Sport vazirligi
Veb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@sport.uz
显示更多📈 Telegram 频道 Sport vazirligi 的分析概览
频道 Sport vazirligi (@minsportuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 29 575 名订阅者,在 体育 类别中位列第 2 356,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 693 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 29 575 名订阅者。
根据 01 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 8 462,过去 24 小时变化为 -127,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 16.53%。内容发布后 24 小时内通常能获得 12.97% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 4 892 次浏览,首日通常累积 3 836 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 11。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Veb-sayt:https://gov.uz/sport/
Facebook:fb.com/MinistrySportUz
Instagram:instagram.com/minsport.uz
Youtube:bit.ly/30pICdW
Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/
Twitter:https://x.com/sportvazirligi
Telefon: +998(55) 520-90-07
E-mail: info@spo...”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 体育 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 02 十月 | +30 | |||
| 01 十月 | +1 |
| 2 | 🇺🇿 XX Osiyo oʻyinlarida bokschilarimiz taqdirlandi: taqdirlash marosimida qardosh davlatlar doʻstligi yaqqol namoyon boʻldi
🏆 Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar uchun taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib taqdirlandi.
🥇 To‘rabek Habilullayev — oltin medal;
🥉 Shavkatjon Boltayev — bronza medal;
🥉 Sitora Turdibekova — bronza medal;
🥉 Feruza Kazakova — bronza medal.
Shuningdek, To‘rabek Habilullayev va qozog‘istonlik Torеxan Sabirxanning g‘alabalari ikki qardosh xalq vakillari tomonidan birgalikda nishonlandi.
📑 Quvonchli lahzalarda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov hamda Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosynov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov ishtirok etib, bokschilarni erishgan natijalari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Taqdirlash marosimlaridan fotolavhalar.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 964 |
| 3 | 没有文字... | 813 |
| 4 | 🏆 Aichi-Nagoya-2026: Velotrekchilarimiz bronza medaliga ega chiqishdi
Velotrek bahslarida hamyurtlarimiz bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Erkaklar oʻrtasida medison dasturida qatnashgan Sergey Rostovsev hamda Nikita Svetkov juftligi 45 ochko bilan uchinchi oʻrinni egalladi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 1 386 |
| 5 | Ustoz va murabbiylar mehnati yuksak e'tirofga munosib!
1-oktabr - Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan sport sohasida ko‘p yillik samarali mehnat qilib, jismoniy tarbiya va sport rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh sport fidoyilari va trenerlar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda boshqarma boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev so‘zga chiqib, soha fidoyilarini bayram bilan samimiy muborakbod etib, taqdirlanganlarni munosib e’tirof bilan qutladi.
“Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan:
Guldona Ro‘ziyeva - Yakkabog‘ tumani 1-sonli sport maktabi ayollar kurashi sport turi bo‘yicha trener;
Isomjon Kenjayev - O‘zbekiston Respublikasi Sport kurashlari assotsiatsiyasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori, xalqaro toifadagi sport ustasi;
Botir Rahmanov - Qashqadaryo viloyati Qo‘l jangi federatsiyasi ijrochi direktori, xalqaro toifadagi sport hakami;
Ismat Raupov - Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks treneri;
Javohir Saidov - Viloyat sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi yengil atletika treneri taqdirlandi.
Taqdirlanganlarga ushbu yuksak e’tirof sport rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati va yosh avlodni sportga jalb etishdagi xizmatlariga bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 1 840 |
| 6 | 🏆🥇Toʻrabek Habibullayev Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi
XX yozgi Osiyo oʻyinlarining boks boʻyicha musobaqalari final bahsida hamyurtimiz Toʻrabek Habibullayev xitoylik raqibi HAN Xuezhenni 5:0 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 559 |
| 7 | 🏆🥉Humoyun Sultonov Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi
Yaponiyada davom etayotgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining tennis bahslarida erkaklar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi yakunlandi.
Unda Humoyun Sultonov Gonkong vakili Koulman Vongga qarshi kortga chiqib, 6:3, 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Humoyun Sultonov musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 809 |
| 8 | Yana bir guruh sovrindor sportchilarimizga Sport vazirligi va MOQ rahbariyati tomonidan esdalik nishonlari topshirildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 464 |
| 9 | Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlariga esdalik nishonlarini topshirish anʼanasi davom etdi
Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati tomonidan Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlariga esdalik nishonlarini topshirish anʼanasi davom etmoqda.
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan bir qator sportchilarimizga ana shunday sovgʻalar topshirildi.
Tadbir davomida rasmiylar sportchilarimizning muvaffaqiyatlariga hissa qoʻshayotgan trenerlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan qutlashdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 424 |
| 10 | O'zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlarining oʻn uchinchi kunida 12 ta sport turida ishtirok etadi
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 5 421 |
| 11 | “Chempion” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Milliy kino san’ati saroyida Sport vazirligi hamda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi hamkorligida “Uzakov production” studiyasi tomonidan suratga olingan “Chempion” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbariyati, Sport vazirligi va tizim tashkilotlar xodimlari, film ijodkorlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur film chekka hududlarda istiqomat qiluvchi bolalarni sportga, xususan, futbolga keng jalb etish, ularda g‘alabaga intilish, matonat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, sportning inson hayotidagi birlashtiruvchi kuchini targ‘ib etishga qaratilgan.
Tadbir davomida “Chempion” badiiy filmining yaratilishida hissa qo‘shgan ijodkorlarga minnatdorlik bildirildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 4 136 |
| 12 | O‘zbekiston davlat sport akademiyasida 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lgan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi hamda huzuridagi bir qator tashkilotlar bilan ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi.
🟢 Tadbirda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar hamda ta’lim va sport sohasi fidoyilarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida ustozlarning yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish, sport sohasida yuqori natijalarga erishishida tutgan beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.
🟢 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni samimiy qutladilar hamda ezgu tilaklarini bildirdilar.
🟢 Bayram tadbirida ta’lim va sport sohasida samarali mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarning fidokorona faoliyati, yoshlar tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi hamda mamlakat sporti rivojidagi xizmatlari e’tirof etilib, professor-o‘qituvchilarga Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda Sport vaziri ''Tashakkurnomasi'' bilan taqdirlandilar.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 4 047 |
| 13 | Taekvondo ITF bo‘yicha Jahon kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medalni qo‘lga kiritdi
2026-yil 27-sentabr - 3-oktabr kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida taekvondo ITF bo‘yicha Jahon kubogi-2026 musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston Taekvondo ITF milliy terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 30 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, terma jamoamiz hisobida 16 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza medal mavjud.
O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada yuqori natijalarni qayd etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 362 |
| 14 | Toshkent viloyatida universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Angren shahar G‘afur G‘ulom mahallasi hududida “Tashabbusli sport” loyihasi doirasida zamonaviy universal sport maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mazkur sport maydonchasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Angren shahar hokimligi vakillari, MFY raislari, nuroniylar va maktab jamoasi ishtirok etdi.
Endilikda ushbu sport maydonchasi o‘quvchilar va mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun muhim maskanga aylanadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 628 |
| 15 | Alisher G‘aniyev kumush medal bilan taqdirlandi
Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha –67 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher G‘aniyev kumush medal bilan taqdirlandi.
Sportchini taqdirlash marosimi tantanali ruhda o‘tdi. Unda Alisher G‘aniyevga Osiyo o‘yinlarining kumush medali topshirildi.
Shu tariqa, yunon-rum kurashi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 4 116 |
| 16 | Shahram Ahadov kumush medali bilan taqdirlandi
Yaponiyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida -73 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yurtdoshimiz Shahram Ahadov kumush medali bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etdi.
Dzyudochimizga kelgusida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 563 |
| 17 | 🏆🥈Yunon-rum kurashchimiz Alisher G‘aniyev Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida –67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Alisher G‘aniyev final bahsida Qirg‘iz Respublikasi vakili Joloman Sharshenbekovga qarshi gilamga tushdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan final bellashuvida Alisher G‘aniyev raqibiga imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, hamyurtimiz O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shdi. | 3 115 |
| 18 | #fotoreportaj
🏆🥈Osiyo o‘yinlari kumush medalini qoʻlga kiritgan dzyudochimiz Shahram Ahadov ishtirokidagi bahslardan fotosuratlar
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 394 |
| 19 | 🏆🥈Shahram Ahadov Osiyo o‘yinlari kumush medalini qoʻlga kiritdi
Yaponiyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining dzyudo bahslarida –73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari vakili Kazbek Naguchevga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan final bellashuvida hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 330 |
| 20 | 🏆Yaponiyada oʻtkazilayotgan XX Osiyo oʻyinlarida badiiy gimnastikachimiz Lola Djurayeva ham yakkalik ko‘pkurash chiqishlarida o‘z mahoratini namoyon etmoqda
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 326 |
