cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sport vazirligi

Sport vazirligi Veb-sayt: https://gov.uz/sport/ Facebook: fb.com/MinistrySportUz Instagram: instagram.com/minsportuz Youtube: bit.ly/30pICdW Telefon: +998 (71) 239-24-21 E-mail: [email protected] M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017

Більше
Рекламні дописи
13 801
Підписники
+2224 години
+1417 днів
+71230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Beshtashabbusolimpiadasi “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning hududiy saralash bosqichi boshlanmoqda
Joriy yilning 16-may kuni mahallalardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saralash bosqichiga start beriladi.
Unda 8 ta para sport turi bo‘yicha tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3328 nafar yoshlar ishtirok etishadi. Shundan, 1664 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Musobaqalarni o‘tkazish grafigi quyidagicha: 🔴16-may 📍Samarqand viloyati hududiy saralash bosqichi 🔴17-may 📍Navoiy viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Namangan viloyati hududiy saralash bosqichi 🔴18-may 📍Andijon viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Jizzax viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Sirdaryo viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Toshkent viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Xorazm viloyati hududiy saralash bosqichi 🔴20-may 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy saralash bosqichi 📍Buxoro viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Qashqadaryo viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Surxondaryo viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Farg‘ona viloyati hududiy saralash bosqichi 📍Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hududiy saralash bosqichi g'oliblari joriy yilning 18-20-iyun kunlari bo'lib o'tadigan Respublika final bosqichida ishtirok etishadi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 10
🇺🇿 Jahon chempionatidan oldin sportchilar bilan samiymiy uchrashuv bo'lib otdi
🇦🇪Ertaga dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish maqsadida BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketadi.
🇺🇿🥋Biroz avval O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida safar oldidan turgan dzyudochilarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o‘rinbosarlari Zafar Qahramonov, Atabek Ismailov va boshqa mutasaddilar terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashishdi hamda dildan suhbatlashishdi. Adkham Ilkhamovich hatto Davlat Bobonov va Doston Ro`ziyev bilan "otjimaniye" qilish bo‘yicha bellashib ham ko‘rdi. Albatta, vazir tomonidan bunday shaxsiy namunaning ko‘rsatilishi dzyudochilarni yanada g‘alabalar sari ruhlantiradi. O‘z o‘rnida Oybek Amilovich Kasimov Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o‘tkaziladigan ushbu jahon chempionatining ahamiyati haqida gapirib, dzyudochilarimizga omad tiladi. 🤲Uchrashuv so‘nggida Adkham Ikramov duoga qo‘l ochib, dzyudochilarimizga Abu-Dabi tatamilarida g‘alaba va omad yor bo‘lishiga fotiha berdi. 🇺🇿🥈🥉Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tarixdagi eng yaxshi (medallar soni bo`yicha) natijani qayd etgandi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 29👏 2 1
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿O‘zbekiston sport ta’limini rivojlantirishda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ayni kunlarda Xitoy davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Pekin sport universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 14-may kuni Universitet rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Pekin sport universiteti rektor boshchiligidagi rahbariyat tarkibi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 10
#jismoniy_tayyorgarlik_darajasi ⚡️ TALABALARNING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI BAHOLASH SINOVLARI DAVOM ETMOQDA
Xabar berilganidek, yoshlarni ommaviy sport tadbirlari va musobaqalarga keng jalb qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatida ham mavjud davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining 18-29 yosh toifasidagi talabalar ishtirokida aprel-may oylarida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazish belgilangan.
📌 Shu munosabat bilan bugun, 15-may kuni Qarshi innovatsion ta'lim universiteti talaba-yoshlari o'rtasida ham jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlarini topshirmoqda. Universitetimiz talabalari ham ushbu sinovlar jarayonida uzoq va qisqa masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, qoʻllarga tayangan holda gavdani yuqoriga koʻtarib-tushirish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish kabi sport mashgʻulotlarini bajarishmoqda. ➡️ Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat boʻlib, talabalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan. Barcha jarayonlar malakali mutaxassislar tomonidan baholab boriladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 3
Ommaviy va professional sportni rivojlantirish masalalari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi Sport vaziri A.Ikramov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ommaviy va professional sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib chiqish maqsadida Qashqadaryo viloyatidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ommaviy va professional sportni rivojlantirish, sport maktablariga iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish qamrovini kengaytirish, sport normativlarini topshirishni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Tanqidiy o‘tgan yig‘ilishda Prezident tomonidan sport sohasida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu borada ayrim hududlar rahbarlari ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganligi, eng quyi bo‘g‘inlarda ishlar yetarli tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tilib, tegishli mas’ullarga nisbatan navbatdagi intizomiy choralar qo‘llanildi. Yig‘ilishda mas’ullarning bu borada amalga oshirilgan ishlari, sohada mavjud kamchiliklari yuzasidan hisobotlari tinglanib, aniqlangan masalalar va kelgusi vazifalari belgilab berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 11👏 1
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “yosh kitobxon” tanlovi e’lon qilindi Markaz kutubxonasidagi baddiy kitoblardan eng ko’p o’qigan va hakamlar hay’atining savollariga to’g’ri javob bera olgan o’quvchiga markaz rahbarining sovg’asi, zamonaviy noutbuk taqdim etiladi. Tanlov g’olibi 25-may kuni aniqlanadi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 7
#Beshtashabbusolimpiadasi Platforma ARMRESTLING sport turi bo'yicha ochildi
Habaringiz bor "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida #armrestling sport musobaqasining #sektor bosqichi 16-19 may kunlari bo'lib o'tadi.
Shu munosabat bilan elektron platforma mazkur sport turidan #mahalla bosqichi g'oliblarini tizimga kiritish uchun 16-mayga qadar ochib berildi. Eslatib o'tamiz, mahalla bosqichi muddati kelmagan loyihalarga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda. 5tashabbus.uz Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 2
Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarovni tabriklaymiz! Hurmatli Otabek Muhammadaliyevich, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi yurtimiz sport jamoatchiligi nomidan Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sport sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida sportizmiz jahon maydonlarida ulkan zafarlarga erishmoqda. Bu yo'lda siz tomoningdizdan amalga oshirilayotgan mashaqqatli mehnat va qo'shayotgan ulkan hissangizni doim e'tirof etamiz va qadrlaymiz . Amalga oshirilayotgan islohotlar va sportchilarimizga qaratilayotgan yuksak e'tibor natijasi o'laroq yaqin muddatlarda bo'lib o'tadigan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchi o'g'il qizlarimiz o'zlarining eng yuqori natijalarini ko'rsatishlariga ishonamiz. Fursatdan foydalanib, Sizni yana bir bor bugungi ayyomingiz bilan qutlab, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Показати все...
👍 38👏 6 3
#Vazir_tashrifi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Qashqadaryo viloyatia xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Sport vaziri A.Ikramov xizmat safari davomida Shahrisabz shahar va Shahrisabz tumani, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlaridagi sport ta’lim muassasalarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoit hamda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Vazir sport maktablaridagi murabbiy va sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tinglab, muammolarni ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, mas'ullarga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligi ta'kidlandi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...
👍 9👏 1
Sport vaziri o‘rinbosari Parij-2024 saralash musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan stol tennischilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov Parij Olimpiadasi oldidan o‘tkaziladigan saralash o‘yinlariga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borayotgan mamlakatimiz stol tennischilari mashg‘ulotlarini kuzatish, ular bilan suhbatlashish uchun Toshkent viloyatidagi stol tennisi markazida bo‘ldi.
Sportchilar va ularning murabbiylari bilan muloqot chog‘ida joriy yilning  17-19-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlarida terma jamoamiz a’zolariga raqiblik qiladigan jamoalar, sportchilar, mashg‘ulotlarning o‘tkazilish tartibi, terma jamoamiz a’zolarining ruhiy holati, yashash shart-sharoitlari, yaratilgan qo‘layliklar borasida fikrlashdi. Kutilayotgan Olimpiya saralash turnirida sportchilarimizga omad tiladi. Sport vaziri o‘rinbosari Sh. Mahmuldov O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi ijrochi direktori Haydar Pirnazarov bilan hamrohlikda Toshkent viloyatidagi "Xvan Man Gim" sport klubida mashg‘ulot o‘tkazayotgan rossiyalik sportchilar faoliyati bilan ham yaqindan tanishib chiqdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показати все...