ch
Feedback
Bo'stonliq tumani ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi rasmiy kanali

Bo'stonliq tumani ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

Bo'stonliq tumani ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi rasmiy kanali Admin @Elyor708

显示更多
438
订阅者
-124 小时
-17 天
+230 天

数据加载中...

标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+1
在0个频道中
八月 '26
+10
在0个频道中
Get PRO
七月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+3
在0个频道中
Get PRO
五月 '26
+5
在0个频道中
Get PRO
四月 '26
+2
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+2
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+7
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+5
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+11
在0个频道中
Get PRO
十一月 '25
+3
在2个频道中
Get PRO
十月 '25
+8
在0个频道中
Get PRO
九月 '25
+10
在1个频道中
Get PRO
八月 '25
+5
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+3
在0个频道中
Get PRO
六月 '25
+1
在0个频道中
Get PRO
五月 '25
+2
在0个频道中
Get PRO
四月 '25
+12
在1个频道中
Get PRO
三月 '25
+38
在0个频道中
Get PRO
二月 '25
+16
在4个频道中
Get PRO
一月 '25
+39
在1个频道中
Get PRO
十二月 '24
+10
在0个频道中
Get PRO
十一月 '24
+6
在1个频道中
Get PRO
十月 '24
+11
在1个频道中
Get PRO
九月 '24
+12
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+54
在1个频道中
Get PRO
七月 '24
+1
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+13
在1个频道中
Get PRO
五月 '24
+18
在1个频道中
Get PRO
四月 '24
+149
在2个频道中
Get PRO
三月 '24
+10
在2个频道中
Get PRO
二月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+72
在1个频道中
Get PRO
十二月 '23
+11
在1个频道中
Get PRO
十一月 '23
+26
在2个频道中
Get PRO
十月 '23
+11
在0个频道中
Get PRO
九月 '23
+433
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+24
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+12
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+10
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+31
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+524
在0个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
06 九月0
05 九月0
04 九月0
03 九月+1
02 九月0
01 九月0
频道帖子
❗️Dekretdagi o‘qituvchiningavvalgi dars soatlari saqlanishi kafolatlanmagan. U ta’tildan qaytganda, dars soatlariqayta taqsimlanadi. @Yurist_Xizmati 5730-savol:
Assalomu alaykum Men boshlangʻich sinf oʻqituvchisiman. Maktabda 3ta 1-toifali,1ta 2-toifali oʻqituvchi bor. Qolganlar  mutaxasis. 2ta 1-toifali ustozlarga 19va 18 soatdan menga 16 soat dars berishdi sababini sorasam dekretga ketadigan oʻqituvchiga 2 soatingni olib berdik deyishdi 1 oydan keyin oʻzinga qaytadi deyishdi.3271 boyicha dars togʻri taqsimlanganmi?Dekret tatilidan qaytgan ustoz darsini qaytarib oliwga haqlimi?
YURIST JAVOBI: Mehnat kodeksining 404-moddasida homiladorlik va tug‘ish ta’tili, 405-moddasida esa bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar beriladigan parvarishlash ta’tili nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, ijtimoiy ta’til davrida xodimning avvalgi ish joyi va lavozimi saqlanadi. Kodeksning 405-moddasida ham bola parvarishlash ta’tilida xodimning ish joyi va lavozimi saqlanishi alohida belgilangan. Biroq ish joyi va lavozimning saqlanishi o‘qituvchi ta’tilga nechta dars soati bilan chiqqan bo‘lsa, aynan shuncha soat bilan qaytishi shart degani emas. O‘qituvchining ish joyi saqlanadi, dars soatlari esa har bir o‘quv yili uchun alohida tartibda taqsimlanadi.
Adliya vazirligida 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan hamda bola parvarishlash ta’tilidan qaytgan o‘qituvchiga dars soatlari Nizomning 15-bandidagi ustuvorlik ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Demak, ta’tildan qaytgan o‘qituvchi oldingi darslarini “o‘z soatim” deb talab qila olmaydi. Uning malaka toifasi, dars beradigan fanidan milliy yoki xalqaro sertifikati va boshqa ustuvor ko‘rsatkichlari qolgan o‘qituvchilarniki bilan birgalikda baholanadi. Agar siz hamda 19 va 18 soat olgan o‘qituvchilar birinchi malaka toifasiga ega bo‘lib, boshqa ustuvor ko‘rsatkichlaringiz ham bir xil bo‘lsa, Nizomning 16-bandiga muvofiq dars soatlari teng taqsimlanishi kerak. Biriga 19, ikkinchisiga 18, sizga 16 soat berilishi uchun asoslantirilgan sabab bo‘lishi lozim. “Boshqa o‘qituvchi dekretga ketadi” degan vajning o‘zi teng taqsimlash talabini bekor qilmaydi. Dekretga ketadigan o‘qituvchi hozir ishlayotgan bo‘lsa, u ham o‘zining ustuvor ko‘rsatkichiga qarab dars taqsimotida qatnashadi. U ta’tilga chiqqach, bo‘shagan soatlar pedagogik kengash tomonidan qayta taqsimlanadi. Sizga bir oydan keyin 2 soat qaytarilishi pedagogik kengash qarori va tarifikatsiya hujjatlarida rasmiylashtirilishi kerak. Direktor nomiga yozma ariza berib:
·         dars taqsimoti bo‘yicha pedagogik kengash bayonnomasidan ko‘chirma berishni; ·         sizga 16 soat ajratilganining huquqiy asosini tushuntirishni; ·         bir xil ustuvor ko‘rsatkichga ega o‘qituvchilar o‘rtasida soatlarni teng taqsimlashni; ·         o‘qituvchi ta’tilga chiqqach, bo‘shaydigan 2 soatni pedagogik kengashda qayta ko‘rib chiqishni so‘rang.
Ta’tildagi o‘qituvchining ish joyi va lavozimi saqlanadi, ammo avvalgi dars soatlari o‘zgarmasdan saqlanishi kafolatlanmagan. U ta’tildan qaytganda dars soatlari 3271-son Nizomning 19-bandi orqali 15-banddagi ustuvorlik ketma-ketligi asosida qayta taqsimlanadi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

2
Dars taqsimoti: Eng ko'p berilgan savollar va ularning javoblari "So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng
Dars taqsimoti: Eng ko'p berilgan savollar va ularning javoblari "So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javob berishda davom etamiz. Dars taqsimotida katta xatoga yo'l qo'yilmoqda ➡️ BATAFSIL Bu yil rahbar xodimlarga dars berilmaydimi? ➡️ BATAFSIL Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchiga dars berilmaydimi? ➡️ BATAFSIL Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi? ➡️ BATAFSIL Darslar to'liq taqsimlanmay turib, direktor yana yangi xodimni ishga olishi to‘g‘rimi? ➡️ BATAFSIL O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin? ➡️ BATAFSIL Ikkita mutaxassislikka egalik dars taqsimotida ustunlik beradimi? ➡️ BATAFSIL Oliy toifali o‘qituvchiga 23 soat, 1-toifali o‘qituvchiga 16 soat: dars taqsimoti qonuniymi? ➡️ BATAFSIL “Tarbiya” qaysi fan o‘qituvchisiga berilishi kerak? ➡️ BATAFSIL Endi o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmaydimi? ➡️ BATAFSIL Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? ➡️ BATAFSIL Pensioner o'qituvchilarga dars berish shartmi? ➡️ BATAFSIL Maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart emas ➡️ BATAFSIL Endi qayta tayyorlovda o’qigan o’qituvchilarga ham dars taqsimotida teng imkoniyat beriladi ➡️ BATAFSIL Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida rol o'ynamaydi ➡️ BATAFSIL Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin ➡️ BATAFSIL Yangi o'quv yilidan boshlab dars soatlari qanday taqsimlanadi? ➡️ BATAFSIL Yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda dars berolmaydi ➡️ BATAFSIL Attestatsiyadan o‘tolmagan rahbar xodim dars olishi to‘g‘rimi? ➡️ BATAFSIL Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
174
3
+9
没有文字...
461
4
O‘qituvchiga 20 soatdan ortiq dars berish mumkin emasmi? Assolomu aleykum. Savolim shuki maktabda uqituvchiman  maktabda direktor 20 soatdan ortiq dars olmaysan qonunga  to‘g‘ri kelmaydi deydi lekin boshqa fan o‘qituvchilariga 20 soatdan ortiq dars beryabdi 20 soatdan ortiq dars olayotgan o‘qituvchilar toifasi bilan toifam bir xil  bazi fanlarda 20 soatdan ortiq dars olish mumkin bazilarda mumkinmas dagan qonun bormi  bunday vaziyatda qayerga murojat qilay qonun hamma uchun baravar emasmi direktor ustidan qayerga murojat qilay Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandiga ko‘ra, o‘qituvchiga tarifikatsiya ro‘yxati asosida 1,5 stavkagacha dars berilishi mumkin. Bir stavkadan ortiq berilgan dars soatlari bo‘sh ish o‘rni hisoblanmaydi. Adliya vazirligida 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 17-bandida ham o‘qituvchiga yillik 1,5 stavkadan, ya’ni 2 322 soatdan ortiq dars berish taqiqlangan. Bir stavka: I–IV sinf o‘qituvchisi uchun haftasiga 18 soat; V–XI sinf fan o‘qituvchisi uchun haftasiga 20 soat. Shunga ko‘ra, yuqori sinflarda dars beruvchi fan o‘qituvchisiga haftasiga 30 soatgacha, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga esa 27 soatgacha dars berilishi mumkin. Demak, barcha fan o‘qituvchilari uchun “20 soatdan ortiq dars olish mumkin emas” degan umumiy qoida mavjud emas. Ayrim fanlarga alohida 20 soatlik cheklov ham belgilanmagan. Biroq 1,5 stavka olish har bir o‘qituvchiga shuncha dars berilishi shartligini anglatmaydi. Dars soatlari 3271-son Nizomning 15-bandidagi malaka toifasi, sertifikat va boshqa ustuvor ko‘rsatkichlar asosida pedagogik kengash tomonidan taqsimlanadi. Nizomning 16-bandiga ko‘ra, aynan bir xil ko‘rsatkichlarga ega bir fan o‘qituvchilari o‘rtasida darslar teng taqsimlanishi kerak. Boshqa fan o‘qituvchilariga 20 soatdan ko‘p dars berilgani Sizga ham shuncha soat berilishi shartligini bildirmaydi. Chunki har bir fan bo‘yicha jami soatlar va o‘qituvchilar soni alohida hisoblanadi. Ammo Siz bilan bir fandan dars beradigan, ko‘rsatkichlari bir xil o‘qituvchilarga ko‘proq soat berilib, Sizga asossiz ravishda 20 soat bilan cheklov qo‘yilgan bo‘lsa, bu Nizomga zid bo‘lishi mumkin. Avvalo direktor nomiga yozma ariza berib, pedagogik kengash bayonnomasi hamda tarifikatsiya ro‘yxati bilan tanishtirishni va 20 soatlik cheklovning huquqiy asosini ko‘rsatishni talab qiling. Masala hal qilinmasa, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga hamda hududiy Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin. Bo'stonliq tumani ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi rasmiy kanali 👇👇👇 https://t.me/KasabaBust2023
195
5
Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Санитария-эпидемиология осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси ва Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг таълим муассасаларида бевосита болаларга таълим ёки тарбия бериш билан шуғулланувчи педагоглар ва бошқа ходимларни бепул тиббий кўрикдан ўтишлари бўйича ҚЎШМА ХАТИ.
1 206
6
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi 2026/2027-o‘quv yili oldidan pedagoglarning m
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi 2026/2027-o‘quv yili oldidan pedagoglarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan bog‘liq muhim tartib eslatildi. Qonunchilikka muvofiq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqiga ega pedagoglardan ushbu xizmat uchun pul undirilmasligi haqida topshiriq berildi. Ko‘rsatmaga ko‘ra, maktabgacha va maktab ta’limining hududiy bo‘linmalari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning tegishli ma’lumotlar bilan birga ro‘yxatini shakllantirishi va ushbu ro‘yxatni tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassasalariga taqdim etishi kerak. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1705 Telegramda o'qish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
926
7
没有文字...
158
8
没有文字...
129
9
没有文字...
115
10
Ходим ариза ёзган куни ишдан бўшаши мумкинми? Ишдан бўшаш масаласи иш берувчи ва ходим ўртасидаги муносабатда муҳим ўрин тутади. Айниқса, ходимнинг ўз ташаббуси билан меҳнат шартномасини бекор қилишида вақт жиҳатида аниқлик бўлиши талаб этилади. Лекин амалиётда ва қонун нормаларида бунга оид айрим мураккабликлар бор. Агар ходим 10 июль куни иш берувчига ўз ташаббуси билан ишдан бўшаш ҳақида ариза тақдим этса, у шу куни ишдан бўшай оладими? Меҳнат кодексининг 160-моддасига кўра, ходим меҳнат шартномасини бекор қилиш ниятида иш берувчини ёзма равишда кеча ёки кунда эмас, балки 14 календарь кун олдин огоҳлантириши лозим. Демак, ариза берилганидан сўнг 14 кунлик огоҳлантириш муддати ўтиши керак. Шу билан бирга, 160-модданинг 4-қисмида “икки томон келишган ҳолда огоҳлантириш муддати тугагунига қадар ҳам шартнома бекор қилиниши мумкин” дейилган. Аммо бу жумла бир қарашда ишдан дарҳол бўшатиш имконини берса-да, уни тўғри талқин қилиш зарур. Модданинг 3-қисмига эътибор қаратсак, “огоҳлантириш муддати” ариза олинган кундан кейинги кунда, яъни 11 июльдан бошланади. Бу — муҳим юридик факт. Демак, огоҳлантириш муддати 10 июльда эмас, балки 11 июльдан ҳисобланади. Шу туфайли 10 июль куни “муддат тугашига қадар” деган шарт ҳали вужудга келмаган бўлади. Мос равишда, 160-модда 4-қисмида назарда тутилган келишув ҳам фақат 11 июльдан бошлаб қонуний кучга эга бўлиши мумкин. Амалиётда эса, ходим 10 июльда ариза ёзади ва шу куниёқ ишдан бўшатилмоқда. Бу эса қонун талабларига зид ҳолат ҳисобланади. Бироқ, истисноли вазиятлар ҳам бор. Масалан: ☝️ МК 160-модда 8-қисмида айтилишича, агар ходимнинг ишдан кетиш сабаби оғир ҳолатлар (соғлиқ, кўчиш, бошқа ташкилотга ўтиш ва ҳ.к.) билан боғлиқ бўлса, у ҳолда ариза берилган куниёқ меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин. ☝️ Шунингдек, 157-моддада қайд этилган ҳолат – икки томон келишуви асосида шартномани бекор қилиш – бутунлай бошқа ҳуқуқий асос ҳисобланади. Агар иш берувчи ва ходим ўзаро келишиб, махсус тартибда расмийлаштирилган келишув тузишса, меҳнат шартномаси исталган куни, жумладан ариза берилган куниёқ бекор қилиниши мумкин. Масалан, агар ходим 10 июль куни ариза бериб, иш берувчи билан расмий қўшимча келишув (157-модда асосида) имзоласа, у ҳолда меҳнат шартномасини ўша куни бекор қилиш мумкин. Хулосаки, ходимнинг аризаси билан ўша куни ишдан бўшатиш фақат икки ҳолатда қонуний ҳисобланади: 👉 Агар сабаблар 160-модда 8-қисмида келтирилган ҳолатлардан бирига тўғри келса. 👉 Агар иш берувчи ва ходим ўртасида 157-модда асосида махсус келишув имзоланган бўлса. Акс ҳолда, ариза берилган кун меҳнат шартномасининг бекор қилиниш куни бўла олмайди. Бу масалада иш берувчилар қонун талабларига қатъий риоя этишлари шарт. Суд амалиётида бу каби хатолар кўпинча ходим фойдасига ҳал этилади. Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
128
11
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi Ta'lim tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi Ta'lim tashkilotlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlar pedagog.uzedu.uz platformasida eʼlon qilib boriladi. Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar test bosqichda ishtirok etadi. Test sinovlari malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan binoda markazlashgan holda kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) oʻtkaziladi. Jarayonlar esa ovozli videotasvirga olinadi hamda kamida bir oy davomida saqlanadi. Hozirda pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi quyidagi 14 tuman (shahar)da tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan taʼlim tashkilotlaridagi tanlov tatbiq etiladigan lavozimlarga nomzodlarni saralab olish uchun test sinovi spetsifikatsiyasi ham ishlab chiqilgan. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1697 Telegramda o'qish Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
162
12
Пенсионерларга 12 соатдан кўп дарс берилмайдими? Ассалому алейкум хурматли юристлар.?Саволим: 1.Мактабимиз директори нафакадаги укитувчиларга 12 соатдан зиёд дарс берилмайди.Нафакадаги укитувчиларга 12 соатдан зиёд дарс берилмайди деган карор бор деб айтаяпти. Хакикатдан хам шундай карор борми? 2. Фанимиздан 4 укитувчимиз.Дарс таксим лаб курсак киши бошига 14 соатдан, ошиб борса 16 соатдан буляпти.Бир ставкадан етмай турган бир пайтда директорнинг бешинчи укитувчини ишга оламан дейиши канчалик тугри. ЮРИСТ ЖАВОБИ: Мазкур масала Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 2020-йил 30-июнда 3271-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом билан тартибга солинади. 1.  Ишловчи пенсионер ўқитувчига 12 соатдан ортиқ дарс берилмайди, деган чеклов ушбу Низомда мавжуд эмас. Аксинча, Низомнинг 19-бандига кўра, ишловчи пенсионерларга ҳам дарс соатлари 15-бандда белгиланган устуворлик мезонлари, яъни малака тоифаси, сертификати, маълумоти ва бошқа кўрсаткичлари асосида тақсимланади. Демак, фақат пенсияда эканлиги сабабли ўқитувчининг дарсини 12 соат билан чеклаш асоссиз. Директор бундай қарор мавжудлигини айтаётган бўлса, унинг рақами, санаси ва нусхасини кўрсатиши керак. 2.  Низомнинг 15-бандига кўра, дарс соатлари директор томонидан якка тартибда эмас, мактаб педагогик кенгаши томонидан белгиланган устувор кетма-кетлик асосида тақсимланади. Устувор кўрсаткичлари бир хил бўлган ўқитувчилар ўртасида дарслар тенг тақсимланади. Низомда амалдаги ўқитувчиларга бир ставка дарс берилмагунча янги ўқитувчи олиш тақиқланиши бевосита белгиланмаган. Шу сабабли бешинчи ўқитувчини ишга олиши Меҳнат кодексининг 24- ҳамда 46-моддаларида белгиланган, унинг ҳуқуқи саналади. Бироқ янги ўқитувчига дарс ажратишда ишлаётган ўқитувчиларнинг 15-банд бўйича устуворлиги бузилмаслиги шарт. Низомнинг 16-бандига кўра, устуворлиги юқори ўқитувчига берилиши мумкин бўлган дарсларни бошқа ўқитувчига ажратиш учун унинг ёзма розилиги олиниши керак. Шунингдек, Низомнинг 17-бандида фақат энг юқори чегара белгиланган бўлиб, бир ўқитувчига йиллик бир ярим ставкадан ортиқ дарс бериш мумкин эмас. Дарс тақсимотидан норози бўлсангиз, педагогик кенгаш баённомаси ва тарификация рўйхати билан таништиришни ёзма равишда талаб қилишингиз мумкин. Талаблар бузилган бўлса, туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими ҳамда касаба уюшмасига мурожаат қилинади @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
241
13
#FAOLIYAT 🛡Diqqat, maktab ma'muriyati va xo'jalik ishlari bo'yicha mas'ullar! 🏫🛠 Sizning e'tiboringizga Maktab direktorini
#FAOLIYAT 🛡Diqqat, maktab ma'muriyati va xo'jalik ishlari bo'yicha mas'ullar! 🏫🛠 Sizning e'tiboringizga Maktab direktorining xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosarlari uchun mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'riqnomani taqdim etamiz (MM № MM 01-02-26). Ushbu ko'rgazmali va qulay qollanmada xo'jalik ishlari mas'ullari uchun barcha muhim xavfsizlik qoidalari bosqichma-bosqich yoritilgan: 🛡I. Umumiy xavfsizlik talablari — kimlarga ruxsat etilishi va nimalar taqiqlanishi. ➡️ II. Ishni boshlashdan oldingi talablar — ish joyi, inventarlar va himoya vositalarini tekshirish. 🥉III. Ish vaqtidagi xavfsizlik — elektr, issiqlik tizimlari va kimyoviy vositalar bilan ishlash qoidalari. 🔥 IV. Avariya holatlaridagi harakatlar — yong'in yoki shikastlanish holatlarida zudlik bilan ko'riladigan choralar. ✅V. Ish tugagandan keyingi vazifalar — jihozlarni tozalash, elektrni o'chirish va hududni tartibga keltirish. 📌Muhim eslatma: Nizomning 22-bandiga ko'ra, ish joylarida xodimlarni ushbu yo'riqnomalar bilan ta'minlash majburiyati bevosita maktab direktori zimmasiga yuklanadi. Xavfsiz mehnat – sog'lom hayot kafolati! 🔗Yo'riqnomani o'zingizga saqlab oling va maktabingizdagi mas'ul xodimlar bilan ulashing! 👇 Каналимизга уланинг ва сўнгги янгиликларни кузатиб боринг: 👉 @talimmehnat #mehnat_muhofazasi #xavfsizlik_texnikasi #maktab #ta_lim #yo_riqnoma #kasaba_uyushmasi
261
14
ДАВЛАТ МАКТАБЛАРИДАГИ ДАРС ТАҚСИМОТИ Адлиядан 3271-рақам билан рўйхатга олинган “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низомнинг 15-бандида ўқитувчиларга дарс соатлари кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланиши белгиланган. 1. Олий малака тоифасига эга ўқитувчилар (педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисидаги сертификатнинг амал қилиш муддатига кўра); 2. Дарс берадиган фанидан педагог ходимларга устама белгилашда қўлланиладиган миллий ёки халқаро тан олинган сертификатга эга ўқитувчилар (сертификатнинг белгиланган даражаси ва амал қилиш муддатига кўра); 3. Биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар (педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисидаги сертификатнинг амал қилиш муддатига кўра); 4. Иккинчи малака тоифасига эга ўқитувчилар (педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисидаги сертификатнинг амал қилиш муддатига кўра); 5. Олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар; 6. Қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар (ўқитувчида қайта тайёрлаш мутахассислиги бўйича 1-5 устуворликлардаги кўрсаткичлардан бири ёки бир нечтаси мавжуд бўлганда тааллуқлилигига кўра тегишли кўрсаткичлар мавжуд бўлган ўқитувчилар билан тенг устуворликка эга бўлади); 7. Ўриндошлик асосида ишлаётган олий маълумотли ўқитувчилар (ўриндошлик асосида ишловчилар, яъни асосий иш жойи бошқа муассаса бўлганлар  1-6 устуворликка эга бўлса ҳам, улар ўриндошлик асосида ишлаганлиги учун 7 навбатдаги устуворликдан фойдаланади); 8. Олий таълим муассасаларининг педагогика йўналиши бўйича учинчи ва ундан юқори курс талабалари (талабаларда 1-6 устуворликлардаги кўрсаткичларга эга бўлса ҳам, улар 8 навбатдаги устуворликдан фойдаланади); 9. Олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар (фақат бошланғич синфларда дарс берувчи ўқитувчилар учун); 10. Олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари (яъни директор ёки директор ўринбосарлари ўқитувчилар тўлиқ дарс билан таъминлангандан кейин дарс соати олиши мумкин).   🔹Бошланғич синфларда ўқитиладиган фанлар бўйича дарс соатларини тақсимлашда ўқитувчиларнинг бошланғич таълим мутахассислигига эгалиги ёки тегишинча ушбу фанни бошланғич синфларда ўқитиш методикаси бўйича таълим олганлиги инобатга олинади.   🔹Юқоридаги кўрсаткичлар кетма-кетлик асосида максимал дарс соати (1,5 ставка) олиш имкониятига эга бўлган ўқитувчининг ёзма розилиги билан унга ажратилиши мумкин бўлган дарс соатлари бошқа ўқитувчиларга берилиши мумкин.   🔹Ўқитувчи мазкур Низомнинг 15-бандида белгиланган кўрсаткичларнинг бир нечтасига эга бўлганда, кўрсаткичларнинг энг устуворини инобатга олган ҳолда дарс соатлари тақсимланади.   🔹Айнан бир хил кўрсаткичлар мавжуд бўлган бир нечта ўқитувчилар ўртасида дарс соатлари тенг тақсимланади.   🔹Ўқитувчиларга йиллик 1,5 ставкадан (йиллик 2 322 соат) ортиқ дарс соатлари белгиланишига йўл қўйилмайди.   🔹Ҳомиладорлик ва туғиш таътили ҳамда бола парваришидан қайтган ўқитувчиларга, шунингдек, ишловчи пенсионерларга дарс соатлари юқоридаги устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади (уларни таътилдан қайтганлиги ёки пенсия ёшида эканлигини асос қилиб, устуворликка амал қилмасдан дарс соатларини камайтириш мумкин эмас). Устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланиши деганда биринчи ёки олдинги рақамларда кўрсатилган тоифадаги ўқитувчиларга биринчи, кейинги рақамлардаги тоифадаги ўқитувчиларга кейин дарслар тақсимланади.
269
15
O'tgan haftaning ta’limga oid eng muhim xabarlari bilan tanishing Endi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga maxsus ped
O'tgan haftaning ta’limga oid eng muhim xabarlari bilan tanishing Endi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga maxsus pedagogika fanlari chuqurlashtirib o’qitiladi ➡️ BATAFSIL Qayta tayyorlovda o’qigan o’qituvchilarga ham dars taqsimotida teng imkoniyat beriladi ➡️ BATAFSIL Maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart emas ➡️ BATAFSIL 29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi ➡️ BATAFSIL Pensioner o'qituvchilarga dars berish shartmi? ➡️ BATAFSIL Sinf rahbarlikni pedagogning roziligisiz olib qo‘yish mumkinmi? ➡️ BATAFSIL Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasi muhokamalar markazida ➡️ BATAFSIL Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi ➡️ BATAFSIL Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi ➡️ BATAFSIL Pensioner o'qituvchilar o'rnini yosh kadrlarga qanday qilib bo'shatish mumkin? ➡️ BATAFSIL “Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi? ➡️ BATAFSIL O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin? ➡️ BATAFSIL O'quvchilar uchun maktab formasi majburiymi? ➡️ BATAFSIL Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
164
16
Таълим ташкилоти рахбарлари "Декрет" дан қайтган ўқитувчиларни ишга қўймай жиддий хатолик қилмоқда Assalom alaykum men maktabda Uqtuvchiman 2025 yilda ta'tilga chiqan edim bir yil ta'tilda hozir avgustdan ishga qaytib borayabman men avgustdan ishga qabul qilmayabdi sentabrdan deb. Мактаб маъмуриятининг сизни август ойидан ишга қабул қилмаслик ва сентябргача кутиш ҳақидаги талаби мутлақо ноқонуний ва асоссиздир. Сиз бола парваришлаш таътилидан (ижтимоий таътилдан) исталган вақтда, жумладан август ойида ҳам ўз иш жойингизга қайтишга тўлиқ ҳақлисиз. Масаланинг ҳуқуқий жиҳатига бирма бир тўхталадиган бўлсак, Биричидан, Кодекснинг 215-моддасига ва 239-моддаси иккинчи қисмига асосан, ходим таътилда (жумладан, бола парваришлаш таътили каби ижтимоий таътилларда) бўлган даврда унинг иш ўрни (лавозими) қатъий сақланиб қолади. Иккинчидан, МКнинг 25-моддаси иккинчи хатбошисига мувофиқ, иш берувчи ходимларни меҳнат шартномасида шартлашилган иш билан таъминлаши шарт. Мактаб раҳбарияти «ҳозир дарс йўқ» ёки «иш сентябрдан бошланади» деган баҳона билан сизни августда ишга чиқармасликка ҳақли эмас. Август ойида ҳам мактабда ўқув йилига тайёргарлик, ташкилий ишлар олиб борилади ва сиз ушбу кунлар учун тўлиқ маош олиш ҳуқуқига эгасиз. Учинчидан, МКнинг 405-моддасига аосан, Бола парваришлаш таътили — бу ходимнинг қонуний ҳуқуқидир. Қонунчиликка кўра, ходим ушбу таътилдан ўз хоҳиши билан исталган вақтда (муддатидан олдин ҳам) чиқиб, ишга қайтиши мумкин. Бунинг учун иш берувчининг «рухсати» талаб этилмайди, улар фақат сизнинг аризангизга асосан ишга қайтиш ва таътилни тугатиш ҳақида буйруқ чиқаришга мажбурдирлар. Нима қилиш керак? 1. Мактаб директори номига: «Мени 2026 йил август ойининг Х-санасидан бошлаб бола парваришлаш таътилидан қайтиб, ўз лавозимимда иш фаолиятимни бошлашимга рухсат беришингизни сўрайман» деб ёзма ариза топширинг. Аризани топширганда унинг иккинчи нусхасига мактаб котибидан қабул қилинганлиги ҳақида сана ва имзо қўйдириб олинг. 2. Раҳбариятга Меҳнат кодексининг 25, 215, 239 ва 405-моддаларини эслатинг. Сизни асоссиз равишда ишга қўймаслик меҳнат тўғрисидаги қонунчиликни қўпол равишда бузиш ҳисобланиши ва маъмурий жавобгарликка тортилишга сабаб бўлишини тушунтиринг. 3. Агар барибир рад этишда давом этишса, дарҳол яшаш ҳудудингиздаги Давлат меҳнат инспекциясига ёки прокуратурага мурожаат қилинг. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
151
17
#Sõragan_edingiz “Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi? Savol Men qo‘shni tumanda
#Sõragan_edingiz “Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi? Savol Men qo‘shni tumandagi qizil maktabga ishga kirgandim. Shartnoma 3 yilga tuzilgan edi. Shartnoma muddati sentyabr oyida tugaydi. Endi yana shu maktabda ishni davom ettirmoqchiman. Maktab rahbari bo‘shash haqida ariza yozmasam ham shartnomani bekor qilishga haqlimi? Shartnoma muddati tugagan bo‘lsa ham ishni davom ettira olamanmi? Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/735 Telegram I Facebook I YouTube
184
18
🇺🇿 МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИДА НЕЧА КУН ДАМ ОЛИНАДИ? 📅 Президент фармонига мувофиқ, 31 август — душанба куни иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни этиб белгиланган. Шунга кўра, Мустақиллик байрами муносабати билан: 🔹 5 кунлик иш ҳафтасида — кетма-кет 4 кун, яъни 29 августдан 1 сентябрга қадар дам олинади. 🔹 6 кунлик иш ҳафтасида — кетма-кет 3 кун, яъни 30 августдан 1 сентябрга қадар дам олинади. 📌 Дам олиш кунлари тақвими: 🟡 29 август, шанба — 5 кунлик иш ҳафтасида дам олиш куни, 6 кунлик иш ҳафтасида — иш куни. 🟢 30 август, якшанба — умумий дам олиш куни. 🟢 31 август, душанба — барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни. 🟢 1 сентябр, сешанба — Ўзбекистон Республикаси Мустақиллик куни, байрам куни. 📅 2 сентябр, чоршанба — одатий иш куни. 📌 Касаба уюшмаси фаолияти ҳақида кўпроқ билмоқчимисиз? Бизни кузатишда давом этинг! @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
270
19
Pensioner o'qituvchilarga dars berish shartmi? Pensioner o'qituvchilarga dars berish masalasi har yili ko'plab muhokamalarga
Pensioner o'qituvchilarga dars berish shartmi? Pensioner o'qituvchilarga dars berish masalasi har yili ko'plab muhokamalarga sabab bo'ladi. Kimdir ularga dars bermaslik kerak desa, boshqalar ularning tajribasidan foydalanish kerakligini aytadi. Biz esa ushbu savolga qonuniy asoslar bilan javob berishga harakat qildik. Mavzuga oid savollaringizni izohlarda yozib qoldiring, biz esa navbati bilan savollarga javob berib borishga harakat qilamiz. 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
332
20
#Bilsizmi Maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart emas Avvallari o‘qituvchilar tomonidan bir stavkadan ortiq dars
#Bilsizmi Maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart emas Avvallari o‘qituvchilar tomonidan bir stavkadan ortiq dars soatlarini, hatto minimal darajada ortib qoladigan dars soatlarini (1 yoki 2 soat) ham har oylik hisobotlarda vakant dars soatlari sifatida ko‘rsatish majburiy talab hisoblanardi. Endilikda maktab direktorlari bandlik organlariga maktabdagi mavjud vakansiyalar haqida hisobot berishga majbur emas. Hozirgi kunda bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzod ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun u ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Mazkur tartib 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab kuchga kirgan. Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1281 Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
408