QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI
前往频道在 Telegram
Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34
显示更多1 569
订阅者
-124 小时
-77 天
-1730 天
数据加载中...
吸引订阅者
八月 '26
八月 '260
在0个频道中
七月 '26
+19
在22个频道中
Get PRO
六月 '26
+46
在17个频道中
Get PRO
五月 '26
+76
在20个频道中
Get PRO
四月 '26
+71
在22个频道中
Get PRO
三月 '26
+21
在9个频道中
Get PRO
二月 '26
+14
在7个频道中
Get PRO
一月 '26
+9
在2个频道中
Get PRO
十二月 '25
+11
在4个频道中
Get PRO
十一月 '25
+11
在9个频道中
Get PRO
十月 '25
+44
在14个频道中
Get PRO
九月 '25
+358
在19个频道中
Get PRO
八月 '25
+41
在19个频道中
Get PRO
七月 '25
+31
在22个频道中
Get PRO
六月 '25
+48
在22个频道中
Get PRO
五月 '25
+1 064
在21个频道中
Get PRO
四月 '25
+69
在22个频道中
Get PRO
三月 '25
+75
在11个频道中
Get PRO
二月 '25
+19
在9个频道中
Get PRO
一月 '25
+87
在29个频道中
Get PRO
十二月 '24
+28
在16个频道中
Get PRO
十一月 '24
+40
在16个频道中
Get PRO
十月 '24
+1 022
在13个频道中
Get PRO
九月 '24
+108
在30个频道中
Get PRO
八月 '24
+36
在13个频道中
Get PRO
七月 '24
+2 562
在36个频道中
Get PRO
六月 '24
+16
在3个频道中
Get PRO
五月 '24
+36
在6个频道中
Get PRO
四月 '24
+42
在17个频道中
Get PRO
三月 '24
+1 090
在19个频道中
Get PRO
二月 '24
+56
在3个频道中
Get PRO
一月 '24
+115
在11个频道中
Get PRO
十二月 '23
+57
在14个频道中
Get PRO
十一月 '23
+23
在11个频道中
Get PRO
十月 '23
+42
在9个频道中
Get PRO
九月 '23
+154
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+5
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+5
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+8
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+1 024
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+3
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+9
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+4
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+10
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+1 021
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+88
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+3
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+26
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+8
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+3
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+4
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+16
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+31
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+1 322
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+119
在0个频道中
Get PRO
一月 '220
在0个频道中
Get PRO
十二月 '210
在0个频道中
Get PRO
十一月 '210
在0个频道中
Get PRO
十月 '210
在0个频道中
Get PRO
九月 '210
在0个频道中
Get PRO
八月 '210
在0个频道中
Get PRO
七月 '210
在0个频道中
Get PRO
六月 '210
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+196
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 01 八月 | 0 |
频道帖子
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soʻrovnoma
Soliq organlari faoliyati va soliq xizmatlari sifati boʻyicha soʻrovnoma natijalari
2026-yil 23–31-iyul kunlari Soliq qoʻmitasi rasmiy Telegram-kanali orqali fuqarolarning ishonch darajasini baholash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi.
Soʻrovnomada oʻrtacha 5–5,5 ming nafar respondent ishtirok etib, natijalarda ishtirokchilarning xolis fikrlari aks etgan. Umuman olganda, qatnashchilar elektron xizmatlarning qulayligini yuqori baholab, soliq organlari faoliyatidagi ijobiy oʻzgarishlarni qayd etdilar.
Eng yuqori baho soliq organlarining elektron xizmatlariga berildi.
Ishtirokchilarning 76 foizi (5 ming ovozdan 3,8 ming nafari) elektron soliq xizmatlaridan foydalanish qulayligini taʼkidladi. Bu raqamli yechimlarga boʻlgan yuqori talab va ularning samaradorligini koʻrsatadi.
Respondentlarning qariyb yarmi soliq organlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlarni qayd etdi.
Soʻrovda qatnashganlarning 49 foizi (5 ming ovozdan 2,4 ming nafari) koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshi tomonga oʻzgarganini taʼkidladi. Shuningdek, 46 foiz (5,5 ming ovozdan 2,5 ming nafari) soliq organlari xodimlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlarni sezganini bildirdi.
Ochiqlik va soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro hamkorlik asosan ijobiy baholandi.
Ishtirokchilarning 46 foizi (5 ming ovozdan 2,3 ming nafari) soliq organlari muloqot uchun ochiq deb hisoblaydi, yana 17 foizi (831 ovoz) esa «qisman» javobini tanladi.
Murojaatlarni adolatli koʻrib chiqish va soliq inspektorlari ishiga berilgan baholar oʻxshash boʻldi.
Respondentlarning 44 foizi (5 ming ovozdan 2,2 ming nafari) murojaatlar xolis va adolatli koʻrib chiqilayotganini hamda oʻzlariga biriktirilgan soliq inspektori faoliyatidan mamnunligini bildirdi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning taxminan uchdan biri (1,8 ming ovoz) bu fikrga qoʻshilmadi.
Xodimlar malakasiga berilgan baholar nisbatan teng taqsimlandi.
Respondentlarning 35 foizi (5,3 ming ovozdan 1,8 ming nafari) xodimlar professionalligini yuqori, 37 foizi (1,9 ming nafar) – qoniqarli, 28 foizi (1,4 ming nafar) esa – past deb baholadi. Bu esa xodimlar malakasini yanada oshirish va soliq toʻlovchilar ishonchini mustahkamlash boʻyicha ishlarni davom ettirish zarurligini koʻrsatadi.
📊 Soʻrovnoma elektron xizmatlar qulayligi yuqori baholanganini koʻrsatdi, shu bilan birga xizmat koʻrsatish sifati, ochiqlik va soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlash imkonini berdi.
Soʻrovnomada faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
Soliq maʼmuriyatchiligi va xizmat koʻrsatish sifatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni qayta aloqa tizimi orqali yuborish mumkin.
Soliq organlari bundan buyon ham soliq toʻlovchilar fikrini ochiq oʻrganish, ular bilan muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, soliq xizmatlari sifatini baholashga mustaqil ekspertlar va jamoatchilik tashkilotlarini jalb etish ishlarini davom ettiradi.
Ushbu ishlar natijalari soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirishda inobatga olinadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
| 2 | #sunʻiy_intellekt
AI Soliq — tezkor, aniq va doimo yordamga tayyor raqamli yordamchi
Soliq xizmatlarida yangi bosqich: soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt asosida yanada keng imkoniyatlar yaratildi!
Endi kerakli maʼlumotlarni izlash, murakkab savollarga tezkor va batafsil javob topish juda oson.
Barcha zamonaviy elektron xizmatlar yagona platformada. Bularning barchasi soliq toʻlovchilar manfaati uchun.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 78 |
| 3 | #rasmiy_munosabat
Iyun oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi
O‘tgan oy uchun 5,5 mln nafardan ortiq iste'molchilarga 112,8 mlrd so‘m keshbek summasi to‘lovga tasdiqlandi.
Qolgan summalar qachon to‘lanadi?
♻️ Belgilangan tartibga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi to‘lanishi inobatga olinib, qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (247 200 so‘m) olishi mumkin.
❌ Keshbek quyidagi hollarda hisoblanmaydi:
▫️agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
▫️avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olishda, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar to‘lov cheklari uchun;
▫️o'zini o'zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar tomonidan raqamli platformalar (Xolis Paynet) orqali berilgan xarid cheklariga;
▫️jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan bo‘lsa.
⚠️ Shubhali xaridorlarning reestriga boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan onlayn nazorat-kassa texnikasi chekini uning ruxsatisiz olib qo‘yish va (yoki) huquqbuzarlik sodir etish, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olish huquqidan foydalanishini cheklashga olib keladigan boshqa holatlar orqali tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarish va (yoki) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytarish huquqini olgan jismoniy shaxslar ro‘yxati kiritilishi belgilangan
👉 VMQ-255 qarori 7-bandi 12.05.2022-yil
Avval xabar berganimizdek, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan xarid summasidan qaytariladigan keshbek tizimini noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zlari bilgan va bilmagan holda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish holatlari uchramoqda.
Bu esa o‘z navbatida belgilangan tartibda qonunga xilof hisoblanib, oson daromad topish ilinjida yakunda javobgar bo‘lib qolish xavfini yuzaga keltiradi.
Ma'lumot uchun: Soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yil iyun oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali orqali ma’lum bir haq evaziga uchinchi shaxslardan soxta xarid cheki olib, haqiqatda kirim qilinmagan yoki xarid qilmagan mahsulot va tovarlar xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan 96 mingdan ortiq fuqarolar shubhali xaridorlar reestriga kiritildi.
❗️Shu o‘rinda alohida takidlab o‘tamizki, soxta cheklar orqali budjet mablag‘larini talon-taroj qilish holatlarining oldini olish maqsadida “Soliq” mobil ilovasi orqali faqat o‘zingiz amalga oshirgan xaridingiz va foydalangan xizmatingiz uchun berilgan xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazing.
Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan soxta xarid cheklarini roʻyxatdan oʻtkazmang!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 95 |
| 4 | #Axborot24 | 1.08.2026
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari ko'rilmoqda
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 92 |
| 5 | Insonni lavozim emas, bilim va qadriyat yuksaltiradi.
Kasbiy oʻquv mahoratni oshirsa, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya halollik va masʼuliyatni mustahkamlaydi.
Ana shunda soliq xizmati faqat qonunga emas, xalq ishonchiga ham tayanadi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 185 |
| 6 | #QQS
Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish tadbirkorning reyting darajasiga bogʻliq
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 172 |
| 7 | #soliq_taqvimi
🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2026-yil avgust oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на августа 2026 года
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 154 |
| 8 | Soliq qoʻmitasining navbatdagi kasbiy oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri doirasida "Mustaqillik – millat gʻururi va taraqqiyot timsoli" nomli madaniy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh va isteʼdodli xonanda Elyorbek Meliboyev oʻzining diltortar qoʻshiqlari bilan tizim xodimlariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Vatanga muhabbat, tinchlik va hamjihatlik gʻoyalarini tarannum etgan kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbida yurtga sadoqat, mustaqillik neʼmatiga shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamladi.
Bunday maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar soliq organlari xodimlariga nafaqat xushkayfiyat va ijobiy ruh bagʻishlaydi, balki ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, jamoada oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, Vatan taraqqiyoti yoʻlida yanada yuksak masʼuliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishga ilhom bagʻishlaydi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 226 |
| 9 | #quyoshli_xonadon
Quyosh panellari o‘rnatganlarga 330,8 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan
2026-yilning yanvar-iyun oylarida 68,6 ming nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 330 mlrd 822 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
📍Buxoro viloyati – 61,9 mlrd so‘m;
📍Xorazm viloyati – 60,5 mlrd so‘m;
📍Qashqadaryo viloyati – 37,3 mlrd so‘m.
📱Subsidiya qanday olinadi?
💳Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
__________
#солнечный_дом
Установившим солнечные панели выдано более 330.8 млрд сумов субсидии
За первое полугодие 2026 года 68,6 тысяч физических лиц получили субсидии из Государственного бюджета в размере 330 млрд 822 млн сумов за солнечную энергию, переданную в электрические сети.
Наибольшая часть субсидий приходится на следующие регионы:
📍Бухарская область – 61,9 млрд сумов;
📍Хорезмская область – 60,5 млрд сумов;
📍Кашкадарьинская область – 37,3 млрд сумов.
📱Как получить субсидию?
💳Субсидию можно перевести на банковскую карту в мобильном приложении Soliq через услугу "Кешбэк и льготы", раздел "Солнечный дом" в окне "Перевод на карту".
📎Напоминаем, с 1 апреля 2023 года по программе "Солнечный дом" за каждый киловатт/час электрической энергии, произведенной на солнечных панелях, установленных на принадлежащих физическим лицам объектах, излишки от собственного потребления которой переданы в единую электроэнергетическую систему, выделяется по 1 000 сумов субсидии из Государственного бюджета.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 324 |
| 10 | #Mustaqillik
Yurtimizda "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!" ezgu gʻoyasi ostida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga hozirlik koʻrilmoqda.
Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi maʼmuriy binosi ham bayramona ruhda bezatildi.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 414 |
| 11 | #quyoshli_xonadon
Quyosh panellariga ega bo‘lganlar 330,8 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya oldi
☀️ Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojidan ortiq ishlab chiqargan va umumiy elektr energetika tizimiga uzatgan har bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan subsidiya olishlari mumkin.
2026-yilning 6 oyida 68,6 ming nafar jismoniy shaxs amaldagi dasturdan foydalandi va Davlat budjetidan 330 mlrd 822 mln so‘m subsidiya oldi.
__________
#солнечный_дом
Владельцы солнечных панелей получили более 330,8 млрд сумов субсидий
☀️ Физические лица, установившие солнечные панели, могут получать по 1 000 сумов субсидии за каждый кВт·ч электричества, переданный в общую электроэнергетическую систему после собственного потребления.
За 6 месяцев 2026 года 68,6 тысяч физических лиц воспользовались действующей программой и получили субсидии из Государственного бюджета в размере 330 млрд 822 млн сумов.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 268 |
| 12 | #onlayn_seminar
"Soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni soliq toʻlovchilarga yetkazish" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.
🎞Ushbu havola orqali ishtirok eting!
_______
#онлайн_семинар
Начался онлайн семинар «Доведение до налогоплательщиков изменений в налоговом законодательстве».
🎞Примите участие по ссылке
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 249 |
| 13 | #imtiyoz #mol_mulk_yer_soligʻi
Uyingizga quyosh panellari o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumot aynan siz uchun.
Yashash xonadonida quvvati 1 kVtdan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanayotgan fuqarolar soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunda mol-mulk solig‘i summasi 2 BHMgacha, yer solig‘i summasi esa 1 BHMgacha chegiriladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 268 |
| 14 | 📸 KUN FOTOSI
Tizim kuchi — teng imkoniyatlarda.
Soliq tizimida xotin-qizlarning bilim, mas'uliyat va tashabbusiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Gender tengligini ta'minlash nafaqat adolat tamoyili, balki zamonaviy va samarali davlat xizmatini shakllantirishning muhim omilidir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 238 |
| 15 | 🚨 DIQQAT! DIQQAT!
🤖Soliq tizimida yangi davr boshlandi!
Soliq qo‘mitasi “AI SOLIQ” — sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yangi avlod raqamli platformasini ishga tushirdi.
❓Bu nima beradi?
✅Soliq xizmatlari yanada tezkor;
✅Aqlli tavsiyalar va avtomatik yechimlar;
✅ Ortiqcha vaqt va qog‘ozbozlikka barham;
✅ Soliq to‘lovchilar uchun yanada qulay raqamli xizmatlar.
📌 “AI SOLIQ” qanday ishlaydi? Uning eng muhim afzalliklari nimalar?
👉 Bu haqda batafsil videoda!
🔔 Kanalimizga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklarni birinchi bo‘lib biling!
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 304 |
| 16 | 📱Bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashda platforma sozlamalaridan qanday foydalanishni bilasizmi?
Bugungi axborot oqimi sharoitida bolalarni zararli kontentdan himoya qilish faqat taqiqlar bilan cheklanmaydi. Eng samarali yo‘llardan biri — internet platformalarida mavjud xavfsizlik sozlamalaridan to‘g‘ri foydalanishdir. To‘g‘ri sozlangan funksiyalar bolalarning yoshiga mos bo‘lmagan kontentlarga duch kelish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
🤩📷YouTube, Instagram kabi ommabop platformalarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan maxsus sozlamalar mavjud. Ularni faollashtirish orqali ota-onalar farzandlari uchun yanada ishonchli va nazorat qilinadigan raqamli muhitni yaratishi mumkin. Raqamli xavfsizlik bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi. Shu sababli ota-onalar va foydalanuvchilar ushbu imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va ularni amaliyotda qo‘llashi zarur.
💡 Yuqorida mazkur platformalarda xavfsizlik sozlamalarini yoqish bo‘yicha qisqa va tushunarli yo‘riqnomalar keltirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram|Youtube|LinkedIn | 349 |
| 17 | #matbuot_anjumani
Ayni damda Soliq qo‘mitasida “AI SOLIQ – sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod raqamli platformasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
➡️ Jonli efir
_____
#пресс_конференция
В эти минуты в Налоговом комитете проходит пресс-конференция на тему "AI SOLIQ – цифровая платформа нового поколения на базе искусственного интеллекта".
В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета, представители СМИ и блогеры.
➡️ Прямой эфир
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 285 |
| 18 | 📸 KUN FOTOSI
Kelajak texnologiyalari — bugungi xizmat sifatida.
Sun'iy intellekt yechimlari soliq ma'murchiligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. AI SOLIQ platformasi orqali tezkor tahlil, aniq tavsiyalar va zamonaviy xizmatlar soliq to‘lovchilarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 277 |
| 19 | #obodonlashtirish
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov rahbarligida Qamashi tumanidagi "Quyi Yangi" mahalla fuqarolar yig‘inida "Dolzarb qirq kunlik" doirasida obodonlashtirish ishlari boshlandi.
Dastlab, tuman hokimining o‘rinbosari, mutasaddi tashkilot vakillari, faollar ishtirokida mahalladagi ichki yo‘llarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, mahalladagi har bir xonadonga kirilib, olib borilishi lozim boʻlgan obodonlshtirish ishlari yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbirlar davomida ko‘chalardagi chiqindilar olib chiqilmoqda, begona o‘tlar tozalanmoqda, daraxtlarga shakl berilmoqda, xonadonlarning ta’mirtalab devorlari ta’mirlanib oqlanmoqda, ariqlar tozalanmoqda, yo‘l chetlari tekislanmoqda.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 409 |
| 20 | Soliq qo‘mitasi AI SOLIQ’ni ishga tushirdi — sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod soliq xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi ai.soliq.uz portalini ishga tushirdi. Mazkur yagona raqamli platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan yangi avlod soliq xizmatlarini birlashtiradi.
Portal tadbirkorlar, buxgalterlar va korxona rahbarlariga o‘z tashkiloti faoliyatini bir necha soniya ichida intellektual tahlil qilish, elektron hisobvaraq-fakturalarning “qizil” toifaga tushish sabablarini aniqlash, soliq reytingi, soliq imtiyozlari hamda soliq hisobotlari bo‘yicha tushuntirishlar olish imkonini beradi. Barcha xizmatlar muloqot (chat) shaklida ishlaydi va foydalanuvchilarga sodda, tushunarli hamda amaliy javoblarni tezkor taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar uchun mo‘ljallangan xizmatlardan tashqari, portalda ilk bor Soliq qo‘mitasining sun’iy intellekt yo‘nalishidagi barcha asosiy ishlanmalari jamlangan. Platformada amaliyotga joriy etilgan yechimlar bilan bir qatorda, soliq ma’muriyatchiligini raqamli transformatsiya qilishning texnologik asosi ham namoyish etilgan.
Taqdim etilgan ishlanmalar qatoridan Soliq LLM milliy til modeli, nutq va matn generatsiyasi texnologiyalari, kompyuter ko‘rish (computer vision) hamda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida ishlovchi mashinaviy o‘qitish (machine learning) yechimlari o‘rin olgan.
Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat biznes uchun mo‘ljallangan xizmatlarda, balki soliq organlarining barcha bo‘g‘inlari faoliyatida — mahalladagi xodimlardan tortib Soliq qo‘mitasi rahbariyatigacha keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni tahlil qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlari sifatini oshirish hamda xodimlar ish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Sun’iy intellekt ekotizimini yaratish va rivojlantirish joriy yil boshida Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati natijasida amalga oshirilmoqda.
Mazkur laboratoriya soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, fuqarolar va biznes uchun zamonaviy raqamli xizmatlarni yaratishga qaratilgan sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha yagona markaz hisoblanadi.
Soliq qo‘mitasi kelgusida ham sun’iy intellektning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar uchun intellektual xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishni davom ettiradi. Ushbu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi biznes va fuqarolarning soliq organlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada sodda va qulay tarzga keltirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 195 |
