 DigiTech

🖼️ Nano Banana 2 yordamida arxiv suratlarni tiklaymiz. Sun’iy intellekt rasmni shikastlangan joylarini tiklab, tasvirni rang
+1
🖼️ Nano Banana 2 yordamida arxiv suratlarni tiklaymiz. Sun’iy intellekt rasmni shikastlangan joylarini tiklab, tasvirni rangli va tiniq qiladi. Prompt:
"prompt": "Restore and enhance the provided image in full color. Preserve original identity, facial structure, proportions, and composition. High-fidelity photo restoration, ultra-realistic, natural skin texture, accurate details, professional photographic look. 4K output, sharp but natural focus, modern cinematic lighting, subtle volumetric lighting, professional color grading, depth of field, HDR. Shot on Arri Alexa, raw photo aesthetic, masterpiece. No borders, no frames, no overlays, no text, no watermarks, no UI elements. Avoid creative reinterpretation, style change, face reshaping, exaggerated features, cartoonish, painting, illustration, over-sharpening, plastic skin, blur, noise, film grain, jpeg artifacts, distortion, bad anatomy, overexposed or underexposed, washed out colors.", "steps": 30, "cfg_scale": 6.5, "denoising_strength": 0.45, "upscaler": "4x_NMKD_Siax_200k", "target_resolution": "4K"
👉 @TechChatGPT_bot da bepul sinab ko’rish mumkin. Rasm birnecha daqiqada generatsiya qilinadi. 📟 DigiTech

📲 Zumer qiz yoshligidan ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan va endi buning uchun Meta hamda YouTube'dan 3 MILLION dolla
📲 Zumer qiz yoshligidan ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan va endi buning uchun Meta hamda YouTube'dan 3 MILLION dollar tovon puli oladi — bu G‘arb OAVlarining barchasi muhokama qilayotgan shov-shuvli sud ishidir.
20 yoshli Keyli sudga 6 yoshidan YouTube'da videolar ko‘rishni, 9 yoshidan esa Instagram'ga kirishni boshlaganini ma’lum qildi. U o‘zidagi bezovtalik va tushkunlikda kompaniyalarni aybladi. Sud kontentni emas, aynan dizayn va algoritmlarni ko‘rib chiqdi — yakunda sudya platformalar odamni o‘ziga bog‘lab qo‘yish uchun atayin ishlab chiqilgan degan xulosaga keldi.
Endi Sukerberg qizga 2,1 million dollar, Google esa qo‘shimcha 900 000 dollar to‘lashi kerak. Bundan tashqari kompaniyalar yana qo’shimcha 3 million dollar jarima ham to‘lashlari kerak. Bu juda shov-shuvli ish bo‘lib, sudlarda shunga o‘xshash mingga yaqin da’vo arizalari mavjud. 📟 DigiTech

🎵 Bir yigit hech kim tinglamaydigan sun’iy intellekt musiqalarini yaratib, 10 million dollardan ortiq pul ishladi — u shunch
🎵 Bir yigit hech kim tinglamaydigan sun’iy intellekt musiqalarini yaratib, 10 million dollardan ortiq pul ishladi — u shunchaki qo‘shiqlarini boshqa SI-botlar yordamida «sun’iy aylantirgan». Uning «fermasi» kecha-yu kunduz treklar yaratib, ularni Spotify, Apple Music va Amazon Music kabi platformalarda o‘zi «tinglab», 0 ta auditoriya bilan pul ishlab kelgan. Bunda pullar umumiy jamg‘armadan olingani uchun haqiqiy san’atkorlar kamroq gonorar olishgan. Oxir-oqibat, bu firibgarlik sxemasi fosh etildi va «daho» barchasini tan oldi. Endi u sun’iy intellekt musiqasi bilan bog‘liq firibgarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Kechasi otishma o‘yinlar o‘ynash miya uchun foydali ekani aniqlandi. Seriallar bilan solishtirganda, bu uyqu sifatiga z
👨‍💻 Kechasi otishma o‘yinlar o‘ynash miya uchun foydali ekani aniqlandi. Seriallar bilan solishtirganda, bu uyqu sifatiga zarar yetkazmaydi. Bir nechta o‘yinchilar bir hafta davomida uyqudan bir soat oldin «Call of Duty» o‘ynashdi. Natijada ularda vizual xotira yaxshilangani va stress darajasi pasaygani kuzatilgan. Boshqa bir guruh esa bu vaqtda «Qog‘oz bino» serialini tomosha qilgan. Biroq ularda uyqu sifati yomonlashgani aniqlangan. Butun tun davomida o’yinlar o‘ynash ham zarar bo‘ladi. Shuning uchun vaqtni nazorat qilish kerak. 📟 DigiTech

📲 Apple iOS 26.4’ni rasman chiqardi — endi «olmachilar» uchun 8 ta yangi emoji mavjud, «Suyuq shisha» esa yanada ko‘payadi.
📲 Apple iOS 26.4’ni rasman chiqardi — endi «olmachilar» uchun 8 ta yangi emoji mavjud, «Suyuq shisha» esa yanada ko‘payadi. Yana nimalar yangilandi:
• Apple Music yangilandi: pleylistlarning yangi dizayni, mahalliy konsertlarni qidirish va sun’iy intellekt yordamida pleylistlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. • «Eslatmalar» ilovasiga «Shoshilinch» bo‘limi qo‘shildi. • «Salomatlik» ilovasida o‘rtacha uyqu vaqtini ko‘rish mumkin. • Matnni tez terishda klaviaturaning ishlash aniqliligi oshirildi.
iPadOS, macOS va watchOS uchun ham barqaror versiyalar chiqarildi. 📟 DigiTech

🚤 Xitoyda suv kartingi ishga tushirildi: endi do‘stlar bilan elektr qayiqlarda poyga o‘ynash mumkin. Trassa Xenan provinsiyasidagi dara orqali o‘tadi. Bir martalik poyga narxi 5,5 dollarni tashkil etadi. Xitoyga borish uchun yangi sabab topildi) 📟 DigiTech

⚡️Apple WWDC 2026 ni 8-12 iyun kunlari o‘tkazadi. Yangi iOS va boshqa operatsion tizimlar hamda sun’iy intellekt sohasidagi y
⚡️Apple WWDC 2026 ni 8-12 iyun kunlari o‘tkazadi. Yangi iOS va boshqa operatsion tizimlar hamda sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlarning asosiy taqdimoti ochilish kuni 8-iyunda bo‘lib o‘tadi. Konferensiyaning o‘zi asosan onlayn tarzda o‘tkaziladi, biroq dasturchilar va talabalar uchun Apple Park kampusida maxsus tadbir ham tashkil etiladi. 📟 DigiTech

Yandex'da AI agentlar qanday yaratiladi? YSDA Agents Week'da aytib beramiz! Onlayn-intensiv 2026-yil 6–10-aprelda bo‘lib o‘ta
Yandex'da AI agentlar qanday yaratiladi? YSDA Agents Week'da aytib beramiz! Onlayn-intensiv 2026-yil 6–10-aprelda bo‘lib o‘tadi. Yandex ekspertlari aytib beradi: • Zamonaviy AI-agentlar qanday ishlaydi • Ularning xatti-harakatini loyihalash va sozlashni nimadan boshlash kerak • single-agent- va multi-agent-tizimlarni yaratishning qanday usullari bor • Agentlarni prodakshngacha qanday yetkazish: sifatni baholash, monitoring, masshtablash va ekspluatatsiya Intensiv ML-muhandislar, backend-dasturchilar, tadqiqotchilar va texnikaga oid OTM talabalar — AI-agentlarini yaratishni xohlovchilar uchun qiziqarli bo‘ladi. Intensivda ishtirok etish bepul, roʻyxatdan oʻtish 9-aprelgacha – havola orqali. Yandex va “Yandex ta’lim texnologiyalari” ANO DPO “Yandex School of Data Analysis tomonidan intensiv” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi. Reklama

⚡️GTA VI dasturchisi tasodifan yangi tafsilotlarni oshkor qilib qo‘ydi: o‘yinda transport vositalari va boshqa obyektlardagi
⚡️GTA VI dasturchisi tasodifan yangi tafsilotlarni oshkor qilib qo‘ydi: o‘yinda transport vositalari va boshqa obyektlardagi oynalarni sindirish uchun PCG (protsedurali kontent generatsiyasi) qo‘shilishi mumkin. Bu oynalarning sinishi uchun oldindan tayyorlangan animatsiyalar bo‘lmasligini anglatadi. Ular real vaqt rejimida yaratiladi. Aftidan, GTA VI giperrealistik o’yin bo‘ladi. 📟 DigiTech