QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34
Ko'proq ko'rsatish1 581
Obunachilar
-124 soatlar
-67 kunlar
-1430 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyun '26
Iyun '26
+30
8 kanalda
May '26
+76
20 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+71
22 kanalda
Get PRO
Mart '26
+21
9 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+14
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+9
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+11
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+11
9 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+44
14 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+358
19 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+41
19 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+31
22 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+48
22 kanalda
Get PRO
May '25
+1 064
21 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+69
22 kanalda
Get PRO
Mart '25
+75
11 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+19
9 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+87
29 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+28
16 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+40
16 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+1 022
13 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+108
30 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+36
13 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+2 562
36 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+16
3 kanalda
Get PRO
May '24
+36
6 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+42
17 kanalda
Get PRO
Mart '24
+1 090
19 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+56
3 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+115
11 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+57
14 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+23
11 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+42
9 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+154
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+5
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+5
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+8
0 kanalda
Get PRO
May '23
+1 024
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+3
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+9
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+4
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+10
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+1 021
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+88
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+3
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+26
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+8
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+3
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+4
0 kanalda
Get PRO
May '22
+16
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+31
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+1 322
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+119
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '220
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '210
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '210
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '210
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '210
0 kanalda
Get PRO
Avgust '210
0 kanalda
Get PRO
Iyul '210
0 kanalda
Get PRO
Iyun '210
0 kanalda
Get PRO
May '21
+196
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 24 Iyun | +5 | |||
| 23 Iyun | 0 | |||
| 22 Iyun | +1 | |||
| 21 Iyun | +1 | |||
| 20 Iyun | 0 | |||
| 19 Iyun | 0 | |||
| 18 Iyun | +2 | |||
| 17 Iyun | 0 | |||
| 16 Iyun | 0 | |||
| 15 Iyun | 0 | |||
| 14 Iyun | 0 | |||
| 13 Iyun | +4 | |||
| 12 Iyun | +1 | |||
| 11 Iyun | +3 | |||
| 10 Iyun | +2 | |||
| 09 Iyun | 0 | |||
| 08 Iyun | 0 | |||
| 07 Iyun | 0 | |||
| 06 Iyun | +3 | |||
| 05 Iyun | +4 | |||
| 04 Iyun | +2 | |||
| 03 Iyun | +2 | |||
| 02 Iyun | 0 | |||
| 01 Iyun | 0 |
Kanal postlari
#yashirin_iqtisodiyot
🩺 XUSUSIY TIBBIYOTDAGI YASHIRIN IQTISODIYOT TARTIBGA SOLINMOQDA
Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi 264 ta xususiy tibbiyot korxonasi faoliyati o‘rganilganda, haqiqiy daromadlarni yashirish holatlari aniqlandi.
📊 Raqamlar nima deydi?
· Kutilgan tushum: Agar 1 nafar shifokor oyiga 22 kun davomida kuniga eng kamida 300 ming so‘mlik xizmat ko‘rsatib, chek berganda — jami tushum 64 152,0 mln. so‘mni tashkil etishi kerak edi.
· Amaldagi tushum: Korxonalar tomonidan berilgan cheklar summasi esa atigi 26 320,6 mln. so‘mni tashkil etgan.
· Yashirin farq: Berilmasdan qolgan chek summalari — 37 831,4 mln. so‘m!
· Budjet yo‘qotishi: Buning natijasida 12 foizlik QQS bo‘yicha budjetga 4 539,8 mln. so‘m soliq tushmay qolgan.
🔄 Natija: Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha mazkur korxonalardan qayta hisobotlar olinib va soliqlarni undirish ishlari olib borilmoqda.
✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook
| 2 | #soliq_oliy_maktabi
Soliq oliy maktabi haqida nimalarni bilamiz?
Xabaringiz bor, “Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq 2026-yildan Soliq oliy maktabi faoliyat boshlashi belgilangandi.
Batafsil Youtubedagi maxsus reportajda tomosha qiling.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 121 |
| 3 | #rasmiy_axborot
Banklar va soliq organlari o‘rtasida axborot almashinuvining yagona qoidalarini belgilash taklif etilmoqda
Banklar tomonidan soliq organlariga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi qaror loyihasiga jamoatchilikda qiziqish bildirilayotganini inobatga olgan holda Soliq qo‘mitasi uning huquqiy asosi va amaliy ahamiyati yuzasidan tushuntirish berish lozim deb hisoblaydi.
Ayrim nashrlarda mazkur loyiha asosan jismoniy shaxslarning omonatlari bilan bog‘liq tashabbus sifatida talqin qilinmoqda. Bunday yondashuv hujjatning asl mazmunini to‘liq aks ettirmaydi.
Loyihada amaldagi qonunchilik doirasida banklar va soliq organlari o‘rtasida axborot almashinuvining yagona qoidalarini belgilash taklif etilmoqda. Gap soliq nazorati maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish tartibi, muddatlari, shakllari va elektron formati haqida bormoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, loyiha soliq organlariga yangi vakolatlar bermaydi, bank sirini bekor qilmaydi hamda fuqarolar yoki tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga erkin kirish imkoniyatini nazarda tutmaydi. Banklar soliq organlariga ma’lumotlarni faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda taqdim etishga haqli.
Soliq organlarining tegishli vakolatlari Soliq kodeksining 134-moddasida mustahkamlangan. Shuningdek, "Bank siri to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, bank mijozining soliq solish masalalari bo‘yicha bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilishi mumkin.
Bunda soliq organlari tomonidan olingan ma’lumotlar soliq siri hisoblanadi. Ularni oshkor etish, uchinchi shaxslarga berish yoki belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish qonun bilan taqiqlanadi.
Qayd etish lozimki, bunday axborot almashinuvi mexanizmlari xalqaro amaliyotda, jumladan IHTT mamlakatlarida qo‘llaniladi va jahon standartlariga mos keladi. O‘zbekiston ham Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi bo‘yicha global forumga qo‘shilgan, bu esa mazkur sohada aniq va shaffof qoidalar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.
Soliq qo‘mitasi fuqarolar, tadbirkorlar, ekspertlar hamjamiyati, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillarining hujjat muhokamasida konstruktiv ishtirokidan manfaatdor. Kelib tushgan barcha taklif va mulohazalar hujjatni keyingi bosqichda takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 182 |
| 4 | #soliq_hisoboti
2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi tadbirkorlar dastlabki 6 oy davomida hisobotlarni yuborish xizmatlaridan bepul foydalanishi mumkin boʻladi
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 186 |
| 5 | #tayinlov
DEHQONOBOD TUMANI SOLIQ INSPEKSIYASIGA YANGI BOSHLIQ TAYINLANDI
Kilichov Shamirat Tuymurodovich Dehqonobod tumani soliq inspeksiyasiga boshliq etib tayinlandi.
Shamirat Kilichov 1986-yilda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U 2011-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan.
Shamirat Kilichov bundan oldin Mirishkor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
❗️Shamirat Kilichov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 572 |
| 6 | #tayinlov
QAMASHI TUMANI SOLIQ INSPEKSIYASIGA YANGI BOSHLIQ TAYINLANDI
Begmatov Begzod Xolmamatovich Qamashi tumani soliq inspeksiyasiga boshliq etib tayinlandi.
Begzod Begmatov 1990-yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. U 2014-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Begzod Begmatov bundan oldin Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Soliq organlarining "mahallabay" ishini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
❗️Begzod Begmatov Soliq xizmatining III darajali inspektori.
✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 357 |
| 7 | 📸 KUN FOTOSI
Soliq tizimi taraqqiyoti — aniq tahlil, shaffof yondashuv va masʼuliyatli mehnat bilan uzviy bog‘liqdir.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 249 |
| 8 | #ochiq_muloqot
Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
Bugungi kunda ekspertlar tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaat va takliflarni yig‘ish, tahlil qilish hamda ularning yechimlari ustida ishlamoqda.
40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari jalb qilingan bo‘lib, ular biznes vakillarini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va tizimli takliflarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Eng muhimi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmayapti.
Muammolarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini yanada qulaylashtirishga qaratilgan takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
👉Batafsil
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads | 312 |
| 9 | #tadbirkorlar_bilan_uchrashuv
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov Qarshi shahrida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti vakillari bilan ushrashdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi «Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PF-100-sonli Farmoni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu Farmon bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar tushuntirib o‘tildi.
Jumladan, kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga oʻtish chegarasi 1 mlrd. soʻmdan qariyb 5 mlrd. soʻmga oshirilgani, QQS stavkasi tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
👉Batafsil
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 347 |
| 10 | #imtiyoz #raqamlashtirish
Soliq imtiyozlaridan foydalanish tartibi yanada soddalashtirilmoqda
Soliq ma’murchiligini avtomatlashtirish va tadbirkorlar uchun qulayliklarni kengaytirish maqsadida soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun yuborgan murojaatlar inson omilisiz avtomat tasdiqlanib qo‘llaniladi.
Masalan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozi:
Soliq kodeksiga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib olib, undan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
Avval mazkur imtiyozni qo‘llash uchun license.gov.uz bazasidagi gips xomashyosini qazib olish uchun tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi litsenziya va ruxsatnomalar biriktirishi majburiy bo‘lgan.
Endilikda license.gov.uz elektron litsenziyalash tizimi hamda Soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Shu sababli bunday litsenziya yoki ruxsatnomaga ega korxonalar my.soliq.uz orqali imtiyozdan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborganda, tizim ma’lumotlarni avtomatik ravishda tekshiradi va murojaatni qabul qiladi.
Oldingi tartibda murojaatlar qonunchilikda belgilangan 15 kunlik muddatda ko‘rib chiqilar edi. Bugungi kunda esa bir necha daqiqada hal bo‘lmoqda: soliq imtiyozlari yo‘nalishida raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 246 |
| 11 | #ochiq_muloqot
Birozdan soʻng savdo, avtoturargoh va koʻchmas mulk xizmatlari sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlanadi.
Muloqot davomida tadbirkorlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilinadi.
🟥 JONLI EFIR
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 193 |
| 12 | #qonunchilikdagi_yangiliklar
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–419-sonli Qonuniga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga muvofiq, komplayens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakolatlari kengaytirildi.
Qoʻshimcha vazifalar:
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini amalga oshiruvchi, byudjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalar hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
▫️korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini va qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilishini tashkil etish;
▫️davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar hamda nazorat tizimlarining joriy etilishini taʼminlash.
Qoʻshimcha huquqlar:
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularni belgilangan tartibda jalb etish;
▫️korrupsiyaviy omillarni aniqlash, ularning oldini olish va korrupsiya holatlariga chek qoʻyish maqsadida shaxslarning xatti-harakatlarini, hodisalarni hamda jarayonlarni bevosita yoki bilvosita kuzatish va qayd etish;
▫️oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan maʼlumotlar, zarur hujjatlar hamda materiallarni soʻrash va olish;
▫️vakolatini amalga oshirish doirasida zarurat tugʻilganda tegishli hujjat va materiallar bilan tanishish maqsadida davlat organi va tashkilotining obyektlariga toʻsqinliksiz kirish;
▫️davlat organi va tashkiloti tizimida qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritish.
Shuningdek, qonun bilan komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati muvofiqlashtirib borishi belgilandi.
Mazkur oʻzgartirishlar davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 221 |
| 13 | #stop_korrupsiya
Agar, Siz soliq idorasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, soliq xizmati organlarining quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️ Soliq organlarining “Ishonch telefonlari" – 1198 va 71-244-98-98; 75-225-1082;
▫️ Soliq qo‘mitasining telegram boti – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️ Soliq qo‘mitasining maxsus elektron pochtasi – antikorrupsiya@soliq.uz;
▫️ Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti;
▫️Komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalarining telefon raqamlari - 75-225-18-47
Unutmang, Korrupsiyaga qarshi kurashish — bu nafaqat nazorat organining ishi, balki har bir fuqaroning vijdon ishidir!
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 321 |
| 14 | 📸 KUN FOTOSI
Jamiyat taraqqiyoti avvalo insoniy fazilatlar — mehr-oqibat, hurmat va o‘zaro yordamga tayanadi.
Ezgu qadriyatlarni asrab-avaylash va hayotda namoyon etish barchamizning mas’uliyatimizdir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 258 |
| 15 | #Qonun_ustuvor
Xizmat vazifasini olib borayotgan xodimlar qarshilikka uchrab, kaltaklandi
Soliq xizmati xodimlarining vazifasi budjet tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash bilan birga jamiyatda sohaga oid qonunchilik talabiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir.
Lekin, ming afsuski Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida o‘z vazifasini qonuniy amalga oshirayotgan xodimlarga qarshilik ko‘rsatildi. Ular kaltaklandi.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 434 |
| 16 | #Imtiyoz
Davlatimiz rahbarining Farmonga asosan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda (paxta va g‘alladan tashqari) qo‘shilgan qiymat solig‘ining “0” stavkasi qo‘llaniladi.
Yangi tartibga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar xarid qilingan tovar va xizmatlar uchun to‘lagan QQS summasini 3 kun muddatda avtomatik ravishda qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 57 xo‘jalik yurituvchi subyektiga 4 mlrd. 500 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarib berildi.
QQSni bir qismini qaytarib olish qanday tartibda amalga oshirilishini quyidagi video orqali bilib olishingiz mumkin.
✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 346 |
| 17 | #qabul2026
✔️ Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonaviy bilim, amaliy tajriba va professional rivojlanish imkoniyatlarini birlashtiradi.
🔺 2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
🔴 Soliqlar va soliqqa tortish
🔴 Buxgalteriya hisobi
🔺 Shuningdek, istiqbolda quyidagi yangi yo‘nalishlarni joriy etish rejalashtirilgan:
🟢 Raqamli soliq ma’murchiligi
🟢 Soliq huquqi va moliyaviy nazorat
📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
⚡️ Bugun tanlagan yo‘lingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoriga aylanishi mumkin.
📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil | 266 |
| 18 | #xatlov
⚡️ Qashqadaryoda soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
Viloyat soliq boshqarmasi va MIB hamkorligida soliq intizomini mustahkamlash borasida xatlov tadbirlari davom etmoqda.
Aprel oyi sarhisobi:
📌 700 ta xatlov tadbirlari o‘tkazildi;
💰 83,2 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlandi;
📉 Natijada davlat budjetiga 10,7 mlrd. so‘m soliqlar undirilishi ta’minlandi.
Avtotransport vositalari auksionda! 🚗
Soliq qarzi evaziga xatlangan avtotransport vositalari auksion savdolariga chiqarildi.
☝️ Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook | 263 |
| 19 | #KUN_SAVOLI 📚
Savol: Yangi ochilgan korxonalar o‘z faoliyatining dastlabki davrida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborishda qanday imtiyozdan foydalana oladilar va bu qaysi muddatni o‘z ichiga oladi?
Javob: PF-95-son Farmonga asosan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning xohishiga ko‘ra, faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni shakllantirib, davlat organlariga yuborish xizmati «Soliq-servis» AJ tomonidan to‘liq bepul asosda amalga oshiriladi.
Mazkur imtiyoz yangi biznes vakillarini buxgalteriya xarajatlaridan ozod qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 268 |
| 20 | #soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2026-yil 22-iyun
may oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2-qismlari
- agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 345-modda 5-qismi
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 355-modda 1-qismi
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlari
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 448-modda 3-qismi
II chorak uchun:
- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 417-modda 6-qismi
- AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 432-modda 1-qismi
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksi 448-modda 3-qismi
____________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 июня 2026 года последний день
за май:
- представления отчетности и уплаты НДС;
👉ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса
- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в мае были начислены дивиденды и проценты;
👉ч.5 ст.345 Налогового кодекса
- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов;
👉ч.1 ст.355 Налогового кодекса
- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
👉ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога;
👉ч.3 ст.448 Налогового кодекса)
за II квартал:
- уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога;
👉ч.6 ст. 417 Налогового кодекса
- уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юридических лиц плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога;
👉ч.1 ст.432 Налогового кодекса
- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога.
👉ч.3 ст.448 Налогового кодекса
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads | 232 |
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
