ar
Feedback
Sport vazirligi

Sport vazirligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Sport vazirligi

تُعد قناة Sport vazirligi (@minsportuz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 21 939 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 184 في فئة الرياضة والمرتبة 3 687 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 21 939 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 12 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -744، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -21، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 13.35‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 12.13‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 2 930 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 2 662 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 8.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Veb-sayt:https://gov.uz/sport/ Facebook:fb.com/MinistrySportUz Instagram:instagram.com/minsport.uz Youtube:bit.ly/30pICdW Linkedin:https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter:https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@spo...

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 13 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الرياضة.

21 939
المشتركون
-2124 ساعات
-1177 أيام
-74430 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+76
في 74 قنوات
يونيو '26
+249
في 126 قنوات
Get PRO
مايو '26
+709
في 233 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+514
في 171 قنوات
Get PRO
مارس '26
+3 063
في 201 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+2 604
في 182 قنوات
Get PRO
يناير '26
+381
في 83 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+342
في 198 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+1 223
في 140 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+1 954
في 105 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+5 598
في 109 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+238
في 113 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+1 025
في 116 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+297
في 151 قنوات
Get PRO
مايو '25
+802
في 221 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+1 390
في 164 قنوات
Get PRO
مارس '25
+406
في 180 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+584
في 118 قنوات
Get PRO
يناير '25
+855
في 142 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+587
في 116 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+385
في 111 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+360
في 89 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+364
في 194 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+942
في 293 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+1 210
في 164 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+378
في 91 قنوات
Get PRO
مايو '24
+1 017
في 272 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+1 602
في 202 قنوات
Get PRO
مارس '24
+1 274
في 90 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+948
في 95 قنوات
Get PRO
يناير '24
+1 006
في 72 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+1 221
في 112 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+196
في 84 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+505
في 66 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+521
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+192
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+226
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+195
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+224
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+867
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+2 486
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+225
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+459
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+302
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+313
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+243
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+207
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+547
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+306
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+385
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+514
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+199
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+205
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+81
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+1 634
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+380
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+2 374
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+188
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+623
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+385
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+491
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+198
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+201
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+235
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+212
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+192
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+2 243
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+7 048
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
13 يوليو+1
12 يوليو+6
11 يوليو+11
10 يوليو+34
09 يوليو+8
08 يوليو+5
07 يوليو+3
06 يوليو0
05 يوليو+2
04 يوليو0
03 يوليو0
02 يوليو+6
01 يوليو0
منشورات القناة
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chogʻida “Xos yoz” kanali boʻyi va Doʻstlik mahallasida amalga oshiril
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chogʻida “Xos yoz” kanali boʻyi va Doʻstlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bir paytlar eʼtibordan chetda qolgan, qarovsiz va tartibsiz boʻlgan “Xos yoz” kanalining boʻyi bugun shaharning eng goʻzal goʻshasiga aylandi. Endilikda mahallalar yaqinida barcha qulayliklarga ega zamonaviy ekologik makon paydo boʻldi.
Hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha master-reja doirasida 3 kilometr uzunlikda maxsus piyodalar yoʻlagi va 5,4 kilometrlik mustahkam toʻsiqlar qurildi, 2 ta koʻprik qad rostladi. Shuningdek, loyiha natijasida sohil boʻyida 27 ta yangi savdo va zamonaviy xizmat koʻrsatish obyekti tashkil etilib, 167 ta yangi doimiy ish oʻrni yaratildi.
Davlatimiz rahbari bu yerda sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Doʻstlik mahallasi hududi hozir 28 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 33 ta koʻp qavatli uy, xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonchasi hamda kutubxona mavjud. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

2
O‘zbekiston qilichbozlari Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni jadallashtirmoqda Aichi-Nagoya-2026 yozgi+4
O‘zbekiston qilichbozlari Aichi–Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni jadallashtirmoqda Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova va Federatsiya raisi o‘rinbosari Hayot Zakirov ishtirokida milliy terma jamoaning Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, xalqaro musobaqalar taqvimi hamda sportchilarning tayyorgarlik jarayoni atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
1 632
3
Aichi–Nagoya-2026: Uzbekistan Aquatics, voleybol va velosport federatsiyalarida tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi Spo+9
Aichi–Nagoya-2026: Uzbekistan Aquatics, voleybol va velosport federatsiyalarida tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov 2026-yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Aichi–Nagoya yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida qator sport federatsiyalariga tashrif buyurdi. Bu gal mas’ullar Uzbekistan Aquatics, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda O‘zbekiston velosport federatsiyasida bo‘lib, federatsiyalar rahbariyati, murabbiylar va mutaxassislar ishtirokida milliy terma jamoalarning tayyorgarlik holatini atroflicha muhokama qildi. Uchrashuvlar davomida sportchilarning mashg‘ulot rejalari, xalqaro musobaqalar taqvimi, litsenziya va reyting musobaqalaridagi ishtiroki, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, ilmiy-metodik hamda tibbiy ta’minot, shuningdek, Osiyo o‘yinlarida yuqori natija qayd etishi kutilayotgan sportchilarning tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir federatsiya kesimida mavjud imkoniyatlar, tayyorgarlik jarayoni samaradorligini yanada oshirish hamda musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Ma’lumot uchun, Aichi–Nagoya-2026 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 319
4
🗣 Suzish bo‘yicha Jahon kubogining II bosqichiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi 💬 Bugun Sport vazirligida Sport vaz+6
🗣 Suzish bo‘yicha Jahon kubogining II bosqichiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi 💬 Bugun Sport vazirligida Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirokida joriy yilning 8–10-oktabr kunlari Olimpiya shaharchasidagi Suv sporti saroyida bo‘lib o‘tadigan suzish bo‘yicha Jahon kubogi II bosqichini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. 📑 Yig‘ilish davomida "Uzbekistan Aquatics" federatsiyasi Bosh kotibi Ruslan Mustayev musobaqaga tayyorgarlik ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazib, tashkiliy, texnik va logistika masalalari, shuningdek, musobaqani xalqaro talablar asosida o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Ta'kidlanganidek, mazkur nufuzli turnirda 50 dan ortiq mamlakatdan 400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Jahon kubogi seriyasining ilk bosqichi Ozarbayjonning Boku shahrida, uchinchi bosqichi esa Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkaziladi. Toshkent bosqichi World Aquatics qoidalari asosida tashkil etilib, 34 ta individual dasturdan iborat bo‘ladi. 🟢 Taqdimot yakunida vazir tomonidan musobaqani namunali darajada tashkil etish, ishtirokchilar va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda barcha mas'ul tashkilotlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 227
5
"Besh tashabbus paralimpiadasi" Respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olindi "Besh tashabbus paralimpiadasi" sp+9
"Besh tashabbus paralimpiadasi" Respublika bosqichi ishtirokchilari tantanali kutib olindi "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar Toshkent Janubiy vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish tadbirida Oʻzbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov hamda Toshkent shahar sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farrux Abduraimov soʻzga chiqib, mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ommaviy sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar oʻz samarasini berayotganini taʼkidladilar. Shuningdek, ular musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, bellashuvlarni yuksak sport ruhi, oʻzaro hurmat va doʻstlik muhitida oʻtkazishlariga ishonch bildirdilar. Maʼlumot uchun, "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqasining Respublika bosqichi 13–15-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Musobaqada hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar mamlakat chempionligi uchun bahs olib boradi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 336
6
Taxmina Ikromova Jahon kubogida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha J+2
Taxmina Ikromova Jahon kubogida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi yakunlandi. Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakka dasturlar bo‘yicha ikkita bronza medal sohibiga aylandi. Sportchimiz halqa dasturi finalida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tasma dasturi finalida ham muvaffaqiyatli chiqish qilib, yana bir bronza medal bilan taqdirlandi. Mazkur natija O‘zbekiston badiiy gimnastika maktabining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i bo‘lib, mamlakatimiz sportchilarining yuksak tayyorgarligi va mahoratini yana bir bor namoyon etdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 483
7
Para dzyudochilarimiz San-Paulo Gran-prisida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi Braziliyaning San-Paulo shahrida para dzyud+9
Para dzyudochilarimiz San-Paulo Gran-prisida yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi Braziliyaning San-Paulo shahrida para dzyudo bo‘yicha IBSA xalqaro Gran-pri turniri nihoyasiga yetdi. 29 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan mazkur turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Musobaqaning ikkinchi kunida Mohinur Parmonova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Turg‘un Abdiyev, Dovurxon Karomatov hamda Uljon Amriyeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi. 🥈Kumush: Mohinur Parmonova (J2, +70 kg). 🥉Bronza: Turg‘un Abdiyev (J1, 95 kg) Dovurxon Karomatov (J2, 95 kg) Uljon Amriyeva (J1, 60 kg). Shu tariqa, vakillarimiz San-Paulo xalqaro Gran-prisini umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda nihoyasiga yetkazishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 284
8
🗣 "Mahalla ligasi"ning hududiy bosqichiga start berildi 💬 Joriy yilning 13–17-iyul kunlari respiblikamizning barcha hududla
🗣 "Mahalla ligasi"ning hududiy bosqichiga start berildi 💬 Joriy yilning 13–17-iyul kunlari respiblikamizning barcha hududlarida 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida "Mahalla ligasi" sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi. 📑 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi: 🟢 Shaxmat (erkaklar va ayollar) 🟢 Shashka (erkaklar va ayollar) 🟢 Voleybol (erkaklar va ayollar) 🟢 Mini-futbol (erkaklar) 🟢 Stol tennisi (erkaklar va ayollar) 🟢 Vorkaut (erkaklar) 🫥 Musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish hamda mahallalarda sportni ommalashtirishga xizmat qiladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 012
9
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga keldi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл из Ташкен+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga keldi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл из Ташкента в город Бекабад на электропоезде. #Mirziyoyev #tashrif #Bekobod #temiryullar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2 176
10
Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichi bos
Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichi boshlandi Joriy yilning 13-15-iyul kunlari poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi sport majmualarida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan jami 364 nafar sportchi ishtirok etadi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, respublika finalida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 26 nafar g‘olib istiqomat qilayotgan mahallalarda zamonaviy universal sport maydonchalari barpo etilishi belgilangan. Mazkur musobaqa imkoniyati cheklangan yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 469
11
⚡️ "Bosh prokuror kubogi" uchun hududiy bosqich bahslariga start berildi 🔹 Joriy yilning 13–15-iyul kunlari mahalla yoshlari
⚡️ "Bosh prokuror kubogi" uchun hududiy bosqich bahslariga start berildi 🔹 Joriy yilning 13–15-iyul kunlari mahalla yoshlari o‘rtasida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo‘yicha "Bosh prokuror kubogi" uchun musobaqalarning to‘rtinchi (hududiy) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 867
12
O‘zbekiston yengil atletikachilari Osiyo U23 chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunladi Xitoyning Ordos shah
O‘zbekiston yengil atletikachilari Osiyo U23 chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda yakunladi Xitoyning Ordos shahrida 9–12-iyul kunlari yengil atletika bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda qit’aning eng kuchli yosh atletlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, musobaqani tarixiy natija bilan yakunladi. Chempionatning so‘nggi kunida terma jamoamiz hisobiga yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medal qo‘shildi. 🥇Amir Nagayev balandlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo U23 chempioni bo‘ldi. 🥇Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida ishonchli chiqish namoyish etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 🥉O‘g‘iloy Norboyeva esa yetti kurash bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasining so‘nggi kunidagi muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4 210
13
Jizzaxda DXX kubogining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi Jizzax viloyat Futbol akademiyasi futbol maydonida “Besh tashab+9
Jizzaxda DXX kubogining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi Jizzax viloyat Futbol akademiyasi futbol maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol va mini-futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida, tomoshabinlar futbol bo'yicha Paxtakor tumanining Paxtakor MFY hamda Jizzax shahrining Turon MFY jamoalari o‘rtasida final bahslariga guvoh bo'lishdi. Shuningdek, final bahslarida o'zining shiddatli o'yinlari bilan maydonda to'p surgan Paxtakor tumanining Paxtakor MFY jamoasi 1:0 hisobda viloyat bosqichi chempioniga aylandi. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari Dilmurod Xudayshukurov ishtirok etib, ishtirokchilarga viloyat hokimining tabrik so'zini o'qib eshittirdi hamda mas'ullar bilan birgalikda musobaqalarda yuqori natija qayd etgan jamoalarga kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi. Shu o'rinda, musobaqa ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo'yicha hamda musobaqa davomida jonbozlik ko'rsatgan hakamlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Yakuniy natijalari quyidagicha: ⚽️ Futbol: 🥇Paxtakor MFY (Paxtakor) 🥈Turon MFY (Jizzax shahar) 🥉Oltin Vodiy MFY (Arnasoy) ⚽️ Mini-futbol (o‘g‘il bolalar): 🥇Dilorom MFY (Paxtakor) 🥈Bo’ston MFY (Zafarobod) 🥉Ravot MFY (Zarbdor) ⚽️ Mini-futbol (qizlar): 🥇Mustaqillik MFY (Baxmal) 🥈Bunyodkor MFY (Do’stlik) 🥉Yangibo’ston MFY (Arnasoy) Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 359
14
#Qabul_2026 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialid+9
#Qabul_2026 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2026-2027 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari komissiya a’zolari, Farhod Turdiyev, Shuhrat Toshturdiev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutiboev va filial direktori, Qabul komissiyasi raisi Bayrambay Erimbetovlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda. Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan mas’ul etib biriktirilganlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oldindan belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilishi qat’iy nazorat qilinmoqda. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 832
15
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan mehnat faxriysi Dehqonboy Kudriddinov haqida
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan mehnat faxriysi Dehqonboy Kudriddinov haqida “Sport” telekanali ijodkorlaridan navbatdagi reportaj Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 443
16
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati bosqichi o‘tkazildi Marg‘ilon shahridagi Ijo+6
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati bosqichi o‘tkazildi Marg‘ilon shahridagi Ijodkorlar bog‘ida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari sport turi bo‘yicha Farg‘ona viloyati bosqichi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 16–30 yoshdagi iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, epchilligi, chaqqonligi hamda sport mahoratini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyat va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Musobaqa yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 798
17
Jonbibi Hukmova Osiyo chempionatida ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan yengil+1
Jonbibi Hukmova Osiyo chempionatida ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan yengil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Atletlarimiz ushbu kun 1 tadan oltin va kumush medallariga egalik qilishdi. 800 metr masofadagi bahslarda zafar quchgan Jonbibi Hukmova 400 metr (51,19 soniya) masofada ham tengsizligini isbotlab, musobaqadagi ikkinchi oltin medalini rasmiylashtirdi. Shuningdek, 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish dasturida Nurxon Ochilova (57,99 soniya) kumush medal bilan taqdirlandi. Shu tariqa, 3-kundan keyin delegatsiyamiz 3 ta oltin va 4 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoy hamda Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinda ketmoqda. Bugungacha gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz: 🥇 Oltin medal: — Jonbibi Hukmova (400 metr) — Jonbibi Hukmova (800 metr) — Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash) 🥈 Kumush medal: — Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha) — Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash) — Ayyubxon Fayozov (bosqon uloqtirish) — Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash) Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4 820
18
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi 🔺Yashnobod tumani+9
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi 🔺Yashnobod tumani 1-son sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari sport turi bo‘yicha hududiy bosqichi musobaqalari ko‘tarinki ruh va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. 🔺Musobaqada barcha tumanlardan tashrif buyurgan 16–30 yoshdagi iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati hamda sport mahoratini namoyish etdilar. 🏆Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 558
19
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Avstraliya boks klubi vakillari tashrif buyurdi Mehmo+6
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Avstraliya boks klubi vakillari tashrif buyurdi Mehmonlar markazda sportchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda markaz tarixi aks etgan muzey bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz direktori bilan uchrashuv o’tkazilib, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3 521
20
Bir guruh sport sohasi fidoyilari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi+6
Bir guruh sport sohasi fidoyilari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida turli sohalarda yurtimiz salohiyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh mutaxassislar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Jumladan, ular orasida Sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Yevroosiyo ot sport assosiatsiyasi vitse-prezidenti Bahromjon Gaziyev, Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Xusanov, Behruz Karimov hamda “Yosh sportchi volontyorlar” loyihasi asoschisi Parvina Abdiyeva ham bor. Mazkur yuksak eʼtirof hamkasblarimizning mamlakatimizda sport sohasini, Olimpiya harakatini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yoʻlidagi samarali mehnatlarining munosib eʼtirofi boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi jamoasi barcha mukofotlanganlarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4 438